Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18K photos
4.19K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sport #Karate

🥋 Samandar jahon chempionati bahslarida qatnashish arafasida

📌 Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumani Sport maktabi shug’ullanuvchisi, “Keles karate klubi a’zosi Samandar Mirhamidov Karate-WKF sport turi bo’yicha joriy yil 26-30-oktyabr kunlari Turkiya Davlatining Konya shahrida bo’lib o’tadigan U-21 jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritgan edi.

🌐 Dunyoning 105 ta davlati sportchilari g'oliblik uchun tatamiga chiqadigan mazkur xalqaro musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Quvonarli jihati, mamlakatimiz terma jamoasi safida viloyatimizdan 3 nafar sportchi – Bekobod shahri sportchilari Muxlisa Rustamjonova va Abdulaziz Rasulov hamda Toshkent tumani farzandi Samandar Mirxamidovlarga sport ustalari Hamdamjon Shodibekov va Dilshod Yusupovlar murabbiylik qilishmoqda.

🤝 Nufuzli musobaqa arafasida mamlakatimiz va viloyatimiz sportchilariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website