Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.9K subscribers
40.8K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Yurtimiz_faxri

📌Chinoz tumani "Usmon Nosir" mahallasidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf bitiruvchisi Bahrayn poytaxti Manama shahrida oʻtkazilgan "Shpaga" sport turi boʻyicha Osiyo chempionatining bronza medali sohibi Iskandar Turishevga "Dil Giyo Fayz Baraka" fermer xoʻjaligi rahbariyati va Oʻzbekiston Respublikasi "Mahallalar uyushmasi" Chinoz tumani boʻlimi boshligʻi SH.Mamajonov hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda yurtimiz faxri boʻlgan chempionimizga nasllili qora mol sovgʻa sifatida topshirildi.

Iskandarning yutuqlari bardavom boʻlishiga tilakdoshmiz.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

♻️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida maktablar o'rtasidagi g'oliblar taqdirlandi.


♻️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida maktablar o'rtasidagi g'oliblarni maxsus vaucher va sertifikatlar hamda o'quvchilarga pul mukofatlarini topshirdi.

➡️ 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 24-maktab jamoasiga 100 million so‘m,
➡️2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 26-maktab jamoasiga 75 million,
➡️3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 13-maktab jamoasiga 50 million so‘m
.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Shukuh

🌞Bola kulsa,dunyo kuladi. Uning beg‘ubor chehrasidagi tabassumida, shirin qahqahasida hayotimiz, umrimizning ma’nosi bor.

🌈1 iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Chinoz tumanidagi yoshlar bog'ida tuman Madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan turli xil chiqishlar, tomoshalar, konsert dasturlari kichkintoylarga bir olam zavq-u shavq ulashdi.

🔉Bolalarga xos sho‘x ohanglar jajji qalb sohiblarini tantanalar sayliga chorladi.

☀️Bu kun bolajonlarga unutilmas onlarni tuhfa etdi.

📹Jarayonlar videolavhada👆

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Musiqa_jihozlari_topshirildi

♻️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov ,tuman prokurori Gʻanisher Abdusalamov,hokim o‘rinbosari N.Qoraboyeva, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.Isakovl badiy kitoblar to'plamlarini va musiqa jihozlari (dutor,rubob,doira)ni tantanali ravishda maktab direktorlariga topshirishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

♻️
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov 1-sektor hududidagi umumtaʼlim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

♻️Ochib muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda maktab bitiruvchilari oʻzlarining taklif va savollarini tuman hokimiga bildirishdi.

👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Yoshlar_oyligi
#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Chinoz tumani prokurori Abdusalomov G'anisher 2-sektor hududidagi umumtaʼlim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

♻️Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda maktab bitiruvchilari oʻzlarining taklif va savollarini tuman prokuroriga bildirishdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va qiziqishlari bo'yicha mutasaddi bo'limlarga vazifalar belgilab berildi.

@Chinoz_yoshlar
#Chinoz_tumani
#Bunyodkorlik

♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturiga asosan Chinoz tumanidagi "Yo‘ltushgan" mahalla fuqarolari yigʻini hududidagi, 9-sonli umumta'lim maktabini qayta qurish belgilangan.
♻️Tuman hokimligi bosh mutaxassisi D.Gʻulomov 9-sonli umumta'lim maktabining qayta qurish ishlari bilan tanishib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida qurilish tashkiloti rahbarlariga tegishli tavsiyalar berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Bunyodkorlik

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumandagi umumtaʼlim va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturiga asosan Chinoz tumanida 3 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (9- umumtaʼlim maktabida 540-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 41- umumtaʼlim maktabida 100 -oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 45-umumtaʼlim maktabida 300-oʻrinli qoʻshicha bino qurish) va 1 ta (9-DMTT-200 oʻrinli yangi bino qurish) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruksiya va qayta qurish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

👉BATAFSIL

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|