Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.7K subscribers
39.3K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
❗️#BILASIZMI

🔴Bolalarga ta’lim yoki tarbiya berayotgan pedagog majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishi shart:

18 yoshga to‘lmagan shaxslarni;

umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni;

mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport vositalarining harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlarni;

oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band bo‘lganlarni;

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

🔹yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Bilasizmi

📆KUN TARIXI
💎LIRIK CНЕKINISH

➡️Bugungi sanani ko‘pchilik O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun sifatida yaxshi bilishadi.
Ammo, 26 aprelda san’at va adabiyot sohasida yana ko‘plab mashhurlarni dunyoga kelgan!


- 1660 yil 26 aprel - o‘zining "Robinzon Kruzo" asari bilan dunyoga tanilgan Daniel Defo tavallud topgan.

- 1896 yil 26 aprel, "Mahallada duv-duv gap, "Sen yetim emassan" filmlaridagi ONA timsoli bilan millionlab o‘zbeklar qalbini zabt etgan san’atkor Lutfixonim Sarimsoqovaning tug‘ilgan kuni.

- 1936 yil 26 aprel, Zokirovlar sulolasining yorqin vakili, "Ra’no"," Tango" nomli qo‘shiqlari bilan o‘z davrida trendga chiqqan xonanda, O‘zbekiston Xalq artisti Botir Zokirov tug‘ilgan.

- 1938 yil 26 aprel, O‘zbekiston Xalq shoiri, o‘zining go‘zal she’rlari bilan tanilgan Jamol Kamol dunyoga kelgan kun.

- 1974 yil 26 aprel, "Onajoning rozi qil" deya qalblarni rom etgan, millionlar o‘zbek onalarining muhabbatiga sazovor bo‘lgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov tavallud topgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko‘ra, pedagoglarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

✔️ Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining hamda boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagoglari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.

🏢 Davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. (https://lex.uz/docs/6786401#6787017)

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BILASIZMI

❗️O‘quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotib qo‘ysa yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?


📚“Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini to‘lashi shart.

📚O‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

👉 1 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.


📚Umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo‘yicha to‘lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Bilasizmi

🔰Pedagoglarning faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

📁 Mazkur huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega

🔰 Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi: (https://lex.uz/docs/1297315#1297778)

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;

sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

⚠️ Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi hamda davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#HUQUQIY_AXBOROT

#Bilasizmi

❗️Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 648 000 so‘m.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook