Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.71K subscribers
39.2K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#KUN_TAVSIYASI

💎RUHIY XOTIRJAMLIKKA ERISHISH SIRLARI...

1. Nuqsonsiz bo‘laman, deb urinmang. Mukammallik yagona Allohga xos ekanini esingizdan chiqarmang.

2. Muhabbat bilan yashang. Mehr ko‘rish uchun, oldin o‘zingiz boshqalarga mehr ko‘rsatishingiz kerak.

3. Yaxshiligingizga javob kutmang, suvga oting. Ezgu amalingizga rag‘bat olishni xohlashingiz tabiiy. Ammo, u yashirin qolganida siz uchun yanayam xayrli bo‘lishiga ishoning.

4. E’tibor zavqini his ettirish bilan atrofingizdagilarga quvonch ulashing.

5. Shu lahzada yashashni o‘rganing. O‘tmishdagi xatolar yoki kelajakka oid qo‘rquvlaringiz buguningizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.

6. Sabrli bo‘ling. Chunki shunday qilmasangiz, har bir kichik g‘amdan fojia yasash oddiy holga aylanadi.

7. Do‘stona qo‘l cho‘zing! Xafagarchilikdan keyin birinchi qadamni qarshi tarafdan kutmang. Yodingizda tuting, haq bo‘lish - baxtli bo‘lishdan ustun emas.

8. Haqiqatga bo‘yin eging. Shikoyat qilib, nolib, o‘zingizning, boshqalarning kayfiyatini buzish o‘rniga, borini boricha qabul qilishga o‘rganing.

9. O‘zingizga “jimlik vaqti” belgilang. Hamma narsadan xoli, yolg‘iz qolishni xohlaydigan paytlaringiz bo‘ladi. Bunday damlar o‘zingizni o‘zingiz eshitishingizni ta’minlaydi, huzur beradi.

10. Oldin qarshingizdagi odamni tushunishga urining. Agar atrofingizdagilar bilan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni istasangiz, shunday qilishingiz kerak.

11. Kamtar, sipo bo‘ling. Boshqalarga o‘zingizni isbotlashga qancha kam urinsangiz, ichingizdagi huzur shuncha ortadi.

12. Tanqidni qabul eting. Oddiy e’tiroz uchun janjallashish o‘rniga tanqidga to‘g‘ri qarashni sinab ko‘rsangiz, o‘zingizni yanayam yaxshi his qilasiz.

13. Parchalarga bo‘linmang. Bir paytning o‘zida bir necha yumushni uddalayman deb bekor urinish o‘rniga bitta ishni chiroyli bajaring.

14. Nima bo‘lganda ham baxtli ekaningizga ishoning, shunda sabablarini ko‘ra boshlaysiz. Yodingizda tuting, insonnning o‘zi saodatli ekaniga ishonmasa, uni xech kim baxtli qilolmaydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎Bola tarbiyasidagi 5 xato

Psixologiya fani bo‘yicha qator ilmiy adabiyotlar muallifi Tim Elmor bola tarbiyasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar xususida quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘qib ko‘ring, balki izlayotgan savollaringizga javob toparsiz!

1. Keragidan ortiq e’tibor!

Bola kichikligida yiqilib tushsa, mustaqil o‘rnidan turishi kerak. Ana shunda ulg‘aygach, turli fobiyalardan xoli boladi. Biroq aksariyat ota-onalar «yiqilib tushsa-chi, turtib yuborishlari mumkin» degan xavotir bilan e’tiborni keragidan orttirib yuborishadi.

2. Yordamga shoshilamiz!

«Darsingni oying bilan tayyorla, kiyimlaringni opang kiydirib qo‘yadi» Eh, nabiralari uchun qayg‘urgan buvijonlar bolaning shaxs sifatida shakllanishiga to‘sqinlik qilishayotganini bilishsa edi. To‘g‘ri, bolaga ko‘maklashish kerak. Ammo mustaqilligini ham chegaralab qo‘ymang-da.

3. Rag‘batlantiramiz, kerak bo‘lmasa ham...

Ilgari o‘yinchog‘u shirinliklar bilan chalg‘igan bolalarni bugun uyali telefon, komyuter yoki internet bilan «yo‘lga solishadi». Hatto ba’zi hotamtoy ota-onalar pullik rag‘bat yo‘lini ham o‘ylab topishgan. Ammo bu noto‘g‘ri! Bu bilan unda qiziqish uyg‘ota olasiz, ammo tamagirlikni ham shakllantirib qo‘yishingiz mumkin.

4. Yaxshisi bolamga...

Kayfiyatingiz yo‘q, toliqqansiz. Ammo farzandingiz sayrga olib chiqishni yoki biror yegulik tayyorlab berishni talab qilayapti. Unga yon bosish, «Mening istagim, hammasidan ustun» degan tushunchani yuzaga keltiradi. «Yo‘q», «Keyinroq», «Men charchadim» kabi jumlalar bilan boshqalar holatiga kirishishni ham o‘rgatib boring.

5. «Buvang shunday jazolardi-ki...»

Quloqsizlik qilgan yoki maktabda past baho olgan bolani jazolashda aksariyat ota-onalar bolalikdagi xotiralarga berilishadi. «Dadam bizga shunday tanbeh bergan», «Ikki soat och qoldirgan» kabi usullar, sizningcha to‘g‘ri. Ammo bu bolalikdagi arazni shu yo‘l bilan chiqarib olish, xolos.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

❗️Qisqa muddatli yechim — uzoq muddatli xato

Yuqoridagi so‘rovnomadagi gaplar o‘quvchining fikrlashiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz:

1. Unga baribir u eng zo‘r sportchi ekanligini aytish

Bu holatdagi berilgan dalda — samimiy emas. Buni bola ham ich-ichidan his qiladi. U haqiqatdan eng zo‘r sportchi bo‘lganida muvaffaqiyat qozongan bo‘lardi.

Qolaversa, bu motivatsiya uni kelajakda o‘zgarishiga sababchi bo‘lmaydi.

2. Raqiblaridan ko‘ra u haqliroq ekanligiga ishontirish

Bu holatda bolada aybni o‘zgalardan qidirish «kasalligi» shakllanadi. Kelajakda o‘z ustida ishlashdan ko‘ra — aybni osongina o‘zgalarga to‘nkashga moyil bo‘ladi.

3. Sport musobaqasi ahamiyatsiz ekanligini tushuntirish

Bu vaziyatda bola nimani eplay olmasa — o‘sha narsani qadrsizlantirishga odatlanadi.

Masalan, o‘qishga kirolmasa, yana tayyorlanish o‘rniga "bugungi kunda universitet kerak emas" - deb, shoxdan-shoxga sakrashga odatlanishi mumkin.

4. Unda yetarli qobiliyat borligi va keyingi safar yutishini aytish

Bu bilan undagi qobiliyatlar uni avtomatik ravishda keyingi g‘alabaga olib borishi, go‘yo "o‘zgarishing shart emas, shundoq ham to‘g‘ri yo‘ldasan" - deb, shunchaki kutib yashash signalini beradi.

5. U bugun yutishga noloyiq bo‘lganini aytish (qog‘ozga o‘ragan holda)

Bu vaziyatda qalbiga og‘ir botadigan gap bo‘lishi mumkin.

Ammo haqiqiy chempionlarning otalari ushbu jumlani quyidagi tarzda yetkazishgan:

"Bilaman bolam senga hozir qiyin. Qo‘lingdan kelgancha harakat qilib, g‘olib bo‘lolmaslik insonni dilini xira qiladi.. Ammo sen g‘oliblikni qo‘lga kiritishga yetarlicha haqli emasding. Seni raqiblaring sendan avval boshlab, sendanda ko‘proq mehnat qilishgan. Agar g‘olib bo‘lishni chin dildan xohlayotgan bo‘lsang — ulardanda ko‘proq sa’y-harakat qilishing kerak!"

Bu bilan ota nafaqat haqiqatga tik qarashga, balki xatolaridan xulosa chiqarib, aybni o‘zidan qidirib, kelajakda o‘z ustida ishlashiga turtki beradi.

Odatda bolani o‘ziga bo‘lgan ishonchini tushirib qo‘yishdan qo‘rqib, aybni boshqalarga ag‘daramiz.

Ammo bolaga samimiy, rivojlantiruvchi fikr bildirish (constructive feedback) — uni shaxsiyati va kelajagida o‘ta muhim

Siz yuqoridagi fikrlarga qo‘shilasizmi?


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
#KUN_TAVSIYASI

O‘rniga o‘tib ko‘r

1. Maktab davrida o‘qituvchilarni rosa tanqid qilardim:

O‘zim o‘qituvchi bo‘ldim, ularni tushunishni boshladim.

2. Mashinam yo‘qligida haydovchilarni tanqid qilardim.

O‘zim mashina oldim. To‘g‘ri tushunishni boshladim.

3. Ishxonada rahbarlarni rosa malomat qilardim:

Qisqa vaqt boshqaruvda ishladim, ularni tushunishni boshladim.

4. Farzandini erkalatadigan ota-onalarni gapirardim:

O‘zim ota bo‘ldim, ularni his qilishni boshladim.

5. Vaqtida javob bermagan tanishlarni g‘iybat qilardim:

Ishlarim ko‘payib, javob yozolmay qoldim. Ularni ham to‘g‘ri tushundim.

O‘ylab qarasam:
Kimni bilmay tanqid qilgan bo‘lsam, taqdir meni o‘shaning o‘rniga tushirgan. Balki jazodir, balki yaxshilik..

🔴Xullas, nima demoqchiman?
“Yaqindan tanishsang, ajdarni ham vahshiy emasligini tushunasan.”


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🟢Juda foydali maslahatlar

🔴Salomatlik:
Ko‘p suv iching.
Qirollarga xos nonushta qiling, shahzodalarga o‘xshab tushlik qiling, kechki taomingiz faqirona bo‘lsin.
O‘simliklardan paydo bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq tanovvul qiling, zavodlarga ishlab chiqarilgan taomlarni kamroq yeng.
Ko‘proq o‘yinlar o‘ynang.
Ko‘p kitob o‘qing.
Har kuni hech bo‘lmaganda 10 daqiqa sukunatda o‘tiring.
7 soat uxlang.
10-30 daqiqa piyoda yuring. Yurganda tabassum qiling.

🔴Shaxsiyat haqida
O‘z hayotingizni boshqalar bilan solishtirmang. Ularni qanday hayotni boshdan kechirishgani haqida hatto tassavvurga ham ega emassiz, ularning barcha yo‘lini bilmaysiz.
O‘zingiz nazorat qila olmaydigan salbiy fikrlar va buyumlarni ushlab turmang. Buning o‘rniga o‘z quvvatingizni haqiqiy ijobiy narsaga qarating.
Shunchaki bajarishdan nariga o‘tmang. O‘z chegaralaringizni biling.
O‘zingizni haddan tashqari qat’iy muhokama qilmang.
O‘zingizning qimmatli quvvatingizni g‘iybatlarga sarflamag.
Sergak bo‘lganingizda ko‘proq orzu qiling.
Hasad vaqtni behuda sarflash hisoblanadi. Sizda o‘zingizga kerakli barcha narsa bor.
O‘tmishdagi muammolarni unuting. Sevgan insoningizni o‘tmishdagi xatolarini eslamang. Bu haqiqiy baxtingizga putur yetkazadi.
Nafratlanish uchun vaqt ketkazishga umr kamlik qiladi. Boshqalarga nafrat bilan qaramang.
Baxtingizga o‘zingizdan boshqa hech kim javob bermaydi.
Esda tuting, hayot – bu maktab, bu yerda siz uni tushunib yetasiz. Muammolar – shunchaki o‘quv dasturining bir qismidir, ular qaysidir sinfning algebra darsidek paydo bo‘lib, yo‘qoladi, lekin siz bilib oladigan darslar bir umr esda qoladi.
Ko‘proq tabassum va kulgi bo‘lsin.☺️
Siz har bir bahsda yutib chiqishga majbur emassiz

🔴Odamlar bilan:
Yaqinlaringizga ko‘proq telefon qiling.
Har kuni boshqalar uchun qandaydir yaxshilik qiling.
Barcha narsani va barcha insonlarni kechiring.
Ko‘proq 70 dan oshgan va 6 yoshdan kichiklar bilan vaqt o‘tkazing.
Odamlarga kulib boqing.
Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashlari, bu sizning ishingiz emas.
Siz bemor bo‘lganingizda ishingiz sizga g‘amxo‘rlik qilmaydi, do‘stlaringiz joningizga oro kiradi. Ular bilan aloqada bo‘ling.

🔴Hayot:
➡️Siz uchun foydali, chiroyli va quvonchli bo‘lmagan narsalardan voz keching.
Vaziyat xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, u albatta o‘zgaradi.
O‘zingizni qanday his etishingizdan qat’iy nazar o‘rningizdan turing, kiyining va yo‘lga tushing.
Yaxshisi hali oldinda.
Yuragingizning qayeridadir siz baxtlisiz. Shunday ekan, baxtga erishing.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎Siz "ideal" ustozsiz

Siz bloglarni yaxshi yozasiz dedi. Osmonga uchdim.

Mutaxassisga ko‘rsatsam, 80 ta imloviy xato topdi. Joyimga tushdim.

Siz zo‘r ustozsiz dedi talabalar. Aslida dars samarasiz o‘tganini bilmasdi ular.

Kamchiliklaringiz — oddiy odamlarga ko‘rinmaydi. Ular fikr aytishga qodir emas.

Xavfli tarafi, ular maqtaydi. Siz esa o‘z qobig‘ingizda yuraverasiz.

• Sizni kimdir maqtayaptimi?
• Yetishib qoldim deb o‘ylayapsizmi?
• Zo‘r mutaxassisman degan fikr kelyaptimi?

Unday emas!

Ustozlarga murojaat qiling. Kamchiliklaringiz ustida ishlang.
Rivojlaning!

Ustozlar ham maqtayaptimi?
Boshqa ustoz topish vaqti kelibdi.

❗️Xullas, aytilganidek:
Mukammallikning chegarasi yo‘q.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎RUHIY XOTIRJAMLIKKA ERISHISHNING 15 USULI...

1. Nuqsonsiz bo‘laman, deb urinmang. Har doim mukammallik yagona Allohga xos ekanini esingizdan chiqarmang.

2. Muhabbat bilan yashang. Mehr ko‘rish uchun, eng birinchi, boshqalarga mehr ko‘rsatishingiz kerak.

3. Yaxshiligingizga javob kutmang, suvga oting. Ezgu amalingizga rag‘bat olishni xohlashingiz tabiiy. Ammo, u yashirin qolganida siz uchun yanayam xayrli bo‘lishiga ishoning.

4. E’tiborni qozonish zavqini his ettirish bilan atrofingizdagilarga quvonch bering.

5. Har lahzada yashashni o‘rganing. O‘tmishdagi xatolar yoki kelajakka oid qo‘rquvlaringiz buguningizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.

6. O‘rganishda keng bo‘ling. Boshqalarning bilimi o‘zingizdan ko‘proq ekanini o‘ylang. Hayotingizdagi har bir voqea-hodisa bejiz ro‘y bermaganidan, sizga nimadir o‘rgatishidan amin bo‘ling.

7. Sabrga odatlaning. Chunki shunday qilmasangiz, har bir kichik g‘amdan fojia yasash oddiy holga aylanadi.

8. Do‘stona qo‘l cho‘zing! Xafagarchilikdan keyin birinchi qadamni doim qarshi tarafdan kutmang. Yodingizda tuting, haq bo‘lish baxtli bo‘lishdan ahamiyatli emas.

9. Haqiqatga bo‘yin eging. Shikoyat qilib, nolib, o‘zingizning, boshqalarning kayfiyatini buzish o‘rniga, borini boricha qabullanishga o‘rganing.

10. O‘zingizga “jimlik vaqti” belgilang. Hamma narsadan xoli, yolg‘iz qolishni xohlaydigan paytlaringiz bo‘ladi. Bunday damlar o‘zingizni o‘zingiz eshitishingizni ta’minlaydi, huzur beradi.

11. Oldin qarshingizdagi odamni tushunishga urining. Agar atrofingizdagilar bilan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni istasangiz, shunday qilishingiz kerak.

12. Kamtar, sipo bo‘ling. Boshqalarga o‘zingizni isbotlashga qancha kam urinsangiz, ichingizdagi huzur shuncha ortadi.

13. Tanqidni qabul eting. Oddiy e’tiroz uchun janjallashish o‘rniga tanqidga to‘g‘ri qarashni sinab ko‘rsangiz, o‘zingizni yanayam yaxshi his qilasiz.

14. Parchalarga bo‘linmang. Bir paytning o‘zida bir necha yumushni uddalayman deb bekor urinish o‘rniga bitta ishni chiroyli bajaring.

15. Nima bo‘lganda ham baxtli ekaningizga ishoning. Yodingizda tuting, insonnning o‘zi saodatli ekaniga ishonmasa, unga hech kim yordam berolmaydi.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

Barcha imkoniyatlardan foydalan. Qo‘lingdan kelgan barchasini qilib ko‘rganingni bilish doim muhim.

Hayot hamisha insonga kutilmagan sovg‘alarni hozirlab qo‘yadi. Shuning uchun ham hayot juda qiziqarli.

O‘z hayotingni orzuga, orzuni esa voqelikka aylantir.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TAVSIYASI

💎Siz qaysi guruhga kirasiz?

➡️Telefon ishlatishda ba’zi oilalar o‘ta qattiqqo‘l, ba’zilar esa judayam beparvoligini ko‘ramiz.

Quyida, telefon ishlatishda oilalarning farzandiga bo‘lgan 7 xil munosabatini ko‘rib chiqamiz:


1. Avtoritar oila — bu turdagi oilalarda ota-ona haddan ortiq nazoratchi bo‘ladi. Uyda qat’iy qoidalar o‘rnatilar ekan — bolaning rivojlanish xususiyati va talab-istaklari umuman e’tiborga olinmaydi.

Ichki qoidalar buzilsa — avtomatik jazo choralari qo‘llaniladi va hech qanday tushuntirish berilmaydi.

Bunday oilada o‘sgan bolalar — boshqalarning fikriga qaram, o‘ziga ishonchi past va irodasiz bo‘lib ulg‘ayishadi. Voyaga yetgach atrofda ularni boshqaradigan avtoritar muhit izlashda davom etishadi.

2. E’tiborsiz oila — bu oilalarda bolaning xohish-istaklariga chegara qo‘yilmaydi, tamoman befarqlik hukm suradi.

Odatda bu turdagi oilalar yo ko‘p ishlaydigan oliy ma’lumotli, yoki ta’lim darajasi past ota-onalardan iborat.

Bola o‘ziga diqqat qaratish uchun turli — ijobiy, salbiy yo‘llarni sinab ko‘radi.

E’tiborsizlik — xulq-atvor buzilishiga olib keladi. Natijada, ota-ona keskin jazo ko‘rishni boshlashadi.

Bu muhitdagi bolalar — tajovuzkor, o‘ziga ishonchi past, beqaror xarakterli bo‘ladi.

3. O‘ta bag‘ri keng oila — odatda bir farzandli oilalarda kuzatiladi. Bu oilalarda bolaning "og‘zidan chiqqani" muhayyo qilinadi. Ta’qiq yo‘q — erkinlik chegarasi osmonu falakkacha cho‘ziladi. Bola uy xo‘jayiniga aylanadi va televizor pulti ham uning qo‘lida turadi.

Bu oilada o‘sgan bolalar — to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata olmaydi, xavf-xatar yoqasida yashaydigan, mas’uliyatsiz inson bo‘lib ulg‘ayadi.

4. Tuturiqsiz oila — bu oilada qachon nima qilish kerakligi aniq emas. Bir kun bola 10 soatlab telefon o‘ynasa indalmaydi, ertasiga endi qo‘liga olgach baqirish boshlanadi. Ota-ona zid harakati bolani chalg‘itadi — bolaga ota telefon sovg‘a qiladi, onasi esa uni olib qo‘yadi.

Bu kabi oilalarda bola — insonlarga ishonmaydi, qaror qabul qilishga qiynaladi, yo o‘ta o‘zboshimcha, yoki doim bo‘yin egadigan bo‘ladi.

5. Haddan tashqari himoyalovchi oila — ota-ona doimo boladan xavotirda bo‘ladi. Bolaning yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanadi — qoqilishga berilmaydi. Bola ulg‘ayganda ham texnologiyadan foydalanishga ruxsat berishga o‘ta ehtiyotkor bo‘lishadi.

Bunday bolalar — o‘zini himoya qila olmaydigan, qaror qabul qilishni bilmaydigan bo‘lib voyaga yetadi. Himoya qobig‘laridan chetga chiqishlari bilan dovdirab — ularga panoh bo‘ladigan odam izlashadi.

6. Perfeksionist oila — bolani har qanday sohada muvaffaqiyatli bo‘lishga majburlashadi, balet kursidan tortib matematikagacha. Farzandlari maktabiga tinimsiz qatnashadi.

"Barchasi farzandim kelajagi uchun", deb yugurayotgan ota-ona — aslida o‘zlarining o‘tmishdagi jarohatlariga malham qo‘yayotgan bo‘lishadi. Bolani planshetda o‘tkazgan har bir daqiqasini foydaga yo‘naltirish kerak, deb biladi.

Bu oilalarda bola — xavotirchan, o‘ziga ishonchi past bo‘ladi. Qolaversa, qadrsizlik hissi va muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi bola ruhiyatiga singib ketadi.

7. Demokrat oila — bolaga ishonadi, qo‘llab-quvvatlaydi, samimiy munosabatda bo‘ladi. Texnologik jihozlardan foydalanish bo‘yicha qarorlar birgalikda qabul qilinadi. Farzandga ishonilsada, yosh xususiyatlari nazoratdan chetda qolmaydi. Bolalarga mas’uliyat yuklanadi. Tartib qoidalar buzilsa — jazolar aniq va avvaldan belgilangan bo‘ladi. Ishonch tuyg‘usi birinchi o‘rinda turadi.

❗️Bunday oilada katta bo‘lgan bolalar — o‘ziga ishonadigan, moslashuvchan, mustaqil va mas’uliyatni his qiladigan bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎BAXTLI BO‘LISHNI ISTAYSIZMI?

Har orqangizdan gapirganga quloq osmang!
Har so‘z bergan so‘zida turar deb o‘ylamang!
Har tanishgan insoningizni o‘zingiz kabi bilmang!
Hech kimga haq etganidan ortiq ishonch bermang!
Baxtsiz etganni emas huzur berganni tanlang!
Sizni ardoqlamagandan esa kuling va keching!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎Tushkunlikka tushmang!

Ishingizda muammolar bormi? Aslo tushkunlikka tushmang, inshaalloh, muammolaringiz xayrli yechim topadi. Sizning ishingiz bor, bu dunyoda ishsiz insonlar qancha?! Gohida yegani taomingiz bo‘lmay och qolyapsizmi? Bu dunyoda bir qultum suvga zor kishilar borligini unutmang. Oyog‘ingizga yangi oyoq kiyim olishga imkon bo‘lmayaptimi? Bu hayotda hatto oyog‘i bo‘lmagan kishilar borligini eslang.
Qarzlaringizni uzishga qiynalyapsizmi? Qanchadan-qancha insonlar qarzga botib qolganligini o‘ylang.
Tushkunlikka tushmang, har qanday holatda ham Alloh bergan kunga rozi bo‘ling. Zero, biz yaxshi deb o‘ylagan narsa aslida biz uchun yomon bo‘lishi mumkin.
Mashinangiz bo‘lishi siz uchun yaxshidir, shuning uchun mashina olishga jiddu jahd bilan urinayotgandirsiz. Ehtimol, mashina olishingizning kechikayotgani sizni avtohalokatdan asrash uchundir…
Turmush qurganingizga necha yillar bo‘lgan bo‘lsa ham, hali farzandingiz yo‘q bo‘lsa, balki, bu Alloh sizni noqobil farzanddan asraganidir…
Qancha urinsangiz ham, boyib keta olmayapsizmi? Ehtimol, siz uchun faqirlik afzaldirki, Alloh taolo sizga boylik bermayotgandir.
Siz baxtsizman, deb aslo aytmang. Siz naqadar baxtli ekaningizni bilmaysiz? Avvalo, Alloh taolo sizni inson qilib yaratdi. Oyoq ostida ezilib ketadigan chumoli qilib yaratganda yoki hamma hazar qiladigan to‘ng‘iz qilib yaratganda nima bo‘lardi?!

Sizga berilgan cheksiz ne’matlarni eslang.
Tushkunlikka tushishdan foyda yo‘q.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎Chiroyli «chopish»ning 7 usuli

Yosh o‘tgan sayin — "Hop bo‘ladi" emas, "Yo‘q bo‘ladi" deya olish muhimroq ko‘nikmaga aylanib boradi.
Ayniqsa, biz o‘zbeklar — hafa qilib qo‘yishdan qo‘rqib, hamma narsaga «ha» deyaveramiz.
Quyida Greg McKeown'ning «Essentialism» kitobidan ko‘ngil og‘ritmay «yo‘q» deyishning bir necha yo‘llarini ko‘rib chiqamiz:


1. Noqulay pauza — sizga qandaydir taklif berilganda darrov «yo‘q» demasdan ozgina pauza oling.

2. "Yo‘q, ammo!" — uslubini ishlating. Masalan: "Hozir imtihonga tayyorlanayotgan edim, ammo vaqtim bo‘lganida jon deb borgan bo‘lardim".

3. "Shundoq jadvalimni tekshirib olay" - deb, jadvalingizni tekshirgan holda, qabul qilish yoki «chopishni» o‘ylab oling.

4. Shablon sms ishlating. Masalan: "admin hozir kitob yozish bilan band — o‘z vaqtida javob qaytarilmasa, uzr so‘raymiz".

5. "Nimaning evaziga" uslubi — boshliqlaringiz sizga biror ish buyurganida "Bu ishni bajarishdan juda xursandman, faqat buning evaziga qaysi vazifalarimga e’tiborni kamaytirsam bo‘ladi?", deb so‘rash.

6. Yumor, hazil qo‘shgan holda «yo‘q» deng — "Hozir siz aytgan joyga borsam, butun dunyo och qoladiku"..

7. "Buni bajara olmasam-da, ammo mana bunga tayyorman!" uslubi — Misol uchun: "Siz bilan ko‘risha olmasam-da, ammo telefonda gaplashishga tayyorman", deb vaziyatdan chiqsangiz bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI
💎O‘quvchilarni mukofotlash qanchalik foydali?

Insonga xush keladigan — kutilmagan maqtov, harakat, hadyalar o‘quvchilarning ilm olish jarayoniga ijobiy hissa qo‘shadi.

Sababi, kutilmagan sovg‘alar bolalar miyasida — dofamin gormonini ishlab chiqaradi.

Baxt gormoni — dofamin, nafaqat o‘quvchilar o‘zini yaxshi his qilishiga, balki miyadagi axborot neyronlarini tezroq bog‘lanishiga ham sababchi bo‘ladi. (rasmni ko‘ring)

Neyronlarda bog‘lam hosil bo‘lishi = kalla yaxshiroq ishlaydi degani.

❗️Xulosa,
🟢Mukofotlab turing — yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM