Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.42K subscribers
18.5K photos
4.34K videos
30 files
12.4K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Eʼlon

🎎Teatrlashtirilgan tomoshaga taklif qilamiz!

Toshkent tumani hokimligi ertaga, 25-aprel kuni soat 18:00da markaziy Madaniyat saroyida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri jamoasi taniqli dramaturg, hajviy yozuvchi Habib Siddiq qalamiga mansub "Ajab hangomalar" yangi hajviy teatrlashtirgan tomoshasi namoyishiga taklif etadi.

Tomoshada Siz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tolib Xojiyev (aka Sharif), taniqli qiziqchilar Erkin Julliyev ("Shoʻrdanak" hajviy guruhi) va Gʻulom Ernazarov ("Gʻulom shov-shuv"), Sherzod Boymurodov, Roʻziboy Allanazarov, Umida Xolbekovalarning hajviy chiqishlaridan bahramand bo'lasiz.

Demak, barcha maʼnaviy hordiq shinavandalarini ertaga-25-aprel kuni soat 18:00da tuman markazidagi Madaniyat saroyida kutib qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

💻"KIBERSPORT" musobaqasi o‘tkazildi


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  "Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida joriy yilning 24-aprel kuni "KIBERSPORT" musobaqasining sektor bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra ishtirokchilar quyidagi o‘rinni egalladilar:

JAMOAVIY CONTR CS:1.6 bo‘yicha:

🥇1-o‘rinni 22-maktab
🥈 2-o‘rinni 26-maktab
🥉 3-o‘rinni 21-maktab

PUBG MOBILE bo'yicha:

🥇 1-o‘rinni 26-maktab
🥈 2-o‘rinni 22-maktab
🥉 3-o‘rinni 25-maktab

G‘olib bo‘lgan  22 va 26-maktab o‘quvchilari musobaqaning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#Gidrometeorologiya

‼️Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 25-28 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔹Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Ehtiyot bo‘ling, firibgarlikning yangi turi!

📞Qo‘ng‘iroqlar orqali baxtsiz hodisaga uchragani, zudlik bilan pul zarurligi yoxud yaqin insoningizdan qarz so‘rab murojaatlar, farzandlaringizning biror ehtiyoj uchun pul ko‘chirish to‘g‘risidagi ovozli xabarlar yuborilishi holatlariga duch keldingizmi?

Firibgarlar ovozlarni soxtalashtirish uchun qanday usul qo‘llashadi?

Firibgarlarning tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Uyali aloqa qurilmalari, umuman ijtimoiy tarmoqlarda himoya vositalarini bilasizmi?
〰️〰️〰️〰️〰️

📹Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling. Firibgarlarning yangi nayrangidan ogoh bo‘ling!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MIB_xabarlari

15 sutkaga qamalishni bilgan qarzdorning yaqinlari 42 million so‘m aliment to‘ladi


Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.Shomaxmudovdan, undiruvchi M.Jumabayeva foydasiga 2 nafar farzandining taʼminoti bo‘yicha aliment qarzdorligi undirilib berildi.

Bo‘lim davlat ijrochisi olib borgan ijro harakatlariga qaramay qarzdor Sh.Shomaxmudov belgilangan aliment miqdorini to‘lamay yurgan va natijada Toshkent tumani sudining joriy yil 16-apreldagi qaroriga asosan MJtKning 47,4 moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi belgilangan.

Shundan so‘ng, qarzdorning oila aʼzolari tomonidan undiruvchiga 41.950.000 so‘m to‘lab berilgan hamda qarzdor va undiruvchi o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilganligi munosabati bilan ijro hujjat tugatilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

🏆Toshkent tumanida DXX kubogi uchun musobaqalar oʻtkazilmoqda!

⚽️Toshkent tumanida mahalla yoshlari oʻrtasida futbol hamda mini futbol bo'yicha DXX kubogi uchun musobaqalarning saralash bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu musobaqalar uch bosqichda tuman, shahar, viloyat hamda respublika miqyosida tashkil etilib, unda yigitlar futbol, qizlar esa mini futbol turi boʻyicha ishtirok etadilar.

Habaringiz bor, futbol va mini futbol bo'yicha o'g'il bolalar va mini futbol bo'yicha qiz bolalar o'rtasida "DXX_2024" kubogi uchun musobaqaga start berilgan edi.

💫Bugun mahallalar yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan futbol musobaqasida murosasiz va kuchli o'yin guvohi bo'lmoqdamiz!

⚽️Yildan yilga futbolga qiziquvchi yoshlar safi ortib bormoqda.

📷Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🎎Teatrlashtirilgan tomoshaga taklif qilamiz!

Toshkent tumani hokimligi bugun, 25-aprel kuni soat 18:00da markaziy Madaniyat saroyida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri jamoasi taniqli dramaturg, hajviy yozuvchi Habib Siddiq qalamiga mansub "Ajab hangomalar" yangi hajviy teatrlashtirgan tomoshasi namoyishiga taklif etadi.

Tomoshada Siz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tolib Xojiyev (aka Sharif), taniqli qiziqchilar Erkin Julliyev ("Shoʻrdanak" hajviy guruhi) va Gʻulom Ernazarov ("Gʻulom shov-shuv"), Sherzod Boymurodov, Roʻziboy Allanazarov, Umida Xolbekovalarning hajviy chiqishlaridan bahramand bo'lasiz.

Demak, barcha maʼnaviy hordiq shinavandalarini bugun-25-aprel kuni soat 18:00da tuman markazidagi Madaniyat saroyida kutib qolamiz.

Kirish bepul.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_muhofazasi

Koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi gʻolibi aniqlandi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashi tomonidan 28-aprel – «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bagʻishlab "Mehnat muhofazasi bo'yicha jamoat nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika koʻrik-tanlovi"ning viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 19-umumtaʼlim maktabi "ENG YAXSHI TASHKILOT" nominatsiyasi boʻyicha viloyatda faxrli 1-oʻrinni egallab, I-darajali DIPLOM va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Aholi hayotiy muammolariga yechim yoki 30-yillik eskirgan raqamlar"

🔺 Aholini ro‘yxatga olish, avvalo davlat yoki hukumat uchun emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur jarayondir. Ushbu jarayon vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlariga mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

🔹 Masalan, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni qurish rejalarini tuzishga mos keladi.

🔸 Yosh haqidagi ma’lumotlar nafaqaga chiqadiganlar soni, ularning nafaqa to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar, kommunikatsiyalar bilan ta’minlash uchun rejalashtirish uchun zarur. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.

🔹 Aholini ro‘yxatga olish har bir fuqaro hayotiy faoliyatiga bevosita daxldorligini his qilgan holda mazkur jarayonda har birimiz o‘zimiz va farzandlarimiz kelajakda farovon yashashlari uchun mas’uliyat bilan qatnashishimiz hamda sifatli ma’lumotlar taqdim etishimiz shart.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

⚠️ Pora olish - mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining foydasiga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmasligi uchun moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo'lishi.

⚠️ Pora berish - mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachi orqali pora berish.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va 211-moddalariga ko'ra

⚠️ 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishiga sabab bo'ladi.

Batafsil infografikada
👆

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-aprel – el suygan shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 

Muhammad Yusuf o‘ndan ortiq sheʼriy to‘plamlar muallifi. U O‘zbekiston xalq shoiri unvoni va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-maydan elektr energiyasi va gaz narxi oshadi

1-maydan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining bazaviy me'yorlari tasdiqlandi:

🔹elektr energiyasi (Iste'molchilarning III guruhi uchun) 1 oyga:
200 kVt/soatgacha – 225 so'm;
201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so'm;
1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so'm;
5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so'm;
10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so'mdan

🔹gaz (martdan oktyabrgacha) 1 oyga:
100 kub metrgacha – 650 so'm;
101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so'm;
2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so'm;
5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so'm;

🔹gaz (isitish mavsumida noyabrdan fevralgacha) 1 oyga:
500 kub metrgacha – 650 so'm;
501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so'm;
2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so'm;
5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so'm;
10 001 kub metr va undan yuqori, 1 kub metr - 2 600 so'm.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM