Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.22K subscribers
44.6K photos
16K videos
381 files
27.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#KUN_TAVSIYASI

📝Taqdiringizdan rozi buling....!!!
Chunki yaxshi o‘ylab ko‘rsangiz, nima bo‘lgan bo‘lsa ham, hammasi yaxshilikka bo‘lgan.

Masalan :

Sizni hafa qilishdi – kechirishni o‘rgandingiz.....

Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz....

Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz......

Sitamlar keldi --- bardoshingizni tarbiyaladingiz.....

Johil, gumrohlar atrofingizda bisyor bo‘ldi, imoningiz charxlandi........

Toshbag‘irlarga ro‘baro‘ bo‘lib --- mehr berishni o‘rgandingiz.......

Kasal bo‘lib ---- sog‘liqni qadrini bildingiz.....

Musofir bo‘lib --- yurtingizni va yaqinlaringizni sog‘inishni o‘rgandingiz.......

Yoshlikda uqimay --- ulg‘aygach ilmni qadrini o‘rgandingiz.....

Faqat sizga iltimosim bor,
~ Yaxshilar :
Yetim bo‘lmasdan ota - onani qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadrlashni o‘zingiz tezroq o‘rganing.....!!! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech bo‘ladi...

🌷Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍
#KUN_TAVSIYASI

Taqdiringizdan rozi buling....!!!
Chunki yaxshi o‘ylab ko‘rsangiz, nima bo‘lgan bo‘lsa ham, hammasi yaxshilikka bo‘lgan.

Masalan :
Sizni hafa qilishdi kechirishni o‘rgandingiz.....
Qiyin kunlar berildisabr qilishni o‘rgandingiz....
Dard keldihamdardlikni o‘rgandingiz......
Sitamlar keldi --- bardoshingizni tarbiyaladingiz.....
Johil, gumrohlar atrofingizda bisyor bo‘ldi, imoningiz charxlandi........
Toshbag‘irlarga ro‘baro‘ bo‘lib --- mehr berishni o‘rgandingiz.......
Kasal bo‘lib ---- sog‘liqni qadrini bildingiz.....
Musofir bo‘lib --- yurtingizni va yaqinlaringizni sog‘inishni o‘rgandingiz.......
Yoshlikda uqimay --- ulg‘aygach ilmni qadrini o‘rgandingiz.....

Faqat sizga iltimosim bor,
Yaxshilar : Yetim bo‘lmasdan ota - onani qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadrlashni o‘zingiz tezroq o‘rganing.....!!! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech bo‘ladi...

🔴Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🌷Irodali insonlarga xos 10 xislat

1️⃣. Nolish bilan vaqt o‘tkazmaydi. Irodasi mustahkam inson hech qachon qo‘lini qovushtirib, soatlab arzi hol qilmaydi. Chunki ular mas’uliyatni his qilishadi va hayotlarida o‘zlari bosh rol ijrochisi ekanligini anglashadi.

2️⃣. O‘ziga-o‘zi hukrmon. Boshqalarning ishlarini nazorat qilishmaydi va ularni atrofdagilar boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, ish borasida his-hayajonini tashqariga chiqarishmaydi, aql bilan yo‘l tutishadi.

3️⃣. O‘zgarishlardan o‘zini olib qochmaydi. Chunki matonatlilar o‘zgarishlardan qo‘rqmaydi. O‘zgarishlar ilojsiz ishdek tuyulmaydi. Shuning uchun boshlagan ishlarini omadli yakunlashadi.

4️⃣. Arzimas voqealar uchun kuyinmaydi. Ulardan hech qachon tiqilinch yo‘lda qolib ketgani yoki biror buyumini yo‘qotib qo‘ygani haqidagi shikoyatni eshitmaysiz. Diqqatlarini bir joyga to‘plab, vaziyatning yechimini izlashadi.

5️⃣. Hammaga yoqishga urinmaydi. Sababi u biladi, hammaning ko‘nglini birdek olib bo‘lmaydi. Va kimdir uni rad qilishidan qo‘qrmaydi. Ularga salbiy munosabatda bo‘lganlarga ham yaxshi gapirishda davom etib, xushmuomalalik bilan iltimoslarini amalga oshiradi.

6️⃣. Tavvakal qilishdan cho‘chimaydi. To‘g‘ri, ular shoshqaloqlik bilan o‘ylamasdan qadam tashlashmaydi, ammo kerak paytda tavvakal qilishni ham bilishadi. Chunki avvalo aql tarozisida hammasini tortib ko‘rishadi-da.

7️⃣. Hassasini bir marta yo‘qotadi. Ya’ni xatolaridan xulosa chiqarib, ikkinchi bor bunga yo‘l qo‘yishmaydi.

8️⃣. O‘zgalarning yutug‘iga hasad qilmaydi. Va atrofdagilarni chin dildan qutlashadi. Bilishadiki, kimki mehnat qilsa, unga omad kulib boqadi.

9️⃣. Omadsizlikka duch kelsa, ortga qaytmaydi. har qanday mag‘lubiyatdan kishi o‘ziga nimadir olishi, dunyoqarashi o‘sishi mumkinligini bilishadi.

1️⃣0️⃣.Katta natijalarni kutishmaydi. Sababi vaqt va kuchini aniq marra sari sarflab, natijani oldindan chamalashadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🌱 SIZ FARZANDINGIZDA QAYSI XISLATLARNI SHAKLLANTIRYAPSIZ!?


🔹 Agar farzand shijoatlantiruvchi muhitda yashasa, o‘ziga ishonchni ta’lim oladi.

🟢 Agar farzand maqtov muhitida yashasa, rozilik va muhabbatni ta’lim oladi.

🟢 Agar farzand o‘zaro sherikchilik muhitida yashasa, saxiylik va oliyjanoblikni ta’lim oladi.

🟢 Agar farzand pok niyat va vijdonli muhitda yashasa, rostgo‘ylikni ta’lim oladi.

🟢 Agar farzand insof muhitida yashasa, adolatni ta’lim oladi.

🟢 Agar farzand his tuyg‘ular rioya qilinadigan muhitda yashasa, boshqalarni hurmat qilishni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand hisob kitob va tanqid muhitida yashasa, yolg‘onni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand muvaffaqiyatsiz va qo‘pol muhitda yashasa, dushmanlik qilishni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand xavf muhitida yashasa, zaiflik va bezovtalikni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand masxara bo‘linadigan muhitda yashasa, xijolat bo‘laverishni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand rashk qilinaveradigan muhitda yashasa, hasadni ta’lim oladi.

🔴 Agar farzand ortiqcha e’tibor qilinadigan muhitda yashasa, o‘ziga ishonchsizlikni ta’lim oladi.

Siz farzandingizda qaysi xislatlarni shakllantiryapsiz, tafakkur qiling!

❗️Tarbiyada diqqatli bo‘ling!


Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

Bolangizga: "Devorga chizma!" deb aytmang. Balki, "Qog‘ozga chiz, devorga yoki muzlatqichga osib qo‘yamiz" deb ayting!
Bolangizga: "Tur, to‘zib ketgan xonangni yig‘ishtir!" deb aytmang. Balki, "Bolajonim, xonangni tartiblash va tozalashda senga yordam beraymi, chunki sen tozalik va tartiblikni yaxshi ko‘rasanu" deb ayting!
Bolangizga: "Tur, darsingni tayyorla, o‘yin o‘ynama, dars o‘yindan ko‘ra muhimroq" deb aytmang. Balki, "Bolajonim, darslaringi erta tugatsang, sen bilan o‘yin o‘ynashda sherik bo‘laman yoki o‘zing yaxshi ko‘radigan biror bir narsani birga qilamiz" deb ayting!
Bolangizga: "Tur, tishlaringni yuvib kel yoki doim men aytishim kerakmi?!" deb aytmang. Balki, "Bolajonim, men sendan judayam xursandman, chunki sen men aytmasam ham tishlaringni yuvasan" deb ayting!
Bolangizga: "Shokolad yemagin, tishlaring qurtlab ketadi" deb aytmang. Balki, "Mayli, kunda bir marotaba yeyishinga ruxsat beraman, chunki sen aqllisan, tishlaringni doim toza tutadigan bolasan" deb ayting!

🔴Yaxshi gap va muhabbatda gap ko‘p! Muhabbatli bo‘ling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🔴Shunchaki yodingizda saqlang!

❗️Hech narsaga kafolat yo‘q...
🟢 Sevganing bir kun — begonaga aylanishi mumkin.
🟢 Do‘sting — dushmanga aylanishi mumkin.
🟢 Dushmaning — do‘stga aylanishi mumkin.
🟢 Yomon ko‘rgan kishing — yaxshi ko‘rganingga aylanishi mumkin.
🟢 Yaxshi gapirgan — yomon gapirishi mumkin.
🟢 Maqtagan — yomonlashi mumkin.
Xullas hamma narsa bo‘lishi mumkin....

➡️Faqat ota - onangiz va tug‘ishgan jigarlaringni munosabati hech qachon o‘zgarmaydi...

➡️Har qanday holatda ham ular baribir seni chin yuraklaridan yaxshi ko‘rishadi.

➡️Yaqinlaringizni qadrlang va ulardan mehringizni darig‘ tutmang.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

Hayotingiz davomida quyidagilarga amal qiling:
🔢. Qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta, bajaring;
🔢. Kechikyapsizmi? Bu xaqida ogoxlantirishni unutmang;
🔢. O‘zgalarning orzusini kulgu qilish yaramaydi;
🔢. Sizga xoinlik qilgan odamlar davrasiga aslo qaytmang;
🔢. Doimo ota-onangiz duosini olishga oshiqing;
🔢. Shirinso‘z bo‘ling! Ishoning, bu atrofdagilardan ko‘ra, cizga ko‘proq foyda olib keladi;
🔢. O‘z xatolaringizni tan olishni o‘rganing;
🔢. Shikoyat qilish odatini tark eting;
🔢. Xattoki, eng jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelganda xam qarshingizdagi insonning nozik tomoniga zarba bermang;
🔢🔢. Faqat rost gapiring! Agar rost gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘on gapirmang.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

➡️Ayni yashayotgan paytingizni imkon deb biling va u bilan mashg‘ul bo‘ling. O‘tmish uchun qayg‘urmang, kelajakdan esa xavotirlanmang...

Biz uchun bugun yana quyoshli tong, toza havodan nafas olish ne’mati va hayotimizni yaxshi amallar bilan to‘ldirish imkoni bor...

Shunday ekan, bugunimiz go‘zal xotima topsin, bugun ulguraylik, bugun erishaylik, bugun uddasidan chiqaylik va bugun baxtga erishaylik...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🟢Paradoks bo‘l

Bitta narsa qur, lekin bitta narsa bo‘lib qolma.

Yovvoyilik ham qil, avliyo ham bo‘l.

Biznesni o‘yin kabi ko‘r. (Ishni zavq bilan bajar)

Fitnesni meditatsiya kabi qabul qil. (Tana va ong uyg‘unligi)

Haqiqatga ishongin ammo uni so‘roq qilishdan qo‘rqma.

Jangchi bo‘l, lekin ijodkor fikrlashni unutma.

Mehnatda to‘ymas “serial qotil” bo‘l. (Harakatdan to‘xtama, oldinga intil)

Erkin bo‘l, lekin intizomli ham.

Yolg‘izlikni qadrlashni o‘rgan, lekin kuchli jamoadan ajralma.

Oddiy bo‘l, lekin o‘ziga xos bo‘lishni unutma.

O‘zing bo‘l, lekin doim o‘zingni o‘zgartirib bor.

O‘rganish hech qachon tugamaydi, lekin har doim o‘z fikring bo‘lsin.

➡️P/s: Hayot paradokslardan iborat, va ularni qabul qilgan odam rivojlanishdan to‘xtamaydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🔴Maqsadni natijaga aylantirishning 13 usuli:

1.Yozma ravishda fikrlang. Qog‘ozga ko‘chirilmagan maqsad, mavjud emas.

2.Maqsadlarni aniqlik bilan qo‘ying va nima, qayerda, qachon, va qanday qilib savollariga javob bering.

3. Maqsadni vaqtda cheklang: erishilish vaqti noma’lum bo‘lgan maqsad – bu orzudir.

4.O‘ylab ko‘ring, maqsadingizga erishishingiz, sizdan boshqa yana kimga foyda keltirishi mumkin?

5.Maqsadingizni tasdiq shaklda, hozirgi zamonda ifodalang.

6.Maqsadingizni yanada kichikroq maqsadchalarga bo‘ling, maqsadga erishishning batafsil ssenariysini tayyorlang.

7.Maqsadingizga erishish yo‘lidagi har bir hatti-harakatingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.

8.Maqsadingizga erishishda oraliq natijani aniqlab oling.

9.Maqsadingiz haqida o‘ylang, unga erishish vositalari haqida emas.

10.Maqsadingizning oxirini belgilang va u tomon yuring.

11.Maqsadingizga erishgan kelajak obrazini yarating va uni eslab qoling.

12.O‘zingizni go‘yoki muvaffaqiyat kafolatlanganday tuting.

13.Ishning o‘zini emas ko‘zini biling.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM