Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.25K subscribers
46K photos
16.2K videos
384 files
28.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#kun_tarixi

1️⃣8️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


📣 1554 yil —
Tomas Uayttning Angliya qiroli Mariya Tyudorga qarshi qo‘zg‘oloni boshlangan;

⚖️1648 yil—Vestminster saroyida Oliy sudlov palatasining birinchi Majlisi bo‘lib o‘tgan;

🌏1778 yil — ingliz sayyohi Jeyms Kuk hozirgi Gavayi orollarini kashf etgan va ularni Sendvich orollari deb atagan;

📌1871 yil — Fransuzlar mag‘lub bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi yakunida Parij yaqinidagi Versal saroyida Germaniya imperiyasining tashkil topganligi e’lon qilingan;

📜1915 yil — Okuma Sigenobu Xitoy hukumati oldiga yigirma bitta talabni ko‘ygan;

📌 1919 yil —Millatlar Ligasi nizomini tasdiqlangan Parij tinchlik konferensiyasi o‘z ishini boshlagan;

⚔️ 1942 yil— Vyazemsk havo-desant operatsiyasi boshlangan;

🛡 1943 yil — Leningrad blokadasi yorib o‘tilgan;

🇺🇸 1977 yil— AQSHda "legionerlar kasalligi"ning sababchisi aniqlangan;

🚀 1983 yil —G‘arbiy va Markaziy Yevropada o‘rta masofaga mo‘ljallangan Pershing raketalarini joylashtirish to‘g‘risida farmon imzolangan, bu esa Sovuq urushning yangi bosqichini ochib bergan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI

1️⃣9️⃣ YANVAR KUNI SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR

👑 1728 yil — Rossiya imperatori Pyotr I va uning saroyi Moskvaga ko‘chib o‘tgan;

🇵🇹 1759 yil —Portugaliya monarxi Xose I barcha iyezuitlarni mamlakat hududidan va uning barcha koloniyalaridan haydab chiqarishni buyurgan;

💬 1764 yil — Jon Uilkes erkin fikr yuritgani uchun Angliya parlamentining jamoatlar palatasidan chiqarib yuborilgan;

🇳🇱 1795 yil —Zamonaviy Gollandiya hududida Bataviya Respublikasi tashkil topgan;

⚔️1806 yil —Yaxshi umid burni Buyuk Britaniya tomonidan bosib olingan;

✈️ 1915 yil — Germaniya xarbiy-havo kuchlari Angliyaga birinchi harbiy reydni o‘tkazishgan;

🚘 1938 yil —AQSHning General Motors kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib dizel dvigatellarini ceriyali ishlab chiqarishni boshlagan;

📺 1955 yil —AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauer Oq uyda dunyodagi birinchi televizion matbuot anjumanini o‘tkazgan;

🇮🇱 1962 yil —SSSR Isroilni josuslik uchun ibodatxonalardan foydalanganlikda ayblagan;

🇮🇳 1966 yil —Indira Gandi Hindiston Bosh vaziri bo‘lgan.

🛢1991 yil — Saddam Xusaynning buyrug‘i bilan Fors ko‘rfaziga 816 ming tonna neft oqizib yuborilgan;

⚔️ 1995 yil —rus qo‘shinlari Grozniydagi prezident saroyini egallab olishgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣0️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


⚔️ 1841 yil — ingliz qo‘shinlari Gonkongni egallab olishgan;

🏀 1892 yil— AQSHning Massachusets shtatida ilk basketbol o‘yini bo‘lib o‘tgan;

📌 1893 yil —
Londondagi Qirollik institutida Jeyms Devar suyultirilgan gazlarni saqlash uchun idishni namoyish etgan;

📌1921 yil — Dog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, hozirgi Dog‘iston Respublikasi tuzilgan;

🇹🇷 1921 yil —Turkiya davlatining dunyoviy va milliy xarakterini e’lon qilgan birinchi turk konstitutsiyasi qabul qilingan;

✈️ 1944 yil — Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Berlinga 2300 tonna bomba tashlagan;

🚫 1980 yil — AQSH prezidenti Jimmi Karter Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilgan;

🇦🇿 1990 yil — Sovet qo‘shinlari Ozarbayjon poytaxti Bokuga kirgan (Qora yanvar voqealari);

🗳 1991 yil — Qrimda umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, uning natijasida Qrim ASSR qayta tiklangan;

📌 1996 yil — Yosir Arofat Falastin ma’muriyatining prezidenti etib saylangan;

🇸🇾 2018 yil —Turkiya Suriyaning shimolida "Zaytun novdasi" operatsiyasini boshlagan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi
2️⃣4️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


⚔️ 41 yil — Rim imperatori Kaligulaga qarshi fitna uyushtirilgan, imperator va uning oilasini o‘ldirilgan;

🔎 1848 yil—
Jeyms Marshall tashabbusi bilan butun Amerikada oltin izlash (Gold rush) boshlanib ketgan;

📜 1919 yil —Y. Sverdlov tomonidan imzolangan Markaziy qo‘mitasining kazaklarga qarshi kurash bo‘yicha tashkiliy byurosi tomonidan ko‘rsatma chiqarilgan bo‘lib, bu bolsheviklarning kazaklar va ularning oilalariga qarshi ommaviy qizil terrorini boshlab bergan;

🤝 1943 yil— AQSH prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston. Cherchill raisligida Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Marokashdagi Kasablanka shahrida konferensiya o‘tkazilgan;

🍻 1935 yil— AQSHning Virjiniya shtatida pivo ilk marotaba konservalangan idishlarda sotila boshlangan;

🇨🇱 1939 yil— Chilida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 28,000 odam halok bo‘lgan;

🇬🇧 1965 yil— britanilik siyosatchi, davlat arbobi Uinston Cherchill vafot etgan;

🛩 1966 yil — Hindistonning Boeing-707 samolyoti Mont Blanda qulashi oqibatida 117 kishi halok bo‘lgan;

🖥 1984 yil — birinchi Apple Macintosh shaxsiy kompyuterlari ishlab chiqarilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣5️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


⚔️ 750 yil— Umaviylar armiyasi va Abbosiy tarafdorlari o‘rtasida jang bo‘lib, unda Abbosiylarning g‘alabasi Umaviy xalifaligiga chek qo‘ydi va XIII asrgacha hukmronlik qilgan Abbosiylar sulolasining boshqaruvini boshlab bergan;

🤝 1479 yil —Konstantinopol shartnomasi Venetsiya Respublikasi va Usmonli imperiyasi o‘rtasidagi 15 yillik urushni tugatgan;

🚫 1658 yil— Yangi Amsterdam gubernatori tennisni taqiqladi, chunki u odamlarni ibodat qilishdan chalg‘itadi deb o‘ylagan;

📌 1791 yil — Britaniya parlamenti Kvebekni Yuqori va Quyi Kanadaga (hozirgi Ontario va Kvebek) ajratgan;

🛳 1878 yil — Turkiya paroxodini Rossiya torpedasi cho‘ktirib yuborgan,bu torpeda oqibatida cho‘kkan ilk kema bo‘lgan;

📚 1878 yil — Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika bo‘limi ochilgan;

💎 1905 yil - Janubiy Afrikada eng katta olmos (3106 karat) topilgan;

☎️ 1915 yil — ixtirochi Aleksandr Bell birinchi trans-amerika telefon qo‘ng‘irog‘ini o‘tkazgan (Nyu-York-San-Fransisko).

📌 1919 yil— Antanta Millatlar Ligasini tuzish rejasini ma’qullagan;

⚔️ 1942 yil —Tailand Ikkinchi jahon urushi paytida AQSH va Angliyaga qarshi urush e’lon qildi;

🇮🇱🗳 1949 yil —Isroilda birinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan;

🇮🇳1957 yil —Kashmir Hindiston tarkibiga kiritilgan;

1960 yil — SSSRda GULAG (Majburiy mehnat lagerlari, mehnat turar joylari va hibsga olingan joylar bosh boshqarmasi) tugatilgan;

⚔️ 1971 yil —Idi Amin Ugandada to‘ntarish uyushtirgan;

🛰 2004 yil — AQSHning Marsga ikkinchi sayohati amalga oshirilgan, "Opportunity" kemasi Mars yuzasiga qo‘ngan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣6️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


👑 1340 yil— Eduard III Fransiya qiroli deb e’lon qilingan;

📌 1525 yil— Rossiyaning birinchi bosma xaritasi nashr etilgan;

📌 1531 yil —Lissabonda halokatli zilzila va sunami 30 mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan;

📌1788 yil — Sidney shahri tashkil topgan. U Avstraliyadagi ilk yevropaliklar aholi punkti bo‘lgan;

🇦🇺 1808 yil — Avstraliyada "rom qo‘zg‘oloni" deb nomlangan voqea sodir bo‘lgan;

⚔️ 1871 yil— Fransiya-Prussiya urushi: qamalda qolgan Parij garnizoni va Prussiya qo‘shinlari o‘rtasida sulh tuzilgan;

✈️ 1911 yil — Glen Kyortis boshqargan birinchi dengiz samolyoti uchib ketgan;

🛬 1914 yil— "Ilya Muromes" rusumli birinchi to‘rtta dvigatelli bombardimonchi samolyot parvozi amalga oshirilgan;

📌 1924 yil — Sovetlarning 2 Kongressi farmoni bilan Petrograd Leningrad deb o‘zgartirilgan;.

📄 1934 yil — Fashistlar Germaniyasi va ikkinchi Polsha Respublikasi o‘rtasida Gitler-Pilsudski shartnomasi imzolangan;

📌 1939 yil —Vashingtondagi nazariy fizika bo‘yicha mashhur konferensiyada Nils Bor uranni kashf etganligini e’lon qilgan;

🇦🇫 2004 yil —Prezident Hamid Karzay rasman Afg‘onistonning hozirgi Konstitutsiyasini tasdiqlagan;

🇺🇿 🛂 O‘zbekiston Respublikasida Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣9️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


📌 1616 yil— Gollandiyalik sayohatchilar J. Lemer va V. Shoten Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasi —Gorn burnini kashf etishgan;

🏢 1635 yil — kardinal Rishele Fransiya akademiyasiga asos solgan;

📜 1710 yil — Rossiya imperatori Pyotr I rus alifbosini rasmiy ravishda joriy etish to‘g‘risida farmoni chiqargan;

📚1804 yil— Sharqiy Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri bo‘lgan V. N. Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti ochilgan;

🚢1851 yil —Jon Adams paroxodli kemasi kuchli zarbadan so‘ng Mississippi daryosida cho‘kib ketgan, 123 kishi halok bo‘lgan;

📌 1856 yil— Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya mamlakatning eng oliy harbiy mukofoti bo‘lgan "Viktoriya Xochi"ni ta’sis etgan;

🚗 1886 yil — Germaniyada Karl Bens dunyodagi ilk benzinda yuradigan avtomobilga patent olgan;

📌 1896 yil— Amerikalik fizik E. Grubbe dunyoda birinchi bo‘lib saraton kasalligini davolash uchun radioaktiv nur terapiyasini qo‘llagan;

✈️ 1916 yil — Germaniyaning Parijga so‘nggi havo hujumi yuz bergan;

🚫 1919 yil — Qo‘shma Shtatlarda Konstitutsiyaga alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish, tashish va sotishni taqiqlovchi 18-tuzatish kiritilgan;

🏫 1927 yil — Angliyada ilk vannali mehmonxona paydo bo‘lgan;

📌 1960 yil — birinchi sun’iy buyrak yaratilgan;

1997 yil
—Nyu-York sudi Vyacheslav Ivankovni ( laqabi "Yaponchik") 7 yil 9 oylik qamoq jazosiga hukm etgan;

🛩 2010 yil — Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Su-57 dastlabki parvozini amalga oshirgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI

3️⃣0️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


🚤 1790-yil —Angliyada dunyoda birinchi marta qutqaruv kemasi dengizda sinovdan o‘tkazilgan;

📜 1801-yil — Pol I Gruziyaning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida manifest e’lon qilgan;

👩‍❤️‍👨 1853-yil —Notr Dam soborida 45 yoshli Fransiya imperatori Napoleon III va Ispaniya grafinyasi Yevgeniya Montijoning nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan;

1915-yil — Germaniya Fransiyaning Le Gavr portiga hujum qilishda birinchi marta suvosti kemalaridan foydalangan;

📌 1930-yil— Sovet meteorologi Pavel Molchanov tomonidan ixtiro qilingan dunyodagi birinchi atmosfera tadqiqotlari uchun radio zond ishga tushirilgan;

📌 1933-yil— Germaniya Prezidenti Gindenburg Adolf Gitlerni kansler etib tayinlagan;

1934-yil— "Osoaviaxim-1" stratosfera shari dunyoda birinchi marta 22 km balandlikka ko‘tarilgan. Tushish paytida u qulab tushgan va uchala ekipaj a’zolari ham halok bo‘lgan;

📐1935-yil —Amerikalik seysmolog Charlz Rixter zilzila kuchini o‘lchash uchun maxsus o‘lchovni taklif qilgan. Bugungi kunda u Rixter shkalasi sifatida tanilgan;

🇺🇿1938-yil— O‘zbekiston Respublikasi 1-Рrezidenti Islom Karimov tug‘ilgan;

⚔️ 1943-yil —Ikkinchi jahon urushidagi burilish nuqtasi sodir bo‘lgan— 6-nemis armiyasi Stalingradda taslim etilgan;

📌 1998-yil — MDHga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirliklari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita tuzilgan;

❗️2000-yil — "Ikkinchi Chernobil falokati" yuz bergan: Ruminiya-Avstraliya qo‘shma kompaniyasi Aurul zavodidan Dunayga 100 ming kubometrdan ortiq metall chiqindisi tashlagan va oqibatda 100 tonnadan ziyod o‘lik baliq ovlangan;

🚀 2009-yil — Rossiyaning Plesetsk kosmodromidan Siklon-3 raketasi yordamida "Koronas-Foton" kosmik kemasi
uchirilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun

📱"O‘zbekistonni chorak asr davomida boshqargan davlat rahbari portretiga chizgilar"

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

6️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1806 yil —
Napoleon urushlari davrida Santo-Domingo jangi bo‘lib o‘tgan. Santo-Domingo oroli yaqinida ingliz va fransuz eskadronlari to‘qnashgan;

🏕 1820 yil — Amerikalik mustamlakachilar jamiyatining ko‘magi bilan 86 nafar afroamerikalik immigrant hozirgi Liberiya hududiga ko‘chishni boshlagan;

📌 1832 yil— London konferensiyasida (Angliya, Rossiya, Fransiya ishtirokidagi) Gretsiya mustaqilligi tan olingan;

📌 1840 yil— Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylangan;

⚔️ 1862 yil — AQSHda fuqarolar urushi: Fort Genri jangi. Ittifoq va General Uliss Grant birinchi yirik g‘alabaga erishgan ;

📜 1899 yil —Qo‘shma Shtatlar Senati 1898 yildagi Ispaniya-AQSH urushini tugatib, Parij shartnomasini ratifikatsiya qilgan;

1940 yil —
natsist me’mori Fridrix Pabst Reyx rahbariyatiga Varshavani qayta qurish rejasini ("Pabst rejasi") taqdim etgan, unda shaharni tag-tugi bilan yo‘q qilib, o‘rnida Germaniyaning 130 ming aholisi uchun yangi shahar qurilishi ko‘zda tutilgan. Varshavaning urushgacha bo‘lgan aholisi 1,5 millionni tashkil etgan;

👑 1952 yil —
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qirolichasi va davlat boshlig‘i, Hamdo‘stlik tarkibidagi 15 davlat rahbari Yelizaveta II taxtga o‘tirgan;

🛩 1958 yil — Myunxenda bortida "Manchester Yunayted" futbol jamoasi mavjud bo‘lgan samolyot qulab tushgan. 23 ta qurbon orasida klubning sakkizta a’zosi ham bor edi;

⚔️ 2000 yil — Ikkinchi chechen urushi: Rossiya armiyasi tomonidan Grozniy qo‘lga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vladimir Putin Grozniyni ozod qilish bo‘yicha operatsiya yakunlanganligini e’lon qilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook