ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.08K subscribers
7K photos
858 videos
4 files
6.62K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Huquqiy_mahalla

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan,  tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, YUXKM xodimlari tomonidan Yuksalish mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib, “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar ham berib borilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Yuqori Chirchiq tumani Ittifoq mahallasida ham “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Mazkur mahallada 660 ta xonadonda 2 ming 575 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda adliya bo‘limi xodimlari va “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.   

Ayni kunda  yuzdan ziyod xonadonda o‘rganish o‘tkazilib, 70 ga yaqin huquqiy maslahat berildi. Xodimlar tomonidan 50 ta anketa to‘ldirildi. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Aholiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar ham berib borilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Nurafshon shahar adliya bo‘limi va “Madad” NNT xodimlari ishtirokida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari doirasida Yangiobod mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida “мahalla yettiligi” aʼzolari bilan mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, aholi tomonidan bildirilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari “Huquqiy mahalla” platformasiga kirim qilinib, ish yurituvga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan   davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Bekobod tuman adliya bo‘limi tomonidan markazdan 55 chaqirim olis hudud, Achamayli mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.


Qabul davomida aholining mehnat qonunchiligi, yoshlar va xotin-qizlarning huquqlari hamda ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, subsidiya olish kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Elektron_onlayn auksionlar” orqali yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilayotgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnomalar topshirilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Ohangaron shahar adliya bo‘limi va shahar Xalq qabulxonasi hamkorligida  Baxt mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida sayyor qabul hamda “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.                                                                        

Sayyor qabulga shahardagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari jalb etilib, aholining mehnat qonunchiligi, subsidiya olish, xotin-qizlarning huquqlari hamda ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya