Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.76K subscribers
40.1K photos
15.5K videos
372 files
26.3K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 19-sonli umumta’lim maktabi direktori Begzod Qodirov o‘quvchilarga qattiqqo‘l, ularning ota-onalariga nisatan nomunosib munosabatda bo‘layotgani bayon etilgan xabarlar tarqaldi.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Chirchiq shahar bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan. Ota-onalar bilan suhbat o‘tkazilgan. Nomunosib harakatlar sodir etgan rahbarga ogohlantirish berilgan.

❗️Shu o‘rinda eslatma, viloyatimiz ta’lim tizimi bilan bog‘liq, Sizni qiynayotgan muammolar, yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan bizning ISHONCH TЕLЕFONIMIZGA +998(71) 231-65-79 yoki maxsus @ToshvilmmtbgamurojaatBot telegram botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Ohanganron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan noxush holat aks etgan videoxabar tarqaldi.

Unga ko‘ra, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari davlat tomonidan bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilayotganda jamoatchilik tomonidan ushlab qolingan.

Holat joriy yilning 18-oktabr kuni sodir etilgan. Shu kunning o‘zida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib o‘rganish olib borilgan. Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazoratga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

❗️O‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan bog‘liq turli noxush holatlar sizdirilgan xabarlar tarqaldi.

Xabarlardagi iddaolarni o‘rganish maqsadida Ohanganron tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullarilan iborat ishchi guruh tuzilib, holat to‘liq nazoratga olindi va o‘rganildi.

Xabarlarda keltirilgan vaziyatlar, xususan maktabgacha ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lgan eski mebellar, muassasa jihozlari betartib joylashtirilgan ombor ayni paytda o‘z holiga keltirilgan. (Aslida jihozlar o‘sha kuni omborga kiritilib, joylashtirishga ulgurilmagan)
Undan tashqari ushbu muassasaning xo‘jalik ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari X.Hga tegishli deya iddao qilingan audioyozuv ham e’lon qilingan. (Audioda odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar ishlatilgan)
❗️O‘rganishlar davomida mazkur audioyozuv X.Hga tegishli emasligi aniqlangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ayi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi umumta’lim maktablari pedagoglari mukofot pullarini olishmaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Bo‘stonliq tumanidagi 14 ta umumta’lim maktablari rahbarlari pedagog xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha sentyabr oyida buyruq chiqargan, ammo buyruqdagi ba’zi xatoliklar sababli to‘lanmagan. Oktyabr oyida qoldiq mablag‘lar muqobillashtirilganligi sababli ushbu oyida 55 ta maktab rag‘batlantirilishiga mablag‘ yetishmagan. Hozirgi kunda moliyalashtirish uchun o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi bir necha o‘quvchilar tomonidan kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat 19-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Ayni paytda mazkur holat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda huquq tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan. Tergov-surishtiriv ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma'lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir etilgan, noxush holat tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Ushbu videoda o‘qituvchi o‘quvchini sinf xonasida kaltaklagan vaziyati dars xonasidagi videokuzatuv kameralariga muhirlangan. Holat joriy yilning 9-oktabr kuni sodir bo‘lgan.

Ayni paytda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanidani 6-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi kaltaklanganligi haqidaga noxush xabar tarqalgan edi.


Mazkur noxush vaziyat joriy yilning 9-oktabr kuni soat 13:30 -14:00 atrofida maktab sinf xonasida sodir bo‘lgan. Holat dars xonasidagi kuzatuv kameralariga tushgan. Unda Katta yoshli yigit, o‘quvchi bolani ortidan kelib, sinf xonada kaltkalagan.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi hamda tuman bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, nazoratga olindi. Barcha holatlar mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, videotasvirlardagi katta yoshli yigit ushbu maktabning informatika fani o‘qituvchisi M.A bo‘lib, o‘quvchi esa maktabning 9-sinf o‘quvchisi O,Slardir.
Aniqlanishicha, o‘quvchi O.S, dars vaqtida o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani, o‘quvchilarga dasrni o‘zlashtirishda xalaqit berganligi sababli, o‘qituvchi M.A tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan. Shunga qaramay O.S turli ko‘rakda turmaydigan so‘zlar bilan o‘qituvchini haqorat qilgan.
Natijada o‘qituvchi M.A dars tugagach o‘quvchini jazolamoqchi bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzaga kelgan.

Holatni shu kunning o‘zida maktab ma’muriyati nazoratga olgan, o‘qituvchining xatti-harakatini qoralab, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. O‘quvchining ota-onasi ham maktabga chaqirlirilgan, ogohlantirilgan.

❗️Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, o‘quvchi O.S sentabr oyida ham maktabda tartibsizlik qilganligi sababli uning ota-onasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda, o‘quvchi maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar ro‘yxatida turadi.

Ishchi guruh o‘rganishlar yakunida maktab ma’muriyati, pedagoglar jamoasi hamda jamoatchilik kengashi mas’ullari bilan uchrashib, bu kabi noxush holatlarni oldini olishda, ta’lim va tarbiya rivojida maktab-mahalla-oila tizimini uzuluksiz ravishda izchil olib borish to‘g‘risida qat’iy choralar belgilab oldi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabidagi isitish tizimi, xususan qozonxona eski ekanligi. Maktab xonalarini to‘liq isitib bera olmayotgani haqida murojaat chiqqan edi.

Holat Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Ayni paytda eski qozonxona to‘liq yaroqli holga keltirilgan. Undan tashqari, mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilib, qozonxonani yangilash rejaga kiritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoyi tarmoqlarda “Oddiy xodimlardan pul yig‘ib olishni Prezident siyosatiga tenglashtirgan vaqtinchalik direktor mehnat ta’tilida yoxud ishlab yuribdi” sarlavhasi ostida xabar e’lon qilingan edi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Go‘zal Abdusattorova boshchiligida 2024-yil 24-sentyabr kuni Chirchiq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan (Asos buyruq raqami №152, 13.09.2024 yil) 2024-yil 20-sentabr kuni Yuqorichirchiq tumani “Millatlar do‘stligi” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi 06-04/3-3493-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati samaradorligini oshirish, direktorlar, uslubchilar, to‘garak rahbarlari hamda to‘garak a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan “Barkamol avlod bolalar” festivalining viloyat bosqichi o‘tkazilgan. Ushbu festivalda tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda Chirchiq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolarini havfsizligini hisobga olib maktab jamoasi tomonidan o‘quvchilar, to‘garak rahbarlari va maktab ma’muriyat xodimlarini borish-kelish harajatlari uchun o‘zlarining ixtiyoriylik tashabbuslari asosida 50 000 (ellik ming) so‘mdan pul mablag‘i yig‘ilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4467-sonli qaroriga asosan “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hududlar bilan ishlash va monitoring bo‘limi tomonidan tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktab direktorlari boshchiligida 2024-yilda amalga oshiriladigan tajriba almashish tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yil 15-,16-noyabr kunlari tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlarining tashabbuslari asosida Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlariga tajriba almashish maqsadida xizmat safari tashkil etilgan. Ushbu tashrifda Chirchiq shahar BABM direktori Z.Davletova o‘z bilim tajribasini oshirish maqsadida ixtiyoriylik asosida xizmat safariga borgan.

Xabarda Toshkent viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi rahbari Go‘zal Abdusattorova bu ishlardan manfaatdorligi, ushbu xodimga (Z.Davletova) o‘z vaqtida chora ko‘ra olmaganligi, bu holatlarga parda ortidan qaralayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi xodimlar nomenklaturasi to‘g‘risida”gi 237-sonli buyrug‘ining 6-ilovasiga muvofiq tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlari nomenklaturasi Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining vakolatiga kirishligi belgilab berilgan. Shu munosabat bilan yuqoridagi buyruq asosida barcha tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori G.Abdusattorovaning xizmat vakolatiga kirmasligi belgilab qo‘yilgan.

Holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi maktablarning birida yangi tayinlangan direktor va o‘qituvchilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani, direktor o‘qituvchilar jamoasiga nisbatan hurmatsizlik qilgani, shuningdek, tayinlov keltirilgan hujjatda kamchiliklar borligi o‘qituvchilar tomonidan asoslab berilgani bo‘yicha videolavha joylashtirilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda direktorlar kengashi o‘rganish ishlari olib bormoqda.

❗️O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan 15-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilarga tagi kuyib ketgan kasha va me’yoriga yetib pishmagan somsa berilayotgani yuzasidan ota-onalar murojaat yo‘llagan.

Holat shu kunning o‘zida nazoratga olingan. (Asos, Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bildirgisi).
Ayni paytda tizim muntazam ishlab turibdi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 4-sonli DMTTda elektr ta’minotining qayta tiklanishiga mutasaddilarning e’tiborsiz qarayotgani tanqid ostiga olingan.

Holat shu kunning o‘zida nazoratga olingan. Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo to‘liq bartaraf etilgan hamda issiqlik tizimi ishga tushirilgan. (Asos, Chirchiq shahar maktabgasa va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bildirgisi).
Ayni paytda tizim muntazam ishlab turibdi.

❗️Shu o‘rinda eslatma, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid har qanday vaziyat, noxush holat va yoki sizni qiynayotgan muammolar bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlardagi @ToshvilmmtbgamurojaatBot ga murojaat qiling. Sizning murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook