Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.29K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#4sektor
#kuz_qish

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun, Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev boshchiligida ishchi guruhi vakillari tegishli mas’ullar bilan birgalikda Oltintepa mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tashkilot va muassasalarning obodonlashtirish holati, isitish tizimlari yaroqlilik darajasi, ko‘mir zaxiralari yaratilganlik ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va takliflar berildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi bo’yicha mahalladagi iqlim sharoitiga mos daraxt ko’chatlari ekish bo’yicha topshiriqlar berildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website