Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

"Milliy" telekanalining "Millar" dasturida Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida mavjud muammoga doir efirga uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qaroriga muvofiq, aholining koʻp yillik murojaatlari inobatga olinib, Toshkent tumani Chigʻatoy va Diydor mahallalari hududida yangi oqava suv tarmoqlari qurilishi belgilangan.

2023-yil mart oyida loyiha boʻyicha ishlar boshlangan, joriy yilning oxiriga qadar ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Chigʻatoy mahallasi Ozod 2-berk koʻchasi-murojaat qilingan koʻcha boʻyicha mavjud muammolar, yaʼni 40 metr qismi yaxshi zichlanmaganligi va yer choʻkishi yuzaga kelganligi munosabati bilan koʻchaning bu qismidagi muammolarni bartaraf etish choralari belgilangan. So'ng, quruvchi-pudratchi tashkilot tomonidan joriy yil avgust oyining 10 kunlik ish kuni davomida asfaltlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Shirin mahallasi fuqarolarining mahalla idorasi qurib berish yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan murojaatiga munosabat:


Toshkent tumanida 70 mahalla boʻlib, ushbu mahallalarning 5tasida fuqarolarga xizmat koʻrsatish uchun shaxsiy idora mavjud emas. Fuqarolar yigʻinlarining xodimlari, yaʼni yettiligi ijtimoiy soha obʼektlarida joylashtirilgan.

Xususan, Shirin mahallasiga biriktirilgan mahalla yettiligi xodimlari QVP binosida faoliyat yuritadi.

Ushbu mahalla fuqarolari yigʻiniga bino qurib berish maqsadida boʻsh turgan yer maydoni ajratilib, oʻsha joyda mahalla idorasini qurib berishga ruxsat soʻrash uchun hujjatlar tayyorlangan va tuman hokimi nomida yuqori turuvchi tashkilotlarga, xususan, viloyat hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga rasmiy xat yuborilgan.

Yuqori turuvchi tashkilotlardan ajratilgan yer maydonlarida mahalla idorasini qurishga ruxsat beruvchi rasmiy javob xati kelganidan soʻng, Shirin mahallasi uchun idora qurib berilishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM