Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.67K subscribers
39.5K photos
15.4K videos
372 files
26.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Kunlardan bir kun bir xo‘jayin qopqon qo‘yayotganini ko‘rgan sichqon tovuqqa borib:
- Xo‘jayin qopqon qo‘yyapti. Buning oldini olishimiz kerak. Boshimizga balo bo‘lishi mumkin. - debdi.
- Men tovuq bo‘lsam, qopqonning menga zarari tegmaydi, - deb javob qilibdi tovuq.

Qo‘yning oldiga borib, uni ham ogohlantiribdi.
- Men qo‘y bo‘lsam, menga uning zarari tegmaydi - debdi qo‘y.

Molning oldiga borib, uni ham ogohlantiribdi.
-Men mol bo‘lsam, menga nima zarari tegardi - debdi mol.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qolibdi. Xo‘jayinning xotini ilonni o‘lgan deb o‘ylab ushlamoqchi bo‘lganida ilon chaqib olibdi va xotini yotib qolibdi. Xo‘jayin xotinini tabibga olib boribdi. Tabib bir tovuqni so‘yib, qon chiqarish kerakligini aytibdi. Xo‘jayin tovuqni so‘yibdi. Lekin foydasi bo‘lmabdi, xotini o‘libdi.

Xotinining azasiga odamlar kela boshlabdi. Marakalari uchun qo‘yni so‘yibdi. Odamlar yana kela beribdi, keyin molni so‘yishga to‘g‘ri kelibdi. Bularning bariga guvoh bo‘lgan sichqon bo‘lsa:
- Aytovdima, bir kuni qopqon boshimizga balo bo‘ladi, deb! - degan ekan.

📌Qissadan hissa shuki, jamiyatda faqat bir kishi uchun zararli illat bo‘lmaydi. U o‘z ta’sirini hammaga ko‘rsatadi. Shundoq ekan, e’tiborli bo‘ling.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

🟢Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchilaridan ular yomon ko‘radigan odamlarning ismini qog‘ozga yozishlarini so‘radi. Ular bu ishni bajarib bo‘lgach, ustoz ularning har biriga qog‘ozda nechta ism yozilgan bo‘lsa, ertaga o‘zlari bilan o‘shancha pomidor olib kelishlarini buyurdi.

Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.

Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a! Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🌺Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam!

Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o‘g‘lim. Onangman!
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi... O‘g‘lim...
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?
Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:
— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam!

Yaqinlaringizni yo‘qlab turing, azizlar!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

1917-yilda Iroq hududlaridan biriga kirgan ingliz generali Stenli Mud qo‘y boquvchi cho‘pon bilan ko‘rishib qoldi. U cho‘ponga itlaridan birortasini so‘ysa, bir funt sterling bermoqchi ekanini tarjimon orqali bildirdi.

It cho‘ponning qo‘ylarini bo‘rilardan himoya qiladigan, unga qo‘y boqishda yordam beradigan va xatarni sezishi bilan ogohlantiradigan juda muhim narsa edi. Lekin general beradigan pulga mavjud qo‘ylarning yarmini sotib olsa bo‘lardi.

Cho‘pon qo‘ylardan birini ushlab qurbon qilishga qaror qildi va generalning oyog‘i ostida bo‘g‘izladi. General bunga ko‘nmadi itni so‘yishni buyurdi cho‘pon itni so‘ydi. General cho‘ponga itning terisini shilish badaliga yana bir funt va’da qildi. Cho‘pon pulni olib, uning aytganini qildi. General Mud cho‘pon itni bo‘laklab tashlasa, yana bir funt bermoqchi bo‘ldi. Cho‘pon itni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘ldi.
General uchinchi funtni berib, keta boshladi. Cho‘pon sakrab turib:
– Yana bir funt bersa, bo‘laklarni yeyishga tayyorligini aytdi.
General Mud:
– Men sizlarning tabiatingizni bilmoqchi edim xolos. Bildimki, nafsingizga qul ekansiz! Sen uch funt sterlingga o‘zing uchun eng qadrli bo‘lgan do‘stingni bo‘g‘izlading, terisini shilding va bo‘laklarga bo‘lding. To‘rtinchi funtga uni yeyishga xam tayyorsan. Men bilishim kerak bo‘lgan narsa shu edi – dedi.
Va askarlariga yuzlanib:
– Modomiki, bu yerda bu kabi aql egalari ko‘plab uchrar ekan xech narsadan xavotir qilmasangiz ham bo‘laveradi - dedi.

P.S.: Bir-birini sotish, ichki xoinlik, yeb-to‘ymas ochko‘zlik har qanday mamlakat inqiroziga sabab bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

💎QO‘CHQOR

Uzumzorning qoq o‘rtasiga ikki qavatli qilib chayla qurganmiz, atrof kaftdek ko‘rinadi. Tush payti bobom kelib, tokzorni ko‘zdan kechirdi.
- Makkorlar uzumni g‘o‘jala qip ketibdi-da?
Tulkini makkor deymiz. Tulki uzumga o‘ch. Bir odati yomon, qorni to‘ysa ham ataylab qilganday ancha uzumni uzib, toptab ketadi.
- Oqshom kelgan.
- Olaparni opkelmadingmi?
- Bugun opkelaman.
- Qani, chayladan tush. Bir joyga borib kelamiz.
Chayladan tushib so‘radim.
- Qayerga boramiz?
- Ummatnikiga. Bitta qo‘chqori bor ekan, shuni sotib olamiz.
Joyimda taqqa to‘xtadim.
- Bobo, u qo‘chqorni ko‘rganmisiz hech? U qo‘chqormas, tirriq chumoli. Kasalmand, ba’zo‘r yuradi. O‘g‘li dashtga eshakka ortib keladi. O‘ziga qolsa kelolmaydi. Bir oyog‘i cho‘loq ham. Dashtda yurib, bir chimdim o‘t yeganini ko‘rganim yo‘q.
- Yuraver.
- Nima qilasiz u qo‘chqorni?
- Boqamiz.
- E, u semirmaydi.
Bobom indamay qadam tashladi. Ummat akaning uyiga yetay-yetay deganimizda bobom menga sinchikov qaradi.
- Shu qo‘chqorni olishim shart. Miq etma.
- Xo‘p.
Ummat aka qo‘l uchida kun kechirardi. O‘zi kasalmand. Topgani dori-darmonga ketadi. Bolalari hali yosh, katta o‘g‘li sakkizinchi sinfda o‘qiydi. Hovlisida bitta shu qo‘chqordan boshga birorta tuyoq yo‘q.
Bobom u bilan quyuq so‘rashdi. Ummat aka samimiy inson edi. Beli og‘riyapti shekilli, har-har zamon aftini burishtirib olardi.
- Buyrak qanday?
- Qiynayapti.
- Xudo shifo bersin. Masjiddagi chollardan eshitdim, qo‘chqor sotmoqchi ekansan?
- Ha. Kasalxonaga bormasam bo‘lmaydi, ahvolim chatoqroq.
- Qani qo‘chqor?
- Qo‘rada.
Qo‘rada mushukdan sal kattaroq qo‘chqor dorda turgan dorbozday qaltirab turardi. Bizga e’tibor bermadi. Aftidan, kallasi ham ketganga o‘xshaydi. U shu qadar jonsiz ko‘rinardiki, uni qo‘chqor deyishga istihola qilasan.
- Nechpul deysan?
- Ko‘nglingizdan chiqarib birnima beravering. Bu qo‘chqor puliga talashadigan qo‘chqor emas.
- Ko‘nglingdagini ayt. Aytaver. Buni eti bo‘lmasa ham joni borku.
Ummat aka o‘ylanib qoldi.
- Ikki yuz bering, bo‘ldi.
- Ikki yuz?
- Qimmat aytdimmi?
- Bir million beraman.
- Hazillashmang.
Bobom belbog‘idan bir taxlam o‘n mingtalik oldi.
- Bir millon. Barakasini ber.
Ummat aka bir qo‘chqorga, bir bobomga qaradi.
- Buni bozorga opchiqsam uch yuzga ketishi dargumon. Siz...
- Olaver. Men buni boqib, bir yarim millonga sotaman.
Ummat aka olmayman deb oyoq tirab oldi. Bobom uning cho‘ntagiga bir taxlam pulni tiqdi.
- Baraka?
- Bobo...
- Baraka deyapman.
- B-baraka...
Qo‘chqorni ko‘chaga yetaklab chiqdim. Yurgisi yo‘q. Oz yurmay holsizlanib yotib qoldi. Ko‘tarib oldim. To‘g‘ri chaylaga olib borib, qoziqqa bog‘lab qo‘ydim.
Bobom ancha orqada qolib ketgandi, kelgunlaricha qo‘chqor harom qotdi. Tepada yotib uni o‘lganini sezmay qolibman. Bobom rosa urishadi deb yurak hovuchladim. Ammo bobom miq etmadi. Qo‘liga pichoq olib, qo‘chqorning terisini shildi, go‘shtini nimta-nimata qildi.
- Olaparga berasan. Men uyga ketdim.
Bobom juda xotirjam edi. Hayron qoldim. Bir million havoga uchib ketdiku.
Kechqurun bobomdan so‘radim.
- Qo‘chqorning o‘lishi aniq edi, nega sotib oldingiz? Qo‘chqor o‘ldi, bu degani bir millionga kuydingiz, siz esa hech nima bo‘lmaganday yuribsiz?
- Qo‘chqorni o‘lishini bir qarashda sezgandim. Odamlardan eshitdim, Ummat bozorga opchiqib, ikki bozordan beri sotolmayotgan ekan. Mazasi yo‘qku... U biroz qaysar odam, pul bersang olmaydi. Shu bechoraga yordam beray dedim-da. Muhimi unga yordam beroldik, qo‘chqor muihm emas...

❗️Qissadan hissa, ta’masiz yaxshilik qiling.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Burgutdan so‘rashibdi:
- Yerga tushib ketishdan qo‘rqmaysanmi?
Burgut kulibdi va shunday javob qilibdi:
- Men odam emasman-ku, biroz ko‘tarilsam, o‘zimni yo‘qotib, havolanib ketsam. Men cho‘qqida turganimda ko‘zlarim mudom yerda bo‘ladi.

Aytishlaricha, burgutlar bo‘ron bo‘lishini oldindan sezarkan. Boshqa jonivorlardan farqli o‘laroq, burgutlar bo‘rondan yashirinish o‘rniga, bo‘ron boshlanishidan oldin qanotlarini keng yozib, kuchli shamolni havoda qarshi olar ekan. Bo‘ron kuchaygan sari kuchli shamol ularni yanada yuqoriga ko‘tarib yuboraverarkan. Shunday qilib, kuchli bo‘ron burgutlarning qanotlari ostidan o‘tib ketar ekan.

Inson hayotida ham turli qiyinchiliklar yuzaga kelsa, burgut singari undan ustalik bilan foydalanish lozim.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI
💎Baxtli bo‘lishni o‘zingdan boshla...

Bir kuni donishmand odam sayr qilib yurib, yo‘lida bir odamni uchratib qolibdi.
U og‘ir va mashaqqatli mehnatdan charchagan,holdan toygan ekan.

Shunda donishmand:
- O‘zingni buncha qiynamasang, debdi.
- Ha, to‘g‘ri, ishim va mehnatim og‘ir. Ammo men bolalarim va nevaralarim baxtli bo‘lishi uchun harakat qilayapman.
Otam shunday qilgan, otamning otasi ham shunday qilgan, otamning otasining otasi ham og‘ir mehnat qilgan.

- Yaxshi, ammo aytchi, sanaganlaringdan kimdir baxtli bo‘lganmi?
- Yo‘q, kelajakda farzandalarimiz baxtli bo‘ladi, nasib...

- Hamma gap shunda. Sen o‘zing baxtli bo‘lmasang, farzandlaring ham uning nimaligini bilmay o‘tib ketadi.
Baxtli bo‘lishni o‘zingdan boshla, shu sening farzandlaringga eng katta sovg‘ang bo‘ladi - degan ekan....

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

1896-yilda buyuk ixtirochi Tomas Edison elektr lampasini ixtiro qilganidan keyin avtomobil ishlab chiqarish loyihasi ustida ishlay boshladi. Shu paytda u kompaniyasidagi bir yigitning avtomobil yaratganini bilib qoldi. Nyu-Yorkdagi kompaniya tadbirida Edison ushbu yigit, ya’ni Genri Ford bilan uchrashdi va benzinda yuradigan avtomobil g‘oyasidan juda katta taassurot oldi. Elektr energiyasini manba sifatida ko‘rib kelayotgan Edison, Fordni hayajon bilan qo‘llab-quvvatlab, unga shunday dedi: "O‘g‘lim, bu ajoyib! Seni to‘g‘ri yo‘lda deb o‘ylayman! Sa’y-harakatlaringni davom ettirishingni qo‘llab-quvvatlayman!"
Hurmatli ixtirochidan olgan rag‘bati tufayli Genri Ford o‘z ishini davom ettirdi va oxir-oqibat uni badavlat kishiga aylantirgan avtomobilni ixtiro qildi.
1914-yilning 9-dekabrida Edisonning laboratoriyasi va fabrikasiga o‘t ketishi oqibatida undagi hamma narsa yonib kul bo‘ldi. O‘shanda Edison 67 yoshda edi. Zarar shunday katta ediki, sug‘urta kompaniyasi to‘laydigan tovon puli ham bu zararni qoplashga yetmas edi. O‘shanda, hali yong‘inning kuli sovimay tarib, Genri Ford Edisonga 750 ming dollarlik chek yubordi va agar zarur bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ berilishini ta’kidladi.
1916-yilda Ford o‘z uyini Edisonning uyi yoniga qurdi. Keyinchalik Edison nogironlik aravachasida harakatlanishga majbur bo‘lganida, Ford ham o‘z aravachasini olib, ular birga poyga qila boshladilar.
Tomas Edison Genri Fordning o‘ziga ishonishiga hissa qo‘shgan, natijada ular o‘rtasida umrbod do‘stlik paydo bo‘lgan edi.

🔴Xulosa:
Boshqalarning muvaffaqiyatiga hech qachon hasad qilmang. Agar poygada g‘olib bo‘lolmasangiz, oldindagi insonga rekordni yangilashga yordam bering. Yonib turgan shamingiz boshqa shamni yoqqanda yorug‘ligini yo‘qotmaydi. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik va ruhlantiraylik!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Hayotning 14 hikmati

1. Inson hayotidagi eng katta dushmani — uning o‘zi.
2. Inson hayotidagi eng katta ahmoqlik — yolg‘on.
3. Hayotdagi eng katta mag‘lubiyat — manmanlik.
4. Hayotdagi eng katta qayg‘u — hasad.
5. Eng katta xato — o‘z-o‘zingni yo‘qotish.
6. Insonning eng katta aybi — yaxshilikni bilmaslik.
7. Eng katta afsus — o‘z qadr-qimmatingizni kamsitish.
8. Tubanlikdan yuksalish, tahsinga loyiq.
9. Eng katta boylik — salomatlik va aql.
10. Eng katta judolik — umidsizlik.
11. Eng katta qarz — samimiy tuyg‘ular.
12. Hayotda eng katta tuhfa — oliyjanoblik.
13. Hayotda eng katta kamchilik — tushunmaslik.
14. Hayotda eng katta tasalli — savob ishlar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

❗️YOVUZLIK HAQIDA BAHS


Professor talabalardan so‘radi:
– Qani, aytinglar-chi, hamma narsani Xudo yaratganmi?!
Talabalardan biri astoydil javob berdi:
– Ha, Xudo yaratgan!
– Agar hamma narsani Xudo yaratgan bo‘lsa, demak, yovuzlik va zulmni ham U yaratgan, shundaymi?
Talaba javob berolmay, jim turib qoldi. Professor o‘z dalillaridan lazzatlanib, talabalar oldida faxrlandi.
Shunda boshqa bir talaba savol so‘rashga ruxsat so‘rab, qo‘l ko‘tardi. Professor ruxsat bergach, o‘rnidan turib, so‘radi:
– Janob professor! Sovuqlik bormi?
– Bu qanaqa savol?! Albatta, bor. Nima, o‘zing hech sovqotmaganmisan?
Talabalar kulib yuborishdi. Shunda haligi talaba:
– Aslida sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga ko‘ra, biz sovuqlik deydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Fanda no‘l daraja harorat deb qabul qilingan o‘lcham Farengeyt o‘lchovida – 460 daraja hisoblanadi. Bu issiqlikning butkul yo‘qligini bildiradi. Agar butun olam bu darajaga tushib qolsa, borliq narsalar faqat issiq-sovuqni emas, balki boshqa holatlarni ham sezolmaydigan bo‘lib qoladi. Sovuqlik aslida yo‘q. Biz “sovuqlik” so‘zini issiqlik yo‘qligi yo kamligini isbotlash uchun ishlatamiz, – dedi.
Professorning bu gaplarni tasdiqlashdan boshqa iloji yo‘q edi. Talaba so‘zini davom ettirdi:
– Qorong‘ilik to‘g‘risida nima deysiz?
– Albatta, u bor!
– Siz yana xato aytdingiz! Qorong‘ilik ham aslida yo‘qdir. U aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Biz yorug‘likni o‘rganamiz, qorong‘ilikni esa o‘rganolmaymiz. Shunday emasmi? Biz Nyuton prizmasi yordamida yorug‘likni rangli nurlarga bo‘lib yuborishimiz, ularning uzunligi va tezligini o‘rganishimiz mumkin. Lekin qorong‘ilik ustida bunday izlanishlar o‘tkazolmaymiz! Yoki yorug‘lik o‘lchash usullariga qararsiz? Shunday emasmi?! Demak, qorong‘ilik tushunchasini inson yorug‘lik yo‘qligini yoki kamligini ifodalash uchun ishlatadi.
Talaba professordan yana so‘radi:
– Yovuzlik va zulm bormi?
Professor:
– Albatta, bor! Uni biz har kuni ko‘ramiz. Dunyoda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va zo‘ravonliklar... kishilarning bir-biriga zulm qilishi... Bular yovuzlik oqibati.
– Yovuzlik ham yo‘q narsa. Xudo yovuzlikni yaratmagan. Yovuzlik inson qalbida ezgulik, mehr-muhabbatning yo‘qligidir. Pok e’tiqod va mehr-muhabbat issiqlik va yorug‘lik kabi bor narsalardir. Yovuzlik esa sovuqlik bilan qorong‘ilikka o‘xshaydi. U issiqlik bo‘lmaganida kelgan sovuqlikka o‘xshaydi, yoki qorong‘ilik kabi yorug‘lik ketganida keladi.
Professor talabaning zakovatiga tan berdi.

Bu talaba keyinchalik dunyoga mashhur bo‘lgan olim Albert Eynshteyn edi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Bir kishi hayvonot bog‘i ochib, unga kirish narxini 200 dollar qilib belgilabdi. Ammo, necha kun o‘tmasin, negadir hech kim unga kirishni xohlamabdi. U kishi narxni 100 dollarga tushiribdi, ammo hayvonot bog‘iga hech kim kelmasmish. Narx 50 dollarga pasaytirilibdi. Shunda ham birorta mehmon bosh suqmabdi.

Shundan keyin hayvonot bog‘ining egasi unga kirishni butunlay bepul qilibdi. Ichkari odamlar bilan to‘lgach, u qafasdagi sherni qo‘yib yuboribdi va chiqish narxini 500 dollar qilib belgilab qo‘yibdi.

Qissadan hissa shuki, har xil bepul, tekin narsalar haqida eshitsangiz, darrov chuv tushmang, balki ular ham sherni qafasdan chiqarib, Sizni kutib turishgandir...

Tekin pishloq faqatgina qopqonda bo‘ladi..

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Bir kuni podshoh bilan qul bir kemaga chiqishibdi. Umrida dengiz ko‘rmagan qul kema harakatlanganida qo‘rqib baqira boshlabdi. Qul ogohlantirishlarga qaramay baqiraveribdi. Qulning baqirib-chaqirishidan podshohning halovati yo‘qolibdi.
Kemadagi dono kishilardan biri podshohga:
– Ruxsat bersangiz, uni jim qila olaman, – dedi.
Podshoh juda xursand bo‘lishini aytdi. Podshohning ruxsati bilan dono kishi qulning dengizga tashlanishini buyuribdi. Suzishni bilmagan qul jon holicha yordam so‘radi.
Qulning suvda cho‘kayotganini ko‘rgan dono kishi:
– Bo‘ldi, yetadi. Uni olib chiqinglar. Dono kishining so‘ziga binoan qulni dengizdan olib chiqishdi. Qul uni olib chiqqanlarga rahmat aytib bir chekkada tinchgina o‘tiribdi.
Dono kishining bu ishi podshohga yoqdi. Podshoh tabassum bilan qarab:
– Bu qulni qanday qilib jim qilding?
Dono kishi javob berdi:
– O‘tirgan joyida baqirib-chaqirgan bu qul bundan oldin dengizda cho‘kmagan. Shuning uchun kemadagi huzur-halovatning qadrini bilmaydi. Bu qul kabi sog‘lik va huzurning qadrini faqat uni yo‘qotganlar biladi. Odamning boshiga bir kulfat va dard kelsagina huzurning va rohatning qadriga yetadi...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

💎O‘YLAB KO‘RING...

— Mol-dunyoimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi;
— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi;
— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi;
— Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz;
— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz;
— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz;
— Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik;
— Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz;
— Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q;
— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir;
— Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi;
— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik;
— Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam;
— Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz;

O‘ylab ko‘ring, o‘zligingizni yo‘qotib qo‘ymang.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

🔥«Mo‘min mo‘minning oynasi»

Uch so‘zdan olingan ayrim hikmatlar:

1. Ko‘zgu sizni ayblaringizni faqat sizga ko‘rsatadi, boshqalarga ko‘rsatmaydi

2. Sof oyna yuzdagi kamchiliklarni aytadi

3. Kir ko‘zgu aslingizni ko‘rsatmaydi (Ichi qora birodaringiz haqiqatni yuzingizga aytmaydi)

4. Ko‘zgu odamdagi go‘zalliklarni ham ko‘rsatadi (Do‘stingizning yaxshi jihatlarini ham ko‘ra biling)

5. Qancha yaqin kelsangiz shuncha tiniq ko‘rsatadi

6. O‘zingizning manfaatingiz uchun siz ham ko‘zguni tozalab turishingiz kerak

7. Ko‘zgu nimani ko‘rsatsa ranjimaslik kerak

8. Yaxshi ko‘zgu qimmat turadi

9. Qancha yaqin kelsangiz — u ham sizga yaqinlashadi

10. Qancha uzoqlashsangiz — u ham uzoqlashadi

11. Ko‘zgu sizga o‘zingiz sezmagan xislatlaringizni ko‘rsata oladi

➡️Eng muhimi👇
Ko‘zguni o‘zgartirishning birdan bir yo‘li — o‘zingizni o‘zgartirish!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Sichqon uyda yurar ekan bir chetga qopqon qo‘yilganini ko‘rdi. Bir-ikki kundan keyin ho‘rozning oldiga borib: "Ey xo‘roz, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. U hammamizga xalaqit beryapti", dedi. Xo‘roz unga javoban "Bu mening muammoyim emas. Kimning muammosi bo‘lsa, o‘sha hal qilsin", dedi.

Sichqon: "Mayli", dedi-da, qo‘yning oldiga borib, unga "Ey qo‘y, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. Bu hammamiz uchun xatarli", deb taklif qildi. Qo‘y ham xo‘roz singari "Buning menga aloqasi yo‘q ekan. Muammo kimniki bo‘lsa, o‘sha hal qilish kerak", dedi.

Sichqon endi molning oldiga bordi: "Ey mol, shu qopqonni olib qo‘yaylik. Bu hammamizga xalaqit beryapti". Mol: "Bu mening muammoyim emas", dedi...

Kunlarning birida qopqonga ilon tushib qoldi. Chiqishga harakat qilib, uyoq-buyoqqa talpinib, shu yerda yurgan uy egasining ayolini chaqib oldi.

Xo‘jayin ayolini kasalxonaga olib bordi. Yengil muolajadan keyin do‘xtir xo‘jayinga "Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Endi uyga olib borib, yaxshi ovqatlardan qilib bering. Tovuq sho‘rva bo‘lsa yanada yaxshi bo‘lardi", dedi.

Xo‘jayin uyga keliboq katakdagi xo‘rozni so‘yib, sho‘rva qildi...

El-ulus: "Falonchining ayoli betob emish, borib yo‘qlamasak bo‘lmas", deb birin-ketin ziyoratga kela boshladi. Xo‘jayin o‘ylanib, "Qardosh-qarindosh, do‘stlar – bari kelyapti. Endi bir ehson qilay", dedi-da, qo‘radagi qo‘yni so‘yishga jazm qildi...

Oradan ko‘p o‘tmay ayolning kasali og‘irlashib, vafot etdi. Xo‘jayin ma’rakalarni o‘tqizish uchun molni ham so‘yib yubordi...

Masalning qiziq joyi shundaki, "Bu mening muammoyim emas", deganlarning birontasi omon qolmadi. "Muammo meniki", deb jon kydirgan sichqon esa hamon tirik...

Xulosa o‘zingizdan!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa;
- bilki hali tabiating toza ekan.

🌷 Agar o‘zingdan boshqalarda ham go‘zallikni ko‘ra olsang;
- bilki, ichki dunyoing go‘zal ekan.

🤝 Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang;
- bilki, sen uchun nurli yo‘llarda doim hamroh topiladi.

🕊 Agar o‘zingdan boshqalarga ham yaxshilikni xolis qila olsang;
- bilki, sen vafoga juda yaqinsan!

☝️ Bilgin:
• Aybsiz do‘st qidirgan yolg‘iz yashaydi;

🍃 Nuqsonsiz juft izlagan bo‘ydoq o‘tadi;
• Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan;

🌸 Labingni faqat ikki narsaga ishlat:
- biri tabassum;
- ikkinchisi sukut.

😊 Tabassum mushkul ishlarni hal qiladi;
• Sukut esa mushkul ishlarni o‘tkazib yuboradi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎MUHIM ISHLARNI MUQADDAM QO‘YING!

➡️Hakimlardan biri aytgan ekan: “Men hech kimni unutib yuborganim yo‘q. Lekin ishlarimni tartiblab, eng muhimlarining ro‘yxatini tuzib chiqdim. Afsus, ko‘pchilik insonlarni bu ro‘yxatga kirita olmadim”.

➡️Ha, agar biz ham ishlarimizni muvofiq tartiblab, eng muhimlarining ro‘yxatini tuzib chiqsak, vaqtimizni behudaga sovurayotgan anchagina kishilar va ishlardan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Afsuski, muhimlari qolib, bekorchilari bilan mashg‘ul bo‘lib qolayotganimiz uchun hatto eng muhimlariga ham vaqtimiz yetmay qolyapti. Vaqt ham xuddi pul kabidir. Kerak emas joyga sarflab yuborsak, kerak bo‘lganida topa olmaymiz.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🔴Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi.

📌Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🟢Vulqon talantni sudrab chiqadi!

Vulqon yerning 150-250 km chuqurligida hosil bo‘ladi.

Kelib chiqish sababi — kuchli issiqlik va bosim.

Vulqon otilishini ko‘plab odamlar yomon tabiiy hodisa sifatida tushunadi.

Ammo, vulqon otilganida:

Milliard yillardan beri yer ostida yotgan kimberlit va lamproit jinslarini yer yuziga sudrab chiqadi.

Geologlar bu ikki tog‘ jinsiga — qattiq qiziqadi. Chunki ulardan olmos olinadi!

Olmos olish jarayoni oson emas: dastlab geologlar kimberlit va lamproitni izlab topishadi. Ishchilar qazib olishadi.

Mutaxassislar esa toshlarga ishlov berib, olmosga aylantiradilar.

Noyob olmos bo‘lish yetarli emas. Uni sota olish ham kerak. Endi 50-70% muvaffaqiyat marketingga bog‘liq:

2017 yili 284 ta Ferrari narxiga sotilgan olmosni misol qilishimiz mumkin.

Xullas:

Bosim + portlash + vulqon + mutaxassislar mehnati + marketing = qimmatbaho olmos.

Insonning talanti ham shunday kashf etiladi. Olmosga o‘xshaymiz:

Talant dastlab ichimizda yotadi. Qiyin davrlar, kuchli bosim, ruhiy vulqonlar uni sirtimizga olib chiqadi.

«Geolog» — ustozlar uni topadi va bizga bildiradi.

Talantimiz ustida ishlaymiz, yanada rivojlantiramiz. Mutaxassislardan yordam olamiz.

Shunda qadrli, qimmatbaho kadrga aylanamiz.

Bu tarozining bir pallasida.

Ikkinchisida esa: o‘zingizni sota olish. Talantingizni ko‘rsata olish!

Fikrimcha, bizdan talantlar chiqmayotgani sababi shu:

1. Mehnat yetishmayapti.
2. Mehnat bor - qiyinchilik yo‘q.
3. Mehnat + qiyinchiliklar bor - ustoz yo‘q.
4. Mehnat + qiyinchilik + ustoz bor - o‘zini ko‘rsata olmaydi.

Qissadan hissa:

Bosim bo‘lyaptimi? Ruhan azoblanyapsizmi? Mehnat charchatdimi? Qiynalyapsizmi? Ustozlar ko‘p vazifa yuklayaptimi?

Siqilmang. Siz qimmatbaho olmosga aylanyapsiz!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM