Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.88K subscribers
41.1K photos
15.6K videos
374 files
26.6K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
📍#Chinoz tumani
📘
#Seminar

Joriy yilning 3-may sanasida Chinoz tumani 40-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida maktablarning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va maktablarning amaliyotchi psixologlari uchun O‘QUV-SEMINAR bo‘lib o‘tmoqda.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇

https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Seminar
🔰Umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish istiqbol rejalari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda

O‘quv-seminari Zangiota tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar boshlanishidan oldin seminar ishtirokchilari Zangiota ziyoratgohi bo‘lishdi.

Ziyorat yakunlangach o‘quv-seminari tumandagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom etdi. O‘quv-seminarida kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruza tinglandi va taqdimot namoyish etildi. Ma’ruza davomida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik hamda milliy urf-odatlar ruhida tarbiyalash haqida gapirildi. Ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid suhbat tashkil etildi.

➡️Seminar ishtirokchilari 38-maktabda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish choralari koʻrilmoqda


Toshkent tumani 18-umumtaʼlim maktabida maktablarda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yo'nalishida seminar oʻtkazildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish istiqboldagi rejalar" mavzusida tashkil etilgan seminar trening joriy yil 3-4-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda tumandagi barcha maktablarning Madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixologlari, tarbiya fani oʻqituvchilari sinf rahbarlari CHQBT fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
🔰Direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv
seminar tashkil etildi.

🖇Toshkent viloyati Ohangaron tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo‘linmasi , tuman Milliy gvardiya bo‘limi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

🖇O‘quv-seminarda mas’ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma’naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g‘oya va yangi ma’naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni", "Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O‘zbek jadid ziyolilari" mavzularida o‘quv-darslari o‘tkazildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Seminar

Kuni kecha Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, shifokor, hamshira va tadbirkorlar ishtirokida o‘quv ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarning “Umumta’lim maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonalariga keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar”, “O‘quvchi va tarbilanuvchilarning kunlik ovqatlanish me’yorlar, taomnomalar bo‘yicha ovqatlantirish metodikasi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, Chirchiq shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mas’ullari tomonidan “Qutirish va kuydirgi alomatlari va uning oqibatlari”, “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzularidagi ma’ruzalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Ilmiy-amaliy seminar Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Toshkent viloyati San-EPID boshqarmasi Chirchiq shahar bo‘limi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#SEMINAR
🔼#TADORIK
🌈OROMGOHLAR – BOLALARNI CHORLAYDI

➡️Ayni kunlarda respublikamiz umumta’lim maktablarida bolajonlarning yozgi ta’tillarini maroqli va esda qolarli qilib o‘tkazish maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda.

🔴Jumladan, bu yilgi ta’tilda viloyatimizda 5 ta statsionar oromgoh va 148 ta sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda jami 34 ming 427 nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

➡️Kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mamatqulov boshchiligida seminar trening tashkil etildi.
“Oromgohlar bolalarni chorlaydi” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda maktablarda tashkil etilayotgan sog‘lomlashtirish maydonchalari hamda shaharorti oromgohlar rahbarlari, tuman(shahar) ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha sho‘ba rahbarlari ishtirok etdi.

➡️O‘quv-seminar dasturi doirasida oromgohlarga biriktirilgan pedagog-xodimlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Oromgohlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni mazmunli sog‘lomlashtirish va dam oldirishni tashkil etish, oromgohlarda tashkil etiladigan kutubxonalarni lotin yozuvidagi badiiy, ijtimoiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

➡️Muddatli o‘quv-kursi yakunida tinglovchilarga viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, o‘quv-reja va dasturlari tarqatildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Psixologlar uchun
seminar

Toshkent tumanida jami 32 nafar psixologlar uchun
seminar-trening oʻtkazildi.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining yillik ish rejasi asosida Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi psixologlar uchun tashkil qilingan oʻquv davomida  “Kasbiy toliqish - surunkali stress”, "Professional toliqish sindromi bosqichlari” hamda "Tarbiyachi, ota-ona va tarbiyalanuvchilar, munosabatlar tizimi, muloqotining modellari" mavzulari keng yoritildi.

✍️ Seminar yakunida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

❗️ Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshevning:

korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish;

ushbu jarayonlarga keng jamoatchilik vakillarini jalb etish;

sohada byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish
mavzulariga doir maʼruzasi tinglandi.

👉 Oʻquv-seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🔰MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA FAOLIYAT BRITUVCHI HAMSHIRALAR UCHUN SЕMINAR O‘TKAZILDI
📍Toshkent tumani

💎Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, shuningdek tarbiyalanuvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

💎Maktabgacha ta’lim tizimida sog‘liqni saqlash xizmatlarining sifatini oshirish, tibbiyot yordami xizmatlari bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent tumani 12-DMTTda hamshiralar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

💎Seminar davomida ishtirokchilar tarbiyalanuvchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya etishlari zarurligi hamda sog‘lom turmush tarzini hayotga tatbiq etish to‘g‘risida ma’ruza va videoroliklar bilan tanishdilar.

💎Seminarda Toshkent tumani MMTB sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish metodisti M.Tairova, 12-DMTT direktori Sh.Daminova hamda Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari ishtirok etishdi.

💎Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN


🏢 Toshkent viloyati Bo‘ka tumani MMTB tasarrufidagi umumta’lim maktablari uchun MMIBDO‘ ishtirokida "Ta’lim tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.

⚡️ Seminarda Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis R.Qo’shboyev mamlakatimizda davlat tomonidan ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

⚡️ Bo‘ka tumani Milliy gvardiya bolalar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektor psixolog Sh.Ergashev, Sh.Davranov, S.Tajibayevlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ota-onaning farzand tarbiyasidagi ma’suliyatini oshirish borasida so‘z yuritdi.

⚡️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bo‘ka tuman bo‘linmasi rahbari Ch.Аbdurasulova tarbiyaviy ishlarni tizimli, zamonaviy yondashuvlar asosida olib borishni tavsiya qildilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook