Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.18K subscribers
46.6K photos
16.3K videos
385 files
28.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Yaponiyaning Chibo shahrida bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

#Japan #Math #13_July

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Tashkent #26July #IChO_2023

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#Xalqaro_olimpiada

Joriy yilning 9-14-iyun kunlari yurtimizda ilk bora Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

📍 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Buxoro shahrida tashkil etiladigan ushbu olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.

❗️ Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritadi.

👉 Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar baholab boradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Buxoro

Xalqaro biologiya olimpiadasi hakamlar hay’ati a’zolari Buxoroga yetib kelishdi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil qilinayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasiga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi.

Bugun mazkur olimpiadaning hakamlar hay’ati a’zolari Buxoro viloyatiga yetib kelishdi. Ular Buxoro xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

😄Ushbu olimpiadada ko‘p yillik tajribaga ega o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Turkiya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qirgʼiziston davlatlaridan yuqori salohiyatli xalqaro darajadagi ekspertlar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishmoqda.

🔴 Ayni vaqtda ekspertlar tomonidan xalqaro olimpiadaning nazariy va amaliy bosqichlari uchun topshiriqlar shakllantirilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada

Abu Ali ibn Sino nomidagi
xalqaro biologiya olimpiadasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.

O‘ziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi o‘quvchilar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr bildirib o‘tishdi.

✔️Vazir o'rinbosari o'z so'zi davomida buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning dunyo ilm-fan rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, uning ilmiy me’rosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan o'rganib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o'tdi.

O‘zaro do‘stona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning beg‘ubor raqs davralariga ulanib ketdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 Abu Ali Ibn Sino nomidagi
xalqaro biologiya olimpiadasining 1-tur bahslari boshlandi.

Eslatib o'tamuz: 1-tur yozma ish (nazariy) shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 50 ta topshiriq beriladi va jami 100 ball bilan baholanadi.

Mazkur tur topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt ajratiladi.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining 2-tur bahslari Buxoro davlat tibbiyot institutida bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot uchun: 2-tur amaliy ish shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 2 ta topshiriq beriladi va har biri 50 balldan maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Mazkur tur topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 18 ta medal bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada

🛫 O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3-Xalqaro ochiq astronomiya (OWAO-2024) olimpiadasida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga jo‘nab ketdi.

Mazkur olimpiada joriy yilning 15-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

Ildar
Xashayev — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 71-sonli maktab o‘quvchisi;

Javohir Sadullayev — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

Dilshodbek Rajabov — Xorazm viloyati, Xazоrasp tumani 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

Abdulloh Mamaniyozov — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

Muhammad Abdumalikov — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

Nozimjon Shavkatjonov — Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

❗️ Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!


olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#tavsiya

HIPPO 2025: 13-
xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

🔺Ingliz tili xorijiy yoki ikkinchi til sifatida qo’llaniladigan 70 ga yaqin davlatdan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan barcha maktab o’quvchilari CEFR darajasida bellashishadi.

Imtihon ELPC tashkiloti tomonidan Angliya davlatining “Ofqual Regulated UK” Gatehouse Awards ishtirokidaIESOL” dasturi asosida o’tkaziladi va ushbu imtihon xalqaro darajada tan olingan.

🏆Olimpiadaning saralash bosqichidagi har bir o’quvchi CEFR darajasidagi imtihonlarda ishtirok etganligi toʻgʻrisida sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

➡️Saralash bosqichi: 15-16 mart (viloyatlarda)

➡️Milliy Final bosqich: 26-27-aprel (Toshkent shahrida)

➡️Jahon final bosqich: 4-5-oktyabr (Italiyada)

📌Batafsil ma’lumot olish hamda RO‘YXATDAN O‘TISH haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📢Olimpiadaga ro’yxatdan o’tishning soʻnggi kuni: 2025-yil 4-mart.

Mazkur olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#al_Xorazmiy
#Xalqaro_olimpiada

AL-XORAZMIY NOMIDAGI XALQARO MATEMATIKA VA INFORMATIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILADI

🌍Joriy yilning 7-13-may kunlari Toshkent shahrida III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi (KHIMIO-2025) tashkil etiladi.

⚡️Ushbu olimpiadada Turkiya, Ozarbayjon, Belarusiya, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.

🫂 Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada ushbu davlatlardan 32 ta jamoa tarkibidagi
230 nafar ishtirokchi o‘zaro bilimini sinovdan oʻtkazadi.

📌Ma’lumot uchun:
III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fandan (matematika va informatika) tashkil etilmoqda.

🌐Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarda kuzatib boring!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#al_Xorazmiy
#xalqaro_olimpiada

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

Olimpiada 7-13-may kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

@hilola_umarova