Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.76K subscribers
40.1K photos
15.5K videos
372 files
26.3K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#TANLOV
#YANGI_LOYIHA
📍Qibray tumani

📚"Jadidlar izidan" respublika ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichi


⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i asosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Jadidlar izidan" Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌Mazkur tanlov Qibray tumanida ham 2 ta shart (test, savol-javob) bo‘yicha belgilangan Nizom asosida o‘tkazildi. Xakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra quyidagicha natija qayd etildi.

⚡️Tanlovda ishtirok etgan 6-7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
1️⃣-o‘rin 25- sonli umumta’lim maktabidan 8 -sinf o‘quvchisi Egamberdiuyeva Robiya
2️⃣-o‘rin 9 va 46 -sonli umumta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari
3️⃣-o‘rin 7-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Alimbekova Samira.

⚡️Tanlovda ishtirok etgan 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
1️⃣-o‘rin 9-sonli umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Karimbayeva Aida
2️⃣-o‘rin 28 -sonli Davlat umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Husnuddnova Dilnoza
3️⃣-o‘rin 46-sonli umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Sodiqova
Nodira.

⚡️Tanlov yakunida g‘oliblar Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bōlimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

📌Ma’lumot o‘rnida: tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan 6-7-8, 9-10-sinf o‘quvchilari viloyat bochqichida ishtirok etadi. Respublika bosqichida esa eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi "Gimnastikaga ilk qadam" festevalini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi 328-sonli buyrug‘i hamda belgilangan Nizom asosida festevalning viloyat bosqichi Olmaliq shahar gimnastika maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️Bugun ushbu festevalning viloyat bosqichi shahar gimnastika maktabida o‘tkazilmoqda....

🔊Jarayonlar videolavhalarda...
#Xorijiy_tillar
#Таълим_саёҳати

Prezident sovrini uchun Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g’olib bo’lgan bir guruh jamoalar ta’lim sayohati uchun Germaniyaga jo’nab ketishdi.

Ushbu sayohat 8-noyabrga qadar davom etadi.

❗️Eslatib o’tamiz, mazkur tanlovda umumiy hisobda 6 442 ta maktab qamrab olindi.

Shundan 6 175 ta maktab – 30 875 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 143 ta maktab – 715 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 124 ta maktab – 620 nafar o‘quvchi fransuz tilidan tanlovda ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida O‘zbekiston maktablarining rahbar va o‘qituvchilari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim berishning psixologik-pedagogik asoslari bo‘yicha gibrid formatda malaka oshirmoqda.

Xalqaro ekspertlar o‘qituvchilarni dolzarb dastur va texnologiyalar bilan tanishtirdi, inklyuziv sinflarda o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqdi. Ishtirokchilar fan o‘qituvchilarining alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish va bolalarning to‘laqonli rivojlanishi uchun yagona ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javob oldi.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» руководители и преподаватели школ Узбекистана в гибридном формате проходят повышение квалификации по психолого-педагогическим основам образования учащихся с особыми образовательными потребностями.

Международные эксперты познакомили преподавателей с актуальными программами и технологиями, рассмотрели основные принципы организации учебного процесса в инклюзивных классах. Участники получили ответы на часто задаваемые вопросы о выстраивании взаимодействия педагогов-предметников с детьми с особыми образовательными потребностями и создании единой образовательной среды для полноценного развития детей.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi.

Quyidagi havola orqali viloyat bosqichi tashkil etiladigan kunlar bilan tanishib olishingiz mumkin.
👉 Viloyat bosqichi hamda saralash tashkil etiladigan sanalar

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa #Gift #Подарок

Toshkent tumanida yana bir bogʻcha foydalanishga topshirildi


Toshkent tumani "Oqtosh" mahallasida yana bir yangi va zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyat boshlashi bolajonlar uchun chinakam maʼnoda tuhfa boʻldi.

"Obod mahalla" davlat dasturi doirasida barpo etilgan mazkur 40-sonli bogʻcha 120 oʻringa moʻljallangan.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi.
__________

Another kindergarten is opened in Tashkent
district

The new modern preschool institution in the "Oqtosh" mahalla of Tashkent district is truly a gift for the children.

This kindergarten, number 40, has been built as part of the "Obod Mahalla" state program and is designed for 120 c
hildren.

The opening ceremony was attended by district governor Sardorbek Ergashev.
__________

В Ташкентском районе сдали в эксплуатацию ещё оди
н детский садик

Настоящим подарком для детей стала сдача в эксплуатацию современного и нового здания детской дошкольной организации в махалле «Акташ» Ташкентского района.

Построенная в рамках Государственной программы "Obod mahalla" («Процветающая махалля») ДДО за №40 рассчит
ано на 120 мест

В церемонии открытия детского садика принял участие хоким района Сардорбек Эргашев.

Te
legram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
XUSHXABAR!

⚡️Institut jurnali Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Maktab taʼlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnali taʼsis etilgan.

Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 31- oktyabrdagi №363/5 sonli qaroriga ko‘ra, “Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritildi.

Institut rasmiy veb-saytida jurnalning chop etilgan sonlari elektron nusxalarini kuzatishingiz mumkin- https://avloniy.uz/uz/journal

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Дмитрий Чернишенко бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства этой страны Дмитрием Чернышенко.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#KUN_TAVSIYASI

💎RUHIY XOTIRJAMLIKKA ERISHISHNING 15 USULI...

1. Nuqsonsiz bo‘laman, deb urinmang. Har doim mukammallik yagona Allohga xos ekanini esingizdan chiqarmang.

2. Muhabbat bilan yashang. Mehr ko‘rish uchun, eng birinchi, boshqalarga mehr ko‘rsatishingiz kerak.

3. Yaxshiligingizga javob kutmang, suvga oting. Ezgu amalingizga rag‘bat olishni xohlashingiz tabiiy. Ammo, u yashirin qolganida siz uchun yanayam xayrli bo‘lishiga ishoning.

4. E’tiborni qozonish zavqini his ettirish bilan atrofingizdagilarga quvonch bering.

5. Har lahzada yashashni o‘rganing. O‘tmishdagi xatolar yoki kelajakka oid qo‘rquvlaringiz buguningizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.

6. O‘rganishda keng bo‘ling. Boshqalarning bilimi o‘zingizdan ko‘proq ekanini o‘ylang. Hayotingizdagi har bir voqea-hodisa bejiz ro‘y bermaganidan, sizga nimadir o‘rgatishidan amin bo‘ling.

7. Sabrga odatlaning. Chunki shunday qilmasangiz, har bir kichik g‘amdan fojia yasash oddiy holga aylanadi.

8. Do‘stona qo‘l cho‘zing! Xafagarchilikdan keyin birinchi qadamni doim qarshi tarafdan kutmang. Yodingizda tuting, haq bo‘lish baxtli bo‘lishdan ahamiyatli emas.

9. Haqiqatga bo‘yin eging. Shikoyat qilib, nolib, o‘zingizning, boshqalarning kayfiyatini buzish o‘rniga, borini boricha qabullanishga o‘rganing.

10. O‘zingizga “jimlik vaqti” belgilang. Hamma narsadan xoli, yolg‘iz qolishni xohlaydigan paytlaringiz bo‘ladi. Bunday damlar o‘zingizni o‘zingiz eshitishingizni ta’minlaydi, huzur beradi.

11. Oldin qarshingizdagi odamni tushunishga urining. Agar atrofingizdagilar bilan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni istasangiz, shunday qilishingiz kerak.

12. Kamtar, sipo bo‘ling. Boshqalarga o‘zingizni isbotlashga qancha kam urinsangiz, ichingizdagi huzur shuncha ortadi.

13. Tanqidni qabul eting. Oddiy e’tiroz uchun janjallashish o‘rniga tanqidga to‘g‘ri qarashni sinab ko‘rsangiz, o‘zingizni yanayam yaxshi his qilasiz.

14. Parchalarga bo‘linmang. Bir paytning o‘zida bir necha yumushni uddalayman deb bekor urinish o‘rniga bitta ishni chiroyli bajaring.

15. Nima bo‘lganda ham baxtli ekaningizga ishoning. Yodingizda tuting, insonnning o‘zi saodatli ekaniga ishonmasa, unga hech kim yordam berolmaydi.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

Aql ikki xildir. Birinchisi o‘z sa’y-harakating bilan qo‘lga kiritishing mumkin bo‘lgan aqldir. Sen uni maktabdagi bola kabi kitobdan, ustozlardan, fikrlardan, talabchanlikdan, qoidalardan va yangi ilmlardan o‘rganishing mumkin. Aqling boshqalarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi, faqat bilgan narsalaring miqdoricha charchaysan.

🌷Boshqa bir aql esa, Allohning ehsonidir. Uning manbai ruhdadir. Qalbingdan ilm bulog‘i otilib chiqqanida, uning manbai na buziladi, na eskiradi, na rangi o‘zgaradi. O‘z sa’y-harakating bilan qo‘lga kiritgan aql, tashqaridan uyga oqayotgan irmoqqa o‘xshaydi. Agar yo‘lining ustida biror to‘siq bo‘lsa oqishdan ojiz qoladi.

🍀Sen o‘z ichingdagi buloqni izlab top!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Cўровнома_2024

ДИҚҚАТ, ЙИЛ СЎРОВНОМАСИ БОШЛАНМОҚДА: СИЗНИНГЧА, ВИЛОЯТИМИЗДА 2024 ЙИЛДА ЭНГ ФАОЛ МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ МУДИРИ КИМ?

🔘"Ёшлар кундалиги" йилнинг энг яхшиларини аниқлашда давом этади. Юқоридаги суратда туман ва шаҳарлардаги мактабгача ва мактаб таълими бўлимлари бошлиқлари ўрин олган.

⚡️Вилоят бошқармаси томонидан тавсия этилган ушбу бўлим бошлиқларининг фаолиятини қандай баҳолайсиз? Ким йилнинг энг яхшиси бўлишга лойиқ? Муносибларни қўллаб-қувватлаймиз.

⚠️Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

®Биз сизга энг зўрини илинамиз: "Неаven's Garden" дам олиш маскани. ☎️+998702020101


Сўровнома 4 ноябрь куни соат 14:00 га қадар давом этади. Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.