Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.86K subscribers
40.6K photos
15.5K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUTOLAA_VAQTI

O‘ZINGIZNI EHTIYOT QILING

Zamon og‘ir, dunyo murakkab,
Yashayapmiz, yurakni aldab,
Tashvishlar ham bo‘larda, bir gap,
O‘zingizni ehtiyot kiling!

Mayli hayot azobga solsin,
Dard degani domiga olsin,
Dunyolari boshidan qolsin,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Odamlarga boqasiz, quyuq,
Deysiz: "uning zarra gardi yo‘q",
Qo‘ying do‘stim, kimning dardi yo‘q,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Mana yashab yuribmiz biz ham,
Bosilgaydir, iztirob, iz ham,
Tug‘ilgansiz bir marta, siz xam,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Qarang, ko‘kda oy ko‘zin suzar,
Umr totli, yashamoq go‘zal,
Har neda bir hikmat bor, azal,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Har umrning bordir yoz-qishi,
Tugamaydi hayot tashvishi,
Juda yaqin oyning o‘n beshi,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Goh do‘stlardan ko‘nglingiz og‘rir,
Hamma sizdan tortganday bag‘ir,
Oilangizga keraksiz axir,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Farzandlar xam borar ulg‘ayib,
Yashamang hech mayus-mung‘ayib,
Qani do‘st, bir qo‘ying jilmayib,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Go‘zal yashang, shudir matlabim,
Umid birlan shivirlar labim,
Iltimosim, o‘tinch-talabim,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

Ters oqimdan charchadingizmi,
Umr nima, daryo, dengizmi,
She’rim tamom! Tushundingizmi,
O‘zingizni ehtiyot qiling!

💐Tashvishlar xam bo‘larda bir gap...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Hayot qonuni

Hayotingizdan ketganlarga achinmang! Ular o‘z manfaatlari tugagach ketdilar, ketganlarning o‘rniga albatta yangilari keladi.

Bir qaraganda eshitilishi xunuk bo‘lsa-da, aynan shunday almashinish uslubida atrofingizdagilar sinaladi. Chin va soxtalarga ajratiladi. Doimiy va vaqtinchalar saralanadi.

Zero, bir narsani unutmang, asl do‘st hech qachon ketmaydi! Sizni tark etishni lozim topganlar esa ikki dunyoda ham sizga do‘st bo‘lmaydi!

Kuningiz mazmunli o‘tsin, azizlar!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

Barcha imkoniyatlardan foydalan. Qo‘lingdan kelgan barchasini qilib ko‘rganingni bilish doim muhim.

Hayot hamisha insonga kutilmagan sovg‘alarni hozirlab qo‘yadi. Shuning uchun ham hayot juda qiziqarli.

O‘z hayotingni orzuga, orzuni esa voqelikka aylantir.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 #Tonggi_tarona

🎵"JIGARLARIM"

🎬 Dildora Niyozova ijrosida.

🌺Yakshanba - bir birlarini sog‘ingan jigarlar uchun diydor kuni!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💫JADIDLAR MILLAT KO‘ZGUSI💫
🔰TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT YO MAMOT, YO NAJOT YO HALOKAT, YO SAODAT YO FALOKAT MASALASIDIR
📍Toshkent tumani

🔰Abdulla Avloniy nomidagi pedogogik mahorat milliy instituti tarkibidagi jadidlar kutubxonasi hamda jadidlar hayoti va ijodi haqida so‘zlaydigan "Jadidlar muzeyi"ga Toshkent tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvilari ustozlari bilan sayohat qilishdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Jadidlar izidan” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida “Jadidlar izidan” tanlovini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Yangiyoʻl tumanidagi 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Jadidlar izidan” respublika koʻrik tanlovi tashkil etildi.

Tumanda 57 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat olib borayotgan boʻlib, shundan 55 ta maktab mazkur tadbirga qamrab olindi.

➡️ Batafsil bu yerda

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site