Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.77K subscribers
40.3K photos
15.5K videos
372 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#ANGREN_SHXTB
#14_maktab
#TADBIR


⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 14-umumiy o'rta ta'lim maktabida 5-11 sinf o'quvchilari o'rtasida 2022 yil 14-19-noyabr kunlari "Bag'rikenglik  festivali" doirasida "Bag'rikenglik mening nazdimda" mavzusida 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo'lib o'tdi. "Bag'rikeng dunyoyim" mavzusida tadbir o'tkazildi
Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan turli xalqlarning yashash tarzi, urf- odatlari, milliy liboslari, milliy taomlari haqida ma'lumotlar berdilar.Tadbirda turli millat tillarida she'rlar, qo'shiqlar va raqslar ijro  etildi.Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#43_IDUM

2022-yil 19-noyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahar 43-IDUM da boshlang'ich sinf o'qituvchilarining Xalqaro PIRLS va TIMSS tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan navbatdagi o'quv seminari o'tkazildi. Seminarda o'qish savodxonligi bo'yicha "Mamontlarning qarindoshlari-fillar" mavzusi o'rganildi. Matematik savodxonlik va tabiiy savodxonlik bo'yicha TIMSS topshiriqlari bajarildi. Seminarda Angren shahar XTB metodisti Nuraliyeva Gulnora ishtirok etdi. Xalqaro PIRLS va TIMSS  tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan maktablarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va tavsiyalar berdi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION
#21_MAKTAB

🟢 XALQARO SERTIFIKAT SOHIBI!

⚡️BAYMURATOVA IRINA VIKTOROVNA - Toshkent viloyati
Angren shahar 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

👉 Yuqoridagi farmonga asosan Baymuratova Irina Viktorovna GOOGLE FOR EDUCATION o‘quv kursini mashg‘ulotlarida faol qatnashib o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

➡️Salohiyatli o‘qituvchimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldilar.

➡️ Baymuratova Irina bugungi kun talablarini ijobiy qabul qilgan holda doimo izlanishdan charchamaydigan mahoratli o‘qituvchi hisoblanadi.

📝 Sertifikat havolasi 👇👇👇👇👇👇

https://www.credential.net/f0cef139-aa6b-4fa5-83ef-da2710bf87d5#gs.jpwd4r

👉 Bugunga kunda shahrimizda ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan pedagoglarimiz soni 3 nafarga yetdi!

📱
Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Angren_SHXTB
#14_maktab
#XUSHXABAR

⚡️2022 yil 16-dekabr kuni Sportning "O'zbek jang san'ati" turi bo'yicha Qozog'iztonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan Angren shahar 14-maktabning 2"G"-sinf o'quvchisi Suyunov Jasurbek faxrli 2-o'rinni egallab, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Jasurbekga yuksak marralarni egallashda mativasiya bergan, qo'llab-quvvatlagan ota-onasi, murabbiysi va ustoziga rahmat.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Angren_SHXTB
#100_foizlik_natija

⚡️Angrenlik Yuliya Vladimirovnaning yuksak natijalari.

🟢Xabaringiz bor, bugun Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari javoblari DTM tomonidan e’lon qilindi. Biz ushbu testlardan Angren shahridagi 33-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi  Sisoyeva Yuliya Vladimirovna yuqori natija ko‘rsatdi.



📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#Kun_xabari
#Sayohat


📖 Bugun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig'ilishining 298-son Bayoni "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida "Yangi yilda-Yangi O'zbekiston bo'ylab sayohat" tadbirini tashkil etish va o'tkazish maqsadida
Angren shahar XTB ga qarashli  umumta'lim maktablari iqtidorli 7-11-sinf o'quvchilari uchun Olmaliq shahridagi "O'lkashunoslik" muzeyiga sayohat uyushtirildi so'ngra Ohangaron tumanidagi Shoabdumalik ota ziyoratgohini ziyorat qilishdi hamda Nurafshon shahridagi Davr restoranida tushlik qilindi va Nurafshon shahridagi "Smart city" hududidagi yangi yil archasi tadbirida ishtirok etishdi. Sayohat davrida o'quvchilar bir olam taassurotlar bilan hamda ko'tarinki kayfiyatda qaytishdi

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#XUSHXABAR

📖Tanishing Xolboyev Axror Vali o‘g‘li Toshkent viloyati Angren shahar 22-umumiy o'rta ta'lim maktabning 11-B sinf o‘quvchisi, Xalqaro "DUOLINGO" "SAT" sertifikatlarini yuqori ball bilan qo‘lga kiritib, vatanimiz sha’nini munosib himoya qildi, u 10- sinfda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq "IELTS" xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan, xozirda esa maktab partasidayoq talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Amerikaning nufuzli top unversitetlariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, ustozlari ishonchini  oqladi .

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#8_MAKTAB
#KUN_QAHRAMONI
#KASBIM_FAXRIM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-mart kunidagi "Ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq , "Research and publications" ilmiy nashrlar markazi tomonidan konferensiya e'lon qilingan edi.Joriy yilning 6-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida konferensiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Marosimda Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sattarova Maqsuda Radjabovna "Ta'lim tizimida innovatsion yondashuvlar.Muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy ishi bilan ishtirok etdi va ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib , bir ovozdan ma'qullandi va "Ta'lim Fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Ustozimizga keyingi tanlovlarda ham omadlar tilaymiz.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#JARAYON

⚡️ O‘tgan 2022 yilda Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimida “Tashabbusili byudjet” loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, hududlardagi ta’lim muassasalarida sport va faollar zallari ta’mirlandi, oshxonalar qurildi. Shu bilan birga, maktab sinf xonalari axborot texnologiyalari, elektron doskalar bilan ta’minlandi.
Xuddi shunday
Angren shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabi ham mazkur loyihada ishtirok etib, 183 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu mablag‘ evaziga o‘tgan yilning dekabr oyida maktabni isitish tizimini yanada yaxshilash maqsadda 3 dona isitish qozonlari xarid qilinib, o‘rnatildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyoti va moliya vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev hamda
Angren shahar hokimi Alisher Raimovlar mazkur maktabda bo‘lishib, maktab faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar taqsimotini o‘rgandi.
#ANGREN_SHXTB
#XUSHXABAR


⚡️🌺 2023-yil 28-yanvar kuni Toshkent viloyati
Angren shahar XTB ga qarashli 16-umumiy o'rta ta'lim maktab 3"V"-sinf o'quvchisi Fayzullayeva Nilufar Respublikada Ashihara-Karate sport turi bo'yicha "Sharq malikasi" tanlovida faxrli III - o'rinni egalladi.
Sportchimizning yutuqlari davomli bo'lsin.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB

⚡️ Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, Angren shahar IIB boshlig‘i Abid Aripovlar so‘zga chiqdilar va bugungi kunda yurtimizda yoshlar masalasi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga yanada e’tibor kuchaytirilganini alohida e’tirof etdilar.

📌Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlarida oiladagi muhitning ta’siri xususida so‘z yuritildi.

📖Seminarda shahar IIB boshlig‘i Abid Aripov joriy yilning to‘rt oyi voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularning sabab, omillarini tahlil qildi. Eng achinarlisi, huquqbuzarliklar asosan maktabdan tashqari, o‘quvchi ota-ona qaramog‘i davrida bo‘lgan vaqtda sodir etilgan. Har qanday huquqbuzarlik va jamichtga yot illatni barvaqt jilovlash asosan oila,  maktab va mahalla,  ichki ishlar idorasining hamkorliklari orqali erishish mumkinligi xususida  ham fikr  bildirdi.
#USTOZLAR_MILLIY_FORUMI
#ANGREN_SHXTB

⚡️Angren shahrida “Ustozlar Milliy forumi” doirasida shoʻba yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

💥 Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent  viloyati Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun “Ustozlar Milliy forumi”  yo‘nalishlar bo'yicha shoʻba yig‘ilishlari  4-IDUMda o‘tkazildi.

⭐️ Shoʻba yig‘ilishlarida “Ustozlar Milliy forumi”da viloyatdan ishtirok etgan trener o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta'limi direktorlari, fan o‘qituvchilari, Maktabgacha ta'lim metodistlariga kerakli ma’lumotlarni taqdim etishdi.

👉 Har bir shoʻbada o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. 2023-2024 o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish va amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi


📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB

RASMIY MUNOSABAT
 
Joriy yilning  28-sentabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ANGRENDA BOLALAR ZAXARLANGANI UCHUN ODDIY XODIMLAR JAZOLANDI deb tarqalagan ma'lumotiga munosabat bildiradi.

   Ushbu tanqidiy material yuzasidan shuni ma'lum qilamizki murojaatchilar Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi  tasarrufidagi 10-DMTT xodimlari nomidan yozilgan ushbu ma'lumotlar hech biri  tasdiqlanmaganligi va  hozirgi kunda 10-DMTT SEO va JSBning "Taqiqlash, to'xtatib qo'yish to'g'risida'' gi 11-sonli qarori asosida  tashkilot ish faoliyatini to'xtatish to'g'risidagi Angren shahar Maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limining  buyrug'i chiqazilish uchun tegishli xujjatlar taqdim etilganligi va shu  asosida DMTT vaqtincha  ish  faoliayati to'xtatilgani. Hozirgi kunda tergov ishlari  davom etmoqdaligi, aybdorlar hali aniqlanmaganligi hamda sababsiz hech bir xodimning oylik maoshidan ushlab qolinmaganligini ma'lum qilamiz.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#4_IDUM
#OLIMPIADA

⚡️Bugun Angren shahar 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichiga START berildi. Olimpiada O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi hamda Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Nuriddinov Sarvar Ro'ziboyevich olimpiadada o'quvchilarga samimiy tilaklarni bildirdi so'ngra o'quvchila nazoratchilar bilan birgalikda olimpiada uchun tayyorlangan xonalarga kiritildi. Olimpiada jarayoni davom etmoqda.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB

⚡️Ayni damda Toshkent Viloyati Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 39-umumta'lim maktabida "kasbga yo'naltirish bo'yicha" seminar bo'lib o'tmoqda.
📌Barchani ushbu tabdirga taklif etamiz.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt