Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.88K subscribers
41K photos
15.6K videos
374 files
26.6K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#OLIMPIADA
#TAYYORGARLIK
🟢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida STЕM fanlari olimpiadasining hududiy bosqichiga start berilmoqda

▶️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 7-apreldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, sciyence hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari hamda o‘quvchi qizlar o‘rtasida matematika fanidan fan olimpiadalarining hududiy bosqichini tashkil etish to‘g‘risida” gi 34-AF-sonli buyurug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlari hamda o‘quvchi qizlar o‘rtasida matematika fanidan fan olimpiadalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda, Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida olimpiadani o'tkazish uchun barcha hozirliklar ko‘rilgan.

📌Sinov jarayonlari 13:00da boshlanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYYORGARLIK

🔴Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasi oldidan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda «Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini tasdiqlash, xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori tasdiqlangan edi.
🇺🇿Mazkur hukumat Farmon va Qarorlari asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 7-maydagi 146-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.

🟢Mazkur hujjatlarga ko‘ra,
➡️maktabgacha ta’limi tashkilotlarini
I. Ta’lim-tarbiya jarayoni,
II. Boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati,
III. Rivojlantiruvchi ta’lim muhiti,
IV. Jamoatchilik bilan hamkorlik,


➡️Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini
I. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi,
II. Ta’lim sifati ko‘rsatkichlari,
III. O'quv jarayonini tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi,
IV. Ta’lim ta’minoti va AKT infratuzilmasi,
V. Jamoatchilik bilan hamkorlik va targ‘ibot ishlari,
VI. Xavfsizlik
mezonlari doirasida o‘rganiladi va baholanadi.

🔰Bugun mazkur jarayonlar oldidan hujjatlar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida joriy yilning Quyi Chirchiq tumanidagi umumta’lim maktab direktor o‘rinbosarlari uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM