Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.27K subscribers
45.4K photos
16.1K videos
381 files
28.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus_ta'tilda;. #a'lochi_o'quvchi;. #matematik_junboq;. #savol_chellenge; Toshkent viloyati Bo'ka tumani 38-umumiy òrta ta'lim maktabining 5-"A"sinf òquvchisi Ikromova Umida Dilshod qizi
Forwarded from IT taʼlim
#savol_javob
Savol:
“Texnologiya” fanidan umumlashtirilgan rejalar qachon tarqatiladi?

Javob:
“Texnologiya” fanidan oʻquvchilar soni 25 nafardan kam boʻlgan sinflar ikki guruhga boʻlinib oʻqitilmaydi. Mazkur sinflar umumlashtirilgan dastur asosida oʻqitiladi.

2020-2021 oʻquv yilida 5-sinf kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oʻquv dastur amaliyotga joriy etilish va darslikdagi oʻzgarishlar hisobiga umumlashtirilgan oʻquv dastur qayta ishlanmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda,umumlashtirilgan dastur ishchi guruhi tomonidan tayyor boʻlguniga qadar 5-7-sinflar umumtaʼlim maktablari uchun ishlab chiqilgan pazandachilik boʻlimida berilgan mavzulardan foydalanib dars oʻtishlari tavsiya etiladi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#savol_javob

Savol:
Applikatsiya bolalar uchun muhimmi?

Javob:
Odatda, bolalar bog'chasida applikatsiya faol qo'llaniladigan dars mashg'ulotidir. Bunda bolaning tasavvuri kengaytiriladi. Ayniqsa barglardan tayyorlangan applikatsiyalar tasvirlanayotgan hayvonga tabiiy rang beradi. Bu esa bolaga sun'iy bo'yoqdan tashqari tabiatning ranglarini anglashda qo'l keladi.

Shuningdek, applikatsiyalar bolaning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.


📢 Bizga savol yo'llang, biz javob beramiz.

Telegram | Ilk-qadam.uz | Facebook | Instagram
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

#Savol
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

#Javob
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Manba

Tajriba-sinov tarzida o'tkazilgan attestatsiya test sinovlarida o'qituvchilar qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziq bo'lsa, unda quyidagi videolavhani tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Yangi baholash tizimining afzal jihatlari nimada? Uning amaldagi 5 ballik baholash tizimi bilan farqli jihatlari nimalarda ko‘rinadi?

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov ushbu savollarga doir oʻz mulohazalarini bildirib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM