Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.7K subscribers
39.3K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#KUN_TARTIBI
🔰Sog‘lom ovqatlantirish

🔴Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamkorligida barcha tuman (shahar) Sanepid bo‘limlarining sanitariya-gigiyena bo‘limi bolalar va o‘smirlar gigiyenasi yo‘nalishiga ma’sul mutaxassislari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlatirishni tashkil etish metodistlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🌐Batafsil

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan "Bog‘iston" va "Nanay" MFY hududlarida maktab o‘quvchilari va mahallalardagi yoshlari ishtirokida "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir" shiori ostida davra suhbatlari va qurol-aslaha ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
🔴#TANLOV
🔰"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI


📆 Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahar 19-sonli umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi - viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⌛️Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 22ta maktab terma jamoalari kuch sinashishdi.

🔴Qizg‘in va murosasiz kechgan tanlovda g‘oliblar aniqlandi.

🏆Demak,
🥉3-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabi;

🥈2-o‘rinni Zangiota tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabi;

🥇1-o‘rinni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga egalladi.


📌Eslatib o‘tamiz, mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:

🥇 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritadi.


G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda vaucherlar topshirildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#SЕMINAR
🔰Logopedlar uchun seminar tashkil etildi


➡️ Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman logopedlari ishtirokida "Motor alaliyali bola bilan Unli tovushlar artikulyatsiyasi "A" tovushining talaffuzi"mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

➡️ Dastlab, o‘qituvchi logoped Dilorom Xo‘jamberdiyeva yangi 1 soatlik, Denes apparatini motor alaliyali bolaga qo‘llash bo‘yicha ma’lumot va tushunchalar berdi. Shundan so‘ng tumandagi o‘qituvchi logopedlar o‘zlarining ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

➡️Mutaxassislar seminar davomida nutqida nuqsoni mavjud o‘quvchilarni samarali korreksiyalash mavzusida o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

➡️Seminarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik tashxis sho‘basi mudiri Shoira Xakimova, hamda Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab quvvatlash va inklyuziv ta’lim sho’basi psixolog metodisti Elmurod Yerimbetov Elmurod o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_TAVSIYALAR

Zamon tezlashmoqda, ayrim yangi odoblarga ham ehtiyoj paydo bo‘lyapti:


* Kimdandir plastik karta orqali qarz olsangiz, qaytarishda xizmat haqini ham qo‘shib o‘tkazing;

* Boshqalarning qancha oylik olishini so‘ramang. "Ishda leviylar bormi?" deya irjaymang;

* Kimgadir telefon qilganingizda ikkinchi liniyadan tushsangiz bitta chaqiriqdan keyin aloqani uzing. U odamga Siz qidirganingizni anglash uchun shu kifoya. Uzluksiz chaqiriqlaringiz bilan suhbatini xira qilmang;

* Telegramdan (yoki boshqa ijtimoiy tarmoqdan) yozilgan savolga yozma javob bering, darxol telefon qilmang;

* Kimgadir qo‘ng‘iroq qilsangiz va u tomon javob bermasa, bir sekunddan keyin ham javob bermaydi. Qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilavermang. Umuman, javob berish u tomonning huquqi, zinhor majburiyati deb qaramang;

* Juma namozi yakunlanganda darhol turib odamlar orasida joynamozingizni qoqmang;

* Kimdir birorta suratni ko‘rsatish uchun telefonini bersa, faqat o‘sha suratni ko‘rish bilan cheklaning. Barmog‘ingiz bilan keyingilariga o‘tib ketmang. Haqqingiz yo‘q bunga;

* Haddingiz sig‘magan odamga, yana jamoat orasida ikkinchi xotin, oila masalalarida qochirim qilmang;

* Chorrahalarda to‘xtab turilganda yoningizdagi mashinadagilarga olayib qaramang. Xech kim xaqingizni yeb ketmayapti. Umuman aytganda butkul qaramasangiz yanada yaxshi. Chunki, ulov ham birovning mulki, uning ichi kimningdir xonadoni maqomida;

* Kimdir telefonida nimadir qidirayotgan bo‘lsa tikilib turmang, boshqalarning telefon ekraniga ruxsatsiz va o‘ta zaruratsiz qaramang;

* Umumiy ovqatlanish maskanida atrofingizda ayollar va bolalar bo‘lsa, so‘zlaringizni ham, ovozingizni ham, kulgingizni ham nazorat qiling...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Bir kuni Iskandar Zulqarnayn maslahatchisiga:
- Shu paytgacha senga qanchadan-qancha in’om-ehsonlar berdim, ammo menga chin dildan, sadoqat bilan xizmat qilganingni ko‘rmadim, dedi.
Dovdirab qolgan maslahatchi:
- Afv etasiz hukmdorim, aybim nimada? - deb so‘radi.
- Bir martayam kamchiligimni yuzimga aytmading. Bu qanday sadoqat, bu qanday yaqinlik?
- Hukmdorim, sizda birorta ham kamchilik yo‘q!
- Yanglishyapsan, menda kamchilik borligi aniq. Chunki biror inson aybsiz-nuqsonsiz bo‘lmaydi. Agar mendagi qandaydir xato-kamchilikni ko‘rmayotgan bo‘lsang, g‘irt ahmoqsan! Mabodo ko‘raturib aytmayotgan bo‘lsang, aniq munofiqsan! - dedi Iskandar.

Unutmang, munofiqning ikki yuzi qoradir!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, «qo‘rqma», «zarari yo‘q», «ziyoni yo‘q», deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.

✍️Mahmud az-Zamahshariy

Kuningiz xayrli o‘tsin!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣7️⃣ APRЕL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM VOQЕALAR

⚔️ 1289 yil — Mamluklar sultoni Kalaunning Tripolini qo‘lga kiritishi natijasida Tripoli grafligi tugatilgan;

🚢 1521 yil — Filippinda mahalliy aholi tomonidan portugaliyalik dengizchi Fernand Magellan o‘ldirilgan;

🌾1644 yil — Kanadada birinchi marta bug‘doy ekilgan;

🍵 1773 yil— Buyuk Britaniya parlamenti "Choy qonuni" ni qabul qilgan. Bu bankrotlik yoqasida turgan Ost-Indiya kompaniyasiga deyarli yarim million funt choyni Shimoliy Amerika mustamlakalariga olib kirishga imkon bergan;

🌎 1825 yil — ingliz utopik sotsialisti Robert Ouen Amerikada "Yangi Garmoniya" deb atalgan davlatga asos solgan. Ko‘chmanchilar xayrixohlikdan yiroq bo‘lib chiqqan va 1828 yilda Ouen hammasiga chek ko‘ygan;

🛳 1865 yil —Memfis yaqinidagi Missisipi daryosida insoniyat tarixidagi eng katta kema halokati sodir bo‘lgan. "Sultana" kemasining bortidagi 1200 ga yaqin odam halok bo‘lgan;

📰 1870 yil—
Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gazeta— "Turkestanskiye vedemosti" gazetasining ilk soni nashr qilingan;

⛹️‍♀️1908 yil — Londonda IV yozgi Olimpiya o‘yinlarining boshlangan, 31 oktyabrgacha davom etgan;

📌 1922 yil —Yakutsk viloyati RSFSR tarkibiga kirgan;

🤝 1959 yil — SSSR va Misr Asvan to‘g‘onini qurish to‘g‘risida bitim imzolashgan;

📌 1961 yil — Serra-Leone Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan;

🇨🇺1963 yil— Kuba inqilobining yetakchisi Fidel Kastro birinchi marta SSSRga kelgan;

📌1965 yil —
AQSHda birinchi marta pampers patentlangan;

🚗 1975 yil —Formula-1 poygasida tarixda birinchi va oxirgi marta ayol qatnashib ochko jamg‘argan;

🇦🇫 1978 yil —Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi yuz bergan. Bugungi kunga qadar davom etayotgan fuqarolar urushining boshlangan;

🚎 1986 yil —Chernobil AESidagi avariya tufayli Pripyat shahri aholisini evakuatsiya qilingan 3 soat ichida 40 ming kishi shahardan evakuatsiya qilingan;

💱1992 yil— O‘zbekiston Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo‘lgan;

🇺🇿🇫🇷1994 yil— Fransiya prezidenti F.Mitteran O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan;

💣 2012 yil — Dnepropetrovsk (Ukraina) markazida bir qator teraktlar sodir bo‘lgan;

🌬2020 yil— Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlarida yuz bergan og‘ir tabiiy ofat 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha obyektlariga, ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook