Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.86K subscribers
40.7K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
🔰UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI
📍OLMALIQ SHAHAR

Bugungi kunda mamlakatamizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri bu shubhasiz TA’LIM, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, jamiyatda ustozlarning maqomini oshirish bo‘lib turibdi. Bu borada Prezidentimiz boshchiligidi juda ko‘p islohotlar qilindi va hozirgi kunda ham bu ishlar davom etmoqda. Bularni natijalarini siz-u biz tizimdagi o‘zgarishlardan ham bilib turibmiz.

📌O‘qituvchi deganda – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimizga keltiramiz. Barchangizga ma’lumki, Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 23-avgust kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida "Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida III-Ustozlar milliy forumi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Respublika maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Sh. Hamroev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i X.Turg‘unboev ishtirok etdi.

Tadbirni bo‘lim boshlig‘i kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tgan davr mobaynida ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi. Shuningdek mehmon sifatida tashrif buyurgan Sh.Hamroev so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini Mustaqilligimizning 33-yilligi bilan samimiy tabrikladi va pedagog-hodimlarni kelgusi ish faoliyatlariga omad tiladi.

📌Shuningdek,  ustoz va murabiylar fanlar kesimida tashkil etilgan xonalarda sho'ba yig'ilishlari davom etib, ularda trener o'qituvchilar tomonidan namunaviy dasturlar asosida treninglar olib borildi. Sohaga oid muammolar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
#IBRAT

IKKI PIYOLA SUV


Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga ko‘z-ko‘z qilar edi. Bir kuni u eng ishongan olim do‘stiga shunday savol berdi:
– Sen olimlar ichra mashhur va donosan. Men sening fikringni bilmoqchiman. Mening hukmdorligim va davlatim haqida nima deya olasan?
Olim javob berishning yo‘lini topdi va hukmdorga shunday dedi:
– Faraz qilaylik, siz bepoyon va jazirama cho‘lning qoq o‘rtasida turibsiz. Shu payt tomog‘ingiz qaqrab, nihoyatda chanqadingiz. Ammo yashab qolish uchun yarim davlatingiz evaziga sizga bir piyola suv uzatildi. Siz bunga rozi bo‘larmidingiz?
– Albatta, rozi bo‘lardim.
– Ancha vaqt o‘tdi. Chanqoq kuchaydi. Qolgan davlatingiz evaziga sizga yana bir piyola suv taklif qilindi. Siz bunga ham rozi bo‘larmidingiz?
Hukmdor bir oz o‘ylandi va noiloj:
– O‘lmay qolish uchun men davlatimning qolganini ham berishga majburman, –dedi.
Shunda olim miyig‘ida kulib:
– Demak, g‘ururlanishga hojat yo‘q, hukmdor. Sizdagi boylikning bahosi bor yo‘g‘i ikki piyola suv ekan, - dedi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BUGUNNING_GAPI

Bugun oldimizda turgan vazifalar qanchalik ulkan va murakkab bo‘lmasin, ularni birgalikda hal etishga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham yetadi.
Biz endi kechagi odamlar emasmiz. Xalqimiz ham kechagi xalq emas.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook