Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.67K subscribers
39.5K photos
15.4K videos
372 files
26.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi bir necha o‘quvchilar tomonidan kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat 19-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Ayni paytda mazkur holat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda huquq tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan. Tergov-surishtiriv ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma'lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir etilgan, noxush holat tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Ushbu videoda o‘qituvchi o‘quvchini sinf xonasida kaltaklagan vaziyati dars xonasidagi videokuzatuv kameralariga muhirlangan. Holat joriy yilning 9-oktabr kuni sodir bo‘lgan.

Ayni paytda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanidani 6-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi kaltaklanganligi haqidaga noxush xabar tarqalgan edi.


Mazkur noxush vaziyat joriy yilning 9-oktabr kuni soat 13:30 -14:00 atrofida maktab sinf xonasida sodir bo‘lgan. Holat dars xonasidagi kuzatuv kameralariga tushgan. Unda Katta yoshli yigit, o‘quvchi bolani ortidan kelib, sinf xonada kaltkalagan.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi hamda tuman bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, nazoratga olindi. Barcha holatlar mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, videotasvirlardagi katta yoshli yigit ushbu maktabning informatika fani o‘qituvchisi M.A bo‘lib, o‘quvchi esa maktabning 9-sinf o‘quvchisi O,Slardir.
Aniqlanishicha, o‘quvchi O.S, dars vaqtida o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani, o‘quvchilarga dasrni o‘zlashtirishda xalaqit berganligi sababli, o‘qituvchi M.A tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan. Shunga qaramay O.S turli ko‘rakda turmaydigan so‘zlar bilan o‘qituvchini haqorat qilgan.
Natijada o‘qituvchi M.A dars tugagach o‘quvchini jazolamoqchi bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzaga kelgan.

Holatni shu kunning o‘zida maktab ma’muriyati nazoratga olgan, o‘qituvchining xatti-harakatini qoralab, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. O‘quvchining ota-onasi ham maktabga chaqirlirilgan, ogohlantirilgan.

❗️Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, o‘quvchi O.S sentabr oyida ham maktabda tartibsizlik qilganligi sababli uning ota-onasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda, o‘quvchi maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar ro‘yxatida turadi.

Ishchi guruh o‘rganishlar yakunida maktab ma’muriyati, pedagoglar jamoasi hamda jamoatchilik kengashi mas’ullari bilan uchrashib, bu kabi noxush holatlarni oldini olishda, ta’lim va tarbiya rivojida maktab-mahalla-oila tizimini uzuluksiz ravishda izchil olib borish to‘g‘risida qat’iy choralar belgilab oldi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabidagi isitish tizimi, xususan qozonxona eski ekanligi. Maktab xonalarini to‘liq isitib bera olmayotgani haqida murojaat chiqqan edi.

Holat Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Ayni paytda eski qozonxona to‘liq yaroqli holga keltirilgan. Undan tashqari, mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilib, qozonxonani yangilash rejaga kiritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoyi tarmoqlarda “Oddiy xodimlardan pul yig‘ib olishni Prezident siyosatiga tenglashtirgan vaqtinchalik direktor mehnat ta’tilida yoxud ishlab yuribdi” sarlavhasi ostida xabar e’lon qilingan edi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Go‘zal Abdusattorova boshchiligida 2024-yil 24-sentyabr kuni Chirchiq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan (Asos buyruq raqami №152, 13.09.2024 yil) 2024-yil 20-sentabr kuni Yuqorichirchiq tumani “Millatlar do‘stligi” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi 06-04/3-3493-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati samaradorligini oshirish, direktorlar, uslubchilar, to‘garak rahbarlari hamda to‘garak a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan “Barkamol avlod bolalar” festivalining viloyat bosqichi o‘tkazilgan. Ushbu festivalda tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda Chirchiq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolarini havfsizligini hisobga olib maktab jamoasi tomonidan o‘quvchilar, to‘garak rahbarlari va maktab ma’muriyat xodimlarini borish-kelish harajatlari uchun o‘zlarining ixtiyoriylik tashabbuslari asosida 50 000 (ellik ming) so‘mdan pul mablag‘i yig‘ilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4467-sonli qaroriga asosan “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hududlar bilan ishlash va monitoring bo‘limi tomonidan tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktab direktorlari boshchiligida 2024-yilda amalga oshiriladigan tajriba almashish tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yil 15-,16-noyabr kunlari tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlarining tashabbuslari asosida Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlariga tajriba almashish maqsadida xizmat safari tashkil etilgan. Ushbu tashrifda Chirchiq shahar BABM direktori Z.Davletova o‘z bilim tajribasini oshirish maqsadida ixtiyoriylik asosida xizmat safariga borgan.

Xabarda Toshkent viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi rahbari Go‘zal Abdusattorova bu ishlardan manfaatdorligi, ushbu xodimga (Z.Davletova) o‘z vaqtida chora ko‘ra olmaganligi, bu holatlarga parda ortidan qaralayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi xodimlar nomenklaturasi to‘g‘risida”gi 237-sonli buyrug‘ining 6-ilovasiga muvofiq tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlari nomenklaturasi Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining vakolatiga kirishligi belgilab berilgan. Shu munosabat bilan yuqoridagi buyruq asosida barcha tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori G.Abdusattorovaning xizmat vakolatiga kirmasligi belgilab qo‘yilgan.

Holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi maktablarning birida yangi tayinlangan direktor va o‘qituvchilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani, direktor o‘qituvchilar jamoasiga nisbatan hurmatsizlik qilgani, shuningdek, tayinlov keltirilgan hujjatda kamchiliklar borligi o‘qituvchilar tomonidan asoslab berilgani bo‘yicha videolavha joylashtirilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda direktorlar kengashi o‘rganish ishlari olib bormoqda.

❗️O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan 15-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilarga tagi kuyib ketgan kasha va me’yoriga yetib pishmagan somsa berilayotgani yuzasidan ota-onalar murojaat yo‘llagan.

Holat shu kunning o‘zida nazoratga olingan. (Asos, Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bildirgisi).
Ayni paytda tizim muntazam ishlab turibdi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 4-sonli DMTTda elektr ta’minotining qayta tiklanishiga mutasaddilarning e’tiborsiz qarayotgani tanqid ostiga olingan.

Holat shu kunning o‘zida nazoratga olingan. Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo to‘liq bartaraf etilgan hamda issiqlik tizimi ishga tushirilgan. (Asos, Chirchiq shahar maktabgasa va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bildirgisi).
Ayni paytda tizim muntazam ishlab turibdi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 28-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida janjal sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shu kunning o‘zida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur holat 2-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 10-sinf o‘quvchilari O.N, J.S, M.O tanaffus vaqtida o‘zaro gap talashib qoladi.
Maktabda darslar tugagach yo‘l-yo‘lakay yana janjallashishgan. Holatdan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Yunusova xabar topib, Milliy gvardiya inspektor-psixologi leytenant S.Jo‘rayevni ogohlantiradi.
Mas’ullar fursatni boy bermay, o‘quvchilarni maktabga olib kelib, profilaktik suhbat o‘tkazadi. Ularning ota-onalari ham chaqirtirilib, tushuntirish xati olinadi.
To‘plangan xujjatlar, 2024-yil 3-dekabar kuni tuman IIB navbatchilik qismi Ye-bazasidan Ye-10508 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, O‘z.Res.MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

❗️Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, hech bir o‘quvchi tan jarohati olmagan. Holat to‘liq nazoratda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidan video faktga asoslangan murojaat e’lon qilingan edi.

Mazkur holatni o‘rganish uchun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar jumladan, sinflar yopilmasligi uchun maktabdan ketgan o‘quvchilar hujjati yuritilayotgani, maktab rahbari o‘quvchi va o‘qituvchilarga doirmiy ravishda qo‘pol muomalada bo‘layotgani o‘z tasdiqini topmadi. Xususan, maktabda tahsil olayotgan 3 nafar o‘quvchilar o‘quv yili boshida boshqa hududga ketgan va ma’lum muddatdan so‘ng qaytib kelgan. Kundalik.com va e-maktab.uz elektron platformasida o‘quvchilar mavjud va baholanmoqda (mas’ular tushuntirish xatlari mavjud).

Videodagi holat, ya’ni direktorning o‘quvchilarga tanbeh berayotgani tasvirlangan jarayon bir oy oldin sodir bo‘lgani aniqlandi. Unda 7-sinf o‘quvichilari A.S, X.S lar darsaga kechikib kelgan vaqtda, maktab ichki nizomlaridan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning shaxsiyatiga tegmasdan maktab direktori tomonidan tanbeh berilgan. Ayni paytda o‘quvchilarning ota-onalari maktab rahbariyatiga nisbatan hech qanday da’vo qilmagan (Ota-onalar tushuntirish xatlari mavjud).

Xizmat tekshiruvi davomida ta’lim muassasasida aniqlangan boshqa kamchilik va holatlar bo‘yicha rahbariyatga ogohlantirish berilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Joriy yil 3-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahridagi 14-sonli DMTTning isitish tizimi ishlamayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat shu kunning o‘zida bartaraf etilgan. Ayni paytda maktabgacha ta’lim tashkilotida isitish tizimi hech qanday kamchiliklarsiz ishlamoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanidagi MTMda ko‘mir mahsulotlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanilayotgani, oziq-ovqat mahsulotlarining hech qanday hujjatlari yo‘qligi, bolalar salomatligi uchun mas’ul hamshira yo‘qligi va boshqa kamchiliklar mavjudligi ta’kidlangan.

➡️Ayni paytda holat mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan yakunda batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Joriy yilning 23-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabi bilan bog‘liq "“Molxona”da o‘qiyotgan o‘quvchilar. O‘zbekiston maktablari qishdan qanday chiqadi?" sarlavhasi ostida videolavha chiqarilgan.

Mazkur videolavhada keltirilgan holatni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha Viloyat hokimligi, Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Bo‘ka tumani hokimligi, Bo‘ka tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslaridan iborat ishchi guruh tuzilib to‘liq nazoratga olindi.

Ushbu materialda keltirilgan maktab uchun 2019-yili mahallada joylashgan kolledj binosi berilgan. Bu yerda 13 ta sinfda 248 nafar 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oladi.
Maktabning eski binosi 1988-yilda foydalaniga topshirilgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur binoda boshlang‘ich 8 ta sinfdan iborat 153 nafar 1-4-sinflar o‘qimoqda.

O‘rganish davomda tuman hokimligi tomonidan asosiy binodagi sinfxonalar pol qismi, deraza oynalarning berkitilishi hokimlik tomonidan amaliy yordam qilinib, o‘quvchilarning qishgi ta’til vaqtida ta’mirdan chiqarib berilishi rejalashtirildi. Asosiy binoda issiqlik yetarli darajada. Bino sinf xonalari 16-17 Gda ilimoqda. Ko‘mir videoda keltirilganidek yaroqsiz emas.

Maktabning eski binosi, ayni paytda boshlang‘ich sinflar tahsil olayotgan bino kelgusi o‘quv yilida mahalliy budjetdan kapital ta’mirlash uchun rejaga kiritiladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib boriladi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#rasmiy_munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi "Zangiota tumani pedagoglari: ixtiyoriy- majburiy obunaga chek qoʻyilsin" mazmunidagi murojaat yuzasidan

Zangiota tumanning "Istiqbol" gazetasi uchun obuna amalga oshirilishi faqatgina tavsiya va targ‘ibot asosida olib borilayotganini maʼlum qilamiz.

Obuna qilish jarayonida tuman korxona-tashkilotlari tomonidan faqatgina gazetaga qiziqishni oshirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Tahririyat gazetaning mazmunini zamonaviy talablarga moslashtirish, qiziqarli va foydali maʼlumotlar bilan boyitish borasida faoliyat olib bormoqda. Asosiy maqsad — gazeta o‘z o‘quvchilariga foydali bo‘lishi va obuna jarayoni ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanishini taʼminlashdir.

Albatta, murojaatda bildirilgan taklif va fikrlar gazeta faoliyatini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Har bir pedagogning xohishiga hurmat bilan yondashiladi va obuna bo‘lishga majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sentabr oyida issiqlik tizimini tamirlash maqsadida yopilganini, ammo 3 oydirki faoliyat boshlamayotgani, bu esa ota-onalarga noqulayliklar tug‘dirayotgani bayon qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahridagi "Oq qayincha" nomidagi 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1968-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Shu kunga qadar ta’mirga tushmagan mazkur ta’lim tashkilotida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2024-yil 27-sentabrdagi 739-10-150-MMTB/2024-sonli buyrug‘i asosida 2-oktabrdan issiqlik tizimini mukammal ta’mirlash ishlari boshlangan.

Ayni paytda barcha ishlar yakuniga yetkazilib, 13-yanvardan o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook