Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.18K subscribers
41.2K photos
15.6K videos
374 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGIMAKTAB
🔰ZAMONAVIY MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir.
Bugun ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar tufayli o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyi oshib bormoqda. Mamlakatimiz bo‘ylab zamon talablari darajasidagi maktablar qurilib, mavjudlari tubdan ta’mirlanmoqda. Farzandlarimiz esa dunyo shohsuparini egallamoqda.
Joriy yilning 2-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanining “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

🖊Toshkent viloyati XTB matbuot xizmati
#YANGIMAKTAB
🔰ZAMONAVIY MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️Yangi maktabda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan bolajonlarning bugun quvonchi cheksiz. Avval xabar berganimizdek Bo‘stonliq tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3-son umumta’lim maktabi mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamona talabiga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlanib, foydalanishga topshirildi. Maktab ochilishini intiqlik bilan kutgan bolajonlar o‘zlarining ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil qilishdi. Undan tashqari “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida mazkur maktabda tahsil olib, bugungi kunda nufuzli idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar maktab kutubxonasiga kitoblar hadya qilishdi.

🖊Toshkent viloyati XTB matbuot xizmati