Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Buxoro
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatidagi o‘rganishlar davomida tumandagi 53-umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.
O'rganish davomida vazir maktabda yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning yutuqlari, kasb-hunarga o‘qitish ishlarining qay tarzda tashkil etilganligi hamda maktabdagi issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma'lumot o'rnida: 2022-yilda qurib foydalanishga topshirilgan 330 o‘rinli mazkur maktabda ayni paytda 210 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishmoqda.
➖ Hilola Umarova, shuningdek, kun davomida tumandagi 2023 yilda qurib foydalanishga topshirilgan 100 o‘rinli "Robiyabegim plyus" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi.
Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan mazkur muassasada ayni paytda 77 nafar bolajonlar qamrab olingan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatidagi o‘rganishlar davomida tumandagi 53-umumta’lim maktabida ham bo‘ldi.
O'rganish davomida vazir maktabda yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning yutuqlari, kasb-hunarga o‘qitish ishlarining qay tarzda tashkil etilganligi hamda maktabdagi issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma'lumot o'rnida: 2022-yilda qurib foydalanishga topshirilgan 330 o‘rinli mazkur maktabda ayni paytda 210 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishmoqda.
Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan mazkur muassasada ayni paytda 77 nafar bolajonlar qamrab olingan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_NAFASI
🌞Bugun 1-iyun — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI!
🌞Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.
🌈Ko‘zlarimiz quvonchi, Qalblarimiz bahori ➖aziz va beg‘ubor Bolajonlarimizni boriga shukr.
Hayot siz bilan go‘zal!🕊
Bugun sovg‘alar olish va bolalarni xursand qilish esdan chiqmasin 🎁
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

#TONGGI_MUTOLAA
😁MITTI HAQIQAT
Jajji bolakaydan so‘radi kimdir,
- Hoy bola nechada dadangning yoshi?
Darrov javob qildi tillari biyron,
O‘ylab o‘tirmadi, qotmadi boshi.
- Oltiga to‘ladi dadam bahorda,
Bilmaysizmi axir shuniyam aka?!
Savol beruvchining ensasi qotdi,
- Hoy bola, sen meni qilma kalaka!
Ko‘zlari pirpirab, chuldirar sekin,
Bola tilidayin bol yo‘qdir, toki.
- Yoshim oltidadir men tug‘ilgan kun,
Dadam, dada bo‘lgan, yolg‘onmi yoki!?

#BUGUNNING_GAPI
Yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

#kun_tarixi
1️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR
🏢 1479 yil — Kopengagen shahrida Daniyadagi birinchi universitet ochilgan;
⚔️ 1794 yil —Fransiya inqilobi mobaynida "Shonli 1 iyun" deb nomlangan jang bo‘lib o‘tgan;
🇨🇦 1860 yil— Uels shahzodasi Albert Edvard (bo‘lajak qirol Edvard VII) Ottavada Kanada parlamenti binosiga poydevor qo‘ygan;
❌1862 yil — Qo‘shma Shtatlarda qullik taqiqlangan;
📌 1867 yil — Toronto Kanadaning Ontario viloyati poytaxti deb e’lon qilingan;
🗳 1869 yil— Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison berilgan ovozlarni yozib olib hisoblab chiquvchi elektr registrator uchun patent olgan;
☎️ 1880 yil— New Heaven Bank (Konnektikut shtati) binosiga birinchi pullik telefon o‘rnatilgan;
🚫 1920 yil —AQSH Senati AQSH prezidenti Vudro Vilsonning Armaniston ustidan Amerika protektoratini tuzish to‘g‘risidagi taklifini rad etgan;
📌 1922 yil — Oltoy o‘lkasida, hozirgi Oltoy Respublikasi tarkibida Oyrot avtonom viloyati tashkil etilgan;
🚗 ❗️1935 yil —Angliyada haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamlarini olish uchun imtihon joriy etilgan;
📵📵 1945 yil — Buyuk Britaniya hukumati bolshevizmga qarshi kurashgan kazaklarni Sovet Ittifoqiga topshirishni boshlagan. Keyinchalik Britaniya ekstraditsiya qilgan odamlar qatag‘on qilingan;
🇼🇸 1962 yil — G‘arbiy Samoa mustaqilligi e’lon qilingan;
📚 1965 yil — yozuvchi Mixail Sholoxov adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan;
🇿🇼 1979 yil —Afrikada yangi mustaqil Zimbabve davlati (sobiq Janubiy Rodeziya)tashkil topgan;
📺1980 yil — Ted Tyornerning CNN (Cable News Network) tunu kun ishlaydigan yangiliklar kanali ishga tushirilgan;
🇳🇵 2001 yil —Nepal poytaxti Katmanduda valiahd shahzoda Dipendra butun oilasini va o‘zini otib tashlagan, qirol Birendra va qirol oilasining deyarli barcha a’zolarini ham o‘ldirgan;
🗳 2005 yil — Niderlandiya aholisi referendumda Yevropa konstitutsiyasi loyihasini rad etishgan;
🛳 2011 yil— Bortida qochqinlar bo‘lgan kema Tunis qirg‘og‘ida halokatga uchradi.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi.
Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.
Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana quyoshli diyorimizda ham o‘zgacha intiqlik bilan kutiladi. Azaldan bolajon bo‘lgan xalqimiz shu kuni kundalik tashvishlarni bir chetga qo‘yib, farzandlarini istirohat bog‘lariyu ko‘ngilochar maskanlarga olib borishga oshiqadi. Bolajonlarga turli xil sovg‘alar ulashiladi. Bu esa oilada mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xo‘sh, butun dunyoda sevib nishonlanadigan xalqaro bolalar kunining kelib chiqish tarixi qanday?
Manbalarga ko‘ra, ushbu xalqaro bayram 1925-yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan hamda bolalar farovonligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan umumjahon konferensiyasida ilk bor e’lon qilingan.
BMT tashkil etilgach bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilot faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi va 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanishi yanada ommalashdi. Hozirda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatida ushbu bayram keng miqyosda nishonlanadi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1959-yil 20-noyabrda Bola huquqlari deklaratsiyasi hamda 1989-yil 20- noyabrda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya qabul qilindi. Mazkur xalqaro me’yoriy hujjatlar jahon miqyosida bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularni dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tan olgan va milliy qonunchiligiga tatbiq etgan.
Erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham talaygina. Masalan, statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 155 millionga yaqin bola majburiy mehnatga jalb qilinadi va bundan aziyat chekadi.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga butunlay barham berildi.
Mamlakatimizda bola huquqlari qonuniy asosda to‘la himoyalangan. Bu borada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham 27 yildan beri samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, Milliy markaz aholi orasida bola huquqlarini targ‘ib qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv kurslari va seminar-treninglar o‘tkazib keladi. Bola huquqlarini ta’minlashga qaratilgan milliy qonunchiligimizni takomillashtirish, unga xalqaro huquqiy normalarni tatbiq etish borasida ham salmoqli natijalarga erishilgan. Shuningdek, bola huquqlariga doir o‘nlab ilmiy hamda ommabop nashrlar chop etilgan.
1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida, ayniqsa, alohida hozirlik ko‘riladi. Shu kuni turli madaniy tadbirlar o‘tkaziladi, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari hamda nogironligi mavjud bolalardan xabar olinib, turli sovg‘alar ulashiladi. Joriy yilda ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida esda qolarli madaniy tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda ham, xalqaro miqyosda ham bola huquqlari doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Chunki bolalar ertamiz egalari, ularni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!
Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…
Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.
Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.
Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.
Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

📣1-iyun- Xalqaro bolalarini himoya qilish kuni munosabati bilan joylarda turli bayram tabdirlari tashkil etilmoqda. Yangi inshooatlar foydalanishga topshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishamiz.
Manba: https://t.iss.one/Nurafshonpressa
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
📣1-iyun- Xalqaro bolalarini himoya qilish kuni munosabati bilan joylarda turli bayram tabdirlari tashkil etilmoqda. Yangi inshooatlar foydalanishga topshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishamiz.
Manba: https://t.iss.one/Nurafshonpressa
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
#tadbir
Nurafshon shahar 22-DMTTda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Baxtli bolalik”deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda 110 nafar tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilib, raqslar namoyish etildi. Nurafshon shahar MMT boʻlimidan M.Tashmatova tadbirga tashrif buyurib bolajonlarga esdalik sovg'alarni topshirdi.
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
Nurafshon shahridagi 5-sonli Maktabgacha ta'lim muassasida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilinib, unga mehmon sifatida shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov tashrif buyurdi.
Kuy-qo'shiqlar bilan ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan tadbirda shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov jajji bolajonlarga sovg'alar ulashib murg'akgina qalblariga shodlik zavqini ulashdi.