Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.76K subscribers
40.3K photos
15.5K videos
373 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot

Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#TONGGI_MUTOLAA

💎KICHKINA KATTALARGA

Martaba berganda fe’l ham bersa keng,
Adlu muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo‘lsin, lekin
Kichik kattalardan asrasin xudo.

Sen biror eshikka bosh urib borsang,
Yuz bor haq bo‘lsang-da bitmasa ishing,
Bilki, ko‘ksi ichra qalb emas, xarsang,
Kichkina kattadir uchragan kishing.

Sen olim bo‘lsangu ixtiro bilan
Lol qilgudek bo‘lsang agar dunyoni,
Senga yo‘l ochguncha bir imzo bilan
Kichkina kattaning uzilar joni.

Tadbirkor bo‘lsangu el nafi uchun
Bir tadbir o‘ylasang, izlasang chora,
Ular topar albat yechilmas tugun,
Suyaging qolguncha qilar ovora.

Askar qasam ichar bo‘lmoqqa fido,
Tabib qasam ichar baxsh etmoqqa jon.
Kichkina kattalar ont ichar ammo
“Falon bo‘lay, seni qilmasam sarson”.

Chinor bo‘lsang, ular kemirguvchi qurt,
Po‘lat bo‘lsang, ular yemiruvchi zang.
Ey tangrim, el unmas, qad ko‘tarmas yurt
Kichik kattalarga insof bermasang.

Hech kimsa bo‘lmagan dunyoga ustun,
Uqboga zar olib ketmagan odam.
Kattayu kichikning boshida bor kun
Kelar, axir kichik kattalarga ham.

Men she’r aytdim, xolos, ne ham qilay man,
Ne iloj, iztirob jonga o‘t qalar.
Faqat ko‘nglingizga imon tilayman,
Diyonat tilayman, kichik kattalar.

KICHKINA KATTALARDAN ASRASIN XUDO!...

✍️Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💐TASAVVUR
Bolalik ekan-da,
Muallimimdan
So‘rabman bir kuni:
— Ayting-chi, agar —
Yer shunday tezlikda aylansa chindan,
Ne uchun to‘kilib ketmas odamlar?

Yodimdan chiqmaydi bir chelak suvni
Muallimbosh uzra aylantirgani.
Qatra to‘kmay yerga qo‘yarkan uni,
Tushundingmi, deya mendan so‘rgani.

Yillar o‘tib ketdi va lekin hamon
O‘sha ilk tasavvur yashaydi menda.
Bir chelak suv kabi aylanar jahon,
Men-chi, bir tomchiman o‘sha to‘lqinda.

Uchqur zamon bilan qalqib, chayqalib,
Charx urib boraman girdoblar aro.
Beshafqat tezlikdan asabim tolib,
Bir nafas tin olsam deyman-u, ammo —
Mendami ixtiyor?
Yugurar zamon,
Shiddati o‘tadi har bir tolamdan.
To‘xtasam, to‘kilgum bir tomchisimon,
Tomchidek yo‘q bo‘lib ketgum olamdan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💐"Yoshligim"
✍️Muhammad Yusuf

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA
😁MITTI HAQIQAT

Jajji bolakaydan so‘radi kimdir,
- Hoy bola nechada dadangning yoshi?
Darrov javob qildi tillari biyron,
O‘ylab o‘tirmadi, qotmadi boshi.

- Oltiga to‘ladi dadam bahorda,
Bilmaysizmi axir shuniyam aka?!
Savol beruvchining ensasi qotdi,
- Hoy bola, sen meni qilma kalaka!

Ko‘zlari pirpirab, chuldirar sekin,
Bola tilidayin bol yo‘qdir, toki.
- Yoshim oltidadir men tug‘ilgan kun,
Dadam, dada bo‘lgan, yolg‘onmi yoki!?

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

Bugun jazirama zabtiga olgay,
Osiyoning yarmi qaynaydi chog‘i.
Sinoptik olimlar vahima solgay,
Lovullab yonar deb, quyosh o‘chog‘i.

Dedilar: - "Ertaga eng issiq kundir",
Gapdon bloggerlar so‘zlarin terdi.
Muzday kabinetda o‘tirib kimdir,
Quyoshdan qochishga tavsiya berdi.

Qish - sovuq, yoz - oftob, noliymiz faqat,
Azaldan dunyoning ishlari qiziq.
Har neki bo‘lsa ham qilaylik toqat,
Haqning bir hikmati emasmi, issiq.

Oqshom shabbodasi erkalar sekin,
Quyoshning tig‘idan qutulgan yerni.
Garchi jazirama jon olur, lekin,
Qaydan topay shunday quyoshli elni?!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

KICHKINA KATTALARGA

Martaba berganda fe’l ham bersa keng,
Adlu muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo‘lsin, lekin
Kichik kattalardan asrasin xudo.

Sen biror eshikka bosh urib borsang,
Yuz bor haq bo‘lsang-da bitmasa ishing,
Bilki, ko‘ksi ichra qalb emas, xarsang,
Kichkina kattadir uchragan kishing.

Sen olim bo‘lsangu ixtiro bilan
Lol qilgudek bo‘lsang agar dunyoni,
Senga yo‘l ochguncha bir imzo bilan
Kichkina kattaning uzilar joni.

Tadbirkor bo‘lsangu el nafi uchun
Bir tadbir o‘ylasang, izlasang chora,
Ular topar albat yechilmas tugun,
Suyaging qolguncha qilar ovora.

Askar qasam ichar bo‘lmoqqa fido,
Tabib qasam ichar baxsh etmoqqa jon.
Kichkina kattalar ont ichar ammo
“Falon bo‘lay, seni qilmasam sarson”.

Chinor bo‘lsang, ular kemirguvchi qurt,
Po‘lat bo‘lsang, ular yemiruvchi zang.
Ey tangrim, el unmas, qad ko‘tarmas yurt
Kichik kattalarga insof bermasang.

Hech kimsa bo‘lmagan dunyoga ustun,
Uqboga zar olib ketmagan odam.
Kattayu kichikning boshida bor kun
Kelar, axir kichik kattalarga ham.

Men she’r aytdim, xolos, ne ham qilay man,
Ne iloj, iztirob jonga o‘t qalar.
Faqat ko‘nglingizga imon tilayman,
Diyonat tilayman, kichik kattalar.

✍️Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

Assalomu alaykum,
Omonmisiz qadrdon?
Yuribsizmi xushchaqchaq,
Bahri-dilingiz xandon.

Yangi tongning chiroyi,
Qalbingizdan bir qiyos.
Hademay, dil yorishib,
Boshin ko‘tarar quyosh.

Oinangizdan termuling,
Yangi kun bir go‘zaldir.
Qizg‘ish ufqning chetida,
Parqut bulut suzardir.

Dard, tashvish va og‘riqlar,
Yurakka tig‘ sanchadir.
Shukur qiling, bu tongga,
Yetolmagan qanchadir.

Turing, uyg‘oning do‘stim,
Tong qo‘llarin tutayapti.
Sizni bugun taqdirdan,
Buyuk ishlar kutayapti!

Ana, azon yangradi,
Dilda iymon o‘lmasin.
Ibodatga shoshiling,
Bomdod qazo bo‘lmasin.

Assalomu alaykum!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

SHUKUR AYTING

Bu charxpalak dunyo ichra men ham, siz ham omonatmiz,
Ming bir tashvish boshimizda, har kun bitta kamomadmiz.
Tiriklik ham g‘animatdir, tansiq bo‘ldi shirin jonlar,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Lavhul mahfo‘z daftariga taqdir o‘zi bitgay insho,
Fe’limiz tor, ko‘ngil injiq, nechun buncha alomatmiz?!
Qadrin biling har lahzani, «ertagacha xudo poshsho»,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Kibr eturmiz hasham birla, baland-baland qo‘rg‘on solib,
Asli gildan bino bo‘lgan omonat bir imoratmiz.
Ketgaydirmiz bir kun yerga, ikki enlik mato olib,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Har ne bo‘lsa Haqdan kelur, hech bir ishda yo‘q bashorat,
Inson asli bir mo‘jiza, biz ulug‘ bir karomatmiz.
Har qanday dard vahmi, balki odamzotga bir ishorat,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Ig‘vo birla bo‘lib oshno, yuraklarga solmang g‘ulu,
Biz Haq ochgan daftar ichra kunda-kunlik davomatmiz.
«Jon-jon» jonim Unikidir, berguvchi U, olguvchi U
Unga behad shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Na davlatu, na toju taxt taskin bo‘lmas ko‘ngillarga,
Zikr aylang Haq kalomin, iymon birla halovatmiz
Tuprog‘ingiz sochilgaydir erta qaysi o‘ngurlarga,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

Aslo ko‘nglingizga tushmasin bir gard,
Kuzda ham gullagan bog‘man, deb ayting.
Biroz qiynasa ham taningizni dard,
Men kasal emasman, sog‘man, deb ayting.

Yaxshilar so‘zini yomonga yo‘ymang,
Tashvishlar oldida qayg‘urmang, kuymang,
Qadringizga arzon baholar qo‘ymang,
Qirda yursangiz ham tog‘man, deb ayting.

Hayotning zavqini toting, ulguring,
Nafratni izlamang, muhabbat ko‘ring,
Mayli qirqqa kiring, ellikka kiring,
Yorimning ishqida dog‘man, deb ayting.

Mayli yarim yo‘lda sinsin taqangiz,
Kir bo‘lsa parvo ham qilmang yoqangiz,
Garchi tugasa ham so‘nggi chaqangiz,
Sha’ningiz ulug‘lab shohman, deb ayting.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ

Birinchi qo‘ng‘iroq - bu kun madhiga,
Eng shirin tuyg‘ular yozilgay atab.
Sig‘dirib quvonchlar cheksiz, sathiga,
Yana quchog‘ini ochmoqda maktab!

Tanish sinfxona, tanish tuyg‘ular,
Oqlangan devorlar, ko‘klangan parta...
Va ko‘ngilday tiniq sinf oynasi,
Termulgansiz undan necha ming marta.

Sizni kutib turar, eshik boshida,
Dilini hayajon bosib damo-dam.
Umrini maktabga etgan baxshida,
Ustoz deb atalmish qadrdon odam!

Bolam qutlug‘ bo‘lsin ilmu-oshnolik,
Maktabga boshlangan tabarruk yo‘llar.
Mitti jonchalarda ajib tashnalik.
Jajji qo‘lchalarda yuz ochar gullar.

Birinchi qo‘ng‘iroq - dillar beg‘ubor,
Aylar, ayriliqning xotimalarin.
Yodimga soladi har yili takror,
Bolalik yillarim xotiralarin...

Yigitchalar po‘rim, sochlar taralgan,
Qizlar maqtanishar yangi kuylagin...
Asli, yoshlik o‘zi shunday yaralgan,
Uning har damini kelar kuylagim.

Sohir sentyabr sochur jilvasin,
Quyosh sollanadi ko‘ngilni o‘rtab.
Chalinar qadrdon qo‘ng‘iroq sasi,
Assalom muallim! Assalom maktab!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

💎USTOZ BO‘LMASA

Iymon qayda edi, ustoz bo‘lmasa,
Urfon qayda edi, ustoz bo‘lmasa.
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,
Cho‘lpon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Yo‘qsillar yurtiga dunyo keltirgan,
Sahrolar bag‘riga daryo keltirgan,
Ul yurtdan bul yurtga ziyo keltirgan,
Karvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallim atalgan, buyuk atalgan,
Ardoqlangan mudom, suyuk atalgan,
Olti asr avval ko‘kka qadalgan,
Narvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Ko‘nglidan taralgay ming bitta irmoq,
Kunduzi quyoshdir, kechalari moh,
Aqlin ekib yerga, ko‘tarilgan tog‘,
Xirmon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

U shundoq yashaydi, tug‘ilgan shunday,
Zarrasi behisob, bir siqim qumday,
Mardlikdan dars olgan -Jaloliddinday,
Qurbon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

She’r bitsam, SO‘Z topib, g‘amimni yegan,
Ko‘ngil deb atalmish zo‘r ilhom bergan,
Chor tomoni gulzor, she’riyat degan,
Bo‘ston qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallif:
O‘lmasbek Samarqandiy .

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💎DO‘STIM OMONMISIZ?

Do‘stim omonmisiz, joningiz sog‘mi,
Ishlar avjidami, kayfiyat chog‘mi?
Bir diydor bersangiz, bag‘rimga bossam,
Men tomon kelguvchi yo‘llar yiroqmi?

Ancha bo‘lib ketdi, sog‘inchim to‘kib,
Hol so‘rab sms yozganimga ham.
Balki unutgansiz, ehtimol ish ko‘p,
Yo so‘zim ko‘ngilga bermadi malham.

Telefonim ichida qadrdon odam,
Sizning ismingizni ko‘raman gohi.
Qo‘ng‘iroq qilaman, javob yo‘q mudom,
Aytsin telefonimning bo‘lsa nigohi.

Mendan nima o‘tdi, sukutsiz nechun,
Qaysi yo‘lingizga g‘ov bo‘ldim, to‘sdim?
Mayli, borligingiz dalda men uchun,
Qayda bo‘lsangiz ham sog‘ bo‘ling do‘stim!

Yana almashgandir «toychoq» hoynahoy,
Allohim aylasin sizni ziyoda!
Menda hamon o‘sha: eski hovli joy,
Yo‘l yurib kelaman hamon piyoda.

Ming shukur! Nolish yo‘q, dilda yo‘q yaro,
She’r yozib yuribman qog‘oz qoralab.
Siz dunyo kezasiz G‘arbu Sharq aro,
Mening umrim o‘tar ko‘ngil oralab.

Bugun eslashaylik - Diydor damidir,
Har yaxshi kunimiz umr zarhali.
Ikki og‘iz suhbat dil hamdamidir,
Keling uchrashamiz, oqshom mahali.

💐Yaqinlarni yo‘qlab turing! Kuningiz xayrli o‘tsin!