Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.66K subscribers
21.2K photos
4.78K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Investitsiya

Maqsad: Investitsiya jalb qilish


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining Savdo departamenti direktori Pan Yuemei boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi tomonidan tashkil qilingan uchrashuv davomida Oʻzbekiston, shu jumladan Toshkent tumani ichki bozorini rivojlantirish, ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash va tumanga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi rahbari bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan texnikalarni tumandagi fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlariga taklif qilish va bu bilan ikki davlat oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yaxshilash boʻyicha taklif va mulohazalar yuritildi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏21
#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.

Oylik doirasida tuman FVB xodimlari Toshkent tumanida joylashgan “Uzyarn House Textile”da yongʻin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi va ishchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

‼️ Oylik davomida mahallalar, qurilish obyektlari taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1007-son, 27.11.2024 y.) bilan Bitim ratifikatsiya qilindi


🔰 Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o'rtasida maxfiy axborotni o'zaro himoya qilish to'g'risidagi Bitim (Sian, 2023 yil 18 may) ratifikatsiya qilindi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bellashuv

Kasb-hunar maktablari oʻrtasida "Osh chempionati" va "Mini futbol" musobaqalari boʻlib oʻtdi


Toshkent tuman 1-son kasb-hunar maktabida yoshlarning sohalarda erishgan yutuqlari hamda qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tumandagi professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Oltin kuzning neʼmatlari” deb nomlangan dasturxon bezatish, "Osh chempionati", sportning "Mini futbol" turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.


Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari I.Saidikarimov, tuman Maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi, tumandagi professional taʼlim muassasalari direktorlari va oʻquvchi yoshlar faol qatnashishdi.

Yakunda dasturxon bezatish bahslarida 1-son kasb-hunar maktabining 02-24 guruhi oʻquvchilari, Osh chempionatida 2-son kasb-hunar maktabining 05-23 guruhi oʻquvchilari, Mini futbol bahsida 1-son kasb-hunar maktabining 2-bosqich oʻquvchilari 1-oʻrinlarni egallashdi. Gʻolib boʻlgan jamoalar tuman hokimi diplomi va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Sardorlar_saylovi

Kuni kecha, Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sardorlar saylovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent tumanidagi 26-maktabdan 2 nafar, 4-maktabdan 1 nafar, 31-maktabdan 1 nafar, 9- maktabdan 2 nafar va 17-maktabdan 1 nafar sardorlarimiz faol qatnashdi.

Sardorlikka nomzodlarning amalga oshirmoqchi boʻlgan tashabbuslari ularni yana koʻproq oʻqib-oʻrganishiga undashi hamda kelajakdagi oʻz orzularini amalga oshirishda alohida maktab vazifasini oʻtashiga ishonamiz.

Saylov jarayonlari asnosida yoshlar bilan boʻlgan muloqotimizda oʻz rejalarini amalga oshirishga qiynalayotgan bolalarga eʼtibor qaratish, ularni kelajakda oʻz oʻrnini topishiga sardorlar bilan birga koʻmaklashishni maqsad qildik.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#2_SEKTOR
#SAYYOR_QABUL

Bugun, Toshkent tumani prokurori, 2-sektor hududida sayyor qabul o'tkazildi.

Hududning Ibrat, Bog‘bon, Darxon mahalla aholisi murojaatlari prokuratura xodimlari tomonidan tinglandi.

♻️Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari muammolarini manzilli hal etish, kerakli huquqiy maslahatlar berish maqsadida o‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

✔️Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, qolganlari tegishli tashkilotlar elektr energiya ta'minoti, suv oqova, yo‘l qurilish, kadastr, sog‘liqni saqlash, obodonlashtirishdan biriktirilgan mas'ullar tomonidan ijrosi ta'minlanishi nazoratga olindi
.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#futbolchilar_tashrifi

Bunyodkor futbol yulduzlari Toshkent
tumanida

Bugun, yosh futbolchilarimiz uchun unutilmas kun boʻldi!

Bunyodkor futbol klubining professional futbolchilari — Asad Rahimjonov, Zevadinov Aleksandr, Ollobergan Karimov va Najmiddin Normurodov — Toshkent tumani Bogʻizilol mahallasi hududida qurib bitkazilgan UNG Yoshlar markazidagi futbol toʻgaragi- Bunyodkor futbol akademiyasi Keles filiali oʻquvchilari bilan uchrashishdi.

Futbolchilar mashgʻulot jarayonida faol ishtirok etib oʻz tajribalari bilan boʻlishdilar. Ular bilan birga futbol oʻynash baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarimiz oʻz orzulariga bir qadam yaqinlashishdi.

Bunday tashriflar yoshlarga koʻtarinki ruh berish bilan birga, ularning kelajakdagi katta marralarni zabt etishiga turtki boʻladi. Futbolchilarimizga tashrif uchun minnatdorchilik bildiramiz!

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1