Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.17K subscribers
46.8K photos
16.3K videos
385 files
28.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko‘ra, pedagoglarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

✔️ Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining hamda boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagoglari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.

🏢 Davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. (https://lex.uz/docs/6786401#6787017)

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BILASIZMI

❗️O‘quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotib qo‘ysa yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?


📚“Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini to‘lashi shart.

📚O‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

👉 1 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.


📚Umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo‘yicha to‘lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Bilasizmi

🔰Pedagoglarning faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

📁 Mazkur huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega

🔰 Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi: (https://lex.uz/docs/1297315#1297778)

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;

sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

⚠️ Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi hamda davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#HUQUQIY_AXBOROT

#Bilasizmi

❗️Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 648 000 so‘m.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BILASIZMI

Maktablarda sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun 1 oktyabrdan boshlab qancha haq to‘lanadi?


🔴Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1.155.000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi.

Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

➡️ 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (304 920 so‘m);

➡️ 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (364 980 so‘m);

➡️ 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (426 195 so‘m);

➡️ 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (486 255 so‘m);

➡️ 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (609 840 so‘m).

➡️ Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (101 640 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

➡️ Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namunaviy_shtatlarga_o‘zgartirish_va_qo'shimchalar_kiritish_to‘g‘risida.pdf
1.7 MB
#BILASIZMI

❗️Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi


🔴Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i (https://t.iss.one/uztdi/8941) (30.08.2024 №288) bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat budjeti hisobidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 40b-son buyrug‘i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

➡️Unga ko‘ra, sinflar soniga qarab “kutubxonachi” shtatini ajratish amaliyoti bekor qilinadi hamda barcha maktablarda “Kutubxona mudiri” (1 shtat birligi) lavozimi ajratiladi.

❗️Psixolog lavozimi esa o‘quvchilar soni 1500 nafargacha bo‘lganda 1 birlik, 1500 nafardan ortiq bo‘lganda 2 birlikdan shtat ajratiladi.

❗️Laborant lavozimi tugatildi. Laboratoriya xonasi mavjud bo‘lganda fizika yoki kimyo fani o‘qituvchisidan biriga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

#VAZIR_TASHABBUSI
#TЕLЕFONSIZ_MAKTAB
🟢Maktabga kirishda o‘quvchi va boshqa fuqarolar mobil telefonlarni maktab ma’muriyatiga topshirish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etildi

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"da maktab hududida mobil telefonlar foydalanish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berilgan.

🔴Unga ko‘ra,
ta’lim muassasasi hududida har bir ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini ovozsiz holatga keltirishlari, maktab ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda (maktab foyesi, ma’naviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi lozim bo‘ladi;

bunda ta’lim muassasasining binosiga kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari tugagandan so‘ng qabul qilib olish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi;

- ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini maktab rahbariyati nazorat qiladi;

O‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini esa barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi;

O‘qituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qo‘yiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi;

Shunday holat o‘quv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi asosida ma’muriy javobgarlikka tortiladi, o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

🔰TA’LIMDA QISQARTIRISHLAR: xodimlar nimalarni bilishi kerak?


➡️Kelajagini ishlayotgan kasbida ko‘rgan pedagog birdan qisqartirish kelganini eshitsa, tushkun kayfiyatga tushib qolishi hech gap emas.
Hatto, nima qilishni ham bilmay qoladi.


➡️Agar sizning orangizda ham psixolog, kutubxonachi va laborantlar bo‘lsa ishonch.uzning mehnat huquqlari bo‘yicha ekspert Muhammadamin Karimjonov bilan tashkil etgan suhbati aynan siz uchun!

❗️Ushbu videoda qisqartirishga tushgan xodimning huquq va imtiyozlari, to‘lovlar masalasi, ikki - uch nafar xodim orasidan aynan kim ishdan ketishi va qolishi kabilarga alohida to‘xtalgan.

▶️ To‘liq videoni ko‘ring:
https://youtu.be/cQPfSinpQHI

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook