Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.08K subscribers
48.1K photos
16.5K videos
385 files
28.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#IBRAT_SOATI

🌺Bir kishining yakkayu yagona o‘g‘li bor ekan. U balog‘at yoshiga yetibdi. Bir kun otasidan qanday kasb tanlash haqida maslahat so‘rabdi:
- Biror kasbni tanlashing o‘zingga bog‘liq, - debdi ota.
- Eng yaxshi kasb o‘g‘rilik bo‘lsa kerak,-debdi o‘g‘il.
- Mayli, qo‘shnimizning qo‘chqorini o‘g‘irlab ko‘r-chi, - debdi ota.

O‘g‘il qo‘shnisining qo‘chqorini o‘g‘irlab kelibdi. Otasi o‘zini xursand ko‘rsatib:
- Yasha, o‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz maza qilib uydan chiqmay shu qo‘yni yeymiz.

Ota-o‘g‘il bir hafta maza qilishibdi. Qo‘yni batamom yeb bo‘lishgach, o‘zlarini taroziga tortishibdi. Ota o‘n kilo semiribdi, o‘g‘il esa o‘n kiloga ozibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi. Ota kulib:
- Ey nodon, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini o‘sha kuni qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun, xotirjam semirdim. Sen bo‘lsa bir hafta azob ichida yashading! Shu sabab ozding. O‘zingga halol kasb tanla, shunda u dunyoying ham, bu dunyoying ham obod bo‘ladi, - debdi.

🌺Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

💠Muvaffaqiyatga erishgan va muvaffaqiyatsizlar o‘rtasidagi farq:

Muvaffaqiyatli yechim izlaydi, muvaffaqiyatsiz uzr qidiradi.

Muvaffaqiyatli yechimning bir qismi. Muvaffaqiyatsiz muammoning ajralmas qismidir.

Muvaffaqiyatli insonda reja va dastur bo‘ladi. Muvaffaqiyatsizda esa o‘zini oqlashdan boshqa narsa yo‘q.

Muvaffaqiyatli: “Meni tinch qo‘y, ishlayman”, deydi.
Muvaffaqiyatsiz esa: “Bu mening ishim emas”, deydi.

💥Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

Bir odam to‘rtta o‘g‘lini shoshib qaror chiqarmaslik, fikrlar yuzaki bo‘lmaslik borasida hayotiy dars o‘rgatish uzoqda joylashgan katta daraxtni ko‘rib kelishga yubordi.
To‘ng‘ich o‘g‘il qish faslida, ikkinchisi bahorda, uchinchi o‘g‘il yozda, kenja esa kuzda bordi.
Ota ulardan:
-Qani, ko‘rgan daraxtingizni birma-bir sharhlab beringchi” dedi.
To‘ng‘ich o‘g‘il “Daraxt juda hunuk va qurigan ekan”, dedi.
Keyingisi “Daraxt yam-yashil bargli ekan” dedi.
Uchinchisi “Daraxt xushbo‘y gullar bilan qoplangan ekan” dedi.
Kenja o‘g‘il esa “Daraxtning mevalari ko‘p ekan” dedi.
Ota:
-Hammangiz to‘g‘ri gapirdingiz. Sizlar turli fasllarda bordingiz. Ammo,shuni bilinglarki, bitta daraxtga bir faslning o‘zi bilan hukm chiqarmaslik kerak. Xuddi shuningdek, bir odam haqida ham bitta vaziyatdan, bitta burchakdan turib, birgina odamning gapi bilan hukm chiqarmanglar. Uning hamma tomonini o‘rganib chiqib, keyin xulosa chiqaringlar”, - dedi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

🔴Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchilaridan ular yomon ko‘radigan odamlarning ismini qog‘ozga yozishlarini so‘radi. Ular bu ishni bajarib bo‘lgach, ustoz ularning har biriga qog‘ozda nechta ism yozilgan bo‘lsa, ertaga o‘zlari bilan o‘shancha pomidor olib kelishlarini buyurdi. Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.
Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a!
Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

Hohlasang baqir, hohlasang yig‘la, lekin qanchalik qiyin bo‘lmasin, hech qachon taslim bo‘lma!

Hech narsaga osonlik bilan erisha olmaysan.

Na baxtga va na boylikka. Qiyinchilik muvaffaqiyat sari yo‘l ochib beradi. Qiynalasan, azob chekasan... Lekin...

Bu barchasi sinov! O‘ta olsang marra seniki, aksi bo‘lsa boshidan boshlaysan.

O‘zingga ishon va sen barchasini uddalay olasan!

🌷Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#IBRAT_SOATI

🟢Hayotingda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zingga ko‘rinmaydi. Ular:

➡️ Otangning senga qilgan xarajati;
➡️ Onangning senga qilgan xizmati.

➡️Agar shu xarajat va xizmatni begona odamdan ko‘rganingda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor berolmasding. Lekin otang va onangga g‘azab qila olasan, adovat qila olasan, minnat qila olasan, ko‘nglini og‘rita olasan. Chunki ularniki ko‘rinmaydi.

Farzand tarbiyasi va salomatligiga oid foydali ma’lumotlar kanaliga obuna bo‘ling

🌺Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#IBRAT_SOATI

🟢PODA FALSAFASI

➡️Afrikadagi yovvoyi hayvonot olamini esga oling. Antilopa, zebra yoki boshqa o‘txo‘r hayvonlar to‘dasining yirtqichlarga qanday yem bo‘lishini tahlil qiling!

Ularning soni yuzlab yoki o‘ng minglab bo‘lmasin farqi yo‘q sanoqli yirtqichlarga taslim bo‘lishga mahkum. O‘tlash yoki qurg‘oqchilik sabab bir joydan ikkinchi joyga safar qilishga majbur bo‘lgan bu to‘da taqdiri asosan yirtqichlarning oshqozonini to‘lishiga xizmat qiladi.

Poda falsafa shundaki, ular dushmanga qarshi kurashmaydi, qochadi, podadan qolib ketganni himoya qilmaydi, va vaqt borida sherlardan qochib timsohga duch kelmay suvdan maksimal ichish dardida bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi qorin to‘ydirish xalos. Birlashish degan tushuncha ular uchun begona. Agarda rejali harakat qilib yirtqichlarga qarshi yurish qilishsa bormi har qanday dushman podaning oyoqlari ostida halok bo‘ladi.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin bir haqiqatni tushuning. Insonlar yashaydigan jamiyat ham poda va yirtqichlar tabiatiga xos bo‘lgan qatlamdan tashkil topadi. Qanchalik poda falsafasi jamiyatda ko‘p bo‘lsa shunchalik rivojlanish sust bo‘ladi. Chunki hammaning dardi o‘zida bo‘ladi. Kimgadir nimadir bo‘lsa, manga nima?-degan qarash shakllangan bo‘ladi.

Ma’lum vaqt och qolsak ham yirtqich bo‘rilar jamoasi kabi bir birimizni himoya qilib yashashga va o‘ljaga tashlanadigan bo‘lib yashaylik. Mana shunda hikmat bordir?!

Aytgancha, men insonga xos yashayman yirtqichlarga o‘xshab emas deb boshni og‘ritmang. Bu majoziy ma’noda aytilgan tavsiya. Masalani mohiyatini tushunsangiz bo‘lgani...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#IBRAT_SOATI

🟢PODA FALSAFASI

➡️Afrikadagi yovvoyi hayvonot olamini esga oling. Antilopa, zebra yoki boshqa o‘txo‘r hayvonlar to‘dasining yirtqichlarga qanday yem bo‘lishini tahlil qiling!

Ularning soni yuzlab yoki o‘ng minglab bo‘lmasin farqi yo‘q sanoqli yirtqichlarga taslim bo‘lishga mahkum. O‘tlash yoki qurg‘oqchilik sabab bir joydan ikkinchi joyga safar qilishga majbur bo‘lgan bu to‘da taqdiri asosan yirtqichlarning oshqozonini to‘lishiga xizmat qiladi.

Poda falsafa shundaki, ular dushmanga qarshi kurashmaydi, qochadi, podadan qolib ketganni himoya qilmaydi, va vaqt borida sherlardan qochib timsohga duch kelmay suvdan maksimal ichish dardida bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi qorin to‘ydirish xalos. Birlashish degan tushuncha ular uchun begona. Agarda rejali harakat qilib yirtqichlarga qarshi yurish qilishsa bormi har qanday dushman podaning oyoqlari ostida halok bo‘ladi.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin bir haqiqatni tushuning. Insonlar yashaydigan jamiyat ham poda va yirtqichlar tabiatiga xos bo‘lgan qatlamdan tashkil topadi. Qanchalik poda falsafasi jamiyatda ko‘p bo‘lsa shunchalik rivojlanish sust bo‘ladi. Chunki hammaning dardi o‘zida bo‘ladi. Kimgadir nimadir bo‘lsa, manga nima?-degan qarash shakllangan bo‘ladi.

Ma’lum vaqt och qolsak ham yirtqich bo‘rilar jamoasi kabi bir birimizni himoya qilib yashashga va o‘ljaga tashlanadigan bo‘lib yashaylik. Mana shunda hikmat bordir?!

Aytgancha, men insonga xos yashayman yirtqichlarga o‘xshab emas deb boshni og‘ritmang. Bu majoziy ma’noda aytilgan tavsiya. Masalani mohiyatini tushunsangiz bo‘lgani...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

💐Hayotingizni nima bilan to‘ldirayotganingizga e’tiborli bo‘ling!

. Agar ichingizda qo‘rquv mavjud bo‘lsa, hayot sizni qo‘rqitadi.
. Agar ichingizda agressiya mavjud bo‘lsa, hayot sizga "tashlanadi".
. Agar ichingizda kurashish hohishi mavjud bo‘lsa, hayot sizga raqiblar beradi.
. Agar ichingizda aybdorlik hissi mavjud bo‘lsa, hayot sizni "jazolayveradi".
. Agar ichingizda hafalik hissi mavjud bo‘lsa, hayot sizga yanada ko‘proq hafa bo‘lishingiz uchun sabablar tortiq etadi.
. Bularning hammasidan maqsad: sizning aslida kimligingiz va qalbingizda nima borligini ko‘rsatishdir.
. Hayot sizni qalban qanday bo‘lsangiz, shunday ko‘radi.
. Hayot atrofdagi odamlarga o‘zimizni qanaqa ko‘rsatishga xarakat qilayotganimizni emas, aslida qandayligimizni ko‘radi.

🌷Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎#IBRAT_SOATI

⚡️Bir oqil zotdan so‘rashibdi:
Koinotdan og‘irroq nima bor?
Yerdan kengroq nima bor?
Dengizdan boyroq nima bor?
Toshdan qattiqroq nima bor?
Olovdan dahshatliroq nima bor?
Muzdan sovuqroq nima bor?
Zahardan achchiqroq nima bor?

⚡️U javob beribdi:
Odamlarni nohaq ayblash koinotdan og‘irroqdir.
Haqiqat yerdan ham kengroqdir.
Shukrli banda dengizdan ham boyroqdir.
Munofiqning yuragi toshdanda qattiqroqdir.
Zolim hukmdor olovdan ham dahshatliroqdir.
Minnatchiga muhtoj bo‘lmoq muzdanda sovuqroqdir.
Xasad to‘la qalb zaxardanda achchiqroqdir.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Kichik saboq

➡️0.5 litrlik idishdagi oddiy suvi do‘konda 4 ming so‘m, oshxonada 7 ming so‘m, tog‘ adirdagi dam olish joylarida 10 so‘m, aeroportda 20 so‘m. Suvning bunchalik qimmatlashishiga sabab — uning turgan joyidir.
❗️Agar siz o‘z o‘rningizda qadrlanmayotgan bo‘lsangiz, o‘sha joydan ketish haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak.

❗️Agar atrofingizdagilar uchun foydali emas bo‘lsangiz, keraksizga aylanasiz.
Ba’zi joylarda siz qimmatlisiz, arzimas joyda umringizni sarflamang!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Hamma gap sening yiqilishingda emas, balki yiqilgandan so‘ng qayta oyoqqa tura olishingdadir.

Mag‘lubiyatga uchraganingiz, bu sizni hech narsaga arzimasligingizni bildirmaydi.

Hali nimanidir amalga oshirishga harakat qilayotgan ekansiz, siz omadsiz odam emassiz.

Mo‘ljaldagi ishni bajarishdan to‘xtash - hayotdagi eng katta mag‘lubiyat.

Insonning eng katta xatosi erta taslim bo‘lishidir.

Toki tirik ekansiz taslim bo‘lishga haqqingiz yo‘q.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

💎Haqiqat badal talab qiladi...

Saksoniya davlatida 1567-yil qish oyida uch kishi qatl etilmoqqa mahkum bo‘libdi. Bulardan biri xind, yana biri Nepallik tabib va so‘ngisi Ingliz fizigi ekan.

Dastlab qatlga Xind olib chiqilibdi, boshini gilyotinaga o‘rnatish asnosida so‘nggi so‘z so‘rashibdi undan. Shunda Xind:
- Meni va Xindlarni yaratgan tangrim Shivaga (Mortal Kombatdagi Shiva personaji) ishonaman, u meni albatta xalos qiladi.
Shiva... Shiva... Shiva..."
Gilyotinani tashlab yuborishibdi. Uning bo‘yniga bir necha santimetr qolganda gilyotina harakatdan to‘xtabdi. Xalq hayratga tushib, bir og‘izdan baqira boshlashibdi:
Uni darhol qo‘yib yuboringlar! Uni yaratgan tangrisi Shiva ishonchi uni saqladi!...

Gilyotinaga keltirilgan Nepallik tabibdan ham so‘nggi so‘zi so‘ralganda u:
- Men Xind singari Shivaga emas, adolatga ishonaman! Adolat... Adolat... Adolat...
Avvalgi holat kabi bir necha santimetr qolganda gilyotina to‘xtab qolibdi. Xalq hayratdan bir ovozda:
- Adolat dedi, Adolat qilib darhol qo‘yib yuboringlar!...

Har ikki mahkum shu asnoda o‘limdan qutilibdi. Maydonga endi Ingliz fizikni olib kelishibdi. Undan ham so‘nggi so‘z so‘rashganda:
- Men na Shivaga ishongan tangri va na adolatga ishongan tabibman. Bilgan yagona narsam: gilyotina arqonida bir tugun bor, u tig‘ni to‘liq pastga tushishiga halal beryapti xolos, - debdi.

Xizmatchilar gilyotinani ko‘zdan kechirishsa, chindan tugun borligini ko‘rishib, uni to‘g‘rilashibdi. Va ishga tushgan gilyotina fizikni boshini tanasidan judo qilibdi.

Xulosa: Haqiqatni so‘zlamoqqa jasorati yetganlar, badal to‘lamoqqa ham tayyor turishlari kerak...

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#IBRAT_SOATI

Qayg‘urma


Kasal tuzaladi, musibat ketadi. Gunoh kechiriladi, qarz to‘lanadi, mahbus ozod bo‘ladi. Kelajak keladi osiy — tavba qiladi. Faqir esa vaqti kelganda boy bo‘ladi...

Qayg‘urma!
Axir qora bulut qanday tarqalganini, qorong‘u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo‘ron qanday to‘xtaganini ko‘rmadingmi?!
Demak, og‘ir kunlarning ortidan, kenglik va yaxshi bir hayot bordir!

Qayg‘urma!
Chunki quyuq soya quyosh alangasini o‘chiradi. Toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi. Issiq non qattiq ochlikni to‘ydiradi. Bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir. Dard alamlarini sog‘lik lazzati ketkizur. Buning uchun sen bir oz sabr qilmog‘ing va bir lahza kutishing darkor!

💐Seshanba muborak bo‘lsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#IBRAT_VAQTI

🌷Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan.

Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:

- Kim hozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.

U o‘qituvchisi haqida yozarkan:

«Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruhan ezishdan, o‘zgalar oldida yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi» dedi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#IBRAT

💎Tabiatida yovuzlik bo‘lganlarni kechiring va uzoqroq bo‘ling!

...Yetkazgan jarohatlaring uchun men seni kechirdim, yo‘lbars. Bu ishingdan avval rosa g‘azablangandim, ammo hozir vahshiylik sening tabiating ekanligini tushunaman. Qanday bo‘lmasin, yana seni ko‘rgani kelaman. Xayr, yo‘lbars, ammo kechir, bu safar senga qo‘limni uzatmayman!..

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#IBRAT_VAQTI

Kunlardan bir kuni bir podshoh kasal bo‘lib qolibdi. Uni davolash uchun butun dunyodan tabiblarni chaqirishibdi, lekin hech biri podshohni davolay olmabdi. Shunda ular maslahat qilib bir qarorga kelishibdi. Agar baxtli odamni topib, uning ko‘ylagi podshohga kiydirilsa, u tuzaladi. Baxtli odamni topish uchun dunyoning hamma tomoniga choparlar jo‘natilibdi. Lekin hech kim "Men baxtliman", degan odamni topa olmabdi. Kimdir boy, lekin kasal, yana kimdir sog‘, ammo kambag‘al, boshqasi boy, sog‘, biroq oilasi notinch – xullas, hamma nimadandir nolir edi.

Bir kuni tunda podshohning o‘g‘li shahar ko‘chalarini aylanib yursa, bir hovlidan kimningdir gapini eshitib qolibdi. U: "Yaxshi ishladim, pulimni oldim, qornim to‘ydi, endi maza qilib uxlayman. Mendan baxtli odam yo‘q", debdi. Podshohning o‘g‘li sevinib ketib, tezda xizmatkorlarini jo‘natibdi. Katta pul evaziga o‘sha odamning ko‘ylagini olib kelishni tayinlabdi. Xizmatkorlar hovliga kirib shahzodaning buyrug‘ini bajarmoqchi bo‘lishibdi, lekin qarashsa, haligi "baxtliman" degan odam shunchalar qashshoq ekanki, hatto, egnida ko‘ylagi ham yo‘q ekan.

❗️Ey inson, bilginki, baxt keluvchi va ketuvchi narsadir. Odam o‘zini bir muddat baxtli hisoblashi uchun boy bo‘lishi shart emas, balki bor narsasiga shukr qilsa kifoya.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT

💎MASOFA

➡️Bir ustoz o‘z shogirdlaridan so‘radi:
- Odamlar o‘zaro janjallashganida nima uchun baqirib gapiradilar?
- Chunki ular o‘z tinchlarini yo‘qotadilar, bezovta bo‘ladilar, - dedi shogirdlardan biri.
- Lekin yonginasida turgan odamga baqirib gapirish nima uchun kerak? Axir, shivirlab gapirsa ham eshitadiku? - so‘radi yana ustoz.
Shogirdlar turli xildagi javoblarni berdilar. Shunda ustoz dedi:
- Odamlar o‘zaro janjallashganida ularning qalblari bir-biridan uzoqlashib ketadi.
Bir qalbdan aytilayotgan so‘zlar shu masofani bosib o‘tib narigi qalbga yetib borsin uchun odamlar baqirib gapira boshlaydilar.
Ular qanchalik qattiq urishsalar, bir-biridan shunchalik qattiq xafa bo‘ladilar va shunchalik qattiq gapiradilar.
Odamlar o‘zaro do‘st bo‘lsalar-chi? Ular baqirmaydilar, balki sokin gaplashadilar. Chunki ularning qalblari bir-biriga yaqin, orasidagi masofa qisqa bo‘ladi.
Odamlar bir-birini qanchalik yaxshi ko‘rib borgani sayin ular orasidagi muloqot ovozi shunchalik pasayib boradi.
O‘zaro munosabat chin muhabbatga aylanganida, hatto, shivirlab gapirishning ham zarurati qolmaydi.
Chin muhabbat egalari bir-birini so‘zsiz ham tushunadilar. Shuning uchun, o‘zaro baxslashar ekansiz qalblaringizning bir-biridan uzoqlashuviga yo‘l qo‘ymang.
Oradagi masofani uzoqlashtirishga sabab bo‘ladigan so‘zlardan tiyiling.
Aks holda, qalblar bir-biridan shunchalik uzoqlashib ketishi mumkin-ki, keyin ortga qaytishning imkoni qolmaydi...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎#IBRAT_SOATI

⚡️Bir oqil zotdan so‘rashibdi:
Koinotdan og‘irroq nima bor?
Yerdan kengroq nima bor?
Dengizdan boyroq nima bor?
Toshdan qattiqroq nima bor?
Olovdan dahshatliroq nima bor?
Muzdan sovuqroq nima bor?
Zahardan achchiqroq nima bor?

⚡️U javob beribdi:
Odamlarni nohaq ayblash koinotdan og‘irroqdir.
Haqiqat yerdan ham kengroqdir.
Shukrli banda dengizdan ham boyroqdir.
Munofiqning yuragi toshdanda qattiqroqdir.
Zolim hukmdor olovdan ham dahshatliroqdir.
Minnatchiga muhtoj bo‘lmoq muzdanda sovuqroqdir.
Xasad to‘la qalb zaxardanda achchiqroqdir.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM