Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.21K subscribers
46.4K photos
16.2K videos
384 files
28.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#IBRAT_VAQTI

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Bir kishi donishmanddan so‘radi:
-Do‘stingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?
-Shoshma, -dedi donishmand, - avval aytmoqchi bo‘lgan gapingni uchta elakdan o‘tkaz...
-Uchta elak?
-Biror gapni aytishdan oldin, uni uchta elakdan o‘tkazish lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoqchi bo‘lgan gaping haqiqat ekanligiga ishonching komilmi?
-Yo‘q, men uni shunchaki eshitdim, xolos.
-Demak, sen uning rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Endi ikkinchi – YAXSHILIK elagidan o‘tkazamiz. Sen menga do‘stim haqida biror yaxshi gapni aytmoqchimisan?
-Yo‘q, aksincha.
-Demak, -davom etdi donishmand, - sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoqchisan. Endi uchinchi elakdan o‘tkazamiz – FOYDA elagi. Sening gapingni eshitishim shartmi, u menga foyda keltiradimi?
-Yo‘q, hojati yo‘q.
-Demak, -xulosa qildi donishmand, - sen yetkazmoqchi bo‘lgan xabarda haqiqat ham, yaxshilik ham, foyda ham yo‘q ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan?

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Tabassum – harfsiz yozilgan yoqimli so‘zdir.
Tabassum – elektr sarflamay yongan chiroqdir.
Tabassum – Allohning qazo-qadariga rozilikdir.
Tabassum – tarjima kerak bo‘lmagan lug‘atdir.
Tabassum – sadaqadir.

💐Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

💎Oltin qoidalar

1. Bolalaringizni boy bo‘lish istagida emas, baxtli bo‘lish istagida tarbiyalang. Katta bo‘lganlarida narsalarning narxini emas, qadrini biladigan bo‘ladilar.
2. Taomni xuddi doridek iste’mol qiling. Bo‘lmasa dorini ovqatdek yeydigan bo‘lasiz.
3. Sizni yaxshi ko‘rganlar 100% sabab bo‘lsa ham sizni tark etmay, sizning yoningizda qolish uchun bitta bo‘lsa ham sabab topadilar. Yomon ko‘rganlarga esa yuzta sabab ham kifoya qilmaydi.
4. Odam bo‘lish bilan odamiylik orasida juda katta farq bor.
5. Agar siz tez yurmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz keting! Lekin agar uzoqqa bormoqchi bo‘lsangiz, birga keting!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.
Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...
Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.
Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.
Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

✍️O‘tkir Hoshimov

Tafakkur qiling!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

Kim ortiqcha so‘zlarni tark etsa, unga hikmat beriladi.
Kim ortiqcha qarashni tark etsa, unga qalb xushu’i beriladi.
Kim ortiqcha taomni tark etsa, unga ibodat lazzati beriladi.
Kim ortiqcha kulishni tark etsa, unga haybat beriladi,
Kim mazaxni tark etsa, unga baho beriladi.
Kim dunyo muhabbatini tark etsa, unga oxirat muhabbati beriladi.
Kim boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishni tark etsa, unga o‘z aybini isloh qilish beriladi.
Kimning kulgusi ko‘paysa, haybati ozayadi.
Kimning so‘zi ko‘paysa, uning xatosi ko‘payadi.
Kim insonlarni kamsitsa, o‘zi xam kamsitiladi.
Kim biror narsaga ko‘p mashg‘ul bo‘lsa, shu kasbi bilan taniladi.
Kimning kibru-havosi ko‘paysa, hayosi kamayadi.
Kimning hayosi kamaysa, taqvosi kamayadi.
Kimning taqvosi kamaysa, qalbi o‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
🔷QUSHNING UCH O‘GITI


Bir bechora qush tuzoqqa tushib, qafasga mahkum bo‘ldi.
Tutgan kishiga: «Ey inson! Sen hayotingda qo‘y va sigir yegan, tuya ham so‘ygansan. Ularning go‘shtiga to‘ymagan ekansan, menikiga aslo to‘ymaysan! Meni qo‘yib yubor, evaziga senga uch o‘git aytay.
Bu o‘gitlarning birinchisini qo‘lingda turib, ikkinchisini anavi tom ustiga chiqib, uchinchisini esa daraxt shoxida aytaman.
Sen bu uch o‘gitga quloq solsang, albatta, baxtiyor bo‘lasan!», dedi.
Ovchi qushga ishondi. Yolvorishlaridan so‘ng taklifiga rozi bo‘ldi. Qush: «Senga birinchi aytadigan o‘gitim shudir – bo‘lishi
mumkin bo‘lmagan narsalarni kim gapirsa gapirsin, aslo ishonma!», dedi.
Ovchi uni qo‘yib yubordi. Qush uchib uyning tomiga qo‘nib, ikkinchi o‘gitini aytdi: «Qo‘lingdan boy bergan o‘tkinchi narsalar uchun aslo tushkunlikka tushma. Boy berilgan narsaning ortidan g‘am chekma», dedi.
So‘ng daraxt shohiga qo‘ndi va uchinchisini aytmasdan oldin: «Ichimda o‘n dirham og‘irligida bebaho marvarid bor edi. U seni ham bola-chaqangni ham boy qilardi. Lekin sening taqdiringda yo‘q ekan, qo‘lingdan ketdi», dedi.
Ovchi qushning gaplarini eshitar-eshitmas, baqirib, afsus- nadomat chekdi. Qush: «Men senga qo‘lingdan ketgan narsa uchun aslo tushkunlikka tushma, demadimmi? Modomiki, marvarid
qo‘lingdan ketibdi, endi nega o‘zingni azoblayapsan? Hozirgina aytganlarimni unutdingmi? Senga «Bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalarni kim gapirsa ham ishonma!» degandim. Eh nodon, o‘zimning og‘irligim uch dirhamlik tangachadeg-u, ichimda o‘n dirhamdek keladigan marvarid nima qiladi?!», dedi.
Ovchi biroz o‘ziga kelib: «Mayli, endi uchinchi o‘gitingni ayt», dedi.
Qush: «Sen shu aytilgan ikki nasihatga quloq soldingmi, senga uchinchisini aytay? Uxlab yotgan odamga pand-nasihat qilish unumsiz yerga urug‘ ekish bilan barobardir!», deb, uchib ketdi...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI

💥Bir kuni qirolga lochin bolasini sovg‘a qilishdi. Qirolning qushboqari uni katta qildi, ammo hech uchishga o‘rgatolmadi. Lochin polaponligida o‘tirgan daraxt shoxini tark etishni aslo xohlamasdi. Qushboqar qirolga lochin ustidan arz qilib, uni aslo uchishga o‘rgatolmayotganini, hattoki yemishni ham qush o‘tirgan shoxga qo‘yishga majbur bo‘layotganini aytdi.
Qirol jarchi orqali lochinni uchishga majbur qiladigan odam topishni e’lon qildi va ertalab qush bog‘ ustida parvoz qilib yurganini ko‘rdi.
– Bu mo‘jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.
Uning oldiga oddiy dehqonni olib kelishdi.
– Uni uchishga qanday majbur qilding? Sehrgarmisan?– so‘radi qirol.
Dehqon qirolni xursand qila olganidan shod edi:
– Bu qiyin bo‘lmadi, zoti oliylari. Men shunchaki lochin o‘tirgan shoxni arralab tashladim va u qanotlari borligini tushunib ucha boshladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🟢"Men eplolmayman" degan narsalarimiz haqida yaxshilab o‘ylashimiz kerak. Haqiqatdan ham qilolmaymizmi yoki bajarariladigan darajada jiddiy qaramaymizmi?"

Vahli uyg‘onolmayman deb, mehmon keladigan kuni vahli uyg‘onolsak;

Farzandim bilan o‘ynashga vaqtim yo‘q, deb, ijtimoiy tarmoqlarda soatlarcha vaqt sarflasak;

Yemasdan turolmayman, deb, Ramazonda bir oy yemasdan bemalol turolsak;

Kitob o‘qisam uyqum keladi, deya, shov-shuv xabarlarini diqqat bilan o‘qisak;

O‘zim uchun hech vaqt ajratolmayman deb, o‘zimizdan boshqa hammaga vaqt topolsak;

Qilolmaymiz emas, bajarishga yetarlicha jiddiy qaramaymiz...

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🔰Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan.

Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:

- Kim hozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.

➡️U o‘qituvchisi haqida yozarkan:
«Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruhan ezishdan, o‘zgalar oldida yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi»
dedi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM