This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
🟢 Qayg‘urma
Kasal tuzaladi, musibat ketadi. Gunoh kechiriladi, qarz to‘lanadi, mahbus ozod bo‘ladi. Kelajak keladi osiy — tavba qiladi. Faqir esa vaqti kelganda boy bo‘ladi...
Qayg‘urma!
Axir qora bulut qanday tarqalganini, qorong‘u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo‘ron qanday to‘xtaganini ko‘rmadingmi?!
Demak, og‘ir kunlarning ortidan, kenglik va yaxshi bir hayot bordir!
Qayg‘urma!
Chunki quyuq soya quyosh alangasini o‘chiradi. Toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi. Issiq non qattiq ochlikni to‘ydiradi. Bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir. Dard alamlarini sog‘lik lazzati ketkizur. Buning uchun sen bir oz sabr qilmog‘ing va bir lahza kutishing darkor!
Tafakkur qiling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
Tulki daryoning nargi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.
Qissadan hissa:
Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling
Biror ishda ikkilansangiz, omonatdor, sizni yaxshi tushungan, sharoit va imkoniyatlaringizdan qisman xabardor hamda hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishidan maslahat so‘rang. Keyin o‘sha maslahatlar ichida yaxshisiga yo‘llashini so‘rab, Allohga duo qiling va yana O‘ziga tavakkal qilib ishga kirishing.

➡️ Bir ustozidan shogirdi so‘radi:
- Ustoz, yiqilganimni eshitsangiz, menga nima deb maslahat bergan bo‘lardingiz?
- O‘rningdan tur, degan bo‘lardim, — javob berdi keksa ustoz.
- Ikkinchi bor yiqilsam-chi?
- Yana shu gapni aytaman.
- "Yiqildingmi, o‘rningdan tur” degan bir xil javob necha marta qaytariladi o‘zi? - toqatsizlandi shogird.
- To hayot ekansan, yiqildingmi, o‘rningdan tur. Chunki yiqilib o‘rnidan turmaydiganlar uchun hayot tamom demakdir.
Kuningiz xayrli o‘tsin!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
- Ustoz, yiqilganimni eshitsangiz, menga nima deb maslahat bergan bo‘lardingiz?
- O‘rningdan tur, degan bo‘lardim, — javob berdi keksa ustoz.
- Ikkinchi bor yiqilsam-chi?
- Yana shu gapni aytaman.
- "Yiqildingmi, o‘rningdan tur” degan bir xil javob necha marta qaytariladi o‘zi? - toqatsizlandi shogird.
- To hayot ekansan, yiqildingmi, o‘rningdan tur. Chunki yiqilib o‘rnidan turmaydiganlar uchun hayot tamom demakdir.
Kuningiz xayrli o‘tsin!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
💎 “Odamlar nima deydi?...”
Kun juda issiq bo‘ldi. Ko‘chaga ko‘ylakchan chiqdim. Qarshimdan bir tanishim kelib qoldi. Salom berar-bermas, jiddiy turib:
- Nimaga bunday qildingiz?! – dedi.
Bu savoldan dovdirab qoldim.
- Nima qilibman?
- Axir kastimsiz yuribsiz-ku? Bunday yurish sizga yarashmaydi. Odamlar nima deydi?
Javob qilmay o‘ylanib qoldim.
Demak, men odamlarga savlatli ko‘rinishim uchun shu jaziramada ham ko‘chaga kastim kiyib chiqishim kerak ekan-da!
Tevarakka razm soldim. Ilk ko‘rganim baland poshnali tufli kiyib olgan bir ayol edi. Bunday tuflida yurish qiyin. Ishonmasangiz marhamat, oyog‘ingiz uchida yuz qadam yurib ko‘ring. O‘zini bunday qiynashda qanday ma’no bo‘lishi mumkin? Tramvayda o‘rindiqlar bo‘shligiga qaramay, tik turib ketayotgan ayolga ko‘zim tushdi. O‘tirishga taklif qilsalar-da, ko‘nmas edi. U juda tor kiyim kiyib olgan, o‘tira olmayotganining boisi ham shu. So‘rashingiz mumkin: o‘zini nega bunaqa azoblaydi? Chindan ham, sho‘rlik ayol ichdan azoblanib turgan bo‘lsa ham, zohiran odamlarga chiroyli ko‘rinmoqchi bo‘ladi.
Ba’zi yigitchalar sochini tartibga keltirishga yarim soat ovora bo‘ladi. So‘ng shabada esishidan yoki avtobusda biror adashgan qo‘l tegib ketib, bu antiqa ko‘rgazmani yo‘qqa chiqarishidan kunbo‘yi qo‘rqib yurishadi.
Hech ko‘rganmisiz, ayrim ayollar mehmonlarni, dugonalarini ochiq chehra bilan qarshilashadi . tabassum, muloyim gap-so‘z, chiroyli odob ko‘rsatishadi. Eri bilan muomalasida esa, boshqacha...
Ba’zilar ko‘chaga chiqsa, begonalar uchun ziynatlanadi, liboslarning eng chiroylisini kiyadi. Turmush o‘rtog‘iga esa sochlari hurpaygan, kir-chir kiyim bilan yuzlanaveradi.
To‘y marosimlar ham xo‘ja ko‘rsinga yelib-yugurishlar, mashaqqat chekishlar ko‘p. Barcha o‘ylarimiz bir kunda o‘tadigan to‘y haqida bo‘ladi. Odamlar ko‘rib: “Alloh yorlaqasin, juda zo‘r!” deyishlari uchun sep-sidirg‘a yig‘amiz. Nikoh marosimida to‘y-tomoshani dabdabali qilishga urinamiz. Mollarni uvol qilish bilan shaytonni xursand qilamiz. Bir-ikki soatga kiyiladigankelin libosiga qancha-qancha pul sarflaymiz. Ba’zilarning to‘y dasturxoniga qo‘yadigan pista-bodom puliga o‘rtacharoq to‘yni o‘tkazsa bo‘ladi.
Bular hammasi nima uchun Kelin kuyovning foydasi uchunmi? Savob uchunmi? Yo‘q! Unda nima uchun? Odamlarga maqtanish uchun!
Biroq biz har qancha sarflasak, bizdan ham ko‘proq sarflaydiganlar topilaveradi. Odamlar esa: “Falonchi mana bunday to‘y qilgan edi”, deya gapirishini tashlamaydi. Ta’ziyalarimizda ham isrof oz emas. Qo‘shnimiz boy-badavlat bo‘lsa-yu, bizning oylik maoshdan boshqa daromadimiz bo‘lmasa, shundayam past ketmaymiz: agar u ming dollarlik qandil, muzlatgich, kir yuvadigan mashina, yo gilam sotib olsa, biz ham sotib olishimiz kerak, yo‘qsa odamlar gap qiladi.
Xulosa shuki, turishimiz, o‘tirishimiz, yeyishimiz, kiyinishimiz, kundalik sarf-xarajatlarimiz odamlar xohlaganidek bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, odamlarning teskari tiliga tushib qolamiz...
Axir biz qachon o‘zimiz uchun yashaymiz?
Biz qachon aql chegarasida tura olamiz?
Oramizda mana shu iskanjalarni sindiradigan aqlli, baquvvat kishilar bormi?!
Shunday irodali, iymoni komil bo‘lishni istaganlarga, mana, ulug‘lardan qolgan nasihat: har kim, avvalo diniga ergashsin, biror harom ish qilmasin; so‘ng aqliga ergashsin, nimani yaxshi deb bilsa, shuni qilsin, ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin. Boylarning boyi bo‘lsa ham, zaruriy xarajatga pul sarflasin, isrofdan qochsin. Odamlarning gaplaridan qo‘rqmay yashasin...

💎 Haqiqat badal talab qiladi...
Saksoniya davlatida 1567-yil qish oyida uch kishi qatl etilmoqqa mahkum bo‘libdi. Bulardan biri xind, yana biri Nepallik tabib va so‘ngisi Ingliz fizigi ekan.
Dastlab qatlga Xind olib chiqilibdi, boshini gilyotinaga o‘rnatish asnosida so‘nggi so‘z so‘rashibdi undan. Shunda Xind:
- Meni va Xindlarni yaratgan tangrim Shivaga (Mortal Kombatdagi Shiva personaji) ishonaman, u meni albatta xalos qiladi.
Shiva... Shiva... Shiva..."
Gilyotinani tashlab yuborishibdi. Uning bo‘yniga bir necha santimetr qolganda gilyotina harakatdan to‘xtabdi. Xalq hayratga tushib, bir og‘izdan baqira boshlashibdi:
Uni darhol qo‘yib yuboringlar! Uni yaratgan tangrisi Shiva ishonchi uni saqladi!...
Gilyotinaga keltirilgan Nepallik tabibdan ham so‘nggi so‘zi so‘ralganda u:
- Men Xind singari Shivaga emas, adolatga ishonaman! Adolat... Adolat... Adolat...
Avvalgi holat kabi bir necha santimetr qolganda gilyotina to‘xtab qolibdi. Xalq hayratdan bir ovozda:
- Adolat dedi, Adolat qilib darhol qo‘yib yuboringlar!...
Har ikki mahkum shu asnoda o‘limdan qutilibdi. Maydonga endi Ingliz fizikni olib kelishibdi. Undan ham so‘nggi so‘z so‘rashganda:
- Men na Shivaga ishongan tangri va na adolatga ishongan tabibman. Bilgan yagona narsam: gilyotina arqonida bir tugun bor, u tig‘ni to‘liq pastga tushishiga halal beryapti xolos, - debdi.
Xizmatchilar gilyotinani ko‘zdan kechirishsa, chindan tugun borligini ko‘rishib, uni to‘g‘rilashibdi. Va ishga tushgan gilyotina fizikni boshini tanasidan judo qilibdi.
Xulosa: Haqiqatni so‘zlamoqqa jasorati yetganlar, badal to‘lamoqqa ham tayyor turishlari kerak...

Qayg‘urma
Kasal tuzaladi, musibat ketadi. Gunoh kechiriladi, qarz to‘lanadi, mahbus ozod bo‘ladi. Kelajak keladi osiy — tavba qiladi. Faqir esa vaqti kelganda boy bo‘ladi...
Qayg‘urma!
Axir qora bulut qanday tarqalganini, qorong‘u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo‘ron qanday to‘xtaganini ko‘rmadingmi?!
Demak, og‘ir kunlarning ortidan, kenglik va yaxshi bir hayot bordir!
Qayg‘urma!
Chunki quyuq soya quyosh alangasini o‘chiradi. Toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi. Issiq non qattiq ochlikni to‘ydiradi. Bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir. Dard alamlarini sog‘lik lazzati ketkizur. Buning uchun sen bir oz sabr qilmog‘ing va bir lahza kutishing darkor!
💐 Dushanba muborak bo‘lsin!

Hindistonning mashhur aktyori Amitabh Bachchan shunday hikoya qiladi:
— Faoliyatim cho‘qqisiga chiqqan, mamlakatda ham, xorijda ham taniqli bo‘lgan vaqtlarim edi. Bir safar manzilimga samolyotda borishimga to‘g‘ri keldi.
Yon tomonimdagi o‘rindiqda odmigina kiyingan, ko‘rinishidan o‘qimishli, sodda va samimiy tasavvur qoldiradigan bir kishi joylashdi.
Tabiiyki, bortdagi boshqa yo‘lovchilar meni tanib, men bilan muloqotga kirishishga harakat qilishar, ammo bu kishi bo‘lsa pinagini ham buzmasdan, borligimdan bexabarday xotirjam qo‘lidagi kitobni mutolaa qilib ketar, ba’zan ilyuminatordan tashqariga qarab qo‘yar edi.
Bort xizmatchilari choy tarqatgan vaqtdan foydalanib, uni gapga solganday jilmayib qarab qo‘ydim. Kutilganday u ham javoban muloyim jilmayib salom berdi va suhbatlashishga sharoit paydo bo‘ldi. Suhbatimizni filmlar tarafga burdim-da, undan qanaqa kinolar ko‘rishga qiziqishini so‘radim.
— Kinomi, juda kamdan-kam hollarda ko‘raman, oxirgi bor ko‘rganimga bir necha yillar bo‘lib qoldi, – deb javob berdi janob.
Shunda unga o‘zimni tanitmoqchi bo‘lib, kino sanoatida ishlashimni aytdim. Sherigim esa:
— Shundaymi, juda yaxshi, kino sanoatida nima ish bilan shug‘ullanasiz, - deb so‘radi.
Tanisa tanib qolar deb aktyor ekanligimni ko‘plab kinolarda rol o‘ynaganimni aytdim. Gapimga shunchaki, «shundaymi, ha, yaxshi» deb bosh irg‘adi-da, yana qo‘lidagi kitobni mutolaa qilishga tushib ketdi.
Manzilimizga yetib, samolyot qo‘nganida u bilan xayrlashish oldidan «Aytgancha, mening ismim Amitabx Bachchan» deb qo‘l uzatdim.
U kishi tabbasum bilan qo‘limni siqib, “Rahmat, siz bilan tanishganimdan xursandman, men kichik Tata bo‘laman (tata firmasining raisi) deb javob berdi. (izoh: “Tata Group” Hindistonda mashinasozlik, aviasozlik, metallurgiya, maishiy texnika va boshqa sohalarda yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bugungi kunda 8 ta sektorda 114 ta kompaniyani birlashtirib turadigan 935 ming ishchisi mavjud gigant kompaniya).
Hayot qanday hamrohlarni yo‘liqtirishini bilmaysiz ekan. O‘sha kuni tushundimki, o‘zingizni qanchalik baland sanamang, har doim sizdan yuqoriroq, kattaroq odam baribir chiqadi ekan. Kishi kamtar bo‘lsa hech narsa yutkazmaydi, hurmati ham, himmati ham kamayib qolmaydi.

Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o‘g‘lim. Onangman!
— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi… O‘g‘lim…
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?
Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:
— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko‘raman😔!

💎 TAROZI
Bir kuni faqirona kiyingan, ma’yus bir ayol sabzavot do‘koniga kirdi. Do‘kon sohibiga tortinibgina yaqin bordi va eri og‘ir xastalik tufayli biror ishga yaramay, to‘shakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi, ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi.
Sotuvchi unga ters qarab:
– Ey, tilanchi xotin, darhol do‘konni tark et! – dedi.
Ayol esa bolalarining yemak yeyishga ehtiyoji borligini aytib yolvorgancha:
– Iltimos, janob, bolalarimni qornini to‘ydirib, odamlarning eshigiga ishlagani jo‘nataman. Ular pul olib kelgan zahoti qarzingizni qaytaraman, – dedi.
Do‘kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay, uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan emasligini aytib iltimosini rad etdi. Shu payt do‘kon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi bilan ayol o‘rtasida bo‘layotgan suhbatni eshitib qoldi va ichkariga kirib do‘kondorga:
– Bu ayolga so‘ragan narsalarini ber, men kafil bo‘laman, qarzini qaytaradi, – dedi.
Uning gapiga ko‘ra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina:
– Oladigan narsalaringni ro‘yxat qilganmisan? – deya so‘radi.
Ayol tasdiq ma’nosini berib bosh irg‘adi.
– Unday bo‘lsa uni tarozining bir pallasiga qo‘y-da, ikkinchi pallasiga o‘zing oladigan narsalarni qo‘y. Ro‘yxat qog‘ozingni vazniga teng narsalarni beraman, – dedi.
Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib choponining cho‘ntagidan bir qog‘oz parchasi olib tarozining bir pallasiga qo‘ydi. Shu payt do‘kondor va kafil mijozning ko‘zlari hayratdan katta-katta ochildi. Tarozining tosh qo‘yiladigan pallasi qog‘oz parchasining og‘irligidan cho‘kib ketgandi.
Do‘kondor kafil mijozga qarab ezg‘in tovushda:
– Ishonmayman... Ishoniladigan xolat emas... – dedi.
Tarozining mahsulot qo‘yiladigan pallasi keragidan ortiq narsalar bilan to‘ldi. Do‘kondor va’daga binoan ayol olgan hamma yeguliklarni xaltaga joylab, qo‘liga tuqazdi. Zudlik bilan nimalardir yozilgan qog‘ozni qo‘liga oldi-da, o‘qidi. Unda xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati emas, quyidagi so‘zlar yozilgandi:
“Yaratgan Egam! Nimaga ehtiyojim borligini yolg‘iz O‘zing bilasan. Shuning uchun, o‘zimni senga taslim etaman. O‘zingga tavakkal, O‘zing omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!”.
Do‘kondor tosh kabi qotdi-qoldi. Ayol unga tashakkur aytib, do‘kondan chiqdi. Ayolning xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni do‘kondorga berdi va “Qaytimi kerak emas” dedi. Mijoz do‘kondan chiqib ketayotib tarozi pallalarining singaniga ko‘zi tushdi.
Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning kuchi neqadar zalvorli ekani yolg‘iz O‘zigagina ma’lum edi...

💎ISHGA BORAMAN!
➡️ Juda oddiy va soddagina eshitiladigan bu so‘zning zamirida muhtasham haqiqatlar bor!
❗️Tinchlik - Agarki yurtda tinchlik bo‘lmasa, ishga bora olarmidik?!
❗️ Sog‘liq - Tanimiz sog‘ ekan, biz ishga otlanayapmiz!
❗️ Xotirjamlik - Oilamiz xotirjamligi uchun ko‘nglimiz tinch ishga ketyapmiz!
❗️Shukronalik - Dunyoda ishga borolmaydigan va yoki ishsiz yashayotganlar qancha!
❗️Farovonlik - Ishga borayapsizmi, demak xonadoningizga rizq olib kelasiz. Halol rizq!
Ishga ketayotganlarga xayrli mehnat tilaymiz!