Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.72K subscribers
39.1K photos
15.4K videos
372 files
25.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Ўзбек_тили_байрами

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

 Joriy yilning 18-oktabr kuni poytaxtdagi 5-maktabda “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

😄Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti masʼullari va oʻqituvchilar ishtirok etdi.

😎Tanlovning respublika bosqichi yakunlariga koʻra:

1-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. soʻm pul mukofoti;

2-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

3-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk topshirildi.

📌Shuningdek, tanlov ishtirokchilari turli nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlandi.

Xususan, tanlovning oʻzbek tili fani yoʻnalishida:

1-oʻrin – Nasiba Kubayeva, Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi 60-maktab oʻqituvchisi,

2-oʻrin – Sarvinoz Doniyorova, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 13-maktab oʻqituvchisi,

3-oʻrin – Iroda Yoʻldosheva, Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 15-maktab oʻqituvchisi,

Оna tili fani yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin – Baxodir Joʻrayev, Fargʻona viloyati, Fargʻona shagʻridagi 19-IDUM oʻqituvchisi,

2-oʻrin – Oʻgʻiloy Abduraimova, Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 29-maktab oʻqituvchisi

3-oʻrin – Iqboloy Yusupova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 40-maktab oʻqituvchisi gʻolib deb topildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💎Kechagi kun - tarix.
Ertangi kun - sir.
Bugun esa - tuhfa, uni boricha qabul qiling!!!

🟢Assalomu alaykum!
Boshlangan BUGUNINGIZ muborak bo‘lsin, azizlar!!!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

❗️Qisqa muddatli yechim — uzoq muddatli xato

Yuqoridagi so‘rovnomadagi gaplar o‘quvchining fikrlashiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz:

1. Unga baribir u eng zo‘r sportchi ekanligini aytish

Bu holatdagi berilgan dalda — samimiy emas. Buni bola ham ich-ichidan his qiladi. U haqiqatdan eng zo‘r sportchi bo‘lganida muvaffaqiyat qozongan bo‘lardi.

Qolaversa, bu motivatsiya uni kelajakda o‘zgarishiga sababchi bo‘lmaydi.

2. Raqiblaridan ko‘ra u haqliroq ekanligiga ishontirish

Bu holatda bolada aybni o‘zgalardan qidirish «kasalligi» shakllanadi. Kelajakda o‘z ustida ishlashdan ko‘ra — aybni osongina o‘zgalarga to‘nkashga moyil bo‘ladi.

3. Sport musobaqasi ahamiyatsiz ekanligini tushuntirish

Bu vaziyatda bola nimani eplay olmasa — o‘sha narsani qadrsizlantirishga odatlanadi.

Masalan, o‘qishga kirolmasa, yana tayyorlanish o‘rniga "bugungi kunda universitet kerak emas" - deb, shoxdan-shoxga sakrashga odatlanishi mumkin.

4. Unda yetarli qobiliyat borligi va keyingi safar yutishini aytish

Bu bilan undagi qobiliyatlar uni avtomatik ravishda keyingi g‘alabaga olib borishi, go‘yo "o‘zgarishing shart emas, shundoq ham to‘g‘ri yo‘ldasan" - deb, shunchaki kutib yashash signalini beradi.

5. U bugun yutishga noloyiq bo‘lganini aytish (qog‘ozga o‘ragan holda)

Bu vaziyatda qalbiga og‘ir botadigan gap bo‘lishi mumkin.

Ammo haqiqiy chempionlarning otalari ushbu jumlani quyidagi tarzda yetkazishgan:

"Bilaman bolam senga hozir qiyin. Qo‘lingdan kelgancha harakat qilib, g‘olib bo‘lolmaslik insonni dilini xira qiladi.. Ammo sen g‘oliblikni qo‘lga kiritishga yetarlicha haqli emasding. Seni raqiblaring sendan avval boshlab, sendanda ko‘proq mehnat qilishgan. Agar g‘olib bo‘lishni chin dildan xohlayotgan bo‘lsang — ulardanda ko‘proq sa’y-harakat qilishing kerak!"

Bu bilan ota nafaqat haqiqatga tik qarashga, balki xatolaridan xulosa chiqarib, aybni o‘zidan qidirib, kelajakda o‘z ustida ishlashiga turtki beradi.

Odatda bolani o‘ziga bo‘lgan ishonchini tushirib qo‘yishdan qo‘rqib, aybni boshqalarga ag‘daramiz.

Ammo bolaga samimiy, rivojlantiruvchi fikr bildirish (constructive feedback) — uni shaxsiyati va kelajagida o‘ta muhim

Siz yuqoridagi fikrlarga qo‘shilasizmi?


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
#IBRAT_VAQTI

Boshlang‘ich sinfda o‘qirdim. Bo‘yim biroz cho‘zilib qolgan bo‘lsa kerak, birinchi sinfda kiygan kiyimlarim to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu ham yetmaganidek, onam shimimning qayerigadir yamoq solib bersa, ikki kun o‘tmay, boshqa joyidan sitilib ketaverdi. Qishda katta opamning qizil paltosini kiygandim. Akamning eski oyoq kiyimi bilan sinfni zo‘rg‘a tugatdim. Xullas, ota-onam yangi kiyim olib beradigan bo‘lishdi. Bozorga otlandik...
Bozor. Ulug‘lar aytganidek, qorni och odam bozorga borsa, to‘yadi. Yemasayam to‘yadi. Jillaqursa, bozor ko‘rib yurgan odamning ko‘zi to‘q bo‘ladi. Otam bilan kiyim-kechak sotiladigan tomonni qariyb yarim kun aylandik. Har bir xaridor yonidan uzoqlasharkanmiz, otam taassuf bilan bosh chayqardi. Ko‘zimga qaramaslikka urinardi. Xullas, menga “to‘g‘ri keladigan” kiyim topildi. Qizig‘i, otam olib bergan shim va ko‘ylak, oyoq kiyim ham ancha katta keldi. Otam “Ikki-uch yil bemalol kiyasan”, deb qo‘ydi. O‘zimda yo‘q xursand bo‘ldim. Erta-indin maktabga borib, sinfdoshlarimga maqtanishni dilimga tugib qo‘ydim.
Kiyim bozoridan chiqarkanmiz, dimog‘imga “gup” etib taomlarning hidi urildi. Ayniqsa, kabob ko‘zimga olovdek ko‘rindi.
– “Shashlik” olib bering,– otamning nigohini qo‘ra tomonga burmoqchi bo‘ldim.
– ...
Qarang, ota, mengayam olib bering, och qoldim.
Bu so‘zni hech bir ota “ko‘tara olmaydi” nazarimda, juda og‘ir gap qilgandim. Otamning bir qo‘lida mening yangi kiyimlarim, ikkinchi qo‘li esa cho‘ntagida edi... Nimalarnidir chamaladi, shekilli, beixtiyor tamaddixona tomon burildi.
– Yur o‘g‘lim, bir seni “shashlik”ka to‘ydiray,– balki kenja farzand bo‘lganim uchundir otam biror marta iltimosimni yerda qoldirmagan. Oshpaz amaki bitta shapati non va ikki dona sixda kabob olib keldi. Likopchada piyoz ham qo‘ydi. Men dastlab hech narsaga e’tibor qilmay, oldimga qo‘yilgan taomni shoshilgancha yeb boshladim. Bitta sixini tugatgach, biroz nafsim qondi, shekilli, otamga yuzlandim:
– Siz yemaysizmi?
– Sen yeyaver, o‘g‘lim, mening qornim to‘q, – otam shapati non bilan piyoz chaynab o‘tirardi.
Kabobni oxirigacha tugatdim, otam esa achchiq piyozni nonga qo‘shib yedilar...
Yillar o‘tsa-da, bu voqeani negadir esimdan chiqara olmadim. Otam bilan bog‘liq o‘sha voqeani yuragim ezilib eslayman. Chunki u paytlarda otamning menga har yili yangi kiyim olishga puli yo‘q edi.
Bugun bolalarimni istagancha kabobga to‘ydira olaman. Xohlagan kiyimlarini kiyishadi. Cho‘ntagimda pulim tugaydi, degan xavotirim yo‘q. Otam ham tirik. Yaqinda o‘sha bolalik iztiroblarimni eslab, otamga kabob olib bermoqchi bo‘ldim. O‘ylamang, bu bilan mening qarzim uziladi, degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Ammo insonda shunday xislar bo‘ladiki, ularga izoh berib bo‘lmaydi. Shunchaki, yurak buni amr etadi.
Zamonaviy restoranda otam ikkimiz o‘tirdik. Dasturxonni uch-to‘rt xil kabob bilan to‘ldirdim. Eng yaxshi taomlarga buyurtma berdim. Otam bitta sixini qo‘liga oldi-da, ancha vaqt tikilib qoldi. Bir chimdim yegan bo‘ldi.
O‘zimcha o‘yladim, otam ham o‘sha voqeani eslayotganmikan?
– Oling, ota.
– Bolam, bularingni yeyishga tishim yo‘q-da, undan ko‘ra achchiqqina ko‘k choy aytsang-chi...

Yuragim uzilib ketdi. Otam o‘shandayam achchiqqina piyoz bilan qorin to‘yg‘azgandi!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SAYLOV2024

🟢O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 7 kun qoldi

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM