Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.67K subscribers
39.5K photos
15.4K videos
372 files
26.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#IBRAT_VAQTI

1896-yilda buyuk ixtirochi Tomas Edison elektr lampasini ixtiro qilganidan keyin avtomobil ishlab chiqarish loyihasi ustida ishlay boshladi. Shu paytda u kompaniyasidagi bir yigitning avtomobil yaratganini bilib qoldi. Nyu-Yorkdagi kompaniya tadbirida Edison ushbu yigit, ya’ni Genri Ford bilan uchrashdi va benzinda yuradigan avtomobil g‘oyasidan juda katta taassurot oldi. Elektr energiyasini manba sifatida ko‘rib kelayotgan Edison, Fordni hayajon bilan qo‘llab-quvvatlab, unga shunday dedi: "O‘g‘lim, bu ajoyib! Seni to‘g‘ri yo‘lda deb o‘ylayman! Sa’y-harakatlaringni davom ettirishingni qo‘llab-quvvatlayman!"
Hurmatli ixtirochidan olgan rag‘bati tufayli Genri Ford o‘z ishini davom ettirdi va oxir-oqibat uni badavlat kishiga aylantirgan avtomobilni ixtiro qildi.
1914-yilning 9-dekabrida Edisonning laboratoriyasi va fabrikasiga o‘t ketishi oqibatida undagi hamma narsa yonib kul bo‘ldi. O‘shanda Edison 67 yoshda edi. Zarar shunday katta ediki, sug‘urta kompaniyasi to‘laydigan tovon puli ham bu zararni qoplashga yetmas edi. O‘shanda, hali yong‘inning kuli sovimay tarib, Genri Ford Edisonga 750 ming dollarlik chek yubordi va agar zarur bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ berilishini ta’kidladi.
1916-yilda Ford o‘z uyini Edisonning uyi yoniga qurdi. Keyinchalik Edison nogironlik aravachasida harakatlanishga majbur bo‘lganida, Ford ham o‘z aravachasini olib, ular birga poyga qila boshladilar.
Tomas Edison Genri Fordning o‘ziga ishonishiga hissa qo‘shgan, natijada ular o‘rtasida umrbod do‘stlik paydo bo‘lgan edi.

🔴Xulosa:
Boshqalarning muvaffaqiyatiga hech qachon hasad qilmang. Agar poygada g‘olib bo‘lolmasangiz, oldindagi insonga rekordni yangilashga yordam bering. Yonib turgan shamingiz boshqa shamni yoqqanda yorug‘ligini yo‘qotmaydi. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik va ruhlantiraylik!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Hayotning 14 hikmati

1. Inson hayotidagi eng katta dushmani — uning o‘zi.
2. Inson hayotidagi eng katta ahmoqlik — yolg‘on.
3. Hayotdagi eng katta mag‘lubiyat — manmanlik.
4. Hayotdagi eng katta qayg‘u — hasad.
5. Eng katta xato — o‘z-o‘zingni yo‘qotish.
6. Insonning eng katta aybi — yaxshilikni bilmaslik.
7. Eng katta afsus — o‘z qadr-qimmatingizni kamsitish.
8. Tubanlikdan yuksalish, tahsinga loyiq.
9. Eng katta boylik — salomatlik va aql.
10. Eng katta judolik — umidsizlik.
11. Eng katta qarz — samimiy tuyg‘ular.
12. Hayotda eng katta tuhfa — oliyjanoblik.
13. Hayotda eng katta kamchilik — tushunmaslik.
14. Hayotda eng katta tasalli — savob ishlar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

❗️YOVUZLIK HAQIDA BAHS


Professor talabalardan so‘radi:
– Qani, aytinglar-chi, hamma narsani Xudo yaratganmi?!
Talabalardan biri astoydil javob berdi:
– Ha, Xudo yaratgan!
– Agar hamma narsani Xudo yaratgan bo‘lsa, demak, yovuzlik va zulmni ham U yaratgan, shundaymi?
Talaba javob berolmay, jim turib qoldi. Professor o‘z dalillaridan lazzatlanib, talabalar oldida faxrlandi.
Shunda boshqa bir talaba savol so‘rashga ruxsat so‘rab, qo‘l ko‘tardi. Professor ruxsat bergach, o‘rnidan turib, so‘radi:
– Janob professor! Sovuqlik bormi?
– Bu qanaqa savol?! Albatta, bor. Nima, o‘zing hech sovqotmaganmisan?
Talabalar kulib yuborishdi. Shunda haligi talaba:
– Aslida sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga ko‘ra, biz sovuqlik deydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Fanda no‘l daraja harorat deb qabul qilingan o‘lcham Farengeyt o‘lchovida – 460 daraja hisoblanadi. Bu issiqlikning butkul yo‘qligini bildiradi. Agar butun olam bu darajaga tushib qolsa, borliq narsalar faqat issiq-sovuqni emas, balki boshqa holatlarni ham sezolmaydigan bo‘lib qoladi. Sovuqlik aslida yo‘q. Biz “sovuqlik” so‘zini issiqlik yo‘qligi yo kamligini isbotlash uchun ishlatamiz, – dedi.
Professorning bu gaplarni tasdiqlashdan boshqa iloji yo‘q edi. Talaba so‘zini davom ettirdi:
– Qorong‘ilik to‘g‘risida nima deysiz?
– Albatta, u bor!
– Siz yana xato aytdingiz! Qorong‘ilik ham aslida yo‘qdir. U aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Biz yorug‘likni o‘rganamiz, qorong‘ilikni esa o‘rganolmaymiz. Shunday emasmi? Biz Nyuton prizmasi yordamida yorug‘likni rangli nurlarga bo‘lib yuborishimiz, ularning uzunligi va tezligini o‘rganishimiz mumkin. Lekin qorong‘ilik ustida bunday izlanishlar o‘tkazolmaymiz! Yoki yorug‘lik o‘lchash usullariga qararsiz? Shunday emasmi?! Demak, qorong‘ilik tushunchasini inson yorug‘lik yo‘qligini yoki kamligini ifodalash uchun ishlatadi.
Talaba professordan yana so‘radi:
– Yovuzlik va zulm bormi?
Professor:
– Albatta, bor! Uni biz har kuni ko‘ramiz. Dunyoda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va zo‘ravonliklar... kishilarning bir-biriga zulm qilishi... Bular yovuzlik oqibati.
– Yovuzlik ham yo‘q narsa. Xudo yovuzlikni yaratmagan. Yovuzlik inson qalbida ezgulik, mehr-muhabbatning yo‘qligidir. Pok e’tiqod va mehr-muhabbat issiqlik va yorug‘lik kabi bor narsalardir. Yovuzlik esa sovuqlik bilan qorong‘ilikka o‘xshaydi. U issiqlik bo‘lmaganida kelgan sovuqlikka o‘xshaydi, yoki qorong‘ilik kabi yorug‘lik ketganida keladi.
Professor talabaning zakovatiga tan berdi.

Bu talaba keyinchalik dunyoga mashhur bo‘lgan olim Albert Eynshteyn edi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Bir kishi hayvonot bog‘i ochib, unga kirish narxini 200 dollar qilib belgilabdi. Ammo, necha kun o‘tmasin, negadir hech kim unga kirishni xohlamabdi. U kishi narxni 100 dollarga tushiribdi, ammo hayvonot bog‘iga hech kim kelmasmish. Narx 50 dollarga pasaytirilibdi. Shunda ham birorta mehmon bosh suqmabdi.

Shundan keyin hayvonot bog‘ining egasi unga kirishni butunlay bepul qilibdi. Ichkari odamlar bilan to‘lgach, u qafasdagi sherni qo‘yib yuboribdi va chiqish narxini 500 dollar qilib belgilab qo‘yibdi.

Qissadan hissa shuki, har xil bepul, tekin narsalar haqida eshitsangiz, darrov chuv tushmang, balki ular ham sherni qafasdan chiqarib, Sizni kutib turishgandir...

Tekin pishloq faqatgina qopqonda bo‘ladi..

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Bir kuni podshoh bilan qul bir kemaga chiqishibdi. Umrida dengiz ko‘rmagan qul kema harakatlanganida qo‘rqib baqira boshlabdi. Qul ogohlantirishlarga qaramay baqiraveribdi. Qulning baqirib-chaqirishidan podshohning halovati yo‘qolibdi.
Kemadagi dono kishilardan biri podshohga:
– Ruxsat bersangiz, uni jim qila olaman, – dedi.
Podshoh juda xursand bo‘lishini aytdi. Podshohning ruxsati bilan dono kishi qulning dengizga tashlanishini buyuribdi. Suzishni bilmagan qul jon holicha yordam so‘radi.
Qulning suvda cho‘kayotganini ko‘rgan dono kishi:
– Bo‘ldi, yetadi. Uni olib chiqinglar. Dono kishining so‘ziga binoan qulni dengizdan olib chiqishdi. Qul uni olib chiqqanlarga rahmat aytib bir chekkada tinchgina o‘tiribdi.
Dono kishining bu ishi podshohga yoqdi. Podshoh tabassum bilan qarab:
– Bu qulni qanday qilib jim qilding?
Dono kishi javob berdi:
– O‘tirgan joyida baqirib-chaqirgan bu qul bundan oldin dengizda cho‘kmagan. Shuning uchun kemadagi huzur-halovatning qadrini bilmaydi. Bu qul kabi sog‘lik va huzurning qadrini faqat uni yo‘qotganlar biladi. Odamning boshiga bir kulfat va dard kelsagina huzurning va rohatning qadriga yetadi...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

💎O‘YLAB KO‘RING...

— Mol-dunyoimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi;
— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi;
— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi;
— Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz;
— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz;
— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz;
— Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik;
— Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz;
— Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q;
— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir;
— Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi;
— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik;
— Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam;
— Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz;

O‘ylab ko‘ring, o‘zligingizni yo‘qotib qo‘ymang.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

🔥«Mo‘min mo‘minning oynasi»

Uch so‘zdan olingan ayrim hikmatlar:

1. Ko‘zgu sizni ayblaringizni faqat sizga ko‘rsatadi, boshqalarga ko‘rsatmaydi

2. Sof oyna yuzdagi kamchiliklarni aytadi

3. Kir ko‘zgu aslingizni ko‘rsatmaydi (Ichi qora birodaringiz haqiqatni yuzingizga aytmaydi)

4. Ko‘zgu odamdagi go‘zalliklarni ham ko‘rsatadi (Do‘stingizning yaxshi jihatlarini ham ko‘ra biling)

5. Qancha yaqin kelsangiz shuncha tiniq ko‘rsatadi

6. O‘zingizning manfaatingiz uchun siz ham ko‘zguni tozalab turishingiz kerak

7. Ko‘zgu nimani ko‘rsatsa ranjimaslik kerak

8. Yaxshi ko‘zgu qimmat turadi

9. Qancha yaqin kelsangiz — u ham sizga yaqinlashadi

10. Qancha uzoqlashsangiz — u ham uzoqlashadi

11. Ko‘zgu sizga o‘zingiz sezmagan xislatlaringizni ko‘rsata oladi

➡️Eng muhimi👇
Ko‘zguni o‘zgartirishning birdan bir yo‘li — o‘zingizni o‘zgartirish!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Sichqon uyda yurar ekan bir chetga qopqon qo‘yilganini ko‘rdi. Bir-ikki kundan keyin ho‘rozning oldiga borib: "Ey xo‘roz, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. U hammamizga xalaqit beryapti", dedi. Xo‘roz unga javoban "Bu mening muammoyim emas. Kimning muammosi bo‘lsa, o‘sha hal qilsin", dedi.

Sichqon: "Mayli", dedi-da, qo‘yning oldiga borib, unga "Ey qo‘y, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. Bu hammamiz uchun xatarli", deb taklif qildi. Qo‘y ham xo‘roz singari "Buning menga aloqasi yo‘q ekan. Muammo kimniki bo‘lsa, o‘sha hal qilish kerak", dedi.

Sichqon endi molning oldiga bordi: "Ey mol, shu qopqonni olib qo‘yaylik. Bu hammamizga xalaqit beryapti". Mol: "Bu mening muammoyim emas", dedi...

Kunlarning birida qopqonga ilon tushib qoldi. Chiqishga harakat qilib, uyoq-buyoqqa talpinib, shu yerda yurgan uy egasining ayolini chaqib oldi.

Xo‘jayin ayolini kasalxonaga olib bordi. Yengil muolajadan keyin do‘xtir xo‘jayinga "Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Endi uyga olib borib, yaxshi ovqatlardan qilib bering. Tovuq sho‘rva bo‘lsa yanada yaxshi bo‘lardi", dedi.

Xo‘jayin uyga keliboq katakdagi xo‘rozni so‘yib, sho‘rva qildi...

El-ulus: "Falonchining ayoli betob emish, borib yo‘qlamasak bo‘lmas", deb birin-ketin ziyoratga kela boshladi. Xo‘jayin o‘ylanib, "Qardosh-qarindosh, do‘stlar – bari kelyapti. Endi bir ehson qilay", dedi-da, qo‘radagi qo‘yni so‘yishga jazm qildi...

Oradan ko‘p o‘tmay ayolning kasali og‘irlashib, vafot etdi. Xo‘jayin ma’rakalarni o‘tqizish uchun molni ham so‘yib yubordi...

Masalning qiziq joyi shundaki, "Bu mening muammoyim emas", deganlarning birontasi omon qolmadi. "Muammo meniki", deb jon kydirgan sichqon esa hamon tirik...

Xulosa o‘zingizdan!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_VAQTI

Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa;
- bilki hali tabiating toza ekan.

🌷 Agar o‘zingdan boshqalarda ham go‘zallikni ko‘ra olsang;
- bilki, ichki dunyoing go‘zal ekan.

🤝 Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang;
- bilki, sen uchun nurli yo‘llarda doim hamroh topiladi.

🕊 Agar o‘zingdan boshqalarga ham yaxshilikni xolis qila olsang;
- bilki, sen vafoga juda yaqinsan!

☝️ Bilgin:
• Aybsiz do‘st qidirgan yolg‘iz yashaydi;

🍃 Nuqsonsiz juft izlagan bo‘ydoq o‘tadi;
• Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan;

🌸 Labingni faqat ikki narsaga ishlat:
- biri tabassum;
- ikkinchisi sukut.

😊 Tabassum mushkul ishlarni hal qiladi;
• Sukut esa mushkul ishlarni o‘tkazib yuboradi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎MUHIM ISHLARNI MUQADDAM QO‘YING!

➡️Hakimlardan biri aytgan ekan: “Men hech kimni unutib yuborganim yo‘q. Lekin ishlarimni tartiblab, eng muhimlarining ro‘yxatini tuzib chiqdim. Afsus, ko‘pchilik insonlarni bu ro‘yxatga kirita olmadim”.

➡️Ha, agar biz ham ishlarimizni muvofiq tartiblab, eng muhimlarining ro‘yxatini tuzib chiqsak, vaqtimizni behudaga sovurayotgan anchagina kishilar va ishlardan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Afsuski, muhimlari qolib, bekorchilari bilan mashg‘ul bo‘lib qolayotganimiz uchun hatto eng muhimlariga ham vaqtimiz yetmay qolyapti. Vaqt ham xuddi pul kabidir. Kerak emas joyga sarflab yuborsak, kerak bo‘lganida topa olmaymiz.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🔴Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi.

📌Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🟢Vulqon talantni sudrab chiqadi!

Vulqon yerning 150-250 km chuqurligida hosil bo‘ladi.

Kelib chiqish sababi — kuchli issiqlik va bosim.

Vulqon otilishini ko‘plab odamlar yomon tabiiy hodisa sifatida tushunadi.

Ammo, vulqon otilganida:

Milliard yillardan beri yer ostida yotgan kimberlit va lamproit jinslarini yer yuziga sudrab chiqadi.

Geologlar bu ikki tog‘ jinsiga — qattiq qiziqadi. Chunki ulardan olmos olinadi!

Olmos olish jarayoni oson emas: dastlab geologlar kimberlit va lamproitni izlab topishadi. Ishchilar qazib olishadi.

Mutaxassislar esa toshlarga ishlov berib, olmosga aylantiradilar.

Noyob olmos bo‘lish yetarli emas. Uni sota olish ham kerak. Endi 50-70% muvaffaqiyat marketingga bog‘liq:

2017 yili 284 ta Ferrari narxiga sotilgan olmosni misol qilishimiz mumkin.

Xullas:

Bosim + portlash + vulqon + mutaxassislar mehnati + marketing = qimmatbaho olmos.

Insonning talanti ham shunday kashf etiladi. Olmosga o‘xshaymiz:

Talant dastlab ichimizda yotadi. Qiyin davrlar, kuchli bosim, ruhiy vulqonlar uni sirtimizga olib chiqadi.

«Geolog» — ustozlar uni topadi va bizga bildiradi.

Talantimiz ustida ishlaymiz, yanada rivojlantiramiz. Mutaxassislardan yordam olamiz.

Shunda qadrli, qimmatbaho kadrga aylanamiz.

Bu tarozining bir pallasida.

Ikkinchisida esa: o‘zingizni sota olish. Talantingizni ko‘rsata olish!

Fikrimcha, bizdan talantlar chiqmayotgani sababi shu:

1. Mehnat yetishmayapti.
2. Mehnat bor - qiyinchilik yo‘q.
3. Mehnat + qiyinchiliklar bor - ustoz yo‘q.
4. Mehnat + qiyinchilik + ustoz bor - o‘zini ko‘rsata olmaydi.

Qissadan hissa:

Bosim bo‘lyaptimi? Ruhan azoblanyapsizmi? Mehnat charchatdimi? Qiynalyapsizmi? Ustozlar ko‘p vazifa yuklayaptimi?

Siqilmang. Siz qimmatbaho olmosga aylanyapsiz!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM