Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Oʻrganish

2-sektor rahbari Kichik sanoat zonasida boʻldi

Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari S.Salixov, tuman hokimining oʻrinbosari O.Kenjayev va boshqa tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan Oqibat mahallasidagi kichik sanoat zonasida boʻlib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi.


Suhbat davomida mavjud muammolar, ularning yechimi boʻyicha amalga oshirilish zarur boʻlgan saʼy-harakatlar, eksport hajmini oshirish va investitsiyalarni yanada yaxshilash masalalari koʻrib chiqilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ushbu oʻrganishdan asosiy maqsad tadbirkorlar muammolarini joyda hal etish, respublika darajasidagi masalalarni yuqori turuvchi organlarni murojaat qilish orqali yechimini topib berishdan iborat.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Toshkent tumanida xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar oʻrganildi


Joriy yil 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mukarama Nurmatova va Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Zuhra Mirgaziyevalar Toshkent tumanida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi qaror va farmonlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar mazmuni bilan tanishdilar.

Birinchi navbatda mehmonlar, Toshkent tumani Fayziobod mahallasi hududida joylashgan “Toshkent tumani tarixi muzeyi” binosining foydalanilmayotgan qismida “Zamonaviy ayol - xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” faoliyati bilan tanishdilar. Markaz oʻz ishini shu yil iyun oyidan boshlagan. Hozirda 10 ta -tikuvchilik, toʻquvchilik, sovundan gul yasash, gipsdan interer jihozlar yasash, diadema, buxgalteriya, kosmetologiya, resin art, kashtachilik yoʻnalishlari faoliyat olib bormoqda. Tuman hokimligining koʻmagi bilan tadbirkorlik markazi ish faoliyatini kengaytirish ustida ishlar olib borilmoqda. Qoʻshimcha xonalar taʼmirlanmoqda.

Undan tashqari tumandagi Ozodlik mahallasi hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-376-sonli qarori ijrosi boʻyicha tashkil etilgan “xotin-qizlar salomatlik va tadbirkorlik markazi” faoliyati oʻrganildi. "Nafis uslub" MCHJ tomonidan ushbu markazda xotin-qizlarni tikuvchilik yoʻnalishida kasb – hunarga oʻqitib kelinmoqda. Asosiy faoliyati bolalar va oʻsmirlar kiyimlari ishlab chiqarish. Ayni damda ushbu markazda 5 nafar uyda, 7 nafar markazda xotin-qizlar bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, Respublika va viloyat vakillari tumandagi xotin-qizlar faollari faoliyati ham atroflicha tahlil qilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi taʼminlanmagan, kreditga ehtiyoji bor ayollarga koʻrsatilgan yordamlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Bosh prokuror oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev Toshkent tumanida boʻldi.

Bir qator ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy obʼektlar hamda harbiy qism va muassasalar faoliyatida energiya resurslarini iqtisod qilish imkoniyati, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bevosita oʻrganildi.

Jarayonda energiya samaradorligi boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash ahvoli tahlil qilinib, ortiqcha isteʼmolga sabab boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Muloqotlar chogʻida energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari va ularni talon-toroj qilishning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga eʼtibor qaratildi.

Oʻrganishlarda masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalda

Davlat rahbari tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlarining har biriga 5 tadan kambagʻal oila biriktirib berilib, ushbu xonadon egalarini oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun, tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Karaboyeva oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻlib, xonadon bekalari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, ularni qiynayotgan masalalar, oila daromadini oshirish uchun zarur saʼy-harakatlar, daromad manbaini yaratish va kambagʻallikdan chiqishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida batafsil suhbat oʻtkazilib, soʻrovnoma toʻldirildi.

Kambagʻal oilalarga oid soʻrovnoma toʻldirilib, reyestr shakllantirilganidan soʻng, xonadon egalarining muammosini hal qilish va daromadini oshirish orqali kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻrilishi belgilangan.

Bu singari oʻrganishlar Toshkent tumanining har bir mahallasida, har bir rahbar tomonidan joyiga chiqqan holda oʻtkazilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Tuman hokimi oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻldi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalarning ijtimoiy sharoitini oʻrgandi.

Bir guruh tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida oʻtkazilgan oʻrganish davomida xonadon egalari bilan suhbat oʻtkazilib, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot soʻraldi.

Borilgan har bir xonadon egalarining kundalik daromadlarini yaratish, farzandlarining kelajakka boʻlgan ishonchini yanada oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.

Bir kunlik oʻrganish natijasida tuman hokimiga biriktirilgan 5ta xonadonning har birida soʻrovnoma oʻtkazilib, oilaning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi (PQ-330-son, 23.09.2024 y.) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani boʻlimi rahbari O.Abdulhayev Istiqbol mahallasidan biriktirilgan xonadonlarni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida 3 ta xonadonga borilgan boʻlsa, misol tariqasida aytish mumkinki, Istiqbol mahallasidagi S.R. xonadoni oʻrganilganida, xonadon bekasining 3 nafar farzandi borligi, 2 nafari Toshkent shahrida maktabda oʻqishi 1 nafar farzandi 3 yoshga toʻlmagani sababli ona qarmogʻida ekanligi, oilada turmush oʻrtogʻi ustachilik bilan shugʻullanib pul topishi, S.R. ga koʻz jarrohligi amaliyoti uchun mablagʻ kerakligi aniqlandi, Aniqlangan holatlar boʻyicha reja tuzilib, oiladagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Alohida taʼkidlash joizki, qarorga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga biriktirilgan masʼullar birinchi navbatda soʻrovnoma toʻldirish orqali chora-tadbirlar rejasini tuzib, keyingi bosqichlarda aholini kambagʻallikdan chiqarish tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishi belgilangan.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish_va_natija

Tuman hokimi oʻziga biriktirilgan xonadonlarda amaliy ish boshladi


Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev oʻziga biriktirilgan xonadonlarda boʻlib, ularning oilaviy sharoitini oʻrganmoqda.

Bundan 2-3 kun avval ushbu xonadonda boʻlgan S.Ergashev koʻp farzandli oilaning qisman boʻlsada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida toʻqsonbosti ekinlarini ekishga koʻmaklashish, tomorqani tartibga keltirish va uy hayvonlari sharoitini yaxshilash taklifini bergan edi.

Bugun esa, tuman hokimi, Majnuntol mahallasi hokim yordamchisi va boshqa hasharga hissa qoʻshish istagida boʻlgan hokim yordamchilari hamkorligida ushbu xonadonda hashar oʻtkazib, toʻqsonbosti ekinlarini ekish va tomorqani tartibga keltirish choralarini koʻrdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalda


Davlat rahbari tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlarining har biriga 5 tadan kambagʻal oila biriktirib berilib, ushbu xonadon egalarini oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan kuni kecha, tuman hokimining oʻrinbosari Avaz Oqiljonov oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻlib, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, ularni qiynayotgan masalalar, oila daromadini oshirish uchun zarur saʼy-harakatlar, daromad manbaini yaratish va kambagʻallikdan chiqishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida batafsil suhbat oʻtkazilib, soʻrovnoma toʻldirildi.

Hokim oʻrinbosariga A.Navoiy mahallasi raisi S. Yuldashev hamrohlik qildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Qurilish obyektlari oʻrganildi

Toshkent tuman prokurori, 2 -sektor rahbari S.Salixov tomonidan tuman sektor rahbarlari hamda Qurilish shtabi vakillari bilan tumanning 26- va 17-sonli maktablarida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida pudratchi hamda qurilish boʻyicha masʼul xodimlarga ishlarni jadallashtirish haqida koʻrsatmalar berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM