Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.65K subscribers
39.8K photos
15.5K videos
372 files
26.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Chinozda
#Otalar_majlisi.
#Birlik_MFY

Bugun Chinoz tumani Birlik MFYda joylashgan 13-maktabda Otalar majlisi bo'lib o'tdi.
Chinoz tumani hokimi o'rinbosari N.Qoraboyeva tumanda bugungi kunda ijtimoiy sohalar qatorida yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganini takidlab o'tdi.
O'tgan yillar mobaynida tumanimiz yoshlari erishgan yutuqlari, tumandagi mavjud infratuzilmalarni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha to'xtalib òtdi. Qolaversa maktab o'quvchilarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari sifatli ta'lim olishlari va kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlarida otalarning o'rni beqiyos ekanligini ta'kidladi va ana shunday faol otalarni tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
Yig'ilishda so'z olgan Chinoz tumani MMTB o'rinbosari R.Ko'ykeldiyev, Birlik MFY raisi R.Nurshadov, 13-maktab direktori B. Yegimtayev va profilaktika inspektori Y.Shodibekovlar bir qator masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdilar.

👉https://t.iss.one/BirlikYoshlarKanali
IBRAT

Suyutiy rahimahulloh deydilar:
Yosh bolachalardagi 5ta xislat agar yoshi kattalarda ham bo‘lganda bormi, albatta avliyoga aylanishar edi:

1. Rizqning g‘amini yeyishmaydi.
2. Betob bo‘lib qolishsa, Xoliq ustidan maxluqqa shikoyat qilishmaydi.
3. Taomni birgalikda jamlanib yeyishadi.
4. Qo‘rqishsa ko‘zlariga darrov yosh keladi.
5. Urishib qolishsa tezda yarashib ketishadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Axborot urushida kim haqiqatni gapirayotgan bo‘lsa o‘sha yengiladi. Chunki to‘g‘ri gapni aytayotgan odam faqat haqiqat bilan cheklanadi. Yolg‘onchi esa og‘ziga kelganini aytaveradi.

✍️ Robert Shekli

❄️Kuningiz xayrli o‘tsin!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BUGUNNING_GAPI

Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “So‘z – gul, ish – meva”. O‘ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo‘lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi. Sizlar ko‘p kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI

1️⃣9️⃣ YANVAR KUNI SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR

👑 1728 yil — Rossiya imperatori Pyotr I va uning saroyi Moskvaga ko‘chib o‘tgan;

🇵🇹 1759 yil —Portugaliya monarxi Xose I barcha iyezuitlarni mamlakat hududidan va uning barcha koloniyalaridan haydab chiqarishni buyurgan;

💬 1764 yil — Jon Uilkes erkin fikr yuritgani uchun Angliya parlamentining jamoatlar palatasidan chiqarib yuborilgan;

🇳🇱 1795 yil —Zamonaviy Gollandiya hududida Bataviya Respublikasi tashkil topgan;

⚔️1806 yil —Yaxshi umid burni Buyuk Britaniya tomonidan bosib olingan;

✈️ 1915 yil — Germaniya xarbiy-havo kuchlari Angliyaga birinchi harbiy reydni o‘tkazishgan;

🚘 1938 yil —AQSHning General Motors kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib dizel dvigatellarini ceriyali ishlab chiqarishni boshlagan;

📺 1955 yil —AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauer Oq uyda dunyodagi birinchi televizion matbuot anjumanini o‘tkazgan;

🇮🇱 1962 yil —SSSR Isroilni josuslik uchun ibodatxonalardan foydalanganlikda ayblagan;

🇮🇳 1966 yil —Indira Gandi Hindiston Bosh vaziri bo‘lgan.

🛢1991 yil — Saddam Xusaynning buyrug‘i bilan Fors ko‘rfaziga 816 ming tonna neft oqizib yuborilgan;

⚔️ 1995 yil —rus qo‘shinlari Grozniydagi prezident saroyini egallab olishgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumta’lim maktablari kutubxonalari uchun BIBTЕXNIKA jamlanmalari taqdim etilgan edi.
Viloyatimizga yetib kelgan ushbu jihozlar joylarga yetkazilmoqda.

Bu haqida "O‘ZBЕKISTON 24" telekanalining informatsion dasturida keng yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Toshkent tumaniga "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiyasi o'tkazildi


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30-dekabrdagi 792-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda ta'lim muassasalarining 9 va 11-sinf o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish va hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish uchun "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiyasi o'tkazildi.

Aksiyaga Toshkent tumanidagi umumta'lim maktablari 9 va 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota- onalari taklif etildi.
Bundan ko'zlangan maqsad ota-onalarni farzandlari kelajagiga befarq bo'lmaslik, kasb-hunar tanlashlarida ularni qo'llab-quvvatlash.

Tadbirda Xalqaro universitetlar va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumot va tushunchalar berildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#kun_tarixi
🔰19-yanvar – Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun

MAHMUDXO‘JA BЕHBUDIY


Har bir millat, har elning vijdoni tirik bo‘lsin,
Nuru chamanga eltar iymoni tirik bo‘lsin,
Hurlik quyoshi balqqan zamoni tirik bo‘lsin,
Har tomchi qonim ichra jo bo‘lgan bu tilxatim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Falaklarda charx urgan ozoda qushlarim bor,
Holi hayotdan go‘zal pokiza tushlarim bor,
Ichimda sanog‘i yo‘q bahoru qishlarim bor,
Ochsam dunyoni bo‘ylar iztiborim, hasratim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Boqsang, holing ko‘rsatar, ko‘zgu-oyina hayot,
Sadoqat suvlariga hamisha tashna hayot,
Millat desang cho‘qqiga eltguvchi zina hayot,
“Samarqand”dan yuksalgan yorug‘ o‘yim-maqsadim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Yashasin adolat va haqqoniyat – ovozim,
Turkiston olam uzra baland maqom – lavozim,
“Yoshlarga murojaat” – ikkimas, to‘rt til lozim,
Bugun har ko‘ngil aytar shul so‘z manim nusratim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Ilmu ma’rifati yo‘q padarkushdan asrasin,
Xudbinlik balosidek g‘am-tashvishdan asrasin,
Tafriqa, fitna-fasod, qing‘ir ishdan asrasin,
Hazrat bobolarimdan meros duo – hikmatim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Angladim, “Qasdi safar” dilga sayohat asli,
“Ehtiyoji millat” deb yashamoq rohat asli,
“Vasiyatnoma” ohi jonimga behad asli,
O‘tmasa yuragimdan hatto bir so‘z aytmadim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

Allohim, pok tafakkur basirat kerak elga,
Munavvaru Cho‘lponu ham Fitrat kerak elga,
Ro‘zi qiyomat qadar sof Ibrat kerak elga,
Vatan, millatdan boshqa yo‘q, axir, saodatim,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, ey ustodim, hazratim.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Seminar_trening

Menejerlik o‘quv kurslarida dars o’tuvchi trenerlar uchun tashkil etilgan seminarlar yakunlandi.

❗️
3 kun davom etgan mahorat darslari davomida ishtirokchilar interaktiv mashg’ulotlarda trenerlik ko’nikmalari ustida ishlashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#IBRAT

INSOF


Abdurahmon degan kishi hazrat Umarning xonadoniga yumush bilan boribdi. Qorong‘i tushib qolgan, halifa sham yorug‘ida ishlab o‘tirgan ekan. Mehmon bilan so‘rashgach, yonib turgan shamni o‘chirib, boshqa shamni yoqibdi.
- Mana endi gaplashsak bo‘ladi, - debdi mehmonga.
Mehmon hayron bo‘pti
- Boyagi shamni nega o‘chirdingizu, nega xuddi shunaqa boshqa shamni yoqdingiz?
- Yonib turgan sham davlatniki edi. Men uning yorug‘ida davlat ishini bajarayotgandim, - debdi halifa. - Sen bilan qiladigan suhbatimizning davlat yumushiga daxli yo‘q. Shuning uchun o‘z pulimga sotib olgan shamni yoqdim...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Agar boshing ko‘kka yetsa ham, unutmaginki qaytar joying albatta yerdir!

"Yerni tepma, asta bos qadam,
Yetar uning chekkan ozori.
Yillar o‘tib shu Ona tuproq,
Bo‘lar, shaksiz, tanang mozori".

✍️ Erkin Vohidov

Kuningiz xayrli o‘tsin!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BUGUNNING_GAPI

Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣0️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


⚔️ 1841 yil — ingliz qo‘shinlari Gonkongni egallab olishgan;

🏀 1892 yil— AQSHning Massachusets shtatida ilk basketbol o‘yini bo‘lib o‘tgan;

📌 1893 yil —
Londondagi Qirollik institutida Jeyms Devar suyultirilgan gazlarni saqlash uchun idishni namoyish etgan;

📌1921 yil — Dog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, hozirgi Dog‘iston Respublikasi tuzilgan;

🇹🇷 1921 yil —Turkiya davlatining dunyoviy va milliy xarakterini e’lon qilgan birinchi turk konstitutsiyasi qabul qilingan;

✈️ 1944 yil — Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Berlinga 2300 tonna bomba tashlagan;

🚫 1980 yil — AQSH prezidenti Jimmi Karter Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilgan;

🇦🇿 1990 yil — Sovet qo‘shinlari Ozarbayjon poytaxti Bokuga kirgan (Qora yanvar voqealari);

🗳 1991 yil — Qrimda umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, uning natijasida Qrim ASSR qayta tiklangan;

📌 1996 yil — Yosir Arofat Falastin ma’muriyatining prezidenti etib saylangan;

🇸🇾 2018 yil —Turkiya Suriyaning shimolida "Zaytun novdasi" operatsiyasini boshlagan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook