#RASMIY_MUNOSABAT
Ushbu holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Bo‘stonliq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-sonli umumta’lim maktabi 1982-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Quvvati 1176 o‘rinli bo‘lib, ayni o‘quv yilida 1111 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Bino 2021-yilda ba’zi qismlari joriy ta’mirdan chiqarilgan.
❗️Maktab binosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmagan.
❗️Shu o‘rinda eslatma, so‘nggi besh yillikda Respublika bo‘yilab, xususan, Toshkent viloyatida ham ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich ta’mirdan chiqarilmoqda, yangi binolar qurib foydalanishga topshirilmoqda.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Mazkur holat tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan. Holat joriy yilning 6-yanvar kuni Parkent tumanidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kechgi soat 17lar atrofida sodir bo‘lgan.
Muassasada jismoniy tarbiya yo‘riqchisi vazifasida faoliyat yuritadigan P.A tarbiyalanuvchilarni gimnastika tayoqchasi bilan turtib, qatorga turishga undagan. O‘rganishlar davomida tashkilotning tarbiyachisi Sh.M ham bolalar bilan qupol munosabatda bo‘lgani aniqlangan.
❗️Mazkur holatlar atroflicha o‘rganilib, muassasaning jismoniy tarbiya yo‘riqchisi P.A hamda tarbiyachi Sh.M bilan tuzilgan shartnoma mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan bekor qilindi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Holatni aniqlash maqsadida Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlarini olib borildi.
Mazkur 8-sonli umuma’lim maktabi 2024-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Lekin maktabning atrofi devor va panjara bilan to‘liq o‘ralmaganligi sababli maktab ma’muriyati hududni devor va panjara bilan o‘rash maqsadida "Tashabbusli budjet"da ishtirok etishmoqda.
Maktabda bugungi kunda jami 1300 ta o‘quvchi tahisil olayotganligini inobatga olgan holda barcha pedagog xodimlar va o‘quvchilar bittadan ovoz berishga jalb etilgan, lekin ovoz berishga hech kim majbur qilinmagan.
Yuqoridagi holatda maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L o‘z tashabbusi bilan ota-onalarni ham jalb qilishga harakat qilgan. Bu ba’zi ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Maktab ma’muriyati tomonidan ovoz yig‘ish masalasida hech kimga qat’iy talab qo‘yilmagan. Jami to‘plangan ovozlarning barchasi shu kunga qadar ixtiyoriy va shaffof tarzda yig‘ilgan.
❗️Yuqoridagi holat bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.L bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va Xayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
❗️Maktab rahbari ogohlantirildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamiz; Bo‘stonliq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 16-sonli umumta’lim maktabida 3-mart kuni Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi M.A tomonidan maktabning 9-sinf o‘quvchisi X.Xga dars jarayonlari o‘tilmasdan avval baholangani, undan tashqari maktabning rus tili fani o‘qituvchisi G.R 6-mart kuni ayni shu holatni takrorlab, o‘quvchiga kundalik.somga baho qo‘yganligi aniqlangan.
Yo‘l qo‘yilgan mazkur e’tiborsizlik sabab,
o‘qituvchilardan tushuntirish xatlari olinib, maktabning navbatdan tashqari pedogogik kengashi o‘tkazilgan. Kengashda yo‘l qo‘yilgan kamchilik,xatoliklari va o‘z vazifasiga e’tiborsizlik qilgani uchun o‘qituvchilar M.A hamda G.Rga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Hodisa joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, hokimiyat, prokuratura, IIB mutassaddilari yetib kelishdi. Bino tom qismini zararlagan ko‘tarma krant o‘qi olib tashlandi.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Ayni paytda qurilish tashkiloti tomonidan muassasa tom qismida zarar yetgan profnastil qoplama va yog‘och qismi olib tashlanib, ta’mirlash ishlari boshlangan.
Qurilish tashkilot tomonidan 3 kun muddatda MTT ning zarar yetgan qismi ta’mirlanib, holat bartaraf etilib, ishchi holatga keltirilishini bildirdi.
Hozirda ta’mirlash ishlari 8 nafar qurilish tashkiloti ishchi xodimlari bilan davom etmoqda.
MTT faoliyati bir muddatga to‘xtatildi. Baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
"❌❗️Nazarbekdagi xususiy bog‘chalardan birida bolalar kaltaklanmoqdaligi aytilmoqda" tarzida xabarlar tarqaldi.
Holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan nazoratga olinib, dastlab, mazkur noxush vaziyat qaysi hududda va qaysi maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganligi aniqlandi. O‘rganishlarda ushbu holat Zangiota tumanida joylashgan oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Bugun 27-mart kuni Zangiota tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, noxush holat kuzatilgan oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, ota-onalar muassasadan qaytgan farzandlari bilan muloqot davomida tarbiyachining zo‘ravonlik qilayotganini aniqlashgan. Ushbu holatdan xabardor bo‘lgan ota-onalar 26-mart kuni muassasaga kelib, kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko‘rib chiqishni talab qilgan. Kamera yozuvlari ko‘rilganda 25-mart kuni tashkilotda oktabr oyidan buyon faoliyat yuritayotgan tarbiyachi R. G tarbiyalanuvchilarga nisbatan qupol munosabatda bo‘layotgani aniqlangan.
Muassasa rahbari mazkur vaziyatdan so‘ng tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritayotgan R.G bilan shartnomani bekor qilgan. Ota-onalarga bunday noxush holat takrorlanmasligi va ularning ishonchini suiste’mol qilmaslik haqida munosabat bergan.
❗️Ayni paytda, bo‘lim mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan tashkilotdagi barcha xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi. “Zo‘ravonlikka qarshi” kafolat xatlari olindi.
🔴Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu noxush holat yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilgan fuqarolarga minnatdorchilik bildiradi hamda bunday holatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ихтимоий тармоқларда тарқалган "Назарбекдаги хусусий боғчалардан бирида болаларнинг калтакланганлиги айтилмоқда" сарлавҳали хабар Тошкент вилояти ММТБ томонидан ўрганилиб, расмий муносабат берилди.
Ўрганиш натижаларига кўра, тарбиячига тегишли чора кўрилди.
@D_Sobirova_MMTV
Ўрганиш натижаларига кўра, тарбиячига тегишли чора кўрилди.
@D_Sobirova_MMTV
Telegram
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
🟦🟦🟦🟦
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴Joriy yilning 26-mart kuni kechgi soat 22:30-23:00lar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda
"❌❗️Nazarbekdagi xususiy bog‘chalardan birida bolalar kaltaklanmoqdaligi aytilmoqda" tarzida xabarlar tarqaldi.
Holat Toshkent viloyati Maktabgacha…
#RASMIY_MUNOSABAT
🔴Joriy yilning 26-mart kuni kechgi soat 22:30-23:00lar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda
"❌❗️Nazarbekdagi xususiy bog‘chalardan birida bolalar kaltaklanmoqdaligi aytilmoqda" tarzida xabarlar tarqaldi.
Holat Toshkent viloyati Maktabgacha…
#RASMIY_MUNOSABAT
Holatni o‘rganish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, shu kunning o‘zida mas’ullar tashkilotda bo‘lishdi.
Ma’lumki, bugungi kunda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-sonli qarori Nizom talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamotchilik salomatligi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tashkil etib kelinadi.
Aniqlanishicha, 20-mart kuni 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi D.V tomonidan 217 nafar tarbiyalanuvchiga ertalabki nonushta uchun Vermishel sutli osh, sutli choy, non taomnomada ko‘rsatilgan bo‘lib, taomnomaga asosan ombor mudiri Q.X tomonidan 3 kg vermishel, 53 l sut, 0,08 gr choy, 0,5 kg sariyog‘ mahsulotlari foydalanish uchun tashkilot bosh opshaziga berilgan.
Ammo brakeraj komissiyasi faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan komissiya a’zolari tomonidan tashkilotda ovqatlantirishni tashkil etilishi ularning sifati, iste’molga to‘g‘ri qaratilishi har bir tarbiyalaguvchi uchun belgilangan miqdorlar asosida taqsimlanishi nazoratga olinmagan.
Oqibatda guruh yordamchi tarbiyachilari tomonidan taomnoma asosida har bir guruh uchun tayyor taomlarni oshxonadan qabul qilish va iste’molchi (tarbiyalanuvchi) bir hil me’yorda taqsimlanishi buzilgan.
Yuridagi holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tashkilotda sog‘lom ovqatlantirishga mas’ul xodimlariga kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga qonuniy tartibda chora ko‘rildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Shu kunning o‘zida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib, muassasada o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ri shuni ma’lum qilamizki, muassasada sentabr oyidan beri rasmiy faoliyat olib borayotgan tarbiyachi M.M bolalar bilan olib borayotgan mashg‘ulot jarayonida ularga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Holatni tashkilot rahbari Nasiba Isayeva mashg‘ulotlar jarayoni tugagach xonada o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarida ko‘rgan va videoni xodimlar guruhiga tashlab, muhokama qilgan.
Nasiba Isayeva 3-aprel kuni tarbiyachi M.M bilan tuzgan shartnomani bekor qilib, uni ishdan chetlatgan.
Ishchi guruh mas’ullari muassasada tarbiyalanayotgan bolalar holatini ham o‘rgandi. Ota-onalar bilan suhbatlashildi. Bolalarga shikast yetmagani aniqlandi. Tashkilot xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Ayni paytda holat bo‘yicha shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi shuni ma’lum qiladi: Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida yillik moliyaviy hisobotlarni topshirishda dastur bilan bog‘liq bir nechta muammolar kelib chiqqanligi sababli, topshirish jarayonlarida kechikish bo‘lgan. Elektoron dasturda hisobot topshirilmagan tashkilotlarga avtomatik cheklov o‘rnatilishligi sababli pul mablag‘lari xarakati to‘xtatilgan.
Shu bois 2025-yil mart oyi ikkinchi yarmi ish xaqi mablag‘lari to‘lab berilishida kechikishlar kuzatilgan.
Bugungi kunda mavjud muammolar to‘liq bartaraf etildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM