Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

May qishlog‘iga olib boruvchi yo‘l abgor holatga kelib qolganligi yuzasidan


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani ichki yo‘llari, xususan May qishlog‘iga olib boruvchi yo‘l abgor holatga kelib qolganligi haqida xabar tarqalgan edi.


Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Videoda aks etgan yo‘l haqiqatdan ham abgor holatga kelib qolgan, sababi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan qatnovchi yuk mashinalari, mazkur avtomobil yo‘lidan doimiy ravishda foydalanadi.

Shuningdek,  avtomobil yo‘li Qibray tumani Madaniyat mahallasiga qarashli bo‘lib, ushbu yo‘lga Qibray tumani Avtomobil yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xizmat ko‘rsatadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Farzandlaringizni ehtiyot qiling
!

Joriy yil 3-iyun kuni Toshkent tumani Uchsada mahallasida yashovchi 2017 yilda tugʻilgan F.Furqatov, bogʻchadan qaytganidan soʻng, ehtiyotsizlik oqibatida xonadonining orqa hovlisidan oqib oʻtadigan "Zaxariq" kanalida oqib ketganligi haqida xabar tarqalgan edi.

Toshkent tumani Favqulodda Vaziyatlar boʻlimi xodimlari voqea sodir boʻlgan kundan boshlab 6 yasharlik bolani qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Biroq, suv juda sovuq boʻlganligi va tez oqqanligi natijasida bolani qidirish ishlari toʻxtatilib, "Zaxariq" kanalidan oqib oʻtuvchi suvni to'xtatishga ehtiyoj tugʻilgan.

"Zaxariq" kanali qoʻshni Qozogʻiston Respublikasining ikkita tumani, Toshkent tumanining ikkita mahallasi va Qibray tumanining biri nechta mahallalarini suv bilan taʼminlashi munosabati bilan ushbu kanalni yopish ishlari choʻzilgan. Buning uchun Toshkent tumani hokimi nomidan Toshkent viloyati hokimiga va soʻng suv xoʻjaligi Vazirligiga xat bilan murojaat qilingan. Oʻz oʻrnida xalqaro munosabatlar bilan bogʻliq vaziyat yuzaga kelganligi sababli, vazirlik Qozogʻiston Respublikasiga xat bilan murojaat qilgan va 7-iyun kun "Zaxariq" kanali suvini nisbatan kamaytirib turishga ruxsat berilgan.

Shu kuni kechasi soat 2:00da F.Furqatov uyidan 400-500 metr uzoqlikdagi masofadan topilgan. Bola kanal qirgʻogʻidagi daraxtga qisilib qolgan boʻlgan.

O'z o'rnida Toshkent tumani hokimligi, barcha ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini katta kanal oldida qarovsiz qoldirmasliklarini iltimos qiladi va farzandidan ayrilgan oilaga sabr-toqat tilab, chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Fuqarolar nimadan norozi?

Toshkent tumani Fayziobod mahallasi, Keles yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning videomurojaati yuzasidan:

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Salomatlik yoʻlakchasining uzunligi qancha?

Toshkent tumani markazidagi "Salomatlik yoʻlakchasi" haqida yozmagan, gapirmagan va fikr bildirmagan odam qolmadi.

Aslida ushbu "Salomatlik yoʻlakchasi" pudrat tashkilot tomonidan qurilgan va yoʻlakchaning buyurtmachisi Toshkent viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hisoblanadi. Obyekt toʻliq bitkazilmaganligi va unda kamchiliklar bisyor boʻlganligi munosabati "Salomatlik yoʻlakchasi" Toshkent tumani hokimligi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.

Biroq, obyektning shu ahvolga kelishiga oʻsha hududda istiqomat qiluvchi aholi va tadbirkorlarning befarq ekanligi ham sabab boʻlgan, desak xato qilmagan boʻlamiz.

Tuman umumiy uyimiz! Har qanday obyektning yaxshi saqlanishi yoki yaroqli muddati uzoq boʻlishi atrofdagilarning unga boʻlgan munosabatiga ham bog'liq bo'ladi.

📹Batafsil Azizbek Halilov lavhasida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#RASMIY_BAYONOT

“Antistrumin” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat-protsessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayollar qamoqqa olinganligi haqidagi maʼlumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda. 

Tarqatilayotgan ushbu maʼlumotlar tergovning obʼektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugagunga  qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

🌐 Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_bayonot

CHIQINDIDAN QARZDOR ISTE’MOLCHILAR ELEKTR ENERGIYASIDAN UZILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “1-noyabrdan "musor"dan qarzi borlar tо‘liq elektrdan uzilishi haqida xabarlar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabarni о‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lum bо‘lishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek Agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini haqida xabar bergan.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda notо‘g‘ri talqin qilinishi natijasida kо‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan isteʼmolchining chiqindi boʼyicha qarzdorlik boʼyicha ogohlantirilgandan keyin toʼlov qilmagan shaxslarning elektr uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bо‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Shu о‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM