Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.37K subscribers
42.2K photos
15.8K videos
376 files
27K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Turon

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Turon” maktab teatr tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning sahna koʻrinishlaridan fotoreportaj.

Tadbir poytaxtimizda, Yoshlar kuniga bag’ishlab tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUTOLAA

😁T A ’ T I LDA


Salom, qalaysiz ustoz,
Ta’til qanday o‘tayapti?!
Oldinda esa sizni,
O‘quv yili kutyapti.

Ta’til mazzada, rostdan,
Unut bo‘lar hamma ish.
Ammo, muallimlarga,
Ta’tilda ham ming tashvish.

Darslar xayolingizni,
Bir chetida turgaydir.
O‘ttiz bola shovqini,
Tushingizga kirgaydir.

O‘ylaysiz, tinchmikan deb,
Sinfimdagi bolalar.
Sog‘inib ham qo‘yasiz,
Tortib sekin nolalar.

O‘ylaysiz har birini,
"Davronim sho‘xroq edi... ,
Lobar qizim tushmagur,
Biroz" o‘yinqaroq" edi..."

Ularni o‘ylayverib,
Tatimaydi holva ham.
Axir sizga yozilgay,
Ta’tildagi g‘alva ham!

Ta’tilda tog‘lar tomon,
Tushdimikan yo‘lingiz.
Yo ro‘zg‘or tashvishlari,
Bog‘ladimi qo‘lingiz?

"Ta’tilda bir tog‘larga,
Aylanib kelsam..." deysiz.
Har yil shu gap, siz qachon,
Ko‘ngil g‘amini yeysiz?

Uy, tomorqa, molu-hol,
Kuch yetmaydi tortgani.
Bola-chaqaga ketar,
Kreditdan ortgani.

Mingta tashvish, mingta dard,
Qaynoq yozning faslida.
Otpusnoy pul uch kunda,
Tugab bo‘lgan, aslida.

Oxirgi pulingizni,
Asrab bola-chaqaga.
Zominni ham bir ko‘rmay,
Chiqasiz nafaqaga.

Hayot tashvishlaridan,
Olmoqqa o‘ch topasiz.
Nafaqadan keyin ham,
Ishlashga kuch topasiz.

Mayli ta’til ham tugab,
Yangi hayot boshlanar.
"Kundalik kom" atalgan,
Eski bayot boshlanar.

Ne bo‘lsa ham, ketmaysiz,
Ko‘nglingizning yurtidan.
Siz ulug‘lik topgaysiz,
Ustozlikning ortidan.

Siz ziyosiz, siz nursiz,
Siz dunyoga ilmsiz!
Ustoz shoir aytgandek,
Siz "Oddiy muallim" siz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

💎“Odamlar nima deydi?...”

Kun juda issiq bo‘ldi. Ko‘chaga ko‘ylakchan chiqdim. Qarshimdan bir tanishim kelib qoldi. Salom berar-bermas, jiddiy turib:
- Nimaga bunday qildingiz?! – dedi.
Bu savoldan dovdirab qoldim.
- Nima qilibman?
- Axir kastimsiz yuribsiz-ku? Bunday yurish sizga yarashmaydi. Odamlar nima deydi?
Javob qilmay o‘ylanib qoldim.
Demak, men odamlarga savlatli ko‘rinishim uchun shu jaziramada ham ko‘chaga kastim kiyib chiqishim kerak ekan-da!
Tevarakka razm soldim. Ilk ko‘rganim baland poshnali tufli kiyib olgan bir ayol edi. Bunday tuflida yurish qiyin. Ishonmasangiz marhamat, oyog‘ingiz uchida yuz qadam yurib ko‘ring. O‘zini bunday qiynashda qanday ma’no bo‘lishi mumkin? Tramvayda o‘rindiqlar bo‘shligiga qaramay, tik turib ketayotgan ayolga ko‘zim tushdi. O‘tirishga taklif qilsalar-da, ko‘nmas edi. U juda tor kiyim kiyib olgan, o‘tira olmayotganining boisi ham shu. So‘rashingiz mumkin: o‘zini nega bunaqa azoblaydi? Chindan ham, sho‘rlik ayol ichdan azoblanib turgan bo‘lsa ham, zohiran odamlarga chiroyli ko‘rinmoqchi bo‘ladi.
Ba’zi yigitchalar sochini tartibga keltirishga yarim soat ovora bo‘ladi. So‘ng shabada esishidan yoki avtobusda biror adashgan qo‘l tegib ketib, bu antiqa ko‘rgazmani yo‘qqa chiqarishidan kunbo‘yi qo‘rqib yurishadi.
Hech ko‘rganmisiz, ayrim ayollar mehmonlarni, dugonalarini ochiq chehra bilan qarshilashadi . tabassum, muloyim gap-so‘z, chiroyli odob ko‘rsatishadi. Eri bilan muomalasida esa, boshqacha...
Ba’zilar ko‘chaga chiqsa, begonalar uchun ziynatlanadi, liboslarning eng chiroylisini kiyadi. Turmush o‘rtog‘iga esa sochlari hurpaygan, kir-chir kiyim bilan yuzlanaveradi.
To‘y marosimlar ham xo‘ja ko‘rsinga yelib-yugurishlar, mashaqqat chekishlar ko‘p. Barcha o‘ylarimiz bir kunda o‘tadigan to‘y haqida bo‘ladi. Odamlar ko‘rib: “Alloh yorlaqasin, juda zo‘r!” deyishlari uchun sep-sidirg‘a yig‘amiz. Nikoh marosimida to‘y-tomoshani dabdabali qilishga urinamiz. Mollarni uvol qilish bilan shaytonni xursand qilamiz. Bir-ikki soatga kiyiladigankelin libosiga qancha-qancha pul sarflaymiz. Ba’zilarning to‘y dasturxoniga qo‘yadigan pista-bodom puliga o‘rtacharoq to‘yni o‘tkazsa bo‘ladi.
Bular hammasi nima uchun Kelin kuyovning foydasi uchunmi? Savob uchunmi? Yo‘q! Unda nima uchun? Odamlarga maqtanish uchun!
Biroq biz har qancha sarflasak, bizdan ham ko‘proq sarflaydiganlar topilaveradi. Odamlar esa: “Falonchi mana bunday to‘y qilgan edi”, deya gapirishini tashlamaydi. Ta’ziyalarimizda ham isrof oz emas. Qo‘shnimiz boy-badavlat bo‘lsa-yu, bizning oylik maoshdan boshqa daromadimiz bo‘lmasa, shundayam past ketmaymiz: agar u ming dollarlik qandil, muzlatgich, kir yuvadigan mashina, yo gilam sotib olsa, biz ham sotib olishimiz kerak, yo‘qsa odamlar gap qiladi.
Xulosa shuki, turishimiz, o‘tirishimiz, yeyishimiz, kiyinishimiz, kundalik sarf-xarajatlarimiz odamlar xohlaganidek bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, odamlarning teskari tiliga tushib qolamiz...
Axir biz qachon o‘zimiz uchun yashaymiz?
Biz qachon aql chegarasida tura olamiz?
Oramizda mana shu iskanjalarni sindiradigan aqlli, baquvvat kishilar bormi?!
Shunday irodali, iymoni komil bo‘lishni istaganlarga, mana, ulug‘lardan qolgan nasihat: har kim, avvalo diniga ergashsin, biror harom ish qilmasin; so‘ng aqliga ergashsin, nimani yaxshi deb bilsa, shuni qilsin, ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin. Boylarning boyi bo‘lsa ham, zaruriy xarajatga pul sarflasin, isrofdan qochsin. Odamlarning gaplaridan qo‘rqmay yashasin...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

• Qilgan xatolariga qarshi sabrli bo‘ling;
• Yomon so‘zlar gapirsa, kulmang;
• Uni ayblamang va aybini hammaga aytmang;
• Hech qachon yolg‘on gapirmang;
• Qilgan ishini maqtang va mukofotlantiring;
• Ko‘p erkalating va bag‘ringizga oling;
• Yaqin do‘st kabi suhbatlashing. Yosh bola demang va maslahatli gaplarni ham gaplashing;
• Sizdan qo‘rqmasin va sizga ishonsin.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUNNING_GAPI

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi eng nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan yoshlarni tabrikladi


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 2-bosqich ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TOPSHIRIQ_VA_IJRO
🔴QAMROV DARAJASINI OSHIRISH
📍Bekobrd shahar

➡️ Joriy yilning 26-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov raisligida maktabgacha ta’lim qamrov darajasi bo‘yicha o‘tkzilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etilmoqda.

➡️Kuni Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i R. Sharipov bo‘lim metodistlari, shahardagi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda
shahardagi qamralmagan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish;
BBT axborot tizimi orqali tarbiyalanuvchilar davomati;
har bir maktabgacha ta’lim tashkilot rahbarlariga o‘z hududidagi mahalla fuqaro yig‘ini yettiligi bilan hamkorlik;
hududagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni xatlovdan o‘tkazish;
bolalarni bir yillik majburiy tayorlov guruhlarini tashkil etish chora tadbiralarini ko‘rish va belgilangan muddatda bajarish vazifalari berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM