Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Statistika

📢 O‘zbekistonda 2 nafar bolali oilalar soni eng ko‘p ulushni tashkil etadi

🇺🇿 Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etdi.

‼️ Shundan:

🔴 - bir bolalilar 22,8 %;


🔴 - ikki bolalilar 26,2 %;


🔴 - uch bolalilar 18,1 %;


🔴 - to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,6 %.

❗️ Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.

Toshkent tumani statistika bo'limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

💫Shahar va tumanlar qaysi toifaga kiradi?

🎈Prezident farmoniga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistondagi barcha — 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

⭐️Tuman va shaharlarning qaysi toifaga mansubligini quyidagi ro‘yxatdan ko‘rishingiz mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1-toifa: mavjud emas
2-toifa: Nukus shahri va Qo‘ng‘irot tumani;
3-toifa: Beruniy, Qorao‘zak, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Ellikqalʼa;
4-toifa: Amudaryo va Nukus tumanlari;
5-toifa: Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Shumanay.

Toshkent shahri
1-toifa: barcha tumanlar.

Andijon viloyati
1-toifa: Andijon shahri;
2-toifa: Andijon, Asaka va Shahrixon tumanlari, Xonobod shahri;
3-toifa: Baliqchi, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Oltinko‘l va Xo‘jaobod;
4-toifa: Jalaquduq, Izboskan, Marhamat va Paxtaobod;
5-toifa: Bo‘ston va Ulug‘nor.

Buxoro viloyati
1-toifa: Buxoro shahri;
2-toifa: Kogon shahri, Kogon, Qorovulbozor va Romitan tumanlari;
3-toifa: Buxoro, G‘ijduvon va Qorako‘l tumanlari;
4-toifa: Vobkent, Jondor, Olot, Peshku, Shofirkon;
5-toifa: mavjud emas

Jizzax viloyati
1-toifa: Jizzax shahri;
2-toifa: G‘allaorol;
3-toifa: Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Sharof Rashidov;
4-toifa: Baxmal, Yangiobod;
5-toifa: Arnasoy;

Qashqadaryo viloyati
1-toifa: Qarshi shahri;
2-toifa: Shahrisabz shahri, G‘uzor, Kitob va Shahrisabz tumanlari;
3-toifa: Kasbi, Koson, Ko‘kdala, Qarshi, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlari;
4-toifa: Qamashi, Mirishkor, Muborak, Nishon;
5-toifa: Dehqonobod.

Navoiy viloyati
1-toifa: Navoiy shahri;
2-toifa: Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor va Uchquduq tumanlari;
3-toifa: G‘ozg‘on, Qiziltepa, Nurota;
4-toifa: Konimex, Xatirchi;
5-toifa: Tomdi.

Namangan viloyati
1-toifa: Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari;
2-toifa: To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on;
3-toifa: Kosonsoy, Namangan, Pop, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
4-toifa: Norin;
5-toifa: Mingbuloq.

Samarqand viloyati
1-toifa: Samarqand shahri;
2-toifa: Jomboy, Samarqand va Toyloq tumanlari;
3-toifa: Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Ishtixon, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Urgut tumanlari;
4-toifa: Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Paxtachi, Payariq;
5-toifa: Qo‘shrabod.

Sirdaryo viloyati
1-toifa: mavjud emas
2-toifa: Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo tumani;
3-toifa: Yangiyer shahri, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari;
4-toifa: Boyovut, Guliston, Sayxunobod va Xovos tumanlari;
5-toifa: Sardoba.

Surxondaryo viloyati
1-toifa: Termiz shahri;
2-toifa: Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlari;
3-toifa: Angor, Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo;
4-toifa: Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi;
5-toifa: Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy.

Toshkent viloyati
1-toifa: Ohangaron va Chirchiq shaharlari;
2-toifa: Angren, Bekobod, Nurafshon, Olmaliq va Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Quyichirchiq, Toshkent, Chinoz va Yuqorichirchiq tumanlari;
3-toifa: Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlari;
4-toifa: Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlari;
5-toifa: mavjud emas

Farg‘ona viloyati
1-toifa: Farg‘ona shahri;
2-toifa: Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Buvayda tumani;
3-toifa: Quvasoy shahri, Beshariq, Bog‘dod, Dang‘ara, Quva, Qo‘shtepa, Oltiariq, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston, Uchko‘prik va Farg‘ona tumanlari;
4-toifa: Furqat;
5-toifa: So‘x, Yozyovon.

Xorazm viloyati
1-toifa: Urganch shahri;
2-toifa: Bog‘ot;
3-toifa: Xiva shahri, Gurlan, Tuproqqalʼa, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Shovot tumanlari;
4-toifa: Qo‘shko‘pir, Xiva va Yangibozor tumanlari;
5-toifa: Yangiariq.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

📊Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 798,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

2023- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 798,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 70,5 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvardekabr oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (411,9 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (392,0mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (350,5 mlrd. so‘m), Qibray tumani (337,8 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (315,2 mlrd. so‘m), Angren shahri (294,8 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq (258,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti qanchaga o‘sdi?

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Viloyatda kichik biznes sub’yektlarining soni qanchaga yetdi? Eng koʻp qaysi tumanlar hissasiga toʻgʻri keladi?

Toshkent viloyatida shu yilnig hozirgi kunda faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes sub’yektlari 39 ming 293 ta va oʻsish sur’ati 86,3 foizga yetdi.

Hududiy kesimida eng koʻp kichik biznes subektlari:

Zangiota tumanida 4468 ta sub’yekt;

Qibray tumanida 3548 ta;

Toshkent tumanida 2919 ta sub’yekt faoliyat koʻrsatmoqda;

Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes sub’yektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilgʻor faoliyat yuritmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Viloyatda tibbiyot sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni qanchaligini bilasizni?

  2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 866 tani tashkil qildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki:     

- 94,5 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
    
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni  jamiga nisbati 3 foiz; 

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,6 foizni tashkil etаdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Joriy yilda viloyatda qancha don va dukkakli don yetishtirildi?

☑️2023– yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 353,2 ming t. don va dukkakli don ishlab chiqarildi.
☑️2022– yilning yanvar – iyuniga nisbatan 19,8 % ga ko‘p ishlab chiqarildi.
☑️Don va dukkakli don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 58,5 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Joriy yilda viloyatda qancha sabzavot yetishtirildi?

Toshkent viloyatida 2023- yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 347,3 ming tonna sabzavot yetishtirildi.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich, 3 foizga oshganligini koʻrish mumkin.

Sabzavot yetishtirish koʻrsatkichlari xoʻjaliklar toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, 90 foizga yaqinini dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Viloyatda yalpi hududiy mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda

2023- yillarning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish hajmi 48 194,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

shu jumladan:

🔘 tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati - 46 396,9 mlrd. so‘m

🔘 mahsulotlarga sof soliqlar - 1 797,6 mlrd. so‘m

1.Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati - 46 396,9 mlrd. so‘m

🔘 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 8 894,1 mlrd. so‘m

🔘 sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) - 25 094,4 mlrd. so‘m

🔘 sanoat 22 270,4 mlrd. so‘m

🔘 qurilish - 2 824,0 mlrd. so‘m

🔘 xizmatlar - 12 408,4 mlrd. so‘m

🔘 savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 3 087,8 mlrd. so‘m

🔘 tashish va saqlash, axborot va aloqa - 2 303,9 mlrd. so‘m

🔘 boshqa xizmat tarmoqlari - 7 016,7 mlrd. so‘m


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Statistika

📊Toshkent tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi

⚡️2023- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1299.1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 foizni tashkil etdi.

Shu jumladan:

🔺Yirik korxonalar – 194,6 mlrd. so‘m

🔺Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 1104,5 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:

🔸Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 6,7 mln. so‘m

🔸Uyushmagan savdo aylanmasi – 20,7 mlrd. so‘m

🔸Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 34,9 mlrd. so‘m

🔸Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 2178,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

♻️Toshkent tumani statistika bo'limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

📊Toshkent tumanida joriy yil yanvar-avgust oylarida xizmatlar hajmi qanchaga o'sdi?

📹Batafsil videoda
.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#statistika

Toshkent viloyatida savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar nechta?

2023-yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, viloyatda savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 331 tani tashkil etdi. Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilar:

➡️Zangiota tumani – 2036 ta
➡️Qibray tumani – 1141 ta
➡️Toshkent tumani – 1052 ta
➡️Chirchiq shahri – 895 ta

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Statistika

Toshkent viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?


2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 25 335,5 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga o‘sdi.

👉BATAFSIL...

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Statistika

📝 2023-yilda respublika bo'yicha 283 788 ta nikoh qayd etilgan.

👫Shuningdek, 968 140 nafar bolaning tug'ilishi qayd etilgan bo'lib, shundan 501 577 nafari o'g'il bolalar, 466 563 nafari qiz bolalar hissasiga to'g'ri keladi.

Batafsil infografikalarda

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Statistika

Aholini ro‘yxatga olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzalligi nimada


Aholini ro‘yxatga olish mamlakat aholisining aniq sonini, aholi tarkibi va uning yashash sharoitlari haqidagi maʼlumotlarni bilish imkonini beradi. Asosiysi, bu natijalarni turli xil umumlashgan, shaxssizlantirilgan jadvallarda aks ettirish mumkin va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlari bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.

Bu avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi. Ushbu maʼlumotlar aholining istiqbolli hisob-kitoblari va yaqin yillardagi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning asosiy xarakteristikalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Statistika

Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

2024-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 584 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 811 ta. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 373 ta
Toshkent tumani – 306 ta
Qibray tumani – 302 ta
Chirchiq shahri – 299 ta


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Toshkent tumanida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi


2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent tumanida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi jami 70,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi +60,4 foizga to‘g‘ri keldi.

Hududning ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami xizmatlardagi ulushi 7,0 foiz bo‘ldi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Toshkent tumanida nechta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda?


⚡️2024- yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent tumanida 2 948 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, shundan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 343 taga yetdi. Bundan tashqari 2 653 ta tadbirkorlik subyektlari va 2 635 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tumanda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlari soni 201 taga yetdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Toshkent tumanida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi


2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent tumanida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi jami 70,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi +60,4 foizga to‘g‘ri keldi.

Hududning ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami xizmatlardagi ulushi 7,0 foiz bo‘ldi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Aholini roʻyxatga olish jarayonida toʻplangan maʼlumotlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllanishidagi ahamiyati.

Dunyodagi har bir mamlakat, oʻzining aholisi va uning yashash holati boʻyicha ishonchli maʼlumotga ega boʻlish maqsadida muntazam ravishda aholini roʻyxatga oladi. Koʻpchilik mamlakatlarda bu jarayon har besh yoki oʻn yilda amalga oshiriladi.

Aholini roʻyxatga olish bizga nima beradi?

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM