#IBRAT_VAQTI
Boshlang‘ich sinfda o‘qirdim. Bo‘yim biroz cho‘zilib qolgan bo‘lsa kerak, birinchi sinfda kiygan kiyimlarim to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu ham yetmaganidek, onam shimimning qayerigadir yamoq solib bersa, ikki kun o‘tmay, boshqa joyidan sitilib ketaverdi. Qishda katta opamning qizil paltosini kiygandim. Akamning eski oyoq kiyimi bilan sinfni zo‘rg‘a tugatdim. Xullas, ota-onam yangi kiyim olib beradigan bo‘lishdi. Bozorga otlandik...
Bozor. Ulug‘lar aytganidek, qorni och odam bozorga borsa, to‘yadi. Yemasayam to‘yadi. Jillaqursa, bozor ko‘rib yurgan odamning ko‘zi to‘q bo‘ladi. Otam bilan kiyim-kechak sotiladigan tomonni qariyb yarim kun aylandik. Har bir xaridor yonidan uzoqlasharkanmiz, otam taassuf bilan bosh chayqardi. Ko‘zimga qaramaslikka urinardi. Xullas, menga “to‘g‘ri keladigan” kiyim topildi. Qizig‘i, otam olib bergan shim va ko‘ylak, oyoq kiyim ham ancha katta keldi. Otam “Ikki-uch yil bemalol kiyasan”, deb qo‘ydi. O‘zimda yo‘q xursand bo‘ldim. Erta-indin maktabga borib, sinfdoshlarimga maqtanishni dilimga tugib qo‘ydim.
Kiyim bozoridan chiqarkanmiz, dimog‘imga “gup” etib taomlarning hidi urildi. Ayniqsa, kabob ko‘zimga olovdek ko‘rindi.
– “Shashlik” olib bering,– otamning nigohini qo‘ra tomonga burmoqchi bo‘ldim.
– ...
Qarang, ota, mengayam olib bering, och qoldim.
Bu so‘zni hech bir ota “ko‘tara olmaydi” nazarimda, juda og‘ir gap qilgandim. Otamning bir qo‘lida mening yangi kiyimlarim, ikkinchi qo‘li esa cho‘ntagida edi... Nimalarnidir chamaladi, shekilli, beixtiyor tamaddixona tomon burildi.
– Yur o‘g‘lim, bir seni “shashlik”ka to‘ydiray,– balki kenja farzand bo‘lganim uchundir otam biror marta iltimosimni yerda qoldirmagan. Oshpaz amaki bitta shapati non va ikki dona sixda kabob olib keldi. Likopchada piyoz ham qo‘ydi. Men dastlab hech narsaga e’tibor qilmay, oldimga qo‘yilgan taomni shoshilgancha yeb boshladim. Bitta sixini tugatgach, biroz nafsim qondi, shekilli, otamga yuzlandim:
– Siz yemaysizmi?
– Sen yeyaver, o‘g‘lim, mening qornim to‘q, – otam shapati non bilan piyoz chaynab o‘tirardi.
Kabobni oxirigacha tugatdim, otam esa achchiq piyozni nonga qo‘shib yedilar...
Yillar o‘tsa-da, bu voqeani negadir esimdan chiqara olmadim. Otam bilan bog‘liq o‘sha voqeani yuragim ezilib eslayman. Chunki u paytlarda otamning menga har yili yangi kiyim olishga puli yo‘q edi.
Bugun bolalarimni istagancha kabobga to‘ydira olaman. Xohlagan kiyimlarini kiyishadi. Cho‘ntagimda pulim tugaydi, degan xavotirim yo‘q. Otam ham tirik. Yaqinda o‘sha bolalik iztiroblarimni eslab, otamga kabob olib bermoqchi bo‘ldim. O‘ylamang, bu bilan mening qarzim uziladi, degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Ammo insonda shunday xislar bo‘ladiki, ularga izoh berib bo‘lmaydi. Shunchaki, yurak buni amr etadi.
Zamonaviy restoranda otam ikkimiz o‘tirdik. Dasturxonni uch-to‘rt xil kabob bilan to‘ldirdim. Eng yaxshi taomlarga buyurtma berdim. Otam bitta sixini qo‘liga oldi-da, ancha vaqt tikilib qoldi. Bir chimdim yegan bo‘ldi.
O‘zimcha o‘yladim, otam ham o‘sha voqeani eslayotganmikan?
– Oling, ota.
– Bolam, bularingni yeyishga tishim yo‘q-da, undan ko‘ra achchiqqina ko‘k choy aytsang-chi...
Yuragim uzilib ketdi. Otam o‘shandayam achchiqqina piyoz bilan qorin to‘yg‘azgandi!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

💎 ORQAGA TASHLA
Bir yigit buvasiga arzi hol qildi:
– Hayot ziddiyatlarga to‘la. Sizning esa doim kayfiyatingiz chog‘. Xafa bo‘lganingizni, birovdan ranjiganingizni ko‘rmayman. Sizga o‘xshashga shuncha harakat qilsam ham, uddasidan chiqolmayapman.
Oqsoqol bir zum o‘ylanib, dedi:
– Kelishib olaylik, har safar kimdandir yo nimadandir norozi bo‘lganingda menga bitta tosh olib kelasan.
– Qanaqa tosh?
– Farqi yo‘q. Xohishingga qarab ko‘tarib kelaver.
Yigit buvam shunaqa qilib o‘zini ovutarkan-da, deb o‘yladi-yu, uning gapini ikki qilgisi kelmadi. U yoki bu vaziyatdan dili xira tortganda shartni bajardi.
Kunlardan birida qariya nabirasini chaqirib, xona burchagida turgan og‘zi bog‘liq qopga ishora qildi:
– Anavini ko‘tar-chi.
Yigit qopni yelkasiga ortmoqladi. O‘ziyam og‘irgina ekan, bukchayib qoldi.
– Qayerga olib borish kerak? – so‘radi zo‘rg‘a nafas olib.
– Hech qayerga, o‘zing bilan olib yurasan. O‘tirsang ham, tursang ham zinhor yelkangdan qo‘yma.
Yigit qariyaning gapini tushunmay bir muddat kalovlanib turdi-da, keyin qopni yelkasidan tashlab yubordi. Ichini ochib qarasa, o‘sha o‘zi yig‘ib kelgan katta-kichik, qing‘ir-qiyshiq toshlar.
– Shuyam hazil bo‘ldimi, buva! Bu zilday matohni ko‘tarib yurishning kimga keragi bor?! – dedi yigit ranjigan ohangda.
Qariya mehr bilan nabirasining yelkasini siladi.
– To‘g‘ri aytasan, bolam, bu yukning hech kimga keragi yo‘q. Ranj-alamga to‘la ko‘ngilning ham ana shu qopdan farqi bo‘lmaydi. Xotirada saqlanib qolgan dilxiralik foydasiz yuk misoli, kishini ezib tashlaydi, qaddini bukadi, bora-bora qalbini g‘uborga to‘ldiradi. Uni orqaga tashlab yaxshi qilding.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
💎 Buning ham hikmati bor, hikmati bor...
Bir podshohning oqil maslahatchisi bo‘lib, neki voqelik bo‘lsa, “Buning ham bir hikmati bor”, deb qo‘yar edi. Kunlarning birida dasturxon ustida o‘tirgan podshoh qo‘lini kesib oldi. Atrofdagilar yugurib kelishdi. Podshoh maslahatchisi odatdagidek: “Buning ham bir hikmati bor”, dedi. Bu gapdan g‘azablangan podshoh: “Qo‘limni kesib olishimda qanday hikmat bo‘lishi mumkin? Sen ahmoqsan. Uni zindonga tashlang, ta’zirini yesin”, deya amr qildi. Askarlar maslahatchini sudrab ketishar, shu holatida ham u mudom: “Buning ham bir hikmati bor, hikmati bor”, deya takrorlar edi. Maslahatchisining gaplaridan podshohning battar ensasi qotibdi: “Bu jinni bo‘lib qolganmi, nima balo?.. O‘zini zindonga olib ketishiyapti-yu, yana tag‘in “Buning ham hikmati bor”, deydi-ya, axmoq?! Zindonda yotishda nima hikmat bo‘lishi mumkin?!”.
Kunlar o‘tib, ov mavsumi boshlandi. Podshoh a’yonlari bilan o‘rmonga kiyik oviga chiqibdi. Ma’lumki, kiyik o‘ta sezgir hayvon, shu bois podshoh, lak-lak a’yonlarini uzoqroqqa qoldirib, o‘rmonga yolg‘iz kirdi. Podshoh kiyikni poylab, bildirmay ta’qib qilib bora-bora qayoqqa kelib qolganini bilmay ham qoldi. Shu payt yovvoyi qabila kishilardan bir nechasi podshohni asir olishdi. Podshoh ovozi boricha baqirar, lekin a’yonlardan birontasi uning gaplarini eshitmasdi.
O‘sha yovvoiy qabilada bir odat bo‘lib, nima asirga tushsa, hayvonmi-odammi – farqi yo‘q: uni olihalariga qurbonlik qilishar ekan. Podshoh ich-ichidan yig‘lar, shu ahvolda o‘lib ketishidan qattiq afsus chekar, ammo taqdirga tan bermoqdan boshqa ilojisi ham yo‘q edi.
Bir payt qabila orasida g‘ala-g‘ovur boshlanibdi. Nihoyat, ular orasidan bittasi kelib, podshohning oyoq-qo‘llarini yechibdi-da, “Bor ketaver! Bizga keraging yo‘q!” debdi.
Podshoh ajablanib: “Bu bir hiylami? Men qochib ketayotganimda o‘ldirish rejasimi?” debdi. Qabila vakili shunday javob qilibdi: “Yo‘q. Seni bitta barmog‘ing kesilgan ekan. Biz olihamizga aybsiz, nuqsonsiz, mukammal odamni qurbon qilamiz”.
Podshoh ortiga qaytib ketar ekan, beixtiyor oqil maslahatchisining gapini eslabdi: “Buning ham hikmati bor, hikmati bor...”
Saroyiga kelgan podshoh otdan tushar-tushmas amr etibdiki, zudlikda maslahatchini ozod etib, huzurimga keltiringlar...
Maslahatchi huzuriga kelgach, avval undan uzr so‘rabdi. So‘ng: “Ajib ish sodir bo‘ldi. Alloh taolo meni kesilgan barmog‘im sabab o‘limdan najot berdi. Barmog‘im kesilishidagi hikmat nima ekanligini bildim. Lekin boshqa bir narsa menga jumboq bo‘lmoqda. Askarlar seni qamoqqa olib ketishayotganida ham “Buning ham hikmati bor”, deding. Xo‘sh, buning hikmati nima?” debdi. Maslahatchi: “Ey podshohim, ovda doimo meni hamroh qilmasmidingiz?”. Podshoh: “To‘g‘ri, faqat sen bilan ovga borar edim”. Maslahatchi: “ Agar meni zindonga tashlamaganingizda siz ila ovga chiqqan, o‘sha qabilaga birga asir tushgan bo‘lur edikki, Siz barmog‘ingizdagi jarohat sabab o‘limdan qutilib qolar, meni esa olihalariga qurbon qilishar edi. Chunki menda jismoniy nuqson yo‘q, barmog‘im ham kesilmagan”, deya javob beribdi...
Podshoh Alloh taolo amr etgan taqdirdan yana bir karra hayratga tushdi: “E-ha, har bir yomonlik ortidan biz bilmagan yaxshilik ham bo‘lar ekan...”

💎 QAZO VA QADAR
Tibbiyot fakultetida ta’lim olayotgan talabani darsga borayotganida mashina urib yubordi. Uni darhol shifoxonaga olib borib jarrohlik stoliga yotqizishdi. Tabiblar uni tekshirib bitta buyragini darhol olib tashlash kerakligini aytishdi. Chunki undan shiddat bilan qon ketayotgan edi. Uning oilasiga xabar berib, bir xulosaga kelishlarini aytishdi...
Amaliyot muvaffaqiyatli yakun topdi. Bir necha kundan keyin unda amaliyot o‘tkazgan tabib uning oldiga kirib tabassum bilan dedi:
— Qachonlardir qazo va qadar haqida eshitganmisan?
— Ha eshitganman. Ammo men buyragimdan ajraldim, doktor!
— Men ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rgunimcha senday o‘ylagan edim. Sening buyragingni olib tashlash chog‘ida bo‘yragingdagi g‘alati to‘qimalarni ko‘rdik. Uni olib bo‘lgach tahlil uchun labaratoriyaga yubordik. Tekshiruv natijasidan dahshatga tushdik. Unda saraton boshlangan ekan. Talaba dedi:
— Bu bilan siz, o‘sha mashina seni ikkinchi hayotga qaytarish uchun aynan jarohatlangan joyingni topib urgan, demoqchimisiz?!
— Senchi, bu voqeani oddiy to‘qnashuv deb o‘ylaysanmi?
— Bu aniq qazo va qadar!
Banda gohida voqealarning zohiriga boqib ulardan xafa bo‘ladi. Ammo keyinchalik vaqt o‘tgach uni o‘zi uchun xayr ekanini anglaydi. Robbimiz bizga xohlagan narsalarning hammasida yaxshilik bor.
Tafakkur qiling!

💎 Hayot qonuni
Hayotingizdan ketganlarga achinmang! Ular o‘z manfaatlari tugagach ketdilar, ketganlarning o‘rniga albatta yangilari keladi.
Bir qaraganda eshitilishi xunuk bo‘lsa-da, aynan shunday almashinish uslubida atrofingizdagilar sinaladi. Chin va soxtalarga ajratiladi. Doimiy va vaqtinchalar saralanadi.
Zero, bir narsani unutmang, asl do‘st hech qachon ketmaydi! Sizni tark etishni lozim topganlar esa ikki dunyoda ham sizga do‘st bo‘lmaydi!
Kuningiz mazmunli o‘tsin, azizlar!

Kunlardan bir kun bir xo‘jayin qopqon qo‘yayotganini ko‘rgan sichqon tovuqqa borib:
- Xo‘jayin qopqon qo‘yyapti. Buning oldini olishimiz kerak. Boshimizga balo bo‘lishi mumkin. - debdi.
- Men tovuq bo‘lsam, qopqonning menga zarari tegmaydi, - deb javob qilibdi tovuq.
Qo‘yning oldiga borib, uni ham ogohlantiribdi.
- Men qo‘y bo‘lsam, menga uning zarari tegmaydi - debdi qo‘y.
Molning oldiga borib, uni ham ogohlantiribdi.
-Men mol bo‘lsam, menga nima zarari tegardi - debdi mol.
Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qolibdi. Xo‘jayinning xotini ilonni o‘lgan deb o‘ylab ushlamoqchi bo‘lganida ilon chaqib olibdi va xotini yotib qolibdi. Xo‘jayin xotinini tabibga olib boribdi. Tabib bir tovuqni so‘yib, qon chiqarish kerakligini aytibdi. Xo‘jayin tovuqni so‘yibdi. Lekin foydasi bo‘lmabdi, xotini o‘libdi.
Xotinining azasiga odamlar kela boshlabdi. Marakalari uchun qo‘yni so‘yibdi. Odamlar yana kela beribdi, keyin molni so‘yishga to‘g‘ri kelibdi. Bularning bariga guvoh bo‘lgan sichqon bo‘lsa:
- Aytovdima, bir kuni qopqon boshimizga balo bo‘ladi, deb! - degan ekan.
📌Qissadan hissa shuki, jamiyatda faqat bir kishi uchun zararli illat bo‘lmaydi. U o‘z ta’sirini hammaga ko‘rsatadi. Shundoq ekan, e’tiborli bo‘ling.

🟢 Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchilaridan ular yomon ko‘radigan odamlarning ismini qog‘ozga yozishlarini so‘radi. Ular bu ishni bajarib bo‘lgach, ustoz ularning har biriga qog‘ozda nechta ism yozilgan bo‘lsa, ertaga o‘zlari bilan o‘shancha pomidor olib kelishlarini buyurdi.
Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.
Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a! Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.
Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a! Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
🌺 Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam!
Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o‘g‘lim. Onangman!
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi... O‘g‘lim...
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?
Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:
— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam!
Yaqinlaringizni yo‘qlab turing, azizlar!

1917-yilda Iroq hududlaridan biriga kirgan ingliz generali Stenli Mud qo‘y boquvchi cho‘pon bilan ko‘rishib qoldi. U cho‘ponga itlaridan birortasini so‘ysa, bir funt sterling bermoqchi ekanini tarjimon orqali bildirdi.
It cho‘ponning qo‘ylarini bo‘rilardan himoya qiladigan, unga qo‘y boqishda yordam beradigan va xatarni sezishi bilan ogohlantiradigan juda muhim narsa edi. Lekin general beradigan pulga mavjud qo‘ylarning yarmini sotib olsa bo‘lardi.
Cho‘pon qo‘ylardan birini ushlab qurbon qilishga qaror qildi va generalning oyog‘i ostida bo‘g‘izladi. General bunga ko‘nmadi itni so‘yishni buyurdi cho‘pon itni so‘ydi. General cho‘ponga itning terisini shilish badaliga yana bir funt va’da qildi. Cho‘pon pulni olib, uning aytganini qildi. General Mud cho‘pon itni bo‘laklab tashlasa, yana bir funt bermoqchi bo‘ldi. Cho‘pon itni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘ldi.
General uchinchi funtni berib, keta boshladi. Cho‘pon sakrab turib:
– Yana bir funt bersa, bo‘laklarni yeyishga tayyorligini aytdi.
General Mud:
– Men sizlarning tabiatingizni bilmoqchi edim xolos. Bildimki, nafsingizga qul ekansiz! Sen uch funt sterlingga o‘zing uchun eng qadrli bo‘lgan do‘stingni bo‘g‘izlading, terisini shilding va bo‘laklarga bo‘lding. To‘rtinchi funtga uni yeyishga xam tayyorsan. Men bilishim kerak bo‘lgan narsa shu edi – dedi.
Va askarlariga yuzlanib:
– Modomiki, bu yerda bu kabi aql egalari ko‘plab uchrar ekan xech narsadan xavotir qilmasangiz ham bo‘laveradi - dedi.
P.S.: Bir-birini sotish, ichki xoinlik, yeb-to‘ymas ochko‘zlik har qanday mamlakat inqiroziga sabab bo‘ladi.

💎 QO‘CHQOR
Uzumzorning qoq o‘rtasiga ikki qavatli qilib chayla qurganmiz, atrof kaftdek ko‘rinadi. Tush payti bobom kelib, tokzorni ko‘zdan kechirdi.
- Makkorlar uzumni g‘o‘jala qip ketibdi-da?
Tulkini makkor deymiz. Tulki uzumga o‘ch. Bir odati yomon, qorni to‘ysa ham ataylab qilganday ancha uzumni uzib, toptab ketadi.
- Oqshom kelgan.
- Olaparni opkelmadingmi?
- Bugun opkelaman.
- Qani, chayladan tush. Bir joyga borib kelamiz.
Chayladan tushib so‘radim.
- Qayerga boramiz?
- Ummatnikiga. Bitta qo‘chqori bor ekan, shuni sotib olamiz.
Joyimda taqqa to‘xtadim.
- Bobo, u qo‘chqorni ko‘rganmisiz hech? U qo‘chqormas, tirriq chumoli. Kasalmand, ba’zo‘r yuradi. O‘g‘li dashtga eshakka ortib keladi. O‘ziga qolsa kelolmaydi. Bir oyog‘i cho‘loq ham. Dashtda yurib, bir chimdim o‘t yeganini ko‘rganim yo‘q.
- Yuraver.
- Nima qilasiz u qo‘chqorni?
- Boqamiz.
- E, u semirmaydi.
Bobom indamay qadam tashladi. Ummat akaning uyiga yetay-yetay deganimizda bobom menga sinchikov qaradi.
- Shu qo‘chqorni olishim shart. Miq etma.
- Xo‘p.
Ummat aka qo‘l uchida kun kechirardi. O‘zi kasalmand. Topgani dori-darmonga ketadi. Bolalari hali yosh, katta o‘g‘li sakkizinchi sinfda o‘qiydi. Hovlisida bitta shu qo‘chqordan boshga birorta tuyoq yo‘q.
Bobom u bilan quyuq so‘rashdi. Ummat aka samimiy inson edi. Beli og‘riyapti shekilli, har-har zamon aftini burishtirib olardi.
- Buyrak qanday?
- Qiynayapti.
- Xudo shifo bersin. Masjiddagi chollardan eshitdim, qo‘chqor sotmoqchi ekansan?
- Ha. Kasalxonaga bormasam bo‘lmaydi, ahvolim chatoqroq.
- Qani qo‘chqor?
- Qo‘rada.
Qo‘rada mushukdan sal kattaroq qo‘chqor dorda turgan dorbozday qaltirab turardi. Bizga e’tibor bermadi. Aftidan, kallasi ham ketganga o‘xshaydi. U shu qadar jonsiz ko‘rinardiki, uni qo‘chqor deyishga istihola qilasan.
- Nechpul deysan?
- Ko‘nglingizdan chiqarib birnima beravering. Bu qo‘chqor puliga talashadigan qo‘chqor emas.
- Ko‘nglingdagini ayt. Aytaver. Buni eti bo‘lmasa ham joni borku.
Ummat aka o‘ylanib qoldi.
- Ikki yuz bering, bo‘ldi.
- Ikki yuz?
- Qimmat aytdimmi?
- Bir million beraman.
- Hazillashmang.
Bobom belbog‘idan bir taxlam o‘n mingtalik oldi.
- Bir millon. Barakasini ber.
Ummat aka bir qo‘chqorga, bir bobomga qaradi.
- Buni bozorga opchiqsam uch yuzga ketishi dargumon. Siz...
- Olaver. Men buni boqib, bir yarim millonga sotaman.
Ummat aka olmayman deb oyoq tirab oldi. Bobom uning cho‘ntagiga bir taxlam pulni tiqdi.
- Baraka?
- Bobo...
- Baraka deyapman.
- B-baraka...
Qo‘chqorni ko‘chaga yetaklab chiqdim. Yurgisi yo‘q. Oz yurmay holsizlanib yotib qoldi. Ko‘tarib oldim. To‘g‘ri chaylaga olib borib, qoziqqa bog‘lab qo‘ydim.
Bobom ancha orqada qolib ketgandi, kelgunlaricha qo‘chqor harom qotdi. Tepada yotib uni o‘lganini sezmay qolibman. Bobom rosa urishadi deb yurak hovuchladim. Ammo bobom miq etmadi. Qo‘liga pichoq olib, qo‘chqorning terisini shildi, go‘shtini nimta-nimata qildi.
- Olaparga berasan. Men uyga ketdim.
Bobom juda xotirjam edi. Hayron qoldim. Bir million havoga uchib ketdiku.
Kechqurun bobomdan so‘radim.
- Qo‘chqorning o‘lishi aniq edi, nega sotib oldingiz? Qo‘chqor o‘ldi, bu degani bir millionga kuydingiz, siz esa hech nima bo‘lmaganday yuribsiz?
- Qo‘chqorni o‘lishini bir qarashda sezgandim. Odamlardan eshitdim, Ummat bozorga opchiqib, ikki bozordan beri sotolmayotgan ekan. Mazasi yo‘qku... U biroz qaysar odam, pul bersang olmaydi. Shu bechoraga yordam beray dedim-da. Muhimi unga yordam beroldik, qo‘chqor muihm emas...
❗️Qissadan hissa, ta’masiz yaxshilik qiling.