Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.9K subscribers
40.8K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI
💎O‘quvchilarni mukofotlash qanchalik foydali?

Insonga xush keladigan — kutilmagan maqtov, harakat, hadyalar o‘quvchilarning ilm olish jarayoniga ijobiy hissa qo‘shadi.

Sababi, kutilmagan sovg‘alar bolalar miyasida — dofamin gormonini ishlab chiqaradi.

Baxt gormoni — dofamin, nafaqat o‘quvchilar o‘zini yaxshi his qilishiga, balki miyadagi axborot neyronlarini tezroq bog‘lanishiga ham sababchi bo‘ladi. (rasmni ko‘ring)

Neyronlarda bog‘lam hosil bo‘lishi = kalla yaxshiroq ishlaydi degani.

❗️Xulosa,
🟢Mukofotlab turing — yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎ACHCHIQ HAQIQATLAR

1. Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

2. Bizni sevganlarga ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyondoz bo‘lamiz...

3. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramizu - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

4. Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo‘g‘u, yetti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...

5. Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin - xalqni ko‘ziga qozon-qozon osh qilib ziyofat beramiz...

6. Ota-onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doim ham tayyormiz...

7. Ayolimizga bir necha kalima shirin so‘zimizni ayaymizu — lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar orasidan go‘zallarini ayamaymiz...

8. Ozgina pulimizni yo‘qotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamizu — ammo hech qanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan kishilar, bekorchi bo‘sh narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...

❗️To‘xtang! Eng yaxshilaringiz va yaqinlaringiz yonida bo‘ling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

📚Kitob o‘qishni sevish uchun 6 tavsiya


1. To‘g‘ri kitob tanla.

2. Kitob yoqmayaptimi — tark et. Bu — normal.

3. Turli xil formatlarni qo‘lla — onlayn o‘qi, audio eshit, kutubxonaga bor.

4. Kitob o‘qish joyingni yoqimli maskanga aylantir — atir sep, ozoda saqla, yoritgich qo‘y.

5. Bir vaqtda turli yoqtirgan kitoblaringni o‘qi — biridan zeriksang, keyingisini o‘t.

6. Kitob muhokamalariga qo‘shil. Kitobxonlar bilan birga bo‘l.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TAVSIYASI

Ko‘pchilikda:
bugun vaqt bo‘lmaydi,
ertaga kuch bo‘lmaydi,
indinga balki o‘zimiz bo‘lmasmiz...

Hech narsani ertaga qoldirmang.
Hozirdan baxtli yashashga harakat qiling!
Orzu qiling, maqsad qo‘ying va unga erishish uchun qat’iyat bilan mehnat qiling.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

1. Inson hayotidagi eng katta dushmani – uning o‘zi.
2. Inson hayotidagi eng katta axmoqlik – yolg‘on.
3. Hayotdagi eng katta mag‘lubiyat – manmanlik.
4. Hayotdagi eng katta qayg‘u – hasad.
5. Eng katta hato – o‘z-o‘zingni yo‘qotish.
6. Insonning eng katta aybi – yaxshilikni bilmaslik.
7. Eng katta afsus – o‘z qadr-qimmatingizni kamsitish.
8. Tubanlikdan yuksalish, tahsinga loyiq.
9. Eng katta boylik – salomatlik va aql.
10. Eng katta judolik – umidsizlik.
11. Eng katta qarz – samimiy tuyg‘ular.
12. Hayotda eng katta tuhfa – oliyjanoblik.
13. Hayotda eng katta kamchilik – tushunmaslik.
14. Hayotda eng katta tasalli – savob ishlar.

Siz yaxshisiga munosibsiz!
Tafakkur qiling!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TAVSIYASI

💎FARZAND TARBIYASIDA YETTI ZAHARDAN EHTIYOT BO‘LING:
1. Bir-biriga solishtirish. Bolani bir-biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi.
2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi.
3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi.
4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi.
5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi.
6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi.
7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎G‘AMDAN UZOQ BO‘LISH UCHUN...

1️⃣. Yomon insonlardan uzoq yurmog‘ing kerak. Toki kasalliklari senga ham o‘tmasin. Zero, ruh shamol kabidir. Agar xushbo‘y narsalarning ustidan esib o‘tsa, hidi ham xushbo‘y bo‘ladi va aksincha. Qalb toza ruhli, odamoxun kishilar suhbatida bahra topadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlaridek:
"Yaxshi o‘rtoq mushk-anbar sohibi, yomoni esa olov purkovchi temirchi bosqoni kabidir. Mushki anbar egasi yo bu xushbo‘ylikdan bir miqdorini senga hadya etadi, yoki sen undan xarid qilasan, yoxud uni hidlab foyda olasan. Ammo temirchi bosqonidan chiqayotgan alanga yo sening kiyimingni yondiradi, hech bo‘lmasa uning badbo‘y hididan hidlashga majbur bo‘lasan".

2️⃣. Junub bo‘lgan holda yotib uxlamasliging kerak.

3️⃣. Hamisha tahoratli bo‘lmog‘ing lozim. Zero, tahorat eng asosiy islomiy tamoyillardan biridir. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki:
"Yetti kunda bir marta g‘usl qilib, bosh va butun jasadni yuvmoqlik har bir musulmon uchun zarur bo‘lgan amallardandir".
Har bir ruh tahoratsizlik va junublik holatidan nafratlansa, tahoratli holidan masrur va xushnud bo‘ladi hamda yengil tortadi.

4️⃣. Nafsingni so‘roqqa tutmog‘ing, uni Alloh va Rasulining yo‘lidan yurmoqlikka da’vat etmog‘ing darkor. Shayx ibn Arabiy deydiki, shayxlarimiz kundalik amal va gapirgan so‘zlarining hisobini qilib, daftarlariga qayd etib borishardi. Qechqurun, xufton namozidan keyin esa daftarlaridagi qaydlarni ko‘zdan kechirishardi. Agar kun bo‘yi qilingan amallar istig‘for talab etsa, istig‘for aytishar, tavba qilinmog‘i lozim bo‘lsa tavba, shukr kerak bo‘lsa, Allohga shukrlar aytib, so‘ngra yotishardi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib shunday deydilar:
"Kishi do‘stini so‘roqqa tutgani kabi o‘z nafsini tergab, yeb-ichayotganlarining qayerdan kelayotganligini so‘ramaguncha muttaqiy bo‘lolmaydi".

5️⃣. Har kungi amallaringni nazorat qilib bor. E’tibor berginchi, xayrli amallaring ko‘pmikan yo hayvoniy - yomon amallaringmi?

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎ALDANMA VA ALDATMA

🟢Har bir ishdan foyda kutganingda, uni bajarishda qiyinchiliklar va ikkilanishlar paydo bo‘lsa, mashaqqati ozroq tomoniga kuch ber, qiyinchiligidan ezilmaslik chorasini ko‘r...
Nodon o‘gitida xato bo‘lishi muqarrardir; dushman nasihatida aldov bo‘lishi shubhasizdir. Unisidan aldanma va bunisiga o‘zingni aldatma.
Bayt:
Aqli ko‘pning so‘ziga kirmoq – yaxshidir,
Lekin aldanmoq ham, aldamoq ham yaxshi emasdir.


✍️Alisher Navoiy, "Mahbub ul-qulub"

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

💎Qayg‘urma

Kasal tuzaladi, musibat ketadi. Gunoh kechiriladi, qarz to‘lanadi, mahbus ozod bo‘ladi. Kelajak keladi osiy — tavba qiladi. Faqir esa vaqti kelganda boy bo‘ladi...

Qayg‘urma!
Axir qora bulut qanday tarqalganini, qorong‘u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo‘ron qanday to‘xtaganini ko‘rmadingmi?!
Demak, og‘ir kunlarning ortidan, kenglik va yaxshi bir hayot bordir!

Qayg‘urma!
Chunki quyuq soya quyosh alangasini o‘chiradi. Toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi. Issiq non qattiq ochlikni to‘ydiradi. Bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir. Dard alamlarini sog‘lik lazzati ketkizur. Buning uchun sen bir oz sabr qilmog‘ing va bir lahza kutishing darkor!

Kun xayrli bo‘lsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI

🔷 Kasallik nasibangdir, davo izlash esa sening qaroring!
🔷 Uylanish nasibangdir, taloq esa sening qaroring!
🔷 Hayotingdagi shaxslar nasibangdir, ularni hayotingda asrab qolishing esa sening qaroring!
🔷 Farzand nasibangdir, uning tarbiyasi esa sening qaroring!
🔷 Ota-ona nasibangdir, ularning roziligini olish sening qaroring!
🔷 Demak, nasibalaringdan emas aynan qarorlaringdan javobgar bo‘lasan!
🔷 Shuni unutma!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook