Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilimlar_kuni

Najot taʼlimda, najot maktabda, najot muallimda


Bugun, butun mamlakatimizda boʻlgani kabi, Toshkent tumanida ham 31 ta umumtaʼlim, 1 ta Barkamol avlod maktablarida yangi 2024-2025 oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlab anʼanaviy “Bilimlar kuni” doirasidagi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” gʻoyasi ostida oʻtkazildi.

Tumandagi 9-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan bayram tadbirida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etib, barcha oʻquvchilarning yangi oʻquv yili bilan tabrikladi.

Yangi oʻquv yilida tumanda yashovchi 3 ming 736 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinib, har biriga Prezident sovgʻalari yetkazildi. 2024 yil investitsiya dasturi doirasida maktablarda qurilish taʼmirlash ishlarni amalga oshirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 37,2 mlrd soʻm ajratildi.

Amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari natijasida tumandagi 5,17 va 26 maktablarida qoʻshimcha binolar qurilib, yangi oʻquvchi oʻrni yaratildi. Maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oʻtgan oʻquv yilida 17 ta umumtaʼlim maktablari zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlandi.

2024-2025-oʻquv yilida maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, taʼmirtalab taʼlim maskanlarini taʼmirlash rejalashtirilgan.

📹"Bilimlar kuni" tadbiridan lavhalar yuqoridagi videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Subsidiya

Ishsiz ayollarga tikuv mashinalari berildi


Kuni kecha, Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida, hokim yordamchilari tomonidan 10 nafar ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari sovgʻa qilindi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, mahallabay ishlash orqali kambagʻallikni qisqartirish, aholi muammolarini “xonadonbay” oʻrganib, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – hokim yordamchilarining asosiy vazifasi etib belgilangan.

Eng aziz, eng ulugʻ bayram-Mustaqillikning 33 yilligi arafasida mahalladagi hokim yordamchilari koʻmagi bilan hadya qilingan tikuv mashinalari, ishsiz xotin-qizlarga oʻz daromadlariga ega boʻlib, roʻzgʻor tebratishlariga, qolaversa bandligini taʼminlanmagan fuqarolar soni kamayishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

♻️Sektor rahbarlari tadbirkorlik subyektlarida boʻldilar

Toshkent tumanida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadli mehnatga jalb qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📍Xususan, kuni kecha sektor rahbarlari tumandagi tadbirkorlik subyektlarida bo'lib, ishlab chiqarish borasidagi mikroloyihalar bilan tanishdilar.

O'rganish davomida tumanda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti, mavjud qulayliklar, ulardan samarali foydalanish toʻgʻrisida soʻz bordi.

🔹Suhbat vaqtida tadbirkorlik, hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi faoliyatlari bilan bogʻliq takliflar tinglandi. Kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
e-auksion.uz platformasi orqali Toshkent viloyati hududida 50 dan ortiq Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, R/P Kelesdan chiquvchi 10 kV quvvatli DON-1, DON-2 havo tarmogʻida joriy  taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qizgʻaldoq, Bunyodkor (qisman), Bogʻizilol (qisman) mahallalarida hamda ushbu MFY hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 5-sentabr kuni soat❗️8:00dan  17:00 ❗️gacha elektr taʼminoti boʻlmaydi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, transport vositalari tezligini:

aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan;

maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan;

turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan;

Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида электротехника соҳасида ишлаб чиқариш, экспорт ва инвестиция оқимини янада кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего увеличения производства, экспорта и инвестиций в электротехнической отрасли.

Facebook|Instagram|X
#Quyosh_panellari

Kun tartibidagi masala-muqobil energiya


Bugun, Toshkent tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Toshkent tumani Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari orasida quyosh panellarini oʻrnatish afzalliklari haqida suhbat oʻtkazildi.

Unda jismoniy shaxslar quyosh panellarini 5 yil muddatga, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olishlari va tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlardan foydalanishlari mumkinligi, quyosh panellari xonadon egasi tomonidan toʻliq xarid qilinganda quyosh panellari xarajatlarining 6 million soʻm qismi davlat tomonidan qoplanib berilishi, qurilmalarni oʻrnatgandan keyin xonadon sohibi elektr taʼminoti korxonasi bilan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolash huquqiga ega boʻlishi tushuntirildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида электротехника соҳасида ишлаб чиқариш, экспорт ва инвестицияларни кўпайтириш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди. Унда соҳада фаолият юритаётган 100 дан ортиқ тажрибали тадбиркорлар ҳам иштирок этмоқда.

Давлатимиз раҳбари яратилган имкониятлар ҳисобига сўнгги етти йилда соҳага 1 миллиард доллар инвестиция киритилганини таъкидлади. Натижада 762 та янги корхона ишга тушган, 45 турдаги янги маҳсулот ишлаб чиқариш йўлга қўйилган.

Ишлаб чиқариш ҳажми 1,8 баробар ўсди, йиллик даромади 100 миллиард сўмдан ошган корхоналар 6 тадан 25 тага кўпайди. Тармоқдаги корхоналар ҳисобидан бюджетга тушум 8 баробар ошди.

Маҳсулотларимиз экспорт бўлаётган давлатлар сўнгги уч йилда 2 карра ошиб, 62 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз электротехника экспорти 1 миллиард долларга етгани, тўқимачиликдан кейинги иккинчи маҳаллий саноат тармоғига айланганини таъкидлади.

Лекин, шу билан бирга смарт карта, генератор, телекоммуникация воситаси, офис техникаси каби яна бир қатор электротехника маҳсулотларини ўзимизда чиқариш имконияти борлиги кўрсатиб ўтилди.

Минтақамиздаги 5 миллиард долларлик бозор имкониятларидан тўлиқ фойдаланилмаяпти.

Президент ҳамма давлатлар ички бозорининг ҳимоясига қаттиқ киришган шароитда ягона йўлимиз – сифатни таъминлаш ва таннархни тушириш орқали маҳсулотимиз рақобатдошлигини ошириш эканини таъкидлади.

Бунга тармоқдаги қўшилган қиймат занжирини кенгайтириш орқали эришиш мумкин.

Facebook|Instagram|X
Тадбиркорлар билан очиқ мулоқот давомида электротехника тармоғига оид кўп масалалар ўз ечимини топди.

Масалан, факторингдан энг кўп фойдаланувчи ҳам электротехника корхоналари. Йил якунигача соҳага камида 30 миллион долларлик факторинг учун ресурс жалб қилинади.

Ҳозирда ташқи қарз ҳисобидан амалга оширилаётган лойиҳаларда четдан кираётган товарлар божхона божи ва ҚҚСдан озод қилинган. Лекин бу лойиҳаларда қатнашаётган ўзимизнинг корхоналар ҚҚС тўлаётгани оқибатида импорт товарлар билан нарх бўйича рақобат қила олмагани учун бундай лойиҳалардаги иштироки чеклангани кўрсатиб ўтилди.

Эндиликда халқаро молия ташкилотлари иштирокидаги лойиҳаларга етказиб берилган товарлар учун маҳаллий ишлаб чиқарувчиларга қўшилган қиймат солиғи қайтариб берилиши белгиланди.

Тармоқ корхоналарига ягона талаб – сифат, таннарх ва рақобат. Бунинг учун ишлаб чиқаришга халқаро стандартлар жорий қилиниши ва сертификат мавжуд бўлиши зарурлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда тармоқ раҳбарлари ва ҳокимларга йирик корхоналар билан чекланмасдан, соҳадаги барча тадбиркор билан ишлашни ўрганиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Шу боис “Ўзэлтехсаноат” уюшмасининг фаолиятини тубдан ўзгартириш лозимлиги таъкидланди.

Хусусан, ички ва ташқи бозорларда талаб юқори бўлган товарларни аниқлаш, улар бўйича лойиҳа қилиб, тадбиркорларга бериш; соҳадаги стандартларни халқаро талабларга мослаб, тадбиркорларга жорий қилиш ва сертификат олишда кўмаклашиш уюшманинг асосий вазифалари бўлиши зарур.

Шунингдек, инженер-технолог ва ўрта бўғин кадрларини тайёрлаш бўйича олийгоҳ ва техникумларга буюртма бериш, уларнинг дастурларини биргаликда ишлаб чиқиш; маҳаллий корхоналардаги истиқболли мутахассисларни хорижий илғор компанияларга стажировкага жўнатиш уюшма фаолиятининг асосий йўналишлари бўлиши лозим.

Facebook|Instagram|X
Президент "Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг унга янги аъзо бўлганлардан 2 йил, айланмаси 10 миллиард сўмдан кам корхоналардан эса умуман бадал олмаслик, уларнинг маҳсулотларини “Элтех Лаб” лабораториясида бепул синовдан ўтказиш бўйича таклифларни қўллаб қувватлади.

Электротехника лойиҳалари учун хориждан 200 миллион доллар ресурс жалб қилиш муҳимлиги таъкидланди.

Умуман, бу йил 85 та лойиҳа доирасида сим карта, тўлов картаси, кенг турдаги маиший техника, трансформатор, телевизор, қуёш панели ва ёритиш ускуналари, электр скутерлар учун аккумулятор, литий батареяси, лазер билан кесиш ускуналарини ишлаб чиқаришни бошлаш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_nigohida

Toshkent tumanida ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlariga quyosh panellari o‘rnatilib, energiya taqchilligining oldini olish hamda aholini, ishlab chiqarish va sanoat obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Batafsil Qozog‘iston Respublikasining "Atameken business" telekanali informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_nazorati

Deputat faoliyati nimalarda aks etadi?


Aholi vakili borki, deputat nimalar bilan bandligi haqida qiziqadi. Baʼzida hatto, ularning faoliyati nimalarda aks etishi yuzasidan bosh qotiradi.

Albatta, har bir deputatning faoliyati uning xalqparvar ekanligiga bogʻliq, 5 yillik deputatlik mandatidan toʻlaqonli foydalanmaydigan deputatlar ham yoʻq emas.

Biroq, ularning faoliyati faqatgina, aholi bilan uchrashuv oʻtkazish, mahallardagi oilaviy muammolar yoki kam taʼminlangan oilalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash singari masalalar bilan yakunlanmaydi.

Mahalliy byudjet shakllanishini nazorat qilish va kapital taʼmirga muhtoj ijtimoiy soha obʼektlarini Davlat dasturiga kiritishga koʻmaklashish singari masalalar ham deputatlar zimmasidagi dolzarb vazifa hisoblanadi.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati Shaxnoza Abdurahimova Kengash deputatlari hamkorligida kapital taʼmirga muhtoj taʼlim maskanini Davlat dasturiga kiritilishiga oʻzining "deputatlik soʻrovlari" orqali erishdi.

Natijada Toshkent tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida gi" 404-son qarori doirasida kapital taʼmirlandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM