Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси билан Қирғиз Республикаси ўртасидаги давлат чегарасининг алоҳида участкалари тўғрисидаги шартнома ҳамда Андижон (Кампиробод) сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш тўғрисидаги битимни ратификация қилишга оид қонунларни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал законы о ратификации Договора между Республикой Узбекистан и Кыргызской Республикой об отдельных участках Государственной границы и Соглашения о совместном управлении водными ресурсами Андижанского (Кемпир-Абадского) водохранилища.

#Mirziyoyev #qonun #chegara #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonun

❗️Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–874-son, 31.10.2023 y.) bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

🔸Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish:

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉 https://lex.uz/docs/6649118

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko‘p o‘lchami oshirildi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉https://lex.uz/pdfs/6656962

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–883, 18.12.2023 y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰 Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi;

Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉 https://lex.uz/pdfs/6697581

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–899-son, 19.01.2024 y.) bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

🔰 Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹 Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hujjatning rasmiy toʻliq matni:
https://lex.uz/pdfs/6763724

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Prezident tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi
Qonun (O‘RQ-931-son, 05.06.2024 y.) imzolandi

⚡️Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://t.iss.one/lexuzofficial

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website`
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X