Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.88K subscribers
41K photos
15.6K videos
374 files
26.6K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
🖐Besh tashabbus olimpadasi: Chinozda stol tennisi musoboqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Chinoz tumani "Birlik" mahallasida joylashgan 13-sonli umumta'lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi doirasida” sportning "Stol tennis" turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib bunda:

11-15 yosh toifa bo‘yicha (o‘g‘il bolalar)
Abdurahmonov Artiq (Ko‘tarma MFY)
11-15 yosh toifa (qiz bolalar)
Djonuzoqova Ayjan (Ko‘tarma MFY)

16-21 yosh toifa bo‘yicha (o‘g‘il bolalar)
Bularov Artur (Birlik MFY)
16-21 yosh toifa (qiz bolalar)
Zaynitdinova Sarvinozch (Sutchilar MFY)

22-26 yosh toifa bo‘yicha (Erkaklar)
Shomurodov Asadbek (Eshonobod MFY)
22-26 yosh toifa (ayollar)
Xasanova Feruza (Birlik MFY)

27-30 (Erkaklar)
Toshpolatov Olim (G‘ayrat)
27-30 (Ayollar)
Abduvayitova Ziyoda (Birlik)

Musobaqa davomida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘smir yigit-qizlar viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

👉 @Chinoz_yoshlar - энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг!
57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar o'quvchimizdan 7 nafari medallar bilan qaytmoqda. 21 ta davlatdan 113 nafar iqtidorli o'quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiada g’oliblari orasida o’zbekistonlik o‘quvchilarimizning borligi har bir insonda faxr tuyg’usini uyg’otishi shubhasiz.

O‘quvchilarimiz Azizbek Nazarov, Abdullox Maxmudov, Sohibjon Dilmurodov,
Daler Rahimov,
Azizbek Karimov,
Azizbek Xafizov, Shaxzoda Xakimovalar musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

Xalqaro maydonlarda farzandlarimiz qo’lga kiritayotgan g’alabalar yurtimizda ilm-fanga berilayotgan e’tiborning natijasidir.

Fursatdan foydalanib, g'alaba bilan o'quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etaman va nufuzli olimpiadalardan ham yuksak yutuqlar bilan qaytishlarini tilab qolaman!
⚡️Siz iqtidorlimisiz? Xalqaro tanlovlar g'olibi bo'lishni xohlaysizmi?

❗️ Robototexnika bo'yicha saboqlar olish bilan birgalikda, respublika musobaqalarida qatnashishga nima deysiz?

📆Unda 11-12-13-may kunlari bo'lib o'tadigan "Raqamli avlod IT FESTIVALI" aynan siz uchun!

Festival doirasida:

▶️ 11- may kuni: Xalqaro dasturlash olimpiadalari uchun tayyorlovoldi DG Contest Respublika musobaqasi bo’lib o’tadi (Ushbu tanlovda faqat maktab o'quvchilari qatnashishlari mumkin);

✅️12-may kuni:
🔹️RoboSumo;
🔹️Robofutbol;
🔹️Robolabirint;
🔹️Hakaton,
ya’ni dunyo bo'yicha eng katta robototexnika musobaqasiga tayyorlov jarayonlari (Word skills) o’tkaziladi (yosh toifasi esa, 10-25 yosh etib belgilangan).

📆13-may kuni:  barcha IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun xalqaro toifadagi spikerlar ishtirokida “Women Techmakers” seminar treninglari, “IT”, “Robototexnika”, “VR” va “Game” maxsus zonalari tashkil etiladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish va tanlovlar bo'lib o'tadigan manzillar haqida ma'lumot uchun:
https://reg.raqamliavlod.uzя
#Xotira

🇺🇿 Xotira aziz-qadr muqaddas

💫Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 23-umumtaʼlim maktabidagi Madaniyat saroyida 9-may -"Xotira va qadrlash kuni" bayrami keng nishonlandi.

Tadbirga Davlat xavfsizlik xizmati 9231-harbiy qism xodimlari va isteʼfodagi faxriylari, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi maʼnaviy maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻba rahbari M.Toirova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent tumani boʻlimi bosh mutaxassisi F.Bekboltayeva va  faxriy ustozlar taklif etildilar.

👉Batafsil

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида
Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар, суд ва ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ҳамда жамоатчилик фаоллари билан референдум якунларига бағишланган учрашув бошланади.

Скоро с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется встреча с главами палат Олий Мажлиса, политических партий, органов судебной и исполнительной власти, а также представителей общественности, посвященная итогам референдума.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo'lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi.

Qadrli hamyurtlar!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan siz azizlarga, qadrli urush va mehnat faxriylariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik, dasturxonlaringizga to’kinlik hamda barcha ezgu niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlaringizda zafar hamisha yor bo’lsin!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Gʻalaba bog‘ida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘yishdi.

📍 Gʻalaba bog‘ida tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, ular ham majmua poyiga gullar qo‘yishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Taʼlim

💫Iqtidorli yoshlar yurt kelajagi

🌟Toshkent tumani  "Barkamol avlod " bolalar maktabining  iqtidorli o'quvchilaridan yana bir natija Madina Abduqayumova hamda Mubina Egamberdiyevalar "Barkamol avlod yulduzlari" Respublika onlayn ko'rik - tanlovining faxrli 🥇1- va 🥉 3- o'rinlarni egalladilar .

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Nilufar Ubaydullayeva to'garak a'zolariga kelajakda yurtimiz nomini dunyolarga tanitadigan inson bo'lib yetishishlarida ulkan zafarlar tiladilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституциясини амалга ошириш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍https://uza.uz/posts/481029

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Butunjahon ta‘lim forumi doirasida ta‘lim vazirliklari delegatsiyalari bilan uchrashdi

Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#DGContest
#Final

⚡️⚡️Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichiga oz qoldi!

✔️ Musobaqaning final bosqichi ertaga, 11-may kuni soat 12:00 da bo’lib o’tadi.

📍Manzil:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.

👉 Ma’lumot uchun, tanlovning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, 2-bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan ishtirokchilar ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/DG-Contest-05-09

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#SEMINAR

“YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH MAYDONCHALARI” FAOLIYATINI YUZASIDAN

📌Toshkent viloyati MMTB tasarrufidagi maktablarda 2023-yil yozgi dam olish mavsumida 138 ta “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” tashkil etish rejalashtirilgan .

📌Quyi Chirchiq tumanidagi Barkamol avlod maktabida “sog‘lomlashtirish maydonchalari”ning ish faoliyatini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazsih bo‘yicha viloyat seminari tashkil etildi.

🔺O‘quvchilar qo‘l mehnatidan iborat ko‘rgazmalar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

🔘Ko‘ngilochar taqdimotdan so‘ng tuman va shahar MMT bo‘limi mutaxasislariga hamda sog‘lomlashtirish maydonchalar rahbarlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”ga viloyatdagi jami 18 448 nafar o‘quvchi yoshlar qamrab olinadi. Bu yerda sport, san’at, madaniyat, fan va IT texnologiyalari to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.