Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Londondagi Britaniya muzeyida oʻtkaziladigan “Silk Roads” (“Ipak yoʻllari”) koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida qatnashish – men uchun katta sharaf.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston muzeylaridan toʻplangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osori atiqalar namoyish qilinadi.

Ishonchim komilki, ushbu loyiha Ipak yoʻli tarixi va madaniyatiga qiziquvchilarga ilhom bagʻishlaydi, xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, rivojlantirish yoʻlidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ifoda etadi.

-

Для меня большая честь принять участие в торжественном открытии уникальной выставки Silk Roads («Шёлковые пути») в Британском музее в Лондоне. Эта выставка представляет редкие и ценные артефакты из музейных собраний Узбекистана, демонстрирующие наше богатое историческое и культурное наследие.

Уверена, что эта выставка станет источником вдохновения для всех, кто интересуется историей и культурой Шёлкового пути, и станет символом наших общих усилий по укреплению и развитию культурных связей между народами.
#2024_yil_1_oktyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, respublikaning barcha hududlarida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

📁 Shuningdek, himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Bugun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni


Tarixdan maʼlumki har bir davlatning xavfsizligini taʼminlashda maxsus xizmatlarning oʻrni va roli hamisha beqiyos boʻlgan.

Xususan, davlat sarhadlarini qoʻriqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini taʼminlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustuvor vazifasi hisoblangan.

Bugun dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishda, xalqaro munosabatlarda uning milliy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.

Bugun, 26-sentabr–Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari kuni. Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi jamoasi soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Tuman hokimi oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻldi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalarning ijtimoiy sharoitini oʻrgandi.

Bir guruh tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida oʻtkazilgan oʻrganish davomida xonadon egalari bilan suhbat oʻtkazilib, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot soʻraldi.

Borilgan har bir xonadon egalarining kundalik daromadlarini yaratish, farzandlarining kelajakka boʻlgan ishonchini yanada oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.

Bir kunlik oʻrganish natijasida tuman hokimiga biriktirilgan 5ta xonadonning har birida soʻrovnoma oʻtkazilib, oilaning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inklyuziv_taʼlim

Bolajonlarga koʻrsatilayotgan taʼlim xizmati


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari N.Ubaydullayeva, boʻlim psixologi B.Rustamova hamkorligida yakka tartibda taʼlim olayotgan bolajonlardan xabar olish maqsadida ularning uyida boʻlib, Prezident sovgʻasini shaxsan yetkazdi.

Mamlakatimizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish, uylariga borib xabar olish, maktab oʻqituvchilari tomonidan belgilangan tartibda dars oʻtish tartibi joriy qilingan.

Toshkent tumanida ham 37 nafar ana shunday alohida ehtiyoji boʻlgan bolalar yakka tartibda, uylarida taʼlim oladilar.

Quvonarlisi, bu bolajonlar eʼtibordan holi emas. Ular uchun sinfdoshlari bilan ekskursiyalarga borish, bayram tadbirlarida ishtirok etish va sogʻligi yaxshi vaqtda boshqa oʻquvchilar bilan darsda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 1900 dan ortiq Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 147 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 295 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 285 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 460 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 42 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 73 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 69 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ijtimoiy_himoya

3-sektor rahbari aholi bilan yuzma-yuz...

Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov Ahillik mahallasida yashovchi, oʻziga biriktirilgan oila vakillari bilan suhbatlashdi.

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" umummilliy dasturi ijrosini taʼminlash hamda aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarda boʻlgan sektor rahbari, xonadon egalarining muammolari bilan qiziqdi. Oilaning iqtisodiy barqarorlikka erishishi uchun kerak boʻladigan zaruriy chora-tadbirlar haqida bosh qotirdi.

Oʻrganish natijasida oila keysi yaratildi hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish orqali oilaning ijtimoiy sharoitini yaxshilash rejasi tuzib olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM