Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.23K subscribers
46.3K photos
16.2K videos
384 files
28.3K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” tashkiloti Brend va strategik tashabbuslarning ijrochi direktori Lamiya Favvaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ “Zayed Barqaror rivojlanish sovrini” dasturi doirasida 600 ming AQSH dollari sovrin jamg‘armasiga ega, maktab o‘quvchilari tomonidan yashil energetika sohasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish tanlovida vazirlik tizimidagi maktablar ishtirokini ta’minlash,

▶️ istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, BAA mehmonlari tomonidan vazir Hilola Umarova joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning COP28 konferensiyasiga taklif etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.

❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.

Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilar 66 mln so‘mdan, ularning o‘qituvchilari esa 49,5 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik 3 nafar o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2022-yilgi 33-Xalqaro Biologiya olimpiadasida terma jamoamiz 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

G‘olib o‘quvchilarimiz Behruz Tursunov, G‘olibjon Sharifov, Muhammadibrohim Egamberdiyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

Shuningdek Qarorga muvofiq oltin medalni qo'lga kiritgan o'quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so'm), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so'm);

kumush medal uchun — o'quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so'm), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so'm) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

G‘olib o‘quvchilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 13-16 январь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари сунъий интеллект вазири Умар бин Султон ал-Олама билан учрашув ўтказди. Учрашувда “Presight”, “AIQ” ва “Khazna” компаниялари раҳбарлари, Муҳаммад бин Зоид номидаги Сунъий интеллект университети президенти ҳам иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с министром искусственного интеллекта Объединенных Арабских Эмиратов Омаром бин Султаном аль-Олама. Во встрече также участвовали главы компаний Presight, AIQ и Khazna, президент Университета искусственного интеллекта имени Мухаммада бин Заида.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликларига расмий ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Завершив официальный визит в Объединенные Арабские Эмираты, Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён билан телефон орқали мулоқот қилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Объединенных Арабских Эмиратов Шейхом Мухаммадом бин Заидом Аль Нахаяном.

#Mirziyoyev #muloqot #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X