Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.15K subscribers
47K photos
16.3K videos
385 files
28.6K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#PRЕSS_TUR
🌞YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH MAYDONCHLARI FAOLIYATI
📍Zangiota tumani

🌈Bugun Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan o‘quvchilarni yozgi ta’tillarini ko‘ngildagidek o‘tkazish, bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish borasida olib borilayotgan samarali ishlar doirasida press tur tashkil etildi.

🌈Tumanda 10 ga yaqin maktablarda hamda Barkamol avlod bolalar maktabida "Yoz-2024" doirasida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchlari tashkil etilgan. Mavsum yakuniga qadar 2000dan oshiq o‘quvchilar ushbu sog‘lomlashtirish maydonchlariga qamrab olinadi.

🌈Press tur doirasida 8,15,38-sonli umumta’lim maktablari hamda Barkamol avlod bolalar maktabida olib borilayotgan ishlar, ayni paytdagi jarayonlar OAV xodimlariga ko‘rsatildi.

🌈Eslatib o‘tamiz, ➡️joriy yil yozgi mavsumda viloyatimizning 148 ta umumta’lim maktablarida "Sog‘lomlashtirish maydonchalari" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari barcha tuman shaharlardagi Barkamol avlod bolalar maktablari ham muntazam ravishda to‘garklarga o‘quvchilarni qamrab olgan. mavsum yakuniga qadar 35 mingga yaqin o‘quvchilar sog‘lomlashtirish maydonchlariga jalb etiladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#JARAYON
🔰SARHISOB


🌐Bugun barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi yakuniy davlat imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Joriy o‘quv yilida viloyatimiz miqyosida 11-sinfni 31012 nafar o‘quvchilar tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar.

➡️Bulardan➡️
847 ta umumta’lim maktablarini 29987 nafar;
Prezident maktabini 24 nafar;
13 ta ixtisoslashgan ta’lim muassasalarini 440 nafar;
8 ta xususiy maktabni 533 nafar;
3 ta maxsus maktabni 28 nafar o‘g‘il qiz bitirmoqda.

➡️Shu o‘rinda aytib o‘tish joyiz, O‘quv yili yakuni bo‘yicha 11-sinf bitiruvchilarga
30 029 ta oddiy,
851 ta oltin,
132 ta kumush medallariga elektron tizim e-shahodatnoma platformasi orqali buyurtmalar berilgan edi.


💥Bugun buyurtmadagi 983 ta medallar boshqarmaga yetkazildi.
🟢Ayni paytda tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutassaddilariga ushbu medallar yetkazib berilmoqda.
❗️Ushbu oltin va kumush melallar hamda shahodatnomalar 15-iyunga qadar o‘quvchilarga tantanali ravishda topshiriladi.

🏆Eslatib o‘tamiz, ➡️oltin va kumush medallar salmog‘i bo‘yicha
🌟Angren shahri (94 ta oltin, 7 ta kumush),
🌟Yuqori Chirchiq (73 ta oltin, 14 ta kumush),
🌟Bo‘stonliq (65 ta oltin, 18 ta kumush) va
🌟Toshkent (68 ta oltin, 6 ta kumush) tumanlari karvonboshilik qilmoqdalar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun ijtmoiy tarmoqlarda "Maktab remonti o‘qituvchilar zimmasidami?" degan sarlavha ostida Yangiyo‘l shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida muassasa ta’miri uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqatildi.

Ayni paytda mazkur noqonuniy holatni o‘rganish maqsadida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilgan. Holat o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Jarayon
🔰BOSHQARMA BOSHLIG‘I RAISLIGIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI: YUTUQLAR, MUAMMOLAR, KAMCHILIKLAR


🔴Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov ZOOM platformasi orqali tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘lim boshliqlari hamda maktabgacha ta'lim metodistlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

➡️Unda viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov doirasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan, oilaviy bog‘chalar, DXSHlar, yozgi sog‘lomlashtirish davrida olib boriladigan ishlar doirasida masalalar muhokama qilindi.

➡️Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatida hozirgi kunda 557 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 17 ta tashkilotga qarashli, 129 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti, 45 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 568 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, jami 2 316 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda.

➡️Bugungi kunda mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan viloyat miqyosida 162 271 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan bo‘lib, 70.9 foiz ko‘rsatkichni tashkil etadi.

📌Viloyat ko‘rsatkichidan past bo‘lgan tuman(shahar)lar quyidagilar:
Yangiyo‘l shahar - 69.8
Bo‘ka tumani - 65.7
Bo‘stonliq tumani - 65.8
Chinoz tumani - 66.9
Parkent tumani - 68.0
Piskent tumani - 62.2
Toshkent tumani - 67.7
Zangiota tumani - 60.6
O‘rta Chirchiq tumani - 57.4
Quyi Chirchiq tumani - 69.0
Yangiyo‘l tumani - 49.1 foiz ni tashkil etadi.

➡️Viloyat bo‘yicha 101 ta MFYlada umuman bog‘chalar tashkil etilmagan.
Oilaviy MTTlar ochishga 25 ta arizalar tushgan, ammo bugungi kunga qadar o‘rganilmagan.

❗️Boshqarma boshlig‘i Elyor Akbarov ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar doirasida mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#ANONS
🔰MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH DAVRINI SAMARALI TASHKIL ETISH

➡️Davlatimiz rahbarining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘rsida ”Farmonida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini namunali o‘tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, bolajonlar vaqtini maroqli o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish, ta’lim va tarbiya jarayonini uzluksiz olib borish, shuningdek yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish vazifalari har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida belgilab berilgan.

➡️Shu munosabat bilan joriy yil 13-iyun kuni Chirchiq shahridagi 5-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Baxtli bolalik” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

📣Seminarga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

KICHKINA KATTALARGA

Martaba berganda fe’l ham bersa keng,
Adlu muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo‘lsin, lekin
Kichik kattalardan asrasin xudo.

Sen biror eshikka bosh urib borsang,
Yuz bor haq bo‘lsang-da bitmasa ishing,
Bilki, ko‘ksi ichra qalb emas, xarsang,
Kichkina kattadir uchragan kishing.

Sen olim bo‘lsangu ixtiro bilan
Lol qilgudek bo‘lsang agar dunyoni,
Senga yo‘l ochguncha bir imzo bilan
Kichkina kattaning uzilar joni.

Tadbirkor bo‘lsangu el nafi uchun
Bir tadbir o‘ylasang, izlasang chora,
Ular topar albat yechilmas tugun,
Suyaging qolguncha qilar ovora.

Askar qasam ichar bo‘lmoqqa fido,
Tabib qasam ichar baxsh etmoqqa jon.
Kichkina kattalar ont ichar ammo
“Falon bo‘lay, seni qilmasam sarson”.

Chinor bo‘lsang, ular kemirguvchi qurt,
Po‘lat bo‘lsang, ular yemiruvchi zang.
Ey tangrim, el unmas, qad ko‘tarmas yurt
Kichik kattalarga insof bermasang.

Hech kimsa bo‘lmagan dunyoga ustun,
Uqboga zar olib ketmagan odam.
Kattayu kichikning boshida bor kun
Kelar, axir kichik kattalarga ham.

Men she’r aytdim, xolos, ne ham qilay man,
Ne iloj, iztirob jonga o‘t qalar.
Faqat ko‘nglingizga imon tilayman,
Diyonat tilayman, kichik kattalar.

✍️Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TAVSIYASI

Ikki kishi orasidagi quchoqlashish odatda o‘rtacha uzunligi 3 soniyani tashkil etadi. Ammo tadqiqotchilar aql bovar qilmaydigan narsani topdilar:

Quchoqlash 20 soniya davom etganda esa, bu tanaga va ongga, qalbga shifo ta’sirini yaratar ekan.
Sababi, samimiy quchoqlashish sevgi gormoni deb nomlanuvchi oksitotsin gormonini ishlab chiqaradi.
Ushbu moddaning esa, jismoniy sog‘ligimizda ko‘pgina afzalliklari bor. Bu bizga dam olishga, qo‘rquv va havotirlarimizni tinchlantirishga, xotirjam qilishga va asabiylikdan qutulishga yordam beradi...
Bu ajoyib trankvilizator har safar yaxshi ko‘rgan insonlarimizni „achom-achom“ qilganimizda, bolajonlarimizni o‘pganimizda, raqsga tushganimizda bepul qalbimizni yorishishiga yordam berar ekan...
Unda bugunoq 20 soniya davomida sizga yaqin bo‘lgan insonlarni quchoqlang va ularga ajoyib sevgi taqdim eting!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook