Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi
❓Bu yilgi attestatsiya sinovlaridan bog‘cha tarbiyachilari ham o‘tadimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
➖ Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, attestatsiya imtihonlariga respublikamizdagi barcha davlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida mehnat qilayotgan hamda navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar jalb etiladi.
👉 Ma’lumot uchun: majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan davlat maktabgacha, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari ham o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

❓Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qaysi holatlarda rad etilishi mumkin?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:
➖pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;
➖pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;
➖so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
➖attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
👉 Eslatma: mazkur asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish mumkin emas.

#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati
❓Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.
❗️Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.
Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.
2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:
➖maktab direktorlariga — 50 %;
➖direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Menejerlik_sertifikati
❓Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.
❗️Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.
Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.
2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:
➖maktab direktorlariga — 50 %;
➖direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati
❓Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?
❗️Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.
✅ So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);
➖qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
➖pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).
❗️Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.
✅ Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.
Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

#Malaka_toifasi
❓Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.
✅ Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.
❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.
➖ Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

❓Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?
✅ Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.
Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.
❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.
Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.
➖ Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Menejerlik_sertifikati
❓Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?
✅ Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.
Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.
❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.
Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Kasbiy_sertifikatlash
❓Men shu oy boshida tug‘ruq ta’tilidan ishga qaytdim. Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha, ma’lum muddat ish jarayonlaridan uzilib qolganligim sababli kasbiy sertifikatlashdan o‘tishim majburiy ekan, shu to‘g‘rimi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”da bu haqida batafsil keltirib o‘tilgan.
❗️Unga ko‘ra, quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:
➖homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
➖pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
➖uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
➖uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.

#ommalashtirish
❓Men oʻz metodik ishlarimni ommalashtirish maqsadida maktab Pedagogik kengashiga topshirdim. Agar metodik ishlarim maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsa, ommalashtirish.uz platformasiga oʻz ishlarimni qanday joylashtiraman?
❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish tartibi”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.
✅ Unga koʻra, agar sizning metodik ishingiz Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtirishga loyiq deb topilsa, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.
🔹Bunda quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi zarur:
➖ metodik ishingizga taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
➖ ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishingiz (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
➖ oʻzingiz toʻgʻringizda maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligingiz boʻyicha diplom nusxasi.
👉 Shundan soʻng sizning metodik ishlaringiz vazirlikning hududiy boʻlinmalarida tegishli fanlar boʻyicha tashkil etilgan Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt

#Вазир_жамғармаси
❓Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan test jarayonlariga kelolmaganlar sinovlarga qayta qoʻyiladimi? Ular uchun boshqa test savollari beriladimi?
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalalarni baholash agentligi tomonidan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar uchun 1-bosqich test sinovlari oʻtkazildi.
➖ Tahlillarga koʻra, 144 nafar nomzod turli sabablar (noqulay ob-havo sharoiti, boshqa uzrli holatlar)ga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganligi aniqlandi hamda mazkur pedagoglar uchun 2024-yil 14-mart kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy)da test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, nazorat savollarini ishlab chiqish, maxfiyligini ta’minlash va test sinovlarini oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
❗️2024-yil 14-mart kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida joriy yilning 19-fevral kungi test sinovlarida foydalanilgan variantlar ishlatilmasligi va nomzodlarga boshqa variantlar taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

#Eksternat_tartibidagi_imtihon
❓Yoshim 25 da. Baʼzi sabablarga koʻra, oʻz vaqtida maktabni tugatganligim toʻgʻrisidagi shahodatnoma ololmaganman. Yaqinda eksternat tartibida imtihondan oʻtib ushbu hujjatni olish mumkinligi haqida eshitdim. Bu imtihonlarda kimlar ishtirok eta oladi?
❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻz vaqtida maktabni tugatganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomani olmagan fuqarolar uchun eksternat tartibida imtihon oʻtkazish orqali mazkur hujjatni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
✅ Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etish boʻyicha onlayn ariza topshirishlari lozim.
🔹 11-sinf doirasida 18 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar eksternat tartibida shahodatnoma olish uchun ariza topshiradi. Bu yosh chegarasi umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari yoshiga mos ravishda belgilangan.
👉 Maʼlumot uchun: 9-sinf doirasida tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar ham 9-sinfni bitirganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida imtihonlarda qatnashishlari mumkin.

❓Eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashmoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar kerak? Qayerga murojaat qilaman?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori tasdiqlangan “Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”da bu haqida aytib oʻtilgan.
✅ Unga koʻra, fuqarolar eksternat tartibida imtihonlarga ishtirok etish uchun har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Mazkur davlat xizmati bepul.
🔹Fuqarolar roʻyxatdan oʻtish vaqtida soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlari va oʻqigan maktabi toʻgʻrisida (agar oʻqigan boʻlsa)gi tegishli maʼlumotlarni kiritadi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
➖9-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun — tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (rdf formatida) nusxasi;
➖11-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun — 9-sinfni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma (rdf formatida) nusxasi;
➖Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (rdf formatida) nusxasi.

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

❓Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:
➖maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;
➖Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.
❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.
💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Вазир_жамғармаси
❓Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:
➖maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;
➖Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.
❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.
💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi
❓Malaka toifasi olish uchun ariza bergan pedagoglar ishtirokida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi haqida eshitdim. Bunda qatnashish kimlar uchun majburiy?
✅ Albatta, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar ishtirokida joriy yilning mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayonlaridan oldin onlayn repetetsiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
🔹 Bundan maqsad, pedagoglarning test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda ularni namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishtirishdan iborat.
✔️ Onlayn repetetsiyalarga joriy yilgi attestatsiyada navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan hamda murojaatlari qabul qilingan pedagoglar ishtirok etishadi.
❗️Onlayn repetetsiyada ishtirok etish ixtiyoriy.
❌Quyidagi pedagoglar onlayn repetetsiyalarda ishtirok etolmaydi:
➖toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan pedagoglar;
➖navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar.
👉 Maʼlumot uchun: toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olishi mumkin boʻlgan pedagoglar guruhi bilan mazkur havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

❓Men С1 darajadagi milliy sertifikatga ega ingliz tili fani oʻqituvchisiman. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtyapman. Belgilangan tartibga koʻra, sertifikatga ega oʻqituvchilarga 80 ball qoʻshib berilar ekan, shu toʻgʻrimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.
❗️MUHIM!
🔹 Bu oʻrinda eʼtibor berish kerakki, bu imtiyoz faqat navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan chet tili fani oʻqituvchilariga tegishli.
👉 Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashayotgan chet tili fani oʻqituvchilari umumiy talablar asosida, barcha test sinovlarini topshiradi.

#Call_markaz
❓Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi?
✅ Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng qidirish tugmasini bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.
❓Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘irlashim mumkin?
✅ Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin.
❓Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
✅ Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi.
❕ Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#Call_center
❓Men farzandimni 1-sinfga qabul qilish uchun ariza topshirayotgan vaqtimda ta’lim tilini tanlashda xato qilibman. Arizamni qanday tahrirlashim mumkin?
✅ Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.
❓Men Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Nukus shahrida istiqomat qilmoqdamiz.
Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo, tizimda Nukus shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?
✅ my.maktab.uz tizimidagi ma’lumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Nukusdagi yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin.

#Sertifikatlar
❓Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qoʻshma qarori izoh qismi 2-bandida majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladigan sertifikatlar roʻyxati belgilangan. Bunda faqat til bilish sertifikatlari qabul qilinadimi?
✅ Mazkur imtiyoz qarorning 3-bobida keltirilgan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimiga mos keladigan xorijiy til bilish sertifikatlari uchun amal qiladi.
❓Matematika boʻyicha SAT (Digital Scholastic Assessment Test) sertifikatini topshirishda yoshning ahamiyati bormi?
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Collegeboard xalqaro tashkiloti o‘rtasida olib borilgan hamkorlik natijasida joriy yildan boshlab matematika bo'yicha SAT sertifikatini topshirishdagi yoshga doir cheklov bekor qilindi.

❓ TESOL, TEFL, TKT sertifikatlariga endilikda ustama toʻlanishda ayrim shartlar mavjud ekan. Shu haqida maʼlumot berib oʻtsangiz.
❗️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qoʻshma qaroriga koʻra:
➖ umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.
👉 Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari oʻqituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shugʻullanishi va kamida 40 soatlik oʻqituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.
——-
❓ Farzandim 2018-yil 5-yanvarda tugʻilganligi sababli maktabning 1-sinfiga qabul qilinmayapti. Oʻgʻlimni bu yil maktabga berishimning imkoni bormi?
❗️ Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinishi belgilangan.
➖ Shunga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilida respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat taʻlim tashkilotlarining 1-sinfiga ular 7 yoshga toʻladigan, yaʼni 2017-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.
👉 Maʼlumot uchun: 6 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bir yillik maktabga tayyorlov kurslariga jalb etilishi nazarda tutilgan.