Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Taʼlim

Toshkent tumanida kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi tajriba- sinovdan oʻtkaziladi


Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yaponiyaninig JICA tashkiloti hamkorligida umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

"Kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi" mavzusidagi ushbu seminarlarda Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullaeva boshchiligida tumandagi 3,9 va 14- umumiy oʻrta taʼlim maktabi rahbarlari va 25 nafar fan oʻqituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni mikrojamiyatlar tashkil etish ,oʻzaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda koʻnikmalarni egallashlariga hamda mutlaqo zamonaviy standartlarga xos o'quv jarayonlarini tashkil qilishga qaratilgan.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent viloyati hududidan 1720 ta tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹
Angren shaharida 207 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 103 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 237 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Quyichirchiq tumanida 213 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 38 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 71 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 40 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 347 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 75 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 22 ta (Ko'rish)

Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting!!!

👇Xabardor bo'lish uchun
👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Shukuh

Taʼlim muassasalarida "Navroʻz" ga tayyorgarlik


Toshkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni tarannum etish, yaqinlashib kelayotgan 21 mart "Navroʻz" umumxalq bayramini munosib tarzda kutib olish va nishonlash maqsadida, taʼlim muassasamizning "Tikuvchi" guruhi qizlari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar koʻrgazmasi, oʻqituvchi-xodimlar tomonidan namoyish etildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha faoliyatning huquqiy asoslari takomillashtiriladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 “Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o'tkazilishi mumkin bo'ldi.

📋 “Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rishga va ularni sodir etishga daxldor bo'lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

📁 Shu bilan birga “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni o'tashdan bo'yin tovlayotgan yoki bedarak yo'qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi!


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Sabzavot podstansiyasida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Iqbol, Tutzor, Sabzavot, Darxon, Ibrat, Bog‘bon MFYlarida, Qibray tumanining Parvoz va Guliston mahallalarda va ushbu MFYlar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 15-mart kuni soat❗️11:00дан 14:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bildirish

🌱Yurtimizda 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Mamlakatimizda “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrofni obodon holga keltirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, respublika boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

Shu munosabat bilan tumanimiz aholisi va mahalla faollarini umumxalq hasharida faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

  ʼʼBesh tashabbus olimpiadasiʼ ʼning 1-mavsumi musobaqalari Ayri-otada


💫 Kuni kecha  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1- mavsumi doirasida Toshkent tumani Ayri-ota mahallasi hududidagi 23-maktabda  sportning "Yengil atletika" turi boʻyicha musobaqaning mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi.

❇️Musobaqada 16-21 yoshdagi oʻsmir yoshlar ishtirok etishdi. Faol ishtirok etgan hamda🏆1,2,3-oʻrinni qoʻlga kiritgan sport ishqibozlari mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksionshop" elektron savdo do‘konida mulk sotish tartibi

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun
👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📲“Ochiq budjet” portali orqali ovoz berish yuzasidan quyidagi video qollanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
#Bildirish

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi


Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishi belgilandi.

🗓21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

🗓22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🗓23-mart — shanba (6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🗓24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Ma'lumot o'rnida, qo‘shimcha dam olish kunlari Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni asosida belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2024-yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayonlariga 16-mart kuni soat 00:00 dan start beriladi va mazkur jarayon 4-aprel 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi;
3️⃣“Telegram“dagi rasmiy bot orqali ovoz berishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х