#IBRAT_SOATI
Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o‘g‘lim. Onangman!
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi… O‘g‘lim…
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?
Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:
— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko‘raman😔!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
💎 TAROZI
Bir kuni faqirona kiyingan, ma’yus bir ayol sabzavot do‘koniga kirdi. Do‘kon sohibiga tortinibgina yaqin bordi va eri og‘ir xastalik tufayli biror ishga yaramay, to‘shakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi, ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi.
Sotuvchi unga ters qarab:
– Ey, tilanchi xotin, darhol do‘konni tark et! – dedi.
Ayol esa bolalarining yemak yeyishga ehtiyoji borligini aytib yolvorgancha:
– Iltimos, janob, bolalarimni qornini to‘ydirib, odamlarning eshigiga ishlagani jo‘nataman. Ular pul olib kelgan zahoti qarzingizni qaytaraman, – dedi.
Do‘kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay, uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan emasligini aytib iltimosini rad etdi. Shu payt do‘kon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi bilan ayol o‘rtasida bo‘layotgan suhbatni eshitib qoldi va ichkariga kirib do‘kondorga:
– Bu ayolga so‘ragan narsalarini ber, men kafil bo‘laman, qarzini qaytaradi, – dedi.
Uning gapiga ko‘ra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina:
– Oladigan narsalaringni ro‘yxat qilganmisan? – deya so‘radi.
Ayol tasdiq ma’nosini berib bosh irg‘adi.
– Unday bo‘lsa uni tarozining bir pallasiga qo‘y-da, ikkinchi pallasiga o‘zing oladigan narsalarni qo‘y. Ro‘yxat qog‘ozingni vazniga teng narsalarni beraman, – dedi.
Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib choponining cho‘ntagidan bir qog‘oz parchasi olib tarozining bir pallasiga qo‘ydi. Shu payt do‘kondor va kafil mijozning ko‘zlari hayratdan katta-katta ochildi. Tarozining tosh qo‘yiladigan pallasi qog‘oz parchasining og‘irligidan cho‘kib ketgandi.
Do‘kondor kafil mijozga qarab ezg‘in tovushda:
– Ishonmayman... Ishoniladigan xolat emas... – dedi.
Tarozining mahsulot qo‘yiladigan pallasi keragidan ortiq narsalar bilan to‘ldi. Do‘kondor va’daga binoan ayol olgan hamma yeguliklarni xaltaga joylab, qo‘liga tuqazdi. Zudlik bilan nimalardir yozilgan qog‘ozni qo‘liga oldi-da, o‘qidi. Unda xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati emas, quyidagi so‘zlar yozilgandi:
“Yaratgan Egam! Nimaga ehtiyojim borligini yolg‘iz O‘zing bilasan. Shuning uchun, o‘zimni senga taslim etaman. O‘zingga tavakkal, O‘zing omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!”.
Do‘kondor tosh kabi qotdi-qoldi. Ayol unga tashakkur aytib, do‘kondan chiqdi. Ayolning xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni do‘kondorga berdi va “Qaytimi kerak emas” dedi. Mijoz do‘kondan chiqib ketayotib tarozi pallalarining singaniga ko‘zi tushdi.
Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning kuchi neqadar zalvorli ekani yolg‘iz O‘zigagina ma’lum edi...

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
💎ISHGA BORAMAN!
➡️ Juda oddiy va soddagina eshitiladigan bu so‘zning zamirida muhtasham haqiqatlar bor!
❗️Tinchlik - Agarki yurtda tinchlik bo‘lmasa, ishga bora olarmidik?!
❗️ Sog‘liq - Tanimiz sog‘ ekan, biz ishga otlanayapmiz!
❗️ Xotirjamlik - Oilamiz xotirjamligi uchun ko‘nglimiz tinch ishga ketyapmiz!
❗️Shukronalik - Dunyoda ishga borolmaydigan va yoki ishsiz yashayotganlar qancha!
❗️Farovonlik - Ishga borayapsizmi, demak xonadoningizga rizq olib kelasiz. Halol rizq!
Ishga ketayotganlarga xayrli mehnat tilaymiz!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
💎ISHGA BORAMAN!
❗️Tinchlik - Agarki yurtda tinchlik bo‘lmasa, ishga bora olarmidik?!
❗️ Sog‘liq - Tanimiz sog‘ ekan, biz ishga otlanayapmiz!
❗️ Xotirjamlik - Oilamiz xotirjamligi uchun ko‘nglimiz tinch ishga ketyapmiz!
❗️Shukronalik - Dunyoda ishga borolmaydigan va yoki ishsiz yashayotganlar qancha!
❗️Farovonlik - Ishga borayapsizmi, demak xonadoningizga rizq olib kelasiz. Halol rizq!
Ishga ketayotganlarga xayrli mehnat tilaymiz!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
➡️ Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan.
Dars tugab, talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:
- Kim hozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.
➡️ U o‘qituvchisi haqida yozarkan:
«Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruhan ezishdan, o‘zgalar oldida yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi» dedi.

1. Otang senga tanbeh berganida u seni yomon ko‘rmaydi.
2. Otang senga bosim qilganida u seni o‘sishingni istaydi.
3. Otangni jim turganini ko‘rganingda u seni kelajaging haqida bosh qotirayotgan bo‘ladi.
4. Otang iqtisod qilgan paytda bilib qo‘y, u o‘z nafsini butunlay mahrum qilgan bo‘ladi.
5. Otang hansirab qolganini ko‘rsang bilib qo‘y, u sen sababli shunday bo‘lgan.
6. Otang kulgan paytida bilib qo‘y, buning ham sababchisi sensan.
7. Otang qattiqqo‘l bo‘lib qolsa bilib qo‘y, sen uning ko‘rsatmalariga yurmagan bo‘lasan.
8. Otang eshik xonasini qulflab olgan paytida bilib qo‘y, u yig‘layotgan bo‘ladi.
9. Otangga nisbatan ovozingni balandlatsang uni tiriklayin go‘rga tiqqaningni bilib qo‘y.
10. Sen o‘zingni darbadar va sargardon holda ko‘rsang bilib qo‘y, otang sendan g‘azablangan bo‘ladi.
11. Otang to‘shakka cho‘zilib olib, gapirmayotganini ko‘rsang bilib qo‘y, sen ulkan suyachiq tog‘ni yo‘qotib, bo‘shliqqa yuz tutgan bo‘lasan. U bo‘shliqni hech qanday xotira ham to‘ldira olmaydi.
G‘animatlaringiz borida qadrlang!

Bir kuni bir odam podshoh oldiga kelib, odamlarni to‘plab berishini va ularga o‘zining 10 yil vaqtini sarflab o‘rgangan ishini ko‘rsatmoqchiligini aytibdi.
Shoh odamlarni yig‘ibdi. Haligi odam bir chumolini raqsga tushiribdi. Shoh haligi odamni 200 darra urishni buyuribdi. Bundan taajjublangan odam buning sababini so‘raganda, shoh:
— Yuz darra 10 yil umrini keraksiz ishga sarflagani uchun, yana yuz darra esa shuncha odamlarning vaqtini keraksiz ish bilan olgani uchun, — deb javob qilgan ekan.
Bugun tarmoqlarda xayp qilib, mashhurlikka erishish uchun betayin ishlarni qilib yurgan insonlarga shu hikmatni eslatmoqchimiz. Ular o‘zining qadrsiz vaqtini ketkazgani, mayli, boshqalarni ovora qilishi jahlingni chiqarmasdan qolmaydi.

HAQIQAT
💥 Ko‘p insonlar qilmaydigan ishlarini gapiradilar...
💥 Yoqtirmaydigan kishilariga ham tabassum qiladilar...
💥 Ishonmaydigan kishilari bilan ham do‘stlashadilar...
💥 Ehtirom qilmaydigan kishilariga bo‘ysunadilar...
💥 Yaxshi ko‘rmaydigan kishilariga xushomadgo‘ylik qilishadi...
💥 Ehtiyojlari bo‘lmagan narsalarga egalik qilishadi...
💥 Ishlatmaydigan narsalarini jamg‘arishadi...
💥 Qo‘llaridagi narsalarini qizg‘anishadi, molik bo‘lmagan narsalarini bergilari keladi...
💥 O‘zlariga zarari tegadigan narsani yoqtirishadi...
💥 O‘zlariga foydasi tegadigan narsani yoqtirishmaydi...
💥 Umrlarini foydalanmaydigan narsalariga sarflashadi.
❗️ Tafakkur qiling. Lahzalik umringizni keraksiz narsalarga sarflashdan yiroq bo‘ling.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
HAQIQAT
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
🔴 Qayg‘urma
Kasal tuzaladi, musibat ketadi. Gunoh kechiriladi, qarz to‘lanadi, mahbus ozod bo‘ladi. Kelajak keladi osiy — tavba qiladi. Faqir esa vaqti kelganda boy bo‘ladi...
Qayg‘urma!
Axir qora bulut qanday tarqalganini, qorong‘u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo‘ron qanday to‘xtaganini ko‘rmadingmi?!
Demak, og‘ir kunlarning ortidan, kenglik va yaxshi bir hayot bordir!
Qayg‘urma!
Chunki quyuq soya quyosh alangasini o‘chiradi. Toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi. Issiq non qattiq ochlikni to‘ydiradi. Bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir. Dard alamlarini sog‘lik lazzati ketkizur. Buning uchun sen bir oz sabr qilmog‘ing va bir lahza kutishing darkor!
Murodbaxsh chorshanba xayrli bo‘lsin!

Qush tiriklik vaqtida chumolilarni yeydi. O‘lganidan keyin chumolilar uni yeydi.
Vaqt shunday narsa, har zamonda holatlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Hech bir kishini past sanamang. Yoki sizdan zaif yo quyi bo‘lgan hech bir kishiga ozor bermang. Kuni kelib u kuchli, siz esa zaif bo‘lib qolishingiz mumkin.
Qarang, bitta daraxt barglari millionlagan qurtlarni boqib yetishtirishi mumkin. Keyin esa bitta qurt millionlagan daraxtlarni kemirib quritishi mumkin. Bu inkor qilib bo‘lmas haqiqat. Bularni ro‘yobga chiqaradigan narsa — vaqt, xolos.
Unutmang, qancha kuchli bo‘lsangiz ham vaqt sizdan va hammadan kuchli!

💎 Italiyadagi bir qahvaxona egasi odamlarga odob o‘rgatmoqchi bo‘lib, peshtaxta yoniga quyidagicha narxnomani ilib qo‘ydi:
«Bitta qahva» – 3 yevro.
«Iltimos, bitta qahva» – 2 yevro.
«Xayrli kun. Iltimos, bitta qahva» – 1 yevro.
Axloqning ham qiymati bor.
Tafakkur qiling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
«Bitta qahva» – 3 yevro.
«Iltimos, bitta qahva» – 2 yevro.
«Xayrli kun. Iltimos, bitta qahva» – 1 yevro.
Axloqning ham qiymati bor.
Tafakkur qiling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
💎 MUZLATGICHDAGI AYOL...
Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatkichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatkich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi.
Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi. Oradan bir ikki soat o‘tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib qorovuldan so‘radi:
- Siz meni muzlatkichga qamalib qolganimni qayerdan bildingiz? Axir, sex ichini tekshirish sizning vazifangizga kirmaydi-ku?
- Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib-ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Go‘yoki men yuqdek odamman ularga. Ammo, siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina sizni shu ko‘ngil uchun hol-ahvol so‘raganingiz uchun men o‘zim inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir, deb xabar olib kirgandim - dedi.
P.S.: Hech qachon birovni kamsitmang. Oyoq ostingizdagi tosh biror kuni sizga haykal bo‘lishi mumkinligini unutmang!

QACHON GAPIRMOQ KЕRAK?
Aqlli bir yigit bo‘lib, uning ilm o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi nihoyatda baland edi. Va bu qiziqish ortidan turli xil ilmlarni o‘rgandi. Yigit ayni chog‘da go‘zal bir tabiatga sohib edi. Juda ko‘p majlisda qatnashar, ammo bo‘lar-bo‘lmas gaplarga qo‘shilmasdi. Qayerda, qachon, qanday gapirishga e’tibor berardi.
Bir kun majlisga yig‘ildilar. Otasi ham yonida edi. Juda uzun suhbat bo‘ldi, ammo yigit gapga aralashmadi. Bu holat otasi e’tiborini tortdi. Majlis tugashi bilan o‘g‘liga:
–O‘g‘lim! – dedi. Sen ham bilgan narsalaring bilan nega bahsga qo‘shilmading?
Yigit javob berdi:
–Qo‘rquvdan, otajonim. Bilmaganlarimni so‘rab qolishsa juda uyalaman! Axir donolar, “Sen gapirmaguningcha hech kimning sen bilan ishi yo‘qdir. Ammo, gapirishing bilan so‘zingni dalilini keltirishing kerak bo‘ladi”, – deganlarku...
Har bir so‘zimizga diqqatli bo‘lmog‘imiz kerak!

💎 YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Esimni taniganimda tomorqamizda mo‘jazgina bog‘ bo‘lardi. Otam meni ko‘tarib, o‘sha boqqa tushardi. Chunki men otamning erkatoy qizi edim. Birinchi bo‘lib bog‘imizda nima pishsa, menga olib berardi.
Bog‘imizda mevali daraxtlarning hammasidan bir tupdan bor edi. Hovlimizning bu boshidan narigi boshigacha esa har xil turdagi uzumlar. Uyimizning atrofiga esa terak va tollar ekilgan edi. Katta yo‘lning shundoqqina yonida turganligimiz boismi, otam o‘sha tomonga kichkinagina qilib o‘rmoncha barpo qilgandi. Biz bahor kelishi bilan o‘sha yerga borib, bekinmachoq o‘ynardik. Mitti-mitti ochilgan chechaklarni yulib xursand bo‘lib chopqillardik.
Xullas, biznikiga kelgan odamning havasi kelardi. Afsuski bu bog‘ni kengaytirish otamga nasib etmadi. To‘satdan otam 40 yoshida ko‘richagi yorilib ketib vafot etdi. Yetti jon ortidan bo‘zlab qoldik. Barchamiz yosh bo‘lganligimiz uchunmi tomorqadagi ishlarni bajarishni bilmasdik. O‘sha yili qahraton qish ham qattiq keldi. Onam bechora toklarni yerga ko‘mmaganliklari uchun ularni sovuq urib ketdi. Go‘yoki bog‘boniga aza tutgandek. Ikkitagina tokimiz omon qoldi xolos. Onam otam yaratib ketgan mo‘jazgina boqqa kiradi, nimanidir qiladi, kuymalanadi.
Xullas shu bog‘ni asrab qolishga harakat qiladi.
Yildan-yilga otam ekkan daraxtlar ko‘kka bo‘y cho‘zdi. Hatto ayrimlari quchoqqa sig‘mas darajada gurkiradi. Imorat solishni mo‘ljallab qo‘yganlar endi birin-ketin biznikiga kelib o‘sha daraxtlarni so‘rashishardi.
Men maktabga chiqqan yilim onam uyimizga qo‘shimcha ravishda yana bir uy va bir dahliz qurishga usta yolladi. Bu uyga, albatta, otam ekkan daraxtlardan foydalanishdi. Opamni o‘qishga kiritadigan yili, onam daraxtlardan ozrog‘ini sotishga majbur bo‘ldi. Otam yaratgan bog‘ bizning qornimizni to‘ydirgan bo‘lsa, ular ekib ketgan daraxtlar ustimizni but bo‘lishiga yordam berdi.
Endi bu bog‘ni akam yanada kengaytirdi. Ehtimol otamning ruhlari ko‘rib turgan bo‘lsa shod bo‘layotgan bo‘lsa ajab emas.
“Yaxshidan bog‘ qoladi” deb donishmandlarimiz bejizga aytishmagan ekan. Otamning boshlab qo‘ygan ishlarini akalarim davom ettirishayapti. Katta akam alohida uy-joy qilib olgach, xuddi otamniki singari ajoyib bog‘ barpo qildi. Atrofiga esa manzarali butalar o‘tqazdi. Bog‘ yaratgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi. Yo‘ldan o‘tayotgan yo‘lovchining ham, hattoki qo‘shnining ham o‘sha mevalarda haqqi bo‘larmish, deb eshitganman. Shuning uchun bo‘lsa kerak, akam doim bog‘idagi mevalari pishganida qo‘shnilarga ulashishni kanda qilmaydi. Ular bo‘lsa “Otangning ruhi shod bo‘lsin, qabrlari nurga to‘lsin. O‘zingdan ko‘pay. Olganing olqish bo‘lsin” deya duo qilishadi.

💎 Qo‘shnining kosasi
– Qizalog‘im, borib buvingga qarash. Bugun ehson berishayotgan ekan. Men ishdan qaytgach boraman. Hech yo‘q, ul-bul obkeb berib turarsan.
Kichkina edim. Onamning bu so‘zlarini eshitib, bormayman, deb xarxasha qila boshladim. Shunda onam men rad etolmaydigan sababni ko‘rsatdi:
– Qizim, ehsonda xizmat qilish savob. Boraqol!
Bordim. Ancha-muncha yarim-yorti ishlarga qarashdim. Xizmat qilayotgan kelinoyilarning bolalariga qarab turdim. Kelganimdayoq buvimga: «Savob topish uchun keldim. Menga ko‘pgina ish buyuring», degandim. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xizmat qilishga shay turganlar ko‘pligiga qaramay buvim imlab chaqirib qoldilar. Uchib bordim.
– Qizalog‘im, kattaroq kosaga sovuq choydan to‘ldirib quyib kel. Anorxon buving ko‘p chanqaydi.
Yugurgilab ketdim. Idishlar orasidan eng katta kosani tanlab choy quyib keldim. Buvim idishni oldilar-da, unga sinchiklab qaradilar:
– Bu qo‘shnining kosasi-ku. Joyiga olib borgin-da, boshqasiga qo‘yib kel.
– Choyni ichib olsinlar, keyin...
– Bo‘lmaydi, qizim, hoziroq obor. Meni qarzdor qilib qo‘yma!
Buvimning buyruqlarini bajardim. Ammo ularning so‘zlarini tushunolmay rosa qiynaldim. Ko‘p idish sindirganim uchun shunaqa qildilar, deb bola ko‘nglim bir oz ranjib ham oldi. Ammo mehmonlar ketgach, buvim shubhalarimni tarqatdilar va galdagi unutilmas saboqni dilimga joyladilar:
– Bolajonim, boyagi gapimdan ranjigan ko‘rinasan? Sen olib kelgan boyagi kosada kecha qo‘shni ovqat chiqargan ekan. Undagi taomni yeyishga haqimiz bor, ammo kosani ishlatishga aslo haqimiz yo‘q. Chunki qo‘shni uni bizga ishlatish uchun bermagan. Agar ishlatsak, qo‘shni haqiga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Arzimasdek tuyulgan bu narsa bo‘ynimizga birovning haqi degan ulkan qarzni iladi. Birovning haqini bu dunyoda o‘tamasang, qiyomatda, to‘lov uchun savobdan bo‘lak hech vaqoying bo‘lmagan, har bir savob o‘zing uchun kerak bo‘lgan paytda to‘laysan. Shuning uchun bu borada ehtiyotkor bo‘lish kerak. Qo‘shniga kosasini olib kirib, unga ruxsatingizsiz choy quyib qo‘ydik, rozi bo‘ling, deb so‘rab chiqqin!..
Bugun ushbu voqeani yodga olarkanman, dilimda qo‘rquv paydo bo‘ldi. Eh-he, men qanchadan-qancha idishlarga egalarining ruxsatisiz «choy quyib» qo‘yganman. Yoru birodarlar, qo‘ni-qo‘shnilar, sizlarning qancha «idishlar»ingizdan ruxsatsiz «foydalandim», qancha haqlarni bo‘ynimga ildim. Ularning to‘lovi qiyomat kunida gardanimga tushmasligi uchun hammangizdan rozilik so‘rayman.

💎 Atrofingizda kimlar bor?
— Agar siz 5 ta aqlli odam bilan suhbatlashsangiz, siz ularning oltinchisiga aylanasiz.
— Agar siz 3 ta o‘ziga ishongan odam bilan suhbatlashsangiz, siz to‘rtinchisi bo‘lasiz.
— Agar siz 6 ta millioner bilan suhbatlashsangiz, siz yettinchisi bo‘lasiz.
— Agar siz 2 ta nodon odam bilan gaplashsangiz, siz ularning uchinchisi bo‘lasiz.
Qanday inson bo‘lib shakllanishingiz, atrofingizdagi siz tanlagan odamlarga bog‘liq...

🔴 Yettita narsa kishining obro‘sini to‘kadi:
1. Chaqirilmagan dasturxonda bo‘lish.
2. Uy egasiga buyruq berish.
3. Dushmanidan yaxshilik yoki ehson kutish.
4. Ikki kishining suhbatiga quloq solib, ularning gaplarini eshitishga harakat qilish.
5. O‘zi munosib bo‘lmagan yerga o‘tirish.
6. So‘zini eshitishni istamaganlarga gapirish.
7. Ahil bo‘lmagan va noloyiq kishilar bilan do‘stlashish.

➖ Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
➖ Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
➖ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
➖ Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
➖ Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
➖ Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
➖ Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
➖ Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.
✍️O‘tkir Hoshimov
Tafakkur qiling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|🔎 Veb-sayt
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot

🔷QUSHNING UCH O‘GITI
Bir bechora qush tuzoqqa tushib, qafasga mahkum bo‘ldi.
Tutgan kishiga: «Ey inson! Sen hayotingda qo‘y va sigir yegan, tuya ham so‘ygansan. Ularning go‘shtiga to‘ymagan ekansan, menikiga aslo to‘ymaysan! Meni qo‘yib yubor, evaziga senga uch o‘git aytay.
Bu o‘gitlarning birinchisini qo‘lingda turib, ikkinchisini anavi tom ustiga chiqib, uchinchisini esa daraxt shoxida aytaman.
Sen bu uch o‘gitga quloq solsang, albatta, baxtiyor bo‘lasan!», dedi.
Ovchi qushga ishondi. Yolvorishlaridan so‘ng taklifiga rozi bo‘ldi. Qush: «Senga birinchi aytadigan o‘gitim shudir – bo‘lishi
mumkin bo‘lmagan narsalarni kim gapirsa gapirsin, aslo ishonma!», dedi.
Ovchi uni qo‘yib yubordi. Qush uchib uyning tomiga qo‘nib, ikkinchi o‘gitini aytdi: «Qo‘lingdan boy bergan o‘tkinchi narsalar uchun aslo tushkunlikka tushma. Boy berilgan narsaning ortidan g‘am chekma», dedi.
So‘ng daraxt shohiga qo‘ndi va uchinchisini aytmasdan oldin: «Ichimda o‘n dirham og‘irligida bebaho marvarid bor edi. U seni ham bola-chaqangni ham boy qilardi. Lekin sening taqdiringda yo‘q ekan, qo‘lingdan ketdi», dedi.
Ovchi qushning gaplarini eshitar-eshitmas, baqirib, afsus- nadomat chekdi. Qush: «Men senga qo‘lingdan ketgan narsa uchun aslo tushkunlikka tushma, demadimmi? Modomiki, marvarid
qo‘lingdan ketibdi, endi nega o‘zingni azoblayapsan? Hozirgina aytganlarimni unutdingmi? Senga «Bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarni kim gapirsa ham ishonma!» degandim. Eh nodon, o‘zimning og‘irligim uch dirhamlik tangachadeg-u, ichimda o‘n dirhamdek keladigan marvarid nima qiladi?!», dedi.
Ovchi biroz o‘ziga kelib: «Mayli, endi uchinchi o‘gitingni ayt», dedi.
Qush: «Sen shu aytilgan ikki nasihatga quloq soldingmi, senga uchinchisini aytay? Uxlab yotgan odamga pand-nasihat qilish unumsiz yerga urug‘ ekish bilan barobardir!», deb, uchib ketdi...

💥 Bir kuni qirolga lochin bolasini sovg‘a qilishdi. Qirolning qushboqari uni katta qildi, ammo hech uchishga o‘rgatolmadi. Lochin polaponligida o‘tirgan daraxt shoxini tark etishni aslo xohlamasdi. Qushboqar qirolga lochin ustidan arz qilib, uni aslo uchishga o‘rgatolmayotganini, hattoki yemishni ham qush o‘tirgan shoxga qo‘yishga majbur bo‘layotganini aytdi.
Qirol jarchi orqali lochinni uchishga majbur qiladigan odam topishni e’lon qildi va ertalab qush bog‘ ustida parvoz qilib yurganini ko‘rdi.
– Bu mo‘jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.
Uning oldiga oddiy dehqonni olib kelishdi.
– Uni uchishga qanday majbur qilding? Sehrgarmisan?– so‘radi qirol.
Dehqon qirolni xursand qila olganidan shod edi:
– Bu qiyin bo‘lmadi, zoti oliylari. Men shunchaki lochin o‘tirgan shoxni arralab tashladim va u qanotlari borligini tushunib ucha boshladi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|🔎 Veb-sayt
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot
Qirol jarchi orqali lochinni uchishga majbur qiladigan odam topishni e’lon qildi va ertalab qush bog‘ ustida parvoz qilib yurganini ko‘rdi.
– Bu mo‘jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.
Uning oldiga oddiy dehqonni olib kelishdi.
– Uni uchishga qanday majbur qilding? Sehrgarmisan?– so‘radi qirol.
Dehqon qirolni xursand qila olganidan shod edi:
– Bu qiyin bo‘lmadi, zoti oliylari. Men shunchaki lochin o‘tirgan shoxni arralab tashladim va u qanotlari borligini tushunib ucha boshladi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
💎Baxtli bo‘lmoqni istaysizmi?
➖Har orqangizdan gapirganga quloq solmang...
➖Har so‘z berganni, so‘zida turadi, deb o‘ylamang...
➖Har tanishgan insoningizni o‘zingiz kabi bilmang...
➖ Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling...
➖ Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting...
➖ Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, ne’matlar uchun shukur qiling...
➖ Har bir narsani Allohdan va qilgan amallaringizdan deb biling...
➖ Insonlardan hech narsa kutmang...
➖ Olishdan ko‘ra, berishni ko‘proq yahshi ko‘ring...
➖ Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va hafagarchilik saqlamang...
➖ Nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu dunyo o‘tkinchi ekanligini va bir kun hammasi tugashligini unutmang!