Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.81K subscribers
40.4K photos
15.5K videos
373 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
🔴#HASHAR
🌐"MAHALLA OBOD - YURT OBOD"

24-25-avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba va yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning bahorida hasharlar o‘tkazish bo‘yicha hukumatning muhim qarori qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra hasharlar prezidentning tegishli qarori yoki umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori mavjud bo‘lgandagina o‘tkazilishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar tashkil etish va o‘tkazish faqat ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi mumkin.

Hasharlar qat’iy ravishda hashar ishtirokchilari ishlayotgan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.

Hasharlar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bundan boshqa barcha turdagi jamoat ishlariga, shu jumladan qurilish, ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ayni tadbir Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va uning tasarrufidagi barcha tuman, shahar bo‘limlarida, umumta’lim maktablarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng ko‘lamda, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

📸Suratlarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#HASHAR
🌐"MAHALLA OBOD - YURT OBOD"

Avval xabar berganimizdek "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida tashkil etilgan umumxalq hasharida bugun viloyatimizda gi barcha ta’lim tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etdi.

➡️Jumladan Zangiota, Ohangaron tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu tadbir uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

📸Suratlar Zangiota tumanidagi 25-sonli, Ohangaron tumanidagi 13-16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilagan hashardan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM